Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти




Download 2,06 Mb.
bet21/24
Sana31.12.2019
Hajmi2,06 Mb.
#6723
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24

Labaratoriya mashg’uloti9

Mavzu: Mikroorganizmlar genetikasi. Mikroorganizmdagi uzgaruvchanlik va ulardan tibbiyotda foydalanish. Vaksinalar va zardoblar

  1. Darsning maqsadi. Talabalarga mikroorganizmlarning genetik tushunchasi, irsiyat va o’zgaruvchanlik to’g’risida, mikroorganizmlar fizik, kimyoviy va biologik ta’sirlar haqida tushuncha hosil qilish.

  2. Darsning vazifasi: Talabalarga modifikatsion va mutatsion o’zgaruvchanlik, plazmidalar haqida bilishi, aseptika, antiseptika, dezinfeksiya tushunchalari, sterilizatsiyaning turlari haqida bilishi kerak.

  3. O’quv jarayonining mazmuni:

  1. Irsiyat haqida tushuncha

  2. Modifikatsion o’zgaruvchanlik va ularning xossalari

  3. Mutatsion o’zgaruvchanlik va uning shakllari

  4. Plazmida

  5. O’zgaruvchanlikning tibbiyot amaliyotidagi ahamiyati.

  6. Mikroorganizmlarga fizikaviy omillarini ta’siri

  7. Mikroorganizmlarga kimyoviy va biologik omillarning ta’siri

  8. Dezinfeksiya uchun qo’llaniladigan moddalar

  9. Sterilizatsiya, uning turlari

  10. Tindalizatsiya, pasterizatsiya

4.O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

a) darsning turi – suhbat

b) metod – klaster, aqliy xujum

v) forma(shakl) – guruh, induvidual

g) vosita – doska, tarqatma material, jadval, spirtovka, filtrlar, gaz gorelkasi

d) usul – nutqli

e) nazorat – kuzatish(ko’rish)

j) baxolash – o’z-o’zini va umumiy baholash



5. Yangi pedogogik texnologiya.

1. “Klaster” usulida mavzuni yoritib berish

2. Talabalarga “aqliy xujum” tariqasida savollar berish.

6. O'quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi.

1. Avtoklavni ishlash prinsipi bilan.

2. Aseptika va antiseptika tushunchalariga rioya qilishni o’rganish.

IRSIYAT HAQIDA TUShUNChA.

Oxirgi bir necha o`n yilliklar ichida mikroorganizmlar genetikasini o`rganishda nihoyatda ko`p va buyuk yangiliklar kashf qilindi. Mikroorganizmlar genetikasi ustida olib borilgan ishlar shuni ko`rsatdiki, mikroblarni hamma xossalarini ham o`zgartirish mumkin ekan, ya'ni morfologiyasi, antigen xususiyati, bioximik, virulentlik xossalari va hokazo. Bu o`zgarishni turli xil faktorlar ta'sirida chaqirish mumkin.

MIKROORGANIZMLAR GENOTIPI VA FENOTIPI.

Irsiy belgilar asosan DNK da joylashgan bo`ladi. Bitta oqsil yoki peptidni hosil bo`lishini kuzatib turuvchi DNK molekulasiga GENOM deyiladi. Genda hujayraga tegishli bo`lgan butun belgilar (mujassamlashgan) bo`ladi. Mikroorganizmlarda genlarni DNK ning makromolekulasida yoki xromosomalarida joylashganligi isbotlangan. Genetik material yana xromasomadan tashqaridagi elementlarda – plazmidalarda ham saqlanishi mumkin. Ular protoplazmada joylashgan bo`ladi. Mikroblar yoki viruslar hujayrasi genlarning yig`indisi Genotipni tashkil qiladi. Gen yoki genotipni kichik xarf Q belgilarini qo`yib belgilaymiz. Yana sezgir bo`lsa S sezgir, chidamlilik bo`lsa Ch, masalan, streptomitsinga sezgir bo`lsa kichik xarflar bilan Str s. chidamli bo`lsa Str. Bakteriyalar fenotipini ham xuddi shu tarzda, faqat katta xarflar bilan belgilaymiz. Mikroorganizmlardagi avlodga fenotipik tarzda o`tmaydigan bir yoki bir necha belgilariga MODIFIKATASIYA deymiz. Bu holda mikrobni shakli, hajmi, bioximik xususiyati, patogenlik, antigenlik belgilari o`zgarishi mumkin. Lekin bular FENOTIPIK xarakterga ega bo`lib, genlar ta'sirida bo`lsa ham ularni o`zgartirmaydilar, ya'ni genotipga ta'sir qilmaydi va bu o`zgarish belgilari kelgusi avlodga o`tmasdan yo`qolib ketadi.

MODIFIKATSIYA.

Modifikatsiya mikroorganizmlarni, o`zgaruvchan bo`lgan tashqi muhit sharoitiga moslanish reaktsiyasidir. Bu reaktsiyalar mikroblar hayotini saqlanishiga yordam beradi va ta'sir qilib turuvchi faktorlarning yo`qolishi bilan birgalikda yo`qolib ketadi, ya'ni kelgusi avlodga o`tmaydi. Masalan, nestabil formaning xossalari ham yaxshi sharoitga tushganida yo`qolib ketadi. Demak, modifikatsiya qisqa yoki uzoq muddatli bo`ladi. Lekin bir necha avloddan keyin u xossalari baribir yo`qoladi. Lekin ayrim hollarda stabil formalar genotip o`zgarish natijasida ham hosil bo`lgan bo`lishi mumkin, bu holda u avlodga doimiy o`tgan bo`ladi.

MUTATSIYA.

Mutatsiya (o`zgarish) ikki xil bo`ladi: to`satdan (spontan) hosil bo`ladigan, bunda DNK polimerazaning, DNK replikatsiyasi vaqtida xatoga yo`l qo`yganligi natijasida to`satdan vujudga keladi, ya'ni ta'sir qiluvchi kodrovanno`y determinant bo`lmaydi, o`z-o`zidan vujudga keldi.

INDUTSIRLAShGAN mutatsiyalarda, eksperiment sharoitda ma'lum bir fizik yoki ximiyaviy ta'sir natijasida o`zgargan gammalar olinadi. Genotipik yoki xromosomalik mutatsiyalar farqlanadi. Induktiv mutatsiyani chaqiruvchi ximiyaviy birikmalar yoki fizikaviy faktorlarga MUTOGENLAR deyiladi. Ular DNK ga har xil ta'sir qilishi mumkin, ya'ni mexanizmi har xil bo`ladi.

