|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 48/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiBirinchi yordam. Shikastlangan hududlarda gazniqoblarni kiyish kerak. Nafas organlari izdan chiqqanlar nashatir spirtini, ichimlik sodasini hidlashi, 2 foizli sodali eritma bilan kо‘zni, burunni va tomoqlarni yuvishi, issiq borjomli yoki sodali sutdan, kofedan ichish kerak.
Himoyalanish. «V» va «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, GP-5 fuqarolar gazniqobi, bolalar gazniqobi va himoya komplektidan foydalaniladi. Agar uning konsentratsiyasi yuqori bо‘lsa (8,6 mg/l.dan yuqori) izolatsiyalovchi gazniqoblar qо‘llaniladi.
Oltingugurt oksidi - о‘tkir hidli, rangsiz gaz bо‘lib, yonmaydi. Bu modda oltingugurtli rudalarni yondirganda hosil bо‘lib, u sulfat kislota ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo hisoblanadi. Undan tashqari bu gaz tо‘qimachilik sanoatida oqartiruvchi sifatida, oziq-ovqat sanoatida konservatsiya qiluvchi modda sifatida ishlatiladi. U suvda, spirtda, sirka va sulfat kislotalarda, xloroformda va efirda yaxshi eriydi.
Oltingugurt angidridi nafas yо‘llarini ishdan chiqarib, kо‘zni xiralashtiradi. Kichik konsentratsiyada inson kuchsiz yо‘talish, tomoqda va kо‘krakda og‘riq, kо‘zdan yosh oqish, katta dozada esa qusish, hushdan ketish alomatlari kuzatiladi.
Birinchi yordam: toza havo, kislorod ingalatsiyasini ta’minlash, kо‘zni, burunni yuvish, tomoqni 2 foizli sodali eritma bilan chayish, bо‘yinni issiq qilish, issiq sodali, yog‘li, asalli yoki borjomli sut ichish tavsiya etiladi.
Himoyalanish: «V» va «M» markali filtrlovchi sanoat gazniqoblari, izolirlovchi fuqarolar va bolalar gazniqoblaridan foydalaniladi.
Yuqorida aytilgan tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar ishlatadigan korxonalarda avariya sodir bо‘lganda shu yerdagi va korxona atrofida yashovchi xalq zaharlanishi mumkin. Albatta, zaharlanish darajasi: uning dozasiga, odamlarning zaharli moddadan uzoq yaqinligiga, bug‘lanish darajasiga, shamol tezligiga va boshqa omillarga bog‘liq.
Agar shunday avariya favqulodda sodir bо‘lsa, albatta birinchi navbatda о‘z vaqtida va sifatli ofat о‘chog‘ini belgilash lozim. Bu vazifani fuqaro muhofazasi xizmat tizimlarining - razvedka qismlari bajaradilar. Ular avariya joyini, zaharli modda turini, zaharli modda dozasini va shikastlangan hududdan qanday qilib odamlarni zaharlamasdan olib chiqib ketish yо‘llarini belgilab beradilar.
Shikastlanish о‘chog‘i aniq о‘rganilgandan keyingina avariya sodir bо‘lgan joydagi va unga yaqin atrofda yashovchi xalq ogoh etiladi. Buni eshitgan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi (gazniqoblar) va terini himoya qiluvchi kiyimlarni (plash, yopqich) kiyib darhol zaharlangan hududdan xavfsiz hududga chiqib ketadilar.
Zaharlangan hududdan uzoqroqdagi fuqarolar esa о‘z uylarida, yashash uylarining eshik, romlarini mahkam berkitib, ularning germetikligini oshirib, isitgich jihozlarini, gaz, chiroq va boshqalarni о‘chirib о‘z uylarida saqlanishlari mumkin. Albatta, bu bilan ularni kimyoviy zaharlanishdan tо‘liq qutqarib bо‘lmaydi. Agar zaharli moddaning miqdori juda kо‘p tashqariga chiqib ketgan bо‘lsa, zararlangan о‘choq atrofidagi hamma yashovchi odamlarni tartib va osoyshtalik bilan tezda xavfsiz joylarga kо‘chirish zarur.
