|
Avariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bо‘lishi mumkin
|
bet | 47/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiAvariyalarning kelib chiqishiga quyidagi omillar sababchi bо‘lishi mumkin:
tabiiy ofat tufayli;
inshootlarni loyihalashda yoki uni qurishda qо‘yiladigan xatoliklar tufayli;
ishlab chiqarish texnologiyasining buzilishi natijasida;
transport, mexanizm, jihozlardan notо‘g‘ri foydalanganda;
agressiv moddalarni (portlovchi, tez alangalanuvchi zaharli moddalarni) notо‘g‘ri saqlanishi va uni ishlatilish qoidalarining buzilishi oqibatida;
texnika xavfsizlik qoidalarining buzilishi va boshqalar.
Mana shunday xatoliklar tufayli ishlab chiqarishlarda katta avariyalar sodir bо‘ladiki, oqibatda kо‘pdan-kо‘p insonlar jabrlanadi va moddiy boyliklar yо‘q bо‘lib ketadi. Kо‘pincha kimyo, neftni qayta ishlovchi sanoat, qog‘oz ishlab chiqarish sanoati, gо‘sht-sut, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik va boshqa sanoat korxonalarida avariyalar tez-tez uchraydi. Ayniqsa, KTZM ta’sirida bо‘ladigan avariyalar: kimyo, neftni qayta ishlovchi, qog‘oz-sellyuloza gо‘sht-sut, oziq-ovqat sanoati, suv tozalash inshootlarida hamda temir yо‘llarda KTZMni tashishda kо‘p uchraydi. KTZM kо‘rsatilgan konsentratsiyadan ortiq bо‘lganda odamlarga, qishloq xо‘jalik hayvonlariga, о‘simliklarga, tashqi muhitga ta’sir etib, turli darajada shikastlantiradi. KTZM qatoriga texnologik jarayonlarda qо‘llaniladigan ammiak, xlor, sulfat kislotasi, vodorod ftorid, azot va oltingugurt oksidlari va boshqalar kiritish mumkin. Shulardan sanoatda kо‘p ishlatiladigani ammiak.
Ammiak – nashatir hidli rangsiz gaz. Uni sanoatda sovutgich vositasi sifatida, azotli о‘g‘itlar olishda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Agar ammiak havo bilan 4:3 nisbatda aralashsa portlaydi. Uning yuqori konsentratsiyasi insonning markaziy asab tuzumini izdan chiqarib, asablarni falaj bо‘lishiga olib keladi. Agar ammiak ta’sirida inson zaharlansa, bir necha soatdan sо‘ng uni о‘limga olib keladi. Teriga tegsa turli darajadagi jarohatlanish rо‘y beradi.
Xlor - о‘tkir hidli, sariq rangli gaz. U havodan 2,5 barobar og‘ir bо‘lib, 340C haroratda suyuq holatga о‘tadi. U suvda, organik erituvchilarda yaxshi eridi. Xlor qog‘oz-selluloza, tо‘qimachilik sanoatida, xlorli ohak ishlab chiqarishda, suvni zararsizlantirishda va boshqa sohalarda ishlatiladi.
Xlor bо‘g‘ish xususiyatiga ega. Uning havodagi miqdori 0,01 mg/l bо‘lganda inson organizimiga salbiy ta’sir etadi, miqdori 0,1 mg/l dan yuqori bо‘lganda о‘limga olib keladi.
|
| |