GENETIK REKOMBINATSIYALAR.

Yuqori turuvchi organizmlar singari, mikroorganizmlar uchun ham genetik rekombinatsiya xosdir. Ma'lumki eukariotlar uchun jinsiy ko`payish xosdir. Prokariotlarda bu xol kuzatilmaydi. Mikroblarda rekombinatsiya retsepient kletkaga, donor kletka xromasomasining bir qismini kirishi natijasida to`liq bo`lmagan ZIGOTA-MEROZIGOTA hosil bo`ladi. Bu rekombinat genotipi, o`ziga donor xromasomalarning (DNK) bir qisminigina olgan retsepient genotipidir. Shuning uchun ham bu protsessni aniqlash bir muncha qiyindir. Genetik materialni bir mikrob hujayrasidan ikkinchisiga o`tishi TRANSFORMATSIYA, TRANSDUKTSIYA va KONYUGATSIYA yo`li bilan o`tishi mumkin.

TRANSFORMATSIYA.

Bu – genetik materialni (DNK) donordan retsepientga to`g`ridan-to`g`ri uzatilishidir. Transformatsiya xodisasi 2 ta bakteriya qatnashadi, birinchisida DNK donor, ikkinchisida DNK retsepient bo`ladi. Lekin hamma hujayralar ham DNK ni qabul qilavermaydi. DNK qabul qilish xususiyatiga ega bo`lgan hujayrani kompetnent hujayralar deyiladi. Ulardagi kompetnentlik holati qisqa muddatli bo`lib, hujayraning o`sish davridagi (ko`payish) ma'lum bir vaqtda bo`ladi, ko`pincha u bakteriya ko`payishining – fazasida bo`ladi. Ya'ni bu vaqtda hujayra devorining o`tkazuvchanligi yuqori bo`lib DNK molekulasini kirishiga qulay sharoit bo`ladi. Hamma bakteriyalar ham kompetentlik xususiyatiga ega bo`lavermaydi. Transformatsiya holatini chaqirish uchun ba'zan bakteriya hujayralari ayrim moddalar ta'sirida ishlanib, hujayra devorini o`tkazuvchanligi oshiriladi. Transformatsiya protsessi bir necha fazada o`tadi.

DNK donorni retsepietga adsorbtsiyasi.

Donor DNK sini retsepientga hujayrasi ichiga kirishi.

Donor DNK sini retsepient xromasomasining o`ziga o`xshash qismi bilan birlashib rekombinatsiya hosil qilishi. DNK lar qanchalik ko`p o`xshash bo`lsa, rekombinatsiya shunchalik tez va yaxshi bo`ladi.

TRANSDUKTSIYA.

Genetik materialni bir akteriyadan ikkinchisiga fag orqali o`tilishi TRANSDUKTSIYA deyiladi. Uch xil transduktsiya bo`ladi: nespetsefik, spetsefik va abort formasi.

NESPETSEFIK TRASNDUKTSIYA. Bu holda fag vibrionlari hosil bo`lish jarayonida bakteriya donor DNK sining qandaydir bir qismihosil bo`layotgan fag DNK siga kirib qoladi va qisman informatsiyani o`tkazadi, ya'ni transduktsiya qiluvchi fag bir bakteriyadan ikkinchisiga faqat genetik materialni o`tkazuvchi bo`libgina qoladi va kulturani lizis qilaolmaydi, ya'ni donor DNK si bakteriya xromasomasiga joylashadi.

SPETSIFIK TRANSDUKTSIYA. Avvalgisidan farqli o`laroq bu holda donor DNK si retsipientga ma'lum bir genni to`liq o`tkazadi va DNK retsipient xromasomasi bilan mustahkam bog`lanadi.

ABORTIK TRANSDUKTSIYAsi bilan bog`lanmasdan erkin holda turaveradi. Hujayra bo`linishi vaqtida bu DNK faqat bitta yangi qiz hujayraga berilishi mumkin, natijada kelgusi avlodda yo`q bo`lib ketadi.

KONYUGATSIYA.

Genetik materialni donor hujayrasidan retsipient hujayrasiga birikishi chatishish yo`li bilan o`tishidir. Bu holda bakteriyalar birga o`stiriladi. Donordagi genetik material F faktorga ega bo`ladi, (fertihy - pushtililik) buni GQ hujayrasi F faktorga ega bo`lmagan bakteriyalar hujayrasi genotipi donor bo`laolmaydi, ularning G-hujayra deb belgilaymiz. Jinsiy faktor konyugatsiya xususiyatiga ega bo`lgan PLAZMIDALAR guruhiga kiradi va ma'lum massaga ega bo`lgan (64. 106) DNK xalqasidan tashkil topgan bo`ladi. F – plazmida jinsiy kiprikchalar (F) ni sintezini nazorat qiladi, bu kirpikchalar donor va retsipient hujayrasini birlashishida, shu bilan birga DNK dan tashqarida bo`lgan genetik materialni o`tkazishda qatnashadi.

PLAZMIDALAR.

Demak, plazmidlar xromasomadan tashqaridagi genetik (irsiy) elementlardir: ya'ni DNK molekulasidagi xromasomaga bog`liq emas: replikatsiya xususiyatiga ega replikatsiyada qatnashadi. Plazmidalar bakteriya hujayrasi tarkibidagi doimiy elementlar tarkibiga kirmaydi. Amma ular muhim protsesslarda qatnashishi mumkin – genetik ma'lumotlarni konyugatsiya orqali o`tishida antibiotiklarga sezgirligi va hokazo. Plazmidalar konyugatsiyalanuvchi va konyugtsiya bo`lmaydigan guruhga bo`linadi. konyugativ plazmidalarga DNKni donordan retsipientga konyugatsiya orqali o`tkazuvchi F SO-plazmidalar kiradi. Ikkinchi hujayradan hujayraga konyugatsiya usuli bilan gen belgini o`tkazish xususiyatiga ega emas. Ona hujayraning bo`linishida yangi qiz hujayralarda bir tekisda taqsimlanadi. R-plazmidalar bakteriyadagi antibiotiklarga chidamlikni belgilaydi.

GEN INJENERIYaSI.