Avariya sodir bо‘lgan joylarda xizmat qiluvchi fuqarolarning hammasini evakuatsiya qilib bо‘lmaydi. Ularni ma’lum qismi shu yerda qolib, zaharli moddadan saqlovchi vositalarni kiyib, tashqariga KTZMni chiqishini tо‘xtatish choralarini kо‘radilar (bunda jо‘mrakni burash, KTZMni bir joydan ikkinchi joyga haydash, texnologik jarayonni tо‘xtatish, KTZM solingan idishni tuzatish, texnologik jarayonni va boshqa sababchi omillarni tо‘xtatish ishlari bajariladi).
Avariya tо‘xtatilgandan keyin, ma’lum bir vaqt mobaynida (zaharlovchi moddaning tabiatiga qarab) avariya о‘chog‘ida xizmat qilgan va zaharlangan hududda qolgan odamlar tibbiy kо‘rikdan о‘tkaziladi. Agar KTZM nafas yо‘liga ketgan bо‘lsa, ularga dori-darmon beriladi, teriga tekkan bо‘lsa suv bilan kо‘p marta yuviladi, sо‘ngra zaharlangan joylar, uning atroflari va ishlab chiqarishda ishlatiladigan jihozlar, uskunalar, inshootni о‘zi degazatsiya qilinadi. Degazatsiya sifatida zaharlovchi moddani neytrallaydigan (ya’ni ta’sir kuchini kamaytiruvchi) moddalar ishlatiladi.
Mana shunday avariyalarga quydagi misollarni keltirishi mumkin:
1988 yil Yaroslavl viloyatida Volga daryosi bо‘yida temir yо‘l poyezdining 7 ta vagoni izdan chiqib ketib, katta avariya yuz bergan. Bunda 3 ta idishda zaharli kimyoyaviy modda bо‘lib, uning ma’lum qismi atmosferaga chiqib ketgandi. 1988 yilda «Красная Роза» ishlab chiqarish birlashmasida, avariya sodir bо‘lib, havoga zaharli gazning chiqishi (SO2) aniqlanganligini, 1966 yil Gorkiy shahridagi kimyo zavodida 27 t Cl2 gazi havoga tarqalganligi natijasida 6000 kishi evakuatsiya qilinib, 1500 kishi har xil dozada zaharlanganligini eslatib о‘tish mumkin.
1984 yili Hindistonda Amerikaning «Yunion Korbayt» kompaniyasiga qarashli Bxopal kimyo zavodida gaz quvridan 40 tonna о‘tkir zaharlovchi moddaning atrof-muhitga tarqalishi oqibatda katta talofot rо‘y bergan. Bu halokat 2000 kishining hayotiga zomin bо‘lgan, bunda 80000 nafar fuqaro zaharlanib, salomatligiga jiddiy zarar yetkazgan.
2003 yilda Xitoyning Chxuandonbey gaz konida katta portlash yuz bergan. Portlash oqibatida 190 kishi qurbon bо‘lgan hamda havoga kо‘p miqdordagi tabiiy gaz birikmalari va vodorodsulfit gazi tarqalishi natijasida kо‘plab odamlarning zaharlanishiga va о‘limiga sabab bо‘lgan.
1990 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Yoshlik» stansiyasidan о‘tib borayotgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda (95 tonna) yuklangan sisterna nazorat qilinmasligi oqibatida yо‘l-yо‘lakay tomchilab borgan. Bu holatni о‘z vaqtida sezgan yoshlik stansiyasi xodimlari darhol tegishli choralarni kо‘rib, baxtsizlikni oldi olingan. Agarda sisternadagi suyuqlik shu yerga tо‘liq oqib ketganda nafaqat stansiyadagi va uning atrofidagi aholini, balki 13 km olisda yashovsi aholini ham zaharlagan bо‘lardi. Shunga о‘xshash kо‘plab misollarni keltirish mumkin.
