a) Temir yо‘l transportida




Download 7,87 Mb.
bet50/201
Sana20.06.2024
Hajmi7,87 Mb.
#264582
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   201
Bog'liq
Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

a) Temir yо‘l transportida avariya va fojia bо‘lishining asosiy sababi, yо‘llarning tо‘g‘ri bо‘lmasligi, harakatlanuvchi tarkibning kamchilikka ega bо‘lishi, ya’ni boshqarishda texnik nosozliklarning mavjudligi (signal bо‘lmasligi va b.) yurish qoidalarini buzilishi va boshqa sabablardir.
Bundan tashqari temir yо‘llarda avariyalar: poyezdlarning izdan chiqib ketishi, bir-biri bilan tо‘qnashishi, yong‘in chiqishi va vagonlarda olib ketilayotgan portlovchi moddalarning portlashi bilan ham sodir bо‘ladi. Yana temir yо‘l transportlarida avariya va fojialar tabiiy ofatlar natijasida ham bо‘lishi mumkin. Masalan, 1988 yil 4-iyunda Arzamas-1 stansiyasida Gorkiydan Qozog‘istonga olib ketilayotgan yuk poyezdining 3 ta vagonida portlash yuz berib, natijada 2 ta lokomotiv, 11ta vagon, 250 m temir yо‘li va unga yaqin bо‘lgan inshootlar talafot kо‘rgan. Bu voqeadan keyin tezlikda qutqarish ishlari olib borilib, vagonlar ag‘darilib bosib qolingan joylardan odamlar olib chiqilgan va ularga darhol tibbiy yordam kо‘rsatilgan. Sо‘ngra avariya-texnik, yong‘inga qarshi kurash bо‘linmalari о‘z vazifalarini bajarishga kirishganlar va avariya oqibatlari tezlik bilan tugatilgan.
Temiryо‘l transportida bо‘ladigan avariyalar oqibatini tugatish tartibi, talofot kо‘rganlar soniga, ularni holatiga, talafot kо‘rgan transport hajmiga, olib ketayotgan yuk tavsifiga, joyning relyefiga, ob-havo sharoitiga, kunning vaqtiga va boshqa omillarga qarab olib boriladi. Shuning uchun favqulodda vaziyat tavsifiga qarab fuqarolar muhofazasi tizimlari о‘z yо‘nalishlarini amalga oshirishda huquqiy hujjatlarga asoslangan holda olib boradilar.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga muvofiq «О‘zbekiston temir yо‘llari» davlat aksiyadorlik kompaniyasiga, temiryо‘l transporti vositalaridan avariyasiz foydalanish, tashish chog‘ida portlovchi, yong‘in xavfi bо‘lgan va KTZM xavfsizligini ta’minlash vazifalarini amalga oshirish yuklatilgan.
b) Avtomobil transportida bо‘ladigan avariyalar ham katta fojiali hodisalarni keltirib chiqaradi. Bunday ofatlar yuz berishining bir qancha sabablari bor:

  • Yо‘l qoidalarining buzilishi;

  • Avtomobilni texnik nosozligi;

  • Tezlikning haddan tashqari yuqori bо‘lishi;

  • Avtomobil haydovchining etarli malakaga ega bо‘lmasligi.

Eng yomon sabablardan biri - bu avtomobilni mast holda boshqarilishi. Bulardan tashqari avtomobilda xavfli yuklarni tashish va ularni tashish qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida ham avariya va fojialar rо‘y beradi.
Avtomobil transportida bо‘ladigan ofatlarda jabrlanganlarga birinchi navbatda tibbiy yordami kо‘satiladi va og‘irlari kasalxonaga yoki tibbiy yordam kо‘rsatish shahobchalariga yuboriladi.

Download 7,87 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   201




Download 7,87 Mb.