Patogen bakteriya va viruslarni genetikasini o`rganish immunoprofilaktika ishiga katta ahamiyatga ega. Ayniqsa gen (irsiy) yoki genlik injeneriya – yangi irsiy elementlar ishlab chiqishi bular orqali maxsus ma'lumotni hujayralarga o`tkazish, avlodga berish va h.k. gen injeneriya asosida tashkil qilingan yangi genlik strukturasida DNKni yangi rekombinatlari yangi 2 ta komponent. VEKTOR (tashuvchi) replikatsiyadagi hamma xususiyatlarni yangi rekombinat molekulasiga o`tkazadi. Vektor sifatida plazmidalar, faglar, hayvonlar viruslari, xullas DNKning berk xalqasiga ega bo`lgan elementlar kiradi. Ikkinchi begona DNKni hosil qiluvchi DNKni klonlashtiruvchi – bu DNK-fermenti bo`lib, kerakli genlarni tashiydi, kerak moddalarni sintezlaydi va nazorat qiladi.

Gen injeneriya usuli bilan hozirgi vaqtda rekombinat molekalalar olingan bo`lib, bular kerakli moddalarni, sintez qiluvchi genlarni tashiydi.

Mikroorganizmlar hayoti uni o'rab turgan va ularga ta'sir ko'rsatuvchi tashqi muhit bilan chambarchas bog'liq. Mikroorganizmlarga ta'sir ko'rsatuvchi barcha omillarni uch guruhga: fizikaviy, kimyoviy, biologik omillarga bo'lish mumkin. Tashqi muhit omillarining yaxshi yoki o'ldiruvchan ta'sir ko'rsatishi, mana shu omilning tabiatiga, shuningdek, mikroorganizmlarning xossasiga bog'liq.



Labaratoriya mashg’uloti 10

Mavzu: Patogen gram manfiy (meningokok va gonokoklar) va gram musbat kokklar.(stafilokokklar, streptokokklar

Labaratoriya mashg’uloti 11

Mavzu Yuqumli ichak kasalliklari, ichak tayoqchasi mikrobiologik xususiyatlari. Ovqatdan zaharlanishni keltirib chikaruvchi mikroorganizmlar: salmonellyoz, botulizm

Mashg’ulot rejasi

1. Ichak yuqumli infeksiyalari qo’zg’atuvchilarining mikrobiologik diagnostika sxemalarini o’rganish.

2. Enteropatogen E.coli infeksiyalari qo’zg’atuvchilarining mikrobiologik diagnostika sxemacini o’rganish.

3. Iersiniozlar qo’zg’atuvchilarining mikrobiologik diagnostika sxemasini o’rganish.

4. Enteropatogen E.coli va iersiniozlarni serologik diagnostikasi.

5. Enteropatogen E.coli va iersiniozlarda qo’llaniladigan diagnostika, profilaktika va davo preparatlari.



Namoyish qilish

1. Enteropatogen E.coli va iersiniozlarni toza kulturasidan tayyorlangan surtmalar.

2. Enteropatogen E.coli va iersiniozlarni toza kulturasini differensial oziq muhitlarda ajratib olingan kulturalari.

3. Enteropatogen E.coli va iersiniozlarni biokimyoviy xususiyatlarini namoyon etuvchi kalta va uzun Giss qatorlari.

4. Agglyutinasiya qiluvchi E.coli va iersiniozlarni poli va mono reseptorli zardoblari, profilaktik va davolash preparatlari.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq.

1. Enteropatogen E.coli diagnostikasi: kolientritga shubha qilingan bemor materiali ekilgan Endo muhitidagi o’sish natijasini baholash:

a) E.coli ning kultural xususiyati, o’sish xarakteriga baho berish;

b) surtmalar tayyorlab Gram usulida bo’yab, mikroskop ostida ko’rish;

v) shubhali koloniyalardan olib buyum oynasida polivalentli OK-antizardoblar (OKA, OKB, OKS. OKD va OKE) bilan agglyutinasiya reaksiyasini qo’yish.

g) sof kultura ajratib olish uchun shubhali koloniyalardan Kliger muhitiga ekish;

2. Ichak iersiniozi diagnostikasi: ichak iersenioziga shubha qilingan bemor qonidan spesifik antitelolarni aniqlash maqsadida iersinioz eritrositar diagnostikumi bilan BGAR ni qo’yish.

3. Qorin tifi va paratiflar diagnostikasi: birinchi bosqich – qorin tifi va paratiflarga shubha qilingan bemor najasini Endo va Levina va qonini Rapaport muhitlariga ekish.



Enteropatogen E.coli keltirib chiqaruvchi kasalliklar diagnostikasi

E.coli odam yo’g’on ichagini normal mikroflorasi hisoblanadi, lekin hozirda uning ko’plab serologik tiplari odam uchun patogen hisoblanadi. 57-jadvalda kasallik keltirib chiqaruvi serologik tiplari keltirilgan. E.coli ning enterotoksigen serovariantlari- odamda vaboga o’xshash diareya va toksikoinfeksiyalarni keltirib chiqaradi. Bu bakteriyalar termolabil va termostabil enterotoksin ishlab chiqaradi. Toksin ishlab chiqarishini mo’’tadil faglar boshqaradi.

E.coli ning enteropatogen serovariantlari asosan bolalarda diareya keltirib chiqaradi. Hamma serovarlari plazmid tutadi, bu plazmidlar ichak mikrovorsinkalarini epiteliy hujayralariga birikib (adgeziya) oluvchi maxsus oqsil strukturalari sintez qiladi. Bu serovariantlari enteroinvazivlardan farq qilib epiteliy hujayralariga kirmaydi. Kasallik bolalarda og’ir o’tadi.

E.coli ning enteroinvaziv serovariantlari - odamda ichburuqqa o’xshash kasallik keltirib chiqaradi. Bular ichburuqqa o’xshab ichakning epiteliy hujayralariga kirib ko’payadi.

E.coli ning enterogemoragik serovariantlari esa odamlarda og’ir o’tuvchi gemorragik kolitni keltirib chiqaradi.

Bu kasalliklarning mikrobiologik diagnostikasi faqatgina bakteriologik usullarda aniqlanadi. Bakterioskopik va serologik usullar qo’llanilmaydi.



Bakteriologik tekshiruv.

1 kun. Kasallardan patologik material (najas, siydik, qon, qusuq, seksion material va bosh.) maxsus boyituvchi, ko’paytiruvchi muhitli (gliserinli aralashma, selenitli muhit) tamponli probirkalarga yig’iladi, probirkalar albatta rezina qalpoqcha bilan mahkam berkitilgan bo’lib, laboratoriyaga jo’natiladi (11- sxema). Material tamponni o’zi bilan yoki qovuzloq bilan Endo, Ploskerova, Levina muhitlaridan biriga ekiladi va termostatga 37º S da kelasi kungacha qoldiriladi.

