|
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта
|
bet | 49/201 | Sana | 20.06.2024 | Hajmi | 7,87 Mb. | | #264582 |
Bog'liq Αquv – uslubiy majmuaning tarkibiFojiali hodisa - ma’lum bir vaqt oralig‘ida sodir bо‘ladigan halokat demakdir. Fojia – turli xildagi inshootlarni buzilishi, moddiy boyliklarning yо‘q bо‘lib ketishi hamda odamlarning о‘limi bilan sodir bо‘ladi. Bundan tashqari, katta avariyalar oqibatida ham fojialar sodir bо‘ladi. Masalan, atom elektrostansiyalarida va radiоaktiv moddalar ishlatiladigan korxonalarda avariya sodir bо‘lishi natijasida juda katta hudud zaharlanishi va oxir oqibatda fojia bilan yakunlanishi mumkin. Mana shunday avariyalar oqibati natijasida sodir bо‘layotgan fojiali hodisalar atom elektrostansiyalarida tez-tez uchrab turadi. Masalan, 1986 yil 26 aprel Chernobil AESidagi avariya shunga misol bо‘ladi. Bu AESdagi bitta energoblok buzilib, undan tashqariga juda kо‘p miqdorda chiqqan bug‘ holdagi vodorod atmosferadagi havo bilan aralashishi natijasida portlab, radiaktiv chiqindilar atrof-muhitga tarqalgan. Natijada yong‘in sodir bо‘lib, yaqin atrofdagi odamlar о‘lgan va о‘nlab odamlar turli darajadagi radiatsiya nurini olgan, juda katta hudud radiaktiv moddalar bilan zaharlangan, 100 mingdan ortiq odamlar evakuatsiya qilingan va fojiadan kо‘rilgan moddiy zarar esa 8 mlrd. rublni tashkil etgan.
Shuning uchun mabodo AESlarda avariya sodir bо‘lganligini eshitgan har bir fuqaro darhol saqlanish (boshpana) joylariga berkinishi yoki xavfsiz yerga evakuatsiya qilinishi lozim. Ikkala holatda ham shaxsiy saqlash vositalarini kiyib, kerakli narsalarni: oziq-ovqat, suv, zarur hujjat, pul va boshqa buyumlarni olib, aytilgan joyga tezlikda yetib borishi kerak. Agar sharoit juda tig‘iz va og‘ir bо‘lsa, u holda о‘zi yashab turgan uyda yoki ishxonada, xonalarga kirib hamma teshiklarni germetik holatda berkitishi zarur.
Ma’lumki, g‘ishtli uylar nurlanish darajasini 10 barobargacha, temir beton inshootlar esa batamom kamaytiradi. Shuning uchun radiatsiyadan saqlaydigan boshpanalar kо‘pincha temir-betondan quriladi.
Zararlangan hududlarda yurish, mehnat qilish juda qattiq tartib ostida, alohida rejim asosida olib boriladi. Boshpanadan tashqariga chiqqanda shaxsiy saqlagichlarni kiygan holda, juda qisqa vaqt mobaynida yurish kerak. Saqlovchi xonalarda yashayotganda ham radiatsiyaga qarshi ishlatiladigan va yodli preparatlardan ichib turish zarur. Zararlangan hududlarda ishlayotgan odamlar saqlovchi vositalarni kiygan holatda, ma’lum vaqt oralig‘ida ishlab, hududda о‘tirishi, biror narsani ushlashi, chekishi, ovqat yeyishi, suv ichishi ta’qiqlanadi. Ishdan keyin butun kiyim boshi va о‘zi tо‘liq dozimetrik tekshiruvdan о‘tkaziladi.
Katta avariyalar va fojiali hodisalar bо‘lishiga, yong‘in va portlashlar sabab bо‘lishi mumkin. Ayniqsa kimyo, neft va gaz sanoatida yuz beradigan portlashlar katta fojialar bilan tugaydi. Masalan, 1989 yil Boshqiristonda siqilgan gaz saqlaydigan omborda portlash yuz berib, katta talafot kо‘rilgan. Xuddi shunga о‘xshash avariyalar kо‘mir konlarida yо‘ldosh gazlarning portlashi oqibatida sodir bо‘lib, natijada butun kon о‘pirilib, insonlar qurbon bо‘lishi bilan yakunlangan hollar ma’lum. Masalan, 1988-95 yillar mobaynida Rossiyaning bir qancha kо‘mir qazib oladigan konlarida shunday fojiali hodisalar sodir bо‘lib, kо‘plab odamlar nobud bо‘lgan. Shunga о‘xshash halokat Toshkentdagi lak-bо‘yoq zavodida ham yuz bergan. Bu falokatga zavodda ishlatiladigan tez alangalanuvchan kimyoviy moddalarni saqlash, tashish qoidalari buzilishi natijasida katta yong‘in chiqib, avariya sodir bо‘lishiga sabab bо‘lgan va odamlar о‘limi bilan yakunlangan. Bunday misollarni kо‘plab keltirish mumkin.
Avariya va falokatlar fojiali holatlardan tashqari turli darajadagi jarohatlar: qо‘l, oyoq chiqishi, et uzilishi, tо‘qimalarning uzilishi, kesilishi, kuyishi, zaharlanishi, tok urishi va boshqa talofatlarga ham sabab bо‘ladi. Shuning uchun avariya va fojia bо‘lganda turli xil jarohatlarga о‘z vaqtida, tezlikda yordam kо‘rsata bilish kerak.
Avariya va fojiali hodisalarni keltirib chiqaruvchi omillar Avariya va falokatlar turli xil sharoitlarda, masalan, temir yо‘l, avtomobil, suv yо‘li, aviatsiya transportlarida sodir bо‘lishi mumkin.
|
| |