• Mustaxkamlash uchun savollar.
  • 11-MA’RUZA. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR TURLARI. Reja.
  • Dovul, bo’ron va kuyun vaktida tsanday uarakat tsilish kerak?




    Download 7,87 Mb.
    bet91/201
    Sana20.06.2024
    Hajmi7,87 Mb.
    #264582
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   201
    Bog'liq
    Αquv – uslubiy majmuaning tarkibi

    Dovul, bo’ron va kuyun vaktida tsanday uarakat tsilish kerak? Agar dovul (bo’ron) boshlangan vaktda bino ichida bulsangiz, derazadan uzoklashing va ichki xonalar devorlari oldidagi xavfeiz joylarda, yulakda, devoriy shkaflar oldida, vannaxonada, hojatxonada, mustaxkam shkaflar ichi, stol ostidan panox, toping. Pechkalardagi olovni, elektr energiyasi, gaz manbalarini uchiring.
    Tunda fonar, lampa, shamlardan foydalaning, favqulotdavaziyatlar bopщarmasi (bulimi) axborotlarini tinglash uchun radiopriyomniklarni ishlatib kuying, imkon kadar panajoylarda, yertulalarda bo’lishga harakat kiling. Agar dovul, bo’ron va kuyun vaktida kuchada bulsangiz, u x,olda binolar, kupriklar, estakadalar, elektr uzatish tizimlari, daraxtlar, daryo, kul va ishlab chikarish ob’ektlaridan uzokrok; bo’lishga xdrakat kiling. Tepadan tushayotgan bino kismlarining parchalari, oyna siniharidan muhofazalanish uchun fanera, karton va plastmassa yashiklar, taxta va bonщa KUL ostidagi vositalardan foydalaning. Zudlik bilan yertula, radiatsiyadan yashirinish joylarida berkinishga xarakat kiling. SHikastlangan binolarga kirmang, shamol ta’sirida ular kulab tushishi mumkin.
    Kuyun yakinlashib kelayotganligi to’g’risidagi signalni olgach, zudlik bilan panajoy, yertulaga tushish yoki krovatь va bonщa mustaxkam mebelь ostidan panox topish zarur. Kuyun sizga ochik joyda yetib olsa, ariklar osti, chukurlik, jarliklarda yerga markam yopishib olish, boshingizni kiyimingiz yoki daraxt shoxlari bilan berkitishingiz lozim. Avtomobil ichida tsolmang.


    Mustaxkamlash uchun savollar.

    1. Tabiiy ofatlar deganda nimani tushunasiz?.

    2. Favqulotda vaziyatlar oqibatining asosiy turlari?

    3. SHikastlanish o’chog’i deb nimaga aytiladi?

    4. Epitsentr deb nimaga aytiladi?



    11-MA’RUZA. TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR TURLARI.
    Reja.

    1. Tabiiy va texnogen tusdagi FV turlari.

    2. Insoniyat aholini himoya qilishning bu samarali usuli.

    3. Evakuatsiya turi.

    4. Aholi soniga qarab evakuatsiya qilish.

    Tabiiy va texnogen tusdagi FV yuz berganda va harbiy harakatlar sharoitida aholini muhofaza qilishning eng samarali usuli aholini evakuatsiya qilishdir. Insoniyat aholini himoya qilishning bu samarali usulidan uzoq vaqtlardan beri foydalanib keladi.


    Evakuatsiya masalalari ayniqsa, 1 va 2-jahon urushlarida keng rejalashtirilib, unda o’n millionlab kishilar minglab chaqirim uzoqlikdagi xavfsiz joylarga ko’chirilganlar. Ikkinchi jahon urushi yillarida sobiq Ittifoqning front oldi hududlaridan 1500 dan ortiq muhim sanoat korxonalari o’zlarining ishchi-xizmatchilari, ularning oila a’zolari bilan mamlakatning ichkarisiga ko’chirilganligi ma’lum.
    XX asrning 60-80-yillarida aholini evakuatsiya qilish masalasi yirik shaharlar aholisini ommaviy qirg’in qurollaridan, birinchi navbatda yadro qurolidan muhofaza qilishning asosiy usuli sifatida o’rtaga qo’yildi.
    Oxirgi yillarda esa tabiiy va texnogen tusdagi FV lar sodir bo’lgan hududlardan aholini evakuatsiya qilish zarurati tobora ortib borayotir.
    Masalan, CHernobil AESida sodir bo’lgan halokat, Armanistonning Spitak, Leninakan, Kirovakan va Stepanakert shaharlarida yuz bergan zilzila, O’zbekis-tonning Shohimardon va boshqa joylardagi yuz bergan FVlar bunga yorqin misoldir.
    1986-yilda CHernobil AESidagi halokat tufayli radiatsiya tarqalishi bois uning tevaragidan 200 mingdan ortiq kishi ko’chirildi. 1998-yilda SHohimardonda yuz bergan fojeaning dastlabki 2 kecha-kunduzida 14200 kishini, jumladan, 3150 bolalarni xavfsiz joylarga ko’chirishga to’g’ri keldi.
    Texnogen, tabiiy, ekologik va harbiy tusdagi FV yuz bergan hududlardan aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini rejalashtirish va o’tkazish aholini FV ning oqibatlaridan muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
    Muhandislik texnik tadbirlari va qoidalariga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi joylashgan mintaqa quyidagi hududlarga bo’linadi:
    xavfli hudud bu qattiq vayronagarchiliklar (zilziladan va boshqa FV lardan), kimyoviy, radiatsiyaviy zaharlanish, halokatli suv toshqini, sel kelishi, yer, qor ko’chkilari va boshqa hodisalar bo’lishi ehtimoli bor hududlar;
    shahardan tashqari, xavfsiz hudud FV xavfi bor hududlardan tashqaridagi evakuatsiya qilingan aholini joylashtirishga mo’ljallangan yaroqli hudud.
    Aholini, moddiy va madaniy boyliklarni evakuatsiya qilish bu tabiiy va texnogen turdagi FV yuz bergan, harbiy halokatlar boshlangan hududlardan aholini transportda va piyoda uyushgan tarzda olib chiqish va uni oldindan tayyorlab qo’yilgan xavfsiz joylarga vaqtincha joylashtirish tadbirlari majmuasidir. Evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish xususiyatlari quyidagilarga qarab belgilanadi:

    • FV manbaining tavsifi;

    • FV manbaining ta’sir ko’rsatish mintaqasi va vaqti;

    • transportda va piyoda olib chiqiladigan aholi soni;

    • tranport vositalarining mavjudligi va imkoniyatlari;

    evakuatsiya tadbirlarini o’tkazish vaqti va tezkorligi.



    3


    Download 7,87 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   201




    Download 7,87 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dovul, bo’ron va kuyun vaktida tsanday uarakat tsilish kerak?

    Download 7,87 Mb.