2-kun. Material ekilgan muhitlar termostatdan olinib ko’zdan kechiriladi. Endo muhitida ichak tayoqchalari laktozani parchalashiga qarab ikki xil rangda koloniyalar hosil qiladi. Laktozapozitiv (laktozani parchalaydi) koloniyasi to’q qizil rangda (asosan normal E.coli) va laktozanegativ (laktozani parchalamaydi) koloniyasi rangsiz oq pushti rangda bo’ladi. Asosan enteropatogen ichak tayoqchalari ikkinchi tipdagi koloniyalar hosil qiladi. bo’lsa daslabki chamali javob beriladi. Toza kultura ajratib olish uchun bir nechta agglyutinasiya musbat koloniyalardan uch qandli Kliger muhitiga ekiladi va termostatga qo’yiladi.

3-kun. Kliger muhiti ko’zdan kechiriladi. Bu muhitda normal ichak tayoqchalari uglevodlarni (glyukoza, laktoza va saxaroza) kislota va gaz hosil qilib parchalaydi, muhitni rangi somon rangiga kiradi, ko’p gaz hosil qilganligi uchun agar ustunchalari yorilib ketadi. Vodorod sulfid va mochevinani parchalamaydi. Bunday kulturalar bilan chamali polivalentli zardob bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi, manfiy bo’lsa tekshirish to’xtatiladi. Enteropatogen ichak tayoqchalari ko’pincha laktozani saxarozani parchalamaydi, glyukozani esa kislota hosil qilib, gazsiz parchalaydi. Bular bilan ham chamali polivalentli OK zardob bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi, agar musbat bo’lsa alohida (OKA, OKV va x.k) seroidentifikasiya qilinadi. Musbat natija olingan holda, probirkalarda tegishli OK zardoblar bilan kengaytirilgan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi.

Kengaytirilgan agglyutinasi reaksiyasini qo’yish. Buning uchun ikki qatorda agglyutinasiya bergan OKA yoki OKV qon zardoblar suyultiriladi 1:1600 marotabagacha (sxema ). Birinchi qatordagi probirkalarga tekshiriluvchi E.coli ning tirik kultura suspenziyalari, ikkinchi qatorga esa shu kulturani suv hammomida oldindan bir soat davomida qizdirilgan kulturalari ( 2-mlrd.li kulturadan 2-3 tomchi tomiziladi) qo’shiladi. Chunki ichak guruhi bakteriyalarida O-Ag ni yuzasidan K-kapsula antigeni o’rab turadi, bunday kulturalar bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yilsa, reaksiya manfiy bo’lishi mumkin, K-Ag tashqi yuza tomonda O-Ag ni to’sib qo’yadi. O-Ag termostabil, K-Ag esa termolabil 70-80º S parchalanib ketadi. Bunday qizdirilgan kultura bilan O-Ag aniqlash mumkin. Reaksiya musbat bo’lsa kengaytirilgan Giss muhitlarida biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish uchun ekiladi va antibiotiklarga sezgirligini o’rganiladi.

4-kuni hamma olingan natijalar o’rganilib kerak bo’lgan taqdirda qo’shimcha biokimyoviy xususiyatlari o’rganiladi va yakuniy javob beriladi.

Ovqat orqali zaharlanishlar ikki xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Birinchi ko’rinishi mikroorganizmlarga ta’luqli bo’lmagan, bularni o’z navbatida ximiyaviy, biologik faktorlar keltirib chiqaradi. Bu kasalliklarni tibbiyotning maxsus bo’limlarida o’tiladi. Ikkinchi xil zaharlanishlarga mikroorganizmlar sababchi bo’ladi. Bu kasalliklarni ham kasallik patogenezi, kelib chiqishiga qarab ikkiga bo’lish mumkin.

1. Ovqat intoksikasiyasi.

2. Ovqat toksikoinfeksiyalari

Ovqat intoksikasiyasini asosan stafilokokklar, botulizm tayoqchalari, zamburug’lar va bosh. keltirib chiqarishi mumkin. Bu tipdagi zaharlanishlarni kelib chiqishida mikroorganizmlarni toksinlari asosiy rolni o’ynaydi. Odam mikroblar ko’payib, toksinlari yig’ilib qolgan oziq ovqatlarni iste’mol qilishganda kasalliklarga chalinadi.

Ovqat toksikoinfeksiyalarida esa mikroorganizmlarni ovqatlarda yig’ilib qolgan toksinlaridan tashqari, ularning o’zi ham organizmlarda ko’payishi mumkin. Bularga eng ko’p mikroorganizmlar kiradi.

Toksikoinfeksiyalarining nihoyatda ko’p tarqalgan qo’zg’atuvchilari salmonellalardir. Ularga- Salmonella typhimurium, S.enteritidis, S.choleraesuis, S.heidelberg, S.anatum, S.derby lar kiradi. Bu kasalliklarni ko’pchilik hollarda Ye.coli, Proteus, boshqa enterobakteriya vakillari, enterokokklar va boshqa mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.

Ovqat toksikoinfeksiyalarining patogenezi va klinik manzarasi me’da-ichak yo’liga mikroblar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarining (go’sht, baliq, sut va bosh.), yetarlicha termik jihatdan ishlov berilmagan holda ko’p miqdorda tushishi orqali kuzatiladi. Bunda tirik bakteriya hujayralari qulay sharoitda tezlik bilan ko’payadi. Shu bilan bir vaqtda, ichakda kasallik ko’zg’atuvchilarining ko’p miqdorda ko’payishi va bakterial hujayraning parchalanishi ko’p miqdorda endotoksin ajralishiga sabab bo’ladi. Bu esa ingichka ichakning intramural neyroreseptor apparatiga, qorin bo’shlig’ining periferik tomirlariga ta’sir qiladi va bu ichak devorida neyrodistrofik o’zgarishga va bog’liq a’zo hujayralarining jarohatlanishiga olib keladi. Ovqat toksikoinfeksiyalarida me’da-ichak yo’llari, ko’pincha qo’zg’atuvchilardan tezlikda, ayrim hollarda esa, kasal boshlangandan bir necha soat o’tgach, ozod bo’ladi. Bi­rok, qator hollarda, salmonellalar ichakda uzoq vaqt, bir necha hafta va hatto oylar davomida saqlanib qolib, bak­teriya tashuvchining najasi bilan ajralib turadi. Bu kasalliklarda, odatda, bakteriemiya sodir bo’lmaydi.

Laboratoriya diagnostika bakteriologik usul bilan o’tkaziladi. Tekshirish uchun kasalning najasi, qusig’i, me’da chayindi suvlari bilan birga, ovqat qoldiqlari va uni tayyorlash uchun ishlatilgan mahsulotlar olinadi. Bu esa infeksiya manbaini topish uchun muhimdir.