Inson uchun xavfli bо‘lgan zaharli moddalar bilan ishlaydigan korxonalarning ham soni О‘zbekistonda yildan-yilga kо‘payib bormoqda. Bular «О‘zbekkimyosanoat» uyushmasiga qarashli korxonalar bо‘lib, ular Toshkent, Samarqand, Farg‘ona, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy, Angren va boshqa shaharlarda (SO2, NH3, Cl2, HNO3, H2SO4, CH3COOH va boshqa zaharli moddalar) joylashgan. Bu korxonadan tashqari kimyoviy, zaharli moddalar bilan ishlaydigan boshqa korxonalar ham mavjud. Hozirgi kunda Respublikadagi kopgina ishlab chiqarish korxonalarida inson uchun zaharli moddalar ishlatiladi. Mabodo muayyan sabablarga ko`ra, bunday korxonalarda avariya sodir bo`lib, kimyoviy moddalar tashqariga chiqib ketsa, xududning zaxarlanish chuqurligi 45-50 km ni (450 km2 dan ortiq maydonni ) tashkil etishi mumkin.Shuning uchun Respublikamiz aholisi, ishlab chiqarish korxonalarining ishchi-xizmatchilari favqulodda yuz beradigan vaziyatlarda tо‘g‘ri ish tutishlari, fuqarolar muhofazasi tomonidan beriladigan har bir yо‘riqnoma, vazifalarni tо‘g‘ri bajarishlari va saqlanish qoidalariga rioya etishlari zarur. Buning uchun har bir korxonada, ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalaridagi fuqarolar muhofazasi xodimlari avariya va halokatlarni, uning oqibatlarini yо‘qotish chora-tadbirlarini hamda ofat rо‘y bergan joyda jabrlanganlarga yordam kо‘rsatish qoidalarini tushuntirishlari lozim.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan ishlaydigan sanoat tarmoqlarida nafaqat avariya oqibatidagina fuqarolarga xavf-xatar keltirilishi mumkin, balki shu tarmoqlardan chiqadigan chiqindi mahsulotlar ham (atmosferaga yoki suv xavzalariga chiqarib yuborilishi) atrof-muhitni va tabiatni ifloslantirishi oqibatida insonlar hayotiga jiddiy xavf soladi.
Bu borada ayniqsa metallurgiya, kimyo, biotexnologiya, rezina-texnika, neftni qayta ishlovchi va boshqa sanoat tarmoqlarining salbiy ta’siri juda kattadir. Respublikamizdagi sanoati rivojlangan ayrim shaharlarda, jumladan, Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Qо‘qon, Angren, Olmaliq, Chirchiq, Navoiy va boshqa shaharlarda havoning ifloslanish darajasi me’yoridan 1,5-2, hatto ayrim joylarda 3-6 marta ortiq.
Markaziy Osiyoda havoni eng kо‘p ifloslantiruvchi Tojikistonning Tursunzoda shahridagi aluminiy zavodi 1987 yilda havoga belgilangan miqdordan deyarli ikki barobar ortiq zaharli modda chiqarib kelgan. Shamolning yо‘nalishiga kо‘ra, ftor birikmasining 80 foizi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Denov, Oltinsoy tumanlariga tushadi. Yana u yerlardagi havoning ifloslanishiga Shargundagi briket fabrikasi va g‘isht zavodining ta’siri ham kattadir. Bulardan chiqadigan zaharli moddalar insonlarning salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirmoqda, hatto uy hayvonlari ham bundan katta talofat kо‘rmoqda.
Dunyo miqyosida yiliga havoga uglerod (II) oksidi - 250 mln. t., yoqilg‘i kukuni-100 mln. t., uglevodorod - 88 mln. t., azot (II) oksidi-53 mln. t., ammiak - 4 mln. t., oltingugurt vodorodi - 3 mln. t., qо‘rg‘oshin birikmalari - 1mln t., ftor- 0,4 mln. t. chiqariladi.
Bunday sanoat korxonalarining chiqindi mahsulotlari insonlar hayotiga katta xavf solib, turli xil kasalliklarni keltirib chiqarmoqda, umrni qisqartirmoqda hamda atrof-muhitni, yerlarni, havoni va suv havzalarini jiddiy zararlantirmoqda.
