Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта




Download 7,87 Mb.
bet51/201
Sana20.06.2024
Hajmi7,87 Mb.
#264582
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201
Bog'liq
Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

v) Aviatsiyada avariya - aviatexnikani biror elementlarning ishlamay qolishi, bevaqt ob-havoni о‘zgarishi, uchish-qо‘nish qoidalarini notо‘g‘ri bajarilishi oqibatida sodir etiladi.
Ba’zan katta avariyalar ikkita aviatexnikaning bir-biri bilan tо‘qnashishi yoki yerga, qushlarga urilishi oqibatida ham sodir bо‘ladi. Aviatsiyada avariyalar kо‘pchilik hollarda fojialar bilan yakunlanadi.
Aviatsiyadagi avariyalarda qutqarish va tuzatish ishlarini 2 guruhga bо‘lish mumkin:
1) boshqarayotgan ekipaj xodimlari tomonidan kamchilikni tugatish ishlari;
2) yerdagi xizmatchilarning olib boradigan ishlari.
Aviatsiyadagi avariya juda tezlik bilan hal qilinishi lozim. Imkoni boricha aviatexnikadagi kamchilikni tо‘g‘rilash, iloji bо‘lmasa darhol yerga qо‘ndirish maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta ekipaj komandiri va aerodrom boshlig‘i butun mas’uliyatni о‘z zimmalariga oladilar.
Aviatexnikani qо‘ndirish chog‘ida qidiruv, avariya-qutqaruv, birinchi tibbiy yordami kо‘rsatish, evakuatsiya hamda fuqarolar muhofazasining boshqa qismlari qatnashadilar. Umuman, havo transportlarida bо‘ladigan favqulodda vaziyatlarda О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq «О‘zbekiston havo yо‘llari» milliy aviakompaniyasi va unga qarashli «Avariya-qutqaruv» va «Qidiruv xizmatlari»ga parvozlar xavfsizligini ta’minlash vazifalari yuklatilgan.
Bu xildagi avariyalar yer yuzida tez-tez uchrab turadi. Jumladan, О‘zbekiston aviatsiyasida ham bunday hodisa rо‘y bergan va mudhish halokat bilan yakunlangan holatlar mavjud. Masalan, 1979 yil avgust oyida «Paxtakor» futbol jamoasi a’zolari tushgan samolyot Minskka ketayotganda osmonda boshqa samolyot bilan tо‘qnashib, fojia bilan yakunlangan edi. Buni albatta, Respublikada yashovchi har bir fuqaro yaxshi biladi. 1999 yilda Toshkent-Tо‘rtkо‘l yо‘nalishidagi YAK-40 samalyotining Tо‘rtkо‘l aerodromiga qо‘nish paytida samolyot shassisining ishlamay qolishi oqibatida favqulodda vaziyat yuzaga kelib, 2 kishi qurbon bо‘lgan va 8 kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan.

Download 7,87 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201




Download 7,87 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта

Download 7,87 Mb.