Bakteriyali ovqat toksikozlari bilan zaharlanish me’da-ichak yo’liga ovqat bilan birga bakteriyaning toksinlari tushganda sodir bo’ladi. Bulardan Staph.aureus, Cl.perfringens—lar enterotoksini, ayniqsa Cl.botulinum ning neyro-toksini juda xavfli hisoblanadi. Ovqat bilan zaharlanishda ovqat tarkibida tirik qo’zg’atuvchilarning bo’lishi shart emas, chunki kasallik ularning toksini bilan ham vujudga kelishi mumkin.

Ovqatdan zaharlanishning mikrobiologik diagnostikasi toksinlarni aniqlash hamda toksin hosil qiluvchi qo’zg’atuvchilarning sof kulturasini bemordan olingan materiallar va ovqat qoldiqlaridan ajratib olish yo’li orqali o’tkaziladi

Uslubiy ko’rsatmalar

Ovqat toksikoinfeksiyalari. Tekshirish uchun material: kasal najasi, qusug’i, me’da chayindisi va infeksiya manbai bo’lgan ovqat mahsulotlari qoldiqlari.

Bakteriologik tekshiruv. Material salmonella, shigella hamda esherixiyalarning sof kulturasini olish uchun tekshirilayotgan material differensial-diagnos­tik oziqli muhitlarga (Endo, Ploskireva va boshqalar) ekiladi. Proteyni ajratib olish uchun esa “Shukevich” usulidan foydalaniladi. Ekmalar 20—24 soat 37°S li termostatda ushlab turilgan-dan keyin, differensial muhitli kosachalarda bakteriyalarning kultural, tinktorial xususiyatlari, qiyalantirilgan oziqli agardagi protey uchun xarakterli «o’rmalab» o’sishi asosida xulosa chiqariladi. Taxmin qilingan mikrob koloniyalar sof kulturasini olish uchun qiyalantirilgan (Ressel, Kliger) GP agarga ekiladi va shu bilan bir vaqtda buyum oynachasida agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi. Qolgan bosqichlari qaysi qo’zg’atuvchi ajratib olinganligiga bog’liq bo’lib bioximik, antigen va boshqa xususiyatlari bo’yicha identifikasiya qilinadi. Masalan, ovqat toksikoinfeksiyalarini salmonellalar keltirib chiqargan bo’lsa, ajratib olingan (25 mashg’ulotga qaralsin) salmonellalar sof kulturasi qaysi serovarlarga mansub ekanligini aniqlash uchun seroidentifikasiya qilinadi. Avval polivalentli guruhga mansub qon zardoblar bilan va monoreseptorli O zardoblar, so’ng N zardoblarning 1 chi va 2 chi fazalari bilan aniqlanadi. Olingan natijalar asosida salmonellalarning sof kulturalari bilan ma’lum monoreseptor zardoblar yordamida probirkalarda agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi va kultura ekilgan «ola-chipor» qatorlar natijalari bilan jamlab ko’riladi va yakuniy xulosa va javob beriladi. Bemor organizmidan va ovqat mahsulotidan salmonellalarning aynan bir xil serovari ajratib olinsa, ovqat toksikoinfeksiyasi va kasallik manbai to’g’risida yakuniy xulosani chiqarish mumkin. Bir qator salmonellalarning muhim biokimyoviy belgilari va antigenlik tuzilishi -jadvalda keltirilgan.

Agar, kondensat suvli, qiyalantirilgan agarga (“Shukevich” usulida) material ekilganda kulturaning o’rmalab o’sishi kuzatilsa, undan qovuzloq bilan harakatchanlikni aniqlash uchun «ezilgan» tomchi preparati va surtma tayyorlanadi. Surtma Gram usuli bilan bo’yaladi va mikroskop ostida ko’riladi.



Labaratoriya mashg’uloti12

Mavzu: Xavo - tomchi orqali yuquvchi infeksiya. (Korinebakteriya, mikobakteriya)

Mashg’ulot rejasi

  1. Bo’g’maning mikrobiologik diagnostikasi, sxemalarini o’rganish.

  2. Bo’g’mada bakterioskopik va bakteriologik tekshiruvlar.

  3. Ko’k yo’tal va para-koklyush qo’zg’atuvchilarining diagnostika , sxemalarini o’rganish

  4. Ko’k yo’tal va para-koklyush bakterioskopik, bakteriologik va serologik tekshiruvlar

  5. Bo’g’ma, ko’k yo’tal va para-koklyush qo’zg’atuvchilarni davolashda qo’llaniladigan diagnostik, profilaktik preparatlar.

Namoyish qilish

1. Bo’g’maning sof kulturasidan tayyorlangan, Neysser va Gram usullarida bo’yalgan surtmalar.



  1. Bo’g’maning sof kulturasidan ajratib olishda qo’llaniladigan oziqli muhitlar (telluritli, qon zardobi qo’shilgan va Pizu muhitlari)

3. Difteriya kulturalarining agardagi presipitasiya reaksiyada toksigenlik xususiyatini aniqlash.

4. Ko’k yo’tal va para-koklyush qo’zg’atuvchilarining kulturasidan tayyorlangan surtmalar.

5. Ko’k yo’tal va para-koklyush qo’zg’atuvchilarining kulturasini ajratib olishda qo’llaniladigan oziqli muhitlar (KUA, Sut qo’shilgan qonli agar, Borde –Jangu muhiti).

6. Bo’g’ma va ko’k yo’tal, para-koklyushlar aks ettirilgan rangli rasm, albom va sxemalar.

7. Bo’g’ma va ko’k yo’tal, para-koklyushlarlarni davolashda, oldini olishda va diagnostikada qo’llaniladigan preparatlar.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq.

1. KKAga “yo’tal plastinkasi” usulida ekilgan ekma natijasini baholash. Kultural va morfologik xususiyatlariga baho berish.

2. Bo’g’ma diagnostikasi: burun-xalqumdan steril tampon bilan surtma olish, Gram va Neysser usullarida bo’yash, mikroskopda difteroidlarni topish.

3. Bo’g’maga shubha qilingan kishilar yoki bakteriya tashuvchilar tomog’idan olingan materiallardan tayyorlangan surtmalarni mikroskop ostida ko’rish; bo’yash natijalariga asoslannb, dastlabki javobni berish. Bakterioskopik diagnozni tasdiqlash uchun keyingi tekshiruvlar yo’nalishini belgilash.