Tez ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan zararlanganda fuqarolarning xatti-harakatlari. Yuqorida aytilganidek, Respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlarining kо‘p qismida zaharli moddalar (KTZM) ishlatiladi, saqlanadi va tashiladi. Shunday korxonalarga birorta ta’sir kо‘rsatilsa, masalan, dushman tomonidan bо‘ladigan ta’sirlarda, tabiiy ofat oqibatida, ishlab chiqarish tarmoqlarida bо‘ladigan, temir yо‘l transportlaridagi avariyalar tufayli KTZM tо‘kilishi yoki tashqariga chiqib ketib, atrof-muhitni, havoni zaharlaydi.
KTZMning qaynash harorati 200C gacha bо‘lsa, u tezda bug‘lanib, zaharlash vaqti qisqa, lekin ta’sir darajasi katta bо‘ladi. Agar KTZMning qaynash harorati 200 C dan yuqori bо‘lsa, bug‘lanish sekinroq ketib, uning zaharlanish vaqti uzoq davom etadi, ammo tarqalish hududi kichik bо‘ladi.
KTZMlar nafas organlari va teri orqali ta’sir etadi. Shu nuqtai nazardan KTZMlar umumiy zaharlovchi va holsizlantiruvchi xillarga bо‘linadi. KTZM bilan zaharlanganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kо‘z tinishi, holsizlanish, kо‘ngil aynishi, qusish kabi alomatlar kuzatiladi, kuchli zaharlanishda esa о‘lim bilan yakunlanadi. Shuning uchun KTZM bilan zaharlangan hududlarda xalqning xatti-harakatlari xuddi kimyoviy qurollar bilan zaharlangan joylarda kо‘riladigan chora-tadbirlarni о‘zginasidir, ya’ni himoya inshootlarida saqlanish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va boshqa omillar qо‘llaniladi. Lekin bitta asosiy farqi borki, u ham bо‘lsa ba’zi bir KTZMlar (masalan NH3, CO)ni yutiluvchanlik xususiyati past bо‘lganligidan, ulardan saqlanishda, maxsus sanoat va izolatsiyalovchi gazniqoblardan foydalanish kerak bо‘ladi. Agar avariya holatda bir qancha gazlar aralashmasi bо‘lsa, faqat izolatsiyalovchi gazniqoblardan foydalanib, avariya joyini tiklash, zararlangan о‘choqdan odamlarni evakuatsiya qilish tadbirlari kо‘riladi. KTZM chiqib ketgan joylarda avariyalarni tiklash ancha mushkul jarayonlardan hisoblanadi. Bunda asosiy ishlar birlamchi tiklash ishlarini tashkil etish hamda KTZM tarqalgan hududni о‘rash (lokalizatsiya) qilish hisoblanadi.
Avariyani tiklash ishlarini о‘sha korxonaning shtatli qismlaridagi zaxarli gazlardan saqlovchi xodimlar olib boradilar. Kerak bо‘lsa, fuqoro muhofazasining qutqaruv, tibbiyot, yong‘inga qarshi, jamoat tartibini saqlash tizimlari ham yordamga chaqiriladi. Bulardan tashqari avariyani tiklash ishlariga korxona ishchi xizmatchilarini va о‘sha atrofdagi fuqarolarni ham jalb qilish mumkin. Avariyani tiklash ishlarida qatnashayotgan fuqarolar о‘zini va boshqalarni saqlash qoidalarini bilishi zarur. Ulardan har doim zaharlangan fuqarolarni shikastlangan hududdan olib chiqish, gazniqoblarini kiydira bilish, sun’iy nafas berish, yurakni massaj qilish, zaharlangan kо‘z, terilarni neytrallash ishlarini bilishlari talab etiladi.
Sanoat gazniqoblari. Bunday gazniqoblar zaharli moddalarning (bug‘dan, tuman, gaz holdagi) ta’siridan nafas organlarini, yuzni, kо‘zni saqlashda ishlatiladi. Bular bir necha turlarga bо‘linadi. Sanoat gazniqoblari ham, fuqarolar gazniqoblari kabi niqobdan va zaharli moddalardan saqlovchi maxsus filtrlovchi qutilardan tashkil topgan. Filtrlovchi qutilar bir-biridan rangiga hamda turiga qarab farqlanadi.
Fojiali hodisa (katastrofa) lar va ularning oqibatlari.
|
| |