4. Bo’g’ma diagnostikasi: zardobli agarga ekilgan ekma natijasini baholash. Kultural va morfologik xususiyatlariga baho berish.

5. Ajratib olingan kulturalarni identifkasiya qilish asosida bakterioskopik va bakteriologik tekshiruv natijalarini solishtirib, yakunlovchi mikrobiologik diagnoz qo’yish.

Bo’g’ma (difteriya) qo’zg’atuvchisining mikrobiologik diagnostikasi

Bo’g’ma (difteriya) qo’zg’atuvchisi — Corynebacterium diphtheriae Actinomycetales tartibiga aloqador bo’lib, biror-bir oilaga kirmaydigan Corynebacterium zotiga kiradi. Difteriya qo’zg’atuvchisining asosiy biologik belgilaridan biri, uning kasallik patogenezini belgilovchi toksin ishlab chiqarish xususiyatidir, bu xususiyat bilan boshqa difteriodlardan farqlanadi. Kasallikda mahalliy patologik jarayon odatda tomoqda joylashadi, bo’g’ma qo’zg’atuvchisi terida, ko’zda, jinsiy organlarda ham difteriya kasallikni keltirib chiqarishi mumkin (rasm 76). Laboratoriya diagnostikasi bakterioskopik va bakteriologik tekshiruvlar buyicha olib boriladi.



Uslubiy kursatmalar

Difteriyada tekshirish uchun material olganimizda qo’zg’atuvchini qaysi organlarda jarayonni keltirib chiqarishiga bog’liq. Shu bilan bir qatorda tamoq difteriyasi eng ko’p uchraydi. Tekshirish uchun ma­terial 2 ta steril paxtali tampon bilan olinib, biridan surtma tayyorlash, ikkinchisidan ekish uchun foydalaniladi. Material ovqatlanmasdan oldin yoki ovqatlangandan keyin 2 soat o’tkazilib olinadi. Antibiotiklar bilan davolanmasdan turib olinsa ajratib olish foizi yuqori bo’ladi. Olingan material 2 soat ichida laboratoriyaga yetkazilishi va ekilishi kerak, agar uni iloji bo’lmasa tampon 5% gliserin yoki fiziologik eritma bilan ho’llab olinadi.



1 –kun. Olingan material darhol birinchi tampon bilan buyum oynasiga bir necha surtmalar tayyorlaniladi, surtmalar quritilib, qotirilib Neysser va Gram usullari bilan bo’yaladi. Bo’g’­ma surtmada yengil egilgan tayoqchalar bo’lib o’lchami 3-6 mkm. Tayoqchani ikki uchida volyutin donachalari (Babesh-Ernest) joylashgan bo’lib, tayoqchaga to’g’nog’ich shaklini beradi. Bundan tashqari bo’g’ma qo’zg’atuvchilari surtmada xarakterli «X» va «V» harfi shaklida yoki ieroglif ko’rinishida joylashadi (rasm 76, 7-sxema). Shu bilan bir qatorda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi o’ta polimorfizm xususiyatiga ega. Surtmada tipik formalari bilan bir qatorda kokksimon, uchlari yo’g’onlashgan kolbasimon, ipsimon va shoxlangan formalari ham uchraydi.

Difteroid va psevdodifteriya tayoqchalarida volyutin donachalari bo’lmaydi yoki ular tayoqchalar uchida emas, bal­ki tanachasi bo’ylab joylashadi. Bundan tashqari bu bakteriyalar surtmada to’da-to’da, qator-qator (chastakol) bo’lib joylashishi mumkin.

Lyuminessent mikroskopik usul tekshirish samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Bunda bo’g’ma tayoqchalari psevdodifteriya tayoqchalaridan ulardagi volyutin donachalarining korifosfin-flyuroroxrom bilan bo’yalgandan so’ng jigarrang qizil rangda nurlanishidan farqlash mumkin. Bu bakteriya sitoplazmalari yashil yoki sariq rangda nurlanadi. Ammo bo’g’ma tayoqchalari o’zining morfologiyasini tez-tez o’zgartirib turadi, jumladan, tomoq difteriyasini antibiotiklar bilan davolaganda, bu esa kasallikka morfologik xususiyatlari bo’yicha diagnoz qo’yishni qiyinlashtiradi. Shuning uchun kasallik qo’zg’atuvchisini aniq, identi­fikasiya qilish maqsadida bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi.

Bakteriologik tekshiruv. Tekshiriluvchi materialdan sof kultura ajratib olish uchun material maxsus elektiv — ivitilgan qon zardobli agarga va Klauberg muhitiga (tellurit natriyli oziqli agarga gliserin va fibrinsizlantirilgan qon qo’shilgan) ekiladi (sxema 7). Bu muhitlarda kokklar va tomoqda uchraydigan boshqa mikrofloralarning o’sishi to’xtatilib, bo’g’ma bakteriyalarining o’sishi uchun esa imkon yaratiladi. Ekmalar termostatga 37°S 18-48 soat qo’yiladi.

2-kun. Bo’g’ma tayoqchalari zardob qo’shilgan GPA yumaloq, mayda, markazi zichlashgan koloniyalarni hosil qiladi. Koloniyalar baravar o’sganda muhit yuzasi saxtiyon terisini eslatadi. Bu muhitda o’sgan koloniyalardan surtma tayyorlanib Gram, Neysser usullarida bo’yaladi, surtmada tipik bo’g’ma tayoqchalari topiladi.

Telluritli muhitda (bu muhit bo’g’mani ko’payishini ham sekinlashtiradi, 24 soat ichida koloniyalari o’smasligi mumkin, shuning uchun 48 soatga termostatda qoldiriladi) bo’g’ma bakteriyalari, telluritni metal telluritgacha qaytaradi va muhitda koloniyalari qora jigarrang bo’lishi mumkin. Bu muhitda bo’g’ma qo’zg’atuvchisi kultural xususiyati bo’yicha 3 biovari tafovut qilinadi: gravis biovari kulrang qora rangdagi yuzasi radial markazdan periferiyaga ketgan chiziqchali, ko’rinishi “Margarit” guliga o’xshash (R-koloniya); mitis tipi esa — mayda, yumaloq, bo’rtgan yuzasi silliq, qirralari (S-koloniya); intermedius mayda, quruq, qora kulrang chetlari notekis (RS yoki SR yaqin). Oxirgi yillarda bo’g’maning to’rtinchi biovarini (bilfantis) ham tafovut qilishmoqda. Bu biovar mitis tipiga yaqin turadi (76-rasm). Telluritli muhitda o’sgan koloniyalardan odatda surtma tayyorlab, bo’yab o’rganilmaydi, chunki tellurit bakteriyalar morfologiyasiga ham ta’sir etib, ularni o’zgartirishi mumkin. Sof kulturasini ajratib olish uchun zardob qo’shilgan GPA ekiladi (zardob qo’shilgan muhitlarda qo’zg’atuvchi o’zining morfologik va boshqa xususiyatlarini tiklab oladi) va termostatga qo’yiladi.



3-kun. Ajratib olingan kulturalar o’ziga o’xshash, ammo pa­togen bo’lmagan korinobakteriyalardan morfologik xususiyatlari, saxaroza, glyukoza, kraxmallarni parchalashi, sistinaza fermenti va toksi­genlik va antigenlik xususiyatlari bo’yicha farqlanadi (50-jadval).

Bo’g’ma bakteriyalarining toksin ishlab chiqarish xusu­siyatlarini aniqlash diagnostikada eng muhim xususiyatlardan biri hisoblanadi, chunki bo’g’ma qo’zg’atuvchisini tabiatda ikki xil shtammi uchraydi. Birinchisi toksigen odamda bo’g’ma kasalligini keltirib chiqaradi, ikkinchi tip shtammi esa toksigen bo’lmasligi mumkin, amaliy ahamiyati yo’q. Shuning uchun bo’g’maning toksigenligi albatta aniqlanadi va shu asosda asosiy tashhis qo’yiladi. Oxirgi yillarda bo’g’maning toksigenlik xususiyatini aniqlashni birqancha usullari taklif qilingan (laboratoriya hayvonlarida, hujayra kulturasida va gelda diffuziya presipitasiya reaksiyasi). Amaliyotda ko’proq gelda diffuziya presipitasiya reaksiyasi qo’llaniladi.



Bo’g’ma qo’zg’atuvchisini toksigenligini aniqlash. Buning uchun Petri kosachasidagi (tarkibiga 15 — 20% ot zardobi, 0,3% maltoza va 0,03% sistin qo’shilgan) oziqli sathiga, 5000 AE/ml tutuvchi bo’g’maga qarshi antitoksinli zardob shimdirilgan 1,5X6 sm kattalikdagi filtr lentasi qo’yiladi.

Kosachalar 30 minut 37°S da termostatda turgandan so’ng tekshiriluvchi kulturadan qovuzloq bilan olinib, filtr qog’oziga perpendikulyar ravishda 0,6 -0,8 sm masofada pilakcha ko’rinishida ekiladi.(tekshirilayotgan kulturadan kamida 4-5 koloniya olib ekililishi kerak). Ikkinchi tomoniga kontrol sifatida ma’lum bo’lgan toksigen shtami ekiladi. Ekmalar 37°S da termostatga kelgusi kungacha qoldiriladi.

Jadval 51.

Bo’g’maning identifikasiya-sida qo’shimcha, ravishda sistinaza, ureaza sinamalari va agglyutinasiya qiluvchi bo’g’ma zardobi bilan agglyutinasiya reaksiyasi qo’yiladi.



Sistinazani aniqlash uchun (Pizu sinamasi) sistin qo’shilgan probirkadagi ZA ustunchasiga tekshiriluvchi kultura sanchib ekiladi. Ekma 37°S da kelasi kungacha termostatga qo’yiladi. Chin bug’ma tayoqchalari sanchib ekilgan yunalishda qo’rg’oshin sulfid hosil bo’lishi natijasida muhit qorayadi, muhit sathidan 1 sm pastroqda qoramtir «bulutcha» paydo bo’ladi.

Fermentativ xususiyatlari amaliyotda keng qo’llanilayotgan usullarda o’tkaziladi.

Corynobacterium diphtheriae qo’zg’atuvchisi boshqa difteroidlardan farqlanib toksigenlik xususiyatga, sistin aktivligiga ega va maxsus qon zardobi bilan AR musbat bo’ladi, Bundan tashqari qo’shimcha fermentativ xususiyatlari va epidemiologik jihatdan zarur bo’lsa fagotiplari o’rganilib yakuniy javob beriladi.

Labaratoriya mashg’uloti 13

Mavzu: Sodda patogen jonivorlar. (Bezgak, leyshmanioz).Zamburug’lar keltirib chiqaradigan infeksiya. (dermatomikozlar, kandidozlar)

Aktinomikozlar. Dermatomikozlar. Kandidozlar va ularning mikrobiologik xususiyatlari.

Dars soati: 4.


  1. Darsning maqsadi. Mikoplazma qo’zg’atuvchilarining asosiy hususiyatlarini harakterlashni bilish, ularni marfalogiyasini, odamlardan infeksion patalogiyasini ro’li; laboratoriya, diyagnostika metodlari va davolovch preparatlarni bilish

  2. Darsning vazifasi. Talabalarga aktinomikozlar dermatomikozlar kandidozlar qo’zg’atuvchi kasalliklar haqida ma’lumot berish diyagnostika va oldini olish chora tadbirlarini o’rganish.

  3. O’quv jarayonining mazmuni.

1. Zamburug’lar sistematikasi va morfologiyasi.

2. Zamburug’lar o’sishishi vatoksin hosil qilishi.

3. Zamburug’ hujayrasining tuzilishi va kimiyoviy tarkibi.

4. Immuniteti.

5. Askomisetlar, bazidomisetlar qo’zqatadigan kasalliklar.

6. Dermatomikoz qo’zg’atuvchilari.

7. Laboratoriya tashhisi.

8. Davolash uchun ishlatiladigan preparatlar.

9. Oldini olish chora tadbirlar.

4. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod (usul), shakl, vosita, nazorat, baholash)

a) Darsning turi – suhbat.

b) Metod – Blits, Kim tez, kim ko’p.

v) Forma (shakl) – guruh.

g) Vosita – doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat.

d) Usul – nutqli.

ye) Nazorat – kuzatish, ko’rish.

j) Baholash – o’z-o’zini va umumiy baholash.



5. Metod – blits o’yin, qor bo’ron, bumerang.

Blits – o’yin, blits pathogen zamburug’lar keltirib chiqargan kasalliklar(mikoz) joylashishi, patoginezi va klinik belgilariga ko’ra 4 guruhga simtomlarga(zararlash joyiga) qarab belgilab bering.






Yuzaki mikozlar

yoki keratomikozlar



epidermomikozlar

Teri osti yoki subkutan mikozlar

Chuqur mikozlar

Ichki a’zo va turli to’qimalarni shi-kastlaydi










+

epidermis, soch-lar, tirnoqlar shi-kastlanadi. Oyoq panjasi epider-mofitiyasi rubro-mikoz, trixofitiya va boshqalar.




+







Teri va teri osti kletchatkasi, fast-siya va suyaklar jarohati







+




Bu kasalliklarda soch va epider-misning mug’uz qatlami jarohat-lanadi.

+














Qo’zg’atuvchining turi

Turlari va keltirib chiqaradigan kasalliklar

Patogenez va simptomlari

Laboratoriya tashhisi

Davolash va oldini olish

1

Bazidomitsitlar

Qalpoqchali zamburug’lar

Og’iz orqali zahar-lanish, qorinda og’riq, to’htovsiz qusish,

Qusuq mod-dani ozuqa muhitga ekish

Atropin yuborish me’dani yuvish

2

Dermatamikoz qo’zg’atuvchilari

Epidermofitiya, trixofitiya, mikrosporiya

Soch, tirnoq, yuz va bo’yin sohalar bosh.organlarni zararlaydi

Mikroskopik, bakteriologik

Grizeofulvin yod prepa-ratlari, lamizin

3

Kandidoz qo’zg’atuvchilari

C. albicans

C.tropicalis kandidoz k.ch.



Ekzogen va endogen omillar bilan yuqadi, teriga, og’iz bo’shlig’i zarar tomoq, lunj.

Mikroskopik Bakterialogik serologik KBR, PGAR

Nistatin, le-varin, autovaksina dezinfeksiya

Talabalar bilan “Kim tez, kim ko’p” o’yinini o’tkazish mumkin. Talabalarga mavzuga oid qisqa savollar beriladi. Ma’lum soniya ichida savolga qisqa to’g’ri javob berishi kerak.

  1. Patogen zamburug’larning ko’pchiligi qaysi sinfiga kiradi?

  2. Hozirgi vaqtda zamburug’larning qancha patogen turlari bor?

3. Zamburug’lar hujayrasining struktural komponentini nima tashkil qiladi?

4. Zamburug’lar qaysi yo’l bilan ko’payadi?

5. Zamburug’lar qaysi oziqa muhitda o’stiriladi?

6. Patogen zamburug’larning ko’payishi uchun qanday omillar kerak bo’ladi?

7. Patogen zamburug’lar agarli muhitda o’sganda qanaqa koloniyalar hosil qiladi?

6. Talabalarning mustaqil bajarishlari uchun vazifalar.

1. Noto’g’ri gemagglutinasiya reaksiyasini qo’yish.

2. Davolash uchun ishlatiladigan preparatlarni o’rganish.

7.Talabalarning o`z ustida ishlashi uchun lozim bo`lgan metodik qo`llanma (Nazariy qism)

Zamburug’lar sistematikasi va biologiyasi

Mikologiya fanining rivojlanishi va zamburug’lar sitologiyasi, kimyoviy tarkibi, irsiyati va boshqa xususiyatlari to’g’risida yangi-yangi ma'lumotlarning yig’ilishi natijasida ularning tirik organizmlar olamidagi sistematik o’rni ham o’zgarib bormoqda va mumkin qadar chuqurroq, aniqlanmoqda. Hozirgi vaqtda zamburug’lar katta eukariotlar olamiga kiradi, bu o’z navbatida ikkita mustaqil Mycota zamburug’lar olamiga bo’linadi. Bular yana ikkita bo’limga: Muxomukota va haqiqiy Eumykota zamburug’lariga ajraladi. Bular ham o’z navbatida anamorf (jinssiz) va telemorf (jinsiy) rivojlanish, bosqichlariga ko’ra yettita sinfga: Chrytridiomycetes, Huphochrytridiomycetes, Oomycetes, Zygomycetes, Ascomycetes, Basidomycetes va Deuteromyceteslarga bo’linadi.

Patogen zamburug’larning ko’pchiligi deyteromitset sinfiga kiradi. Ularning giflari septali bo’lib, vegetativ hamda konidiylar (ekzosporalar) yordamida jinssiz yo’l bilan ko’payadi. Bular o’z navbatida sinf, tartib, oila, urug’, tur va shtammlarga bo’linadi. Shulardan ayrimlari saprofitlar, ba'zilari o’simliklar, hayvonlar va odamlarda 1 kasalliklarni keltirib chiqaradi, ya'ni patogendir. Hozirgi vaqtda zamburug’larning 100 dan ortiq patogen turlari ma'lum.

Morfologiyasi va tuzilishi. Zamburug’lar yosh kul`turasining hujayrasi dumaloq, tuxumsimon, yetilgan hujayralari esa noksimon, duksimon va amyobaga o’xshash bo’lishi mumkin. Ko’pchiligi esa silindrik hujayralarining birlashishidan mitseliy hosil qiladi. Zamburug’lar tuzilishi bo’yicha suv o’tlariga o’xshash bo’lib, ajralib turadi, bir yoki bir necha yadro, hujayra devori va sitoplazmatik pardadan iborat. Yosh kulturalarning sitoplazmasi gomogen bo’lib, yetilganlari donachalardan tashkil topgan. Sitoplazmasida mitoxondriya, Golji apparati, vakuola, turli kiritmalar (glikogen, volyutin, linid, organik tuzlarning kristallari, pigmentlar) bor.

Zamburug’lar hujayrasining struktural komponentini mitseliylar tashkil etadi. Ular shoxlangan rangsiz, yo’g’onligi 1-10 mkm, uzunligi 4- 70 mkm, iplardan (giflardan) iborat. Zamburug’larning ayrim turlaridagi mitseliylar bo’g’insiz hujayralardan (Mucor), ayrim oliy zamburug’lar mitseliylari ko’p hujayra, achitqisimon zamburug’larda esa (Candida) soxta mitseliylar bo’ladi. Ayrim zamburug’larda konidorflar murakkab bo’lib, o’ziga xos mikroskopik tuzilishga ega. Masalan: Aspergillus koidorflari gifning uchida joylashgan bo’lib, pufakchaga o’xshaydi va ularda shishasimon o’simtalar - terigmalar o’sib chiqadi. Ulardan esa konidiylar paydo bo’ladi. Penicillium Fusarum, Microsporum zamburug’larning uchlarida pufakchalar hosil bo’lmaydi.

Dermatomikoz qo’zg’atuvchilarning ikki yonida joylashgan mikrokonidiylar aleyriyalar deyiladi. Ularning barcha sporalari jinssiz, vegetativ yo’l bilan hosil bo’ladi, ammo sporalar jinssiz yo’l bilan, ya'ni gaploid xromosomalarga ega bo’lgan ikkita yadroning qo’shilishi natijasida ham hosil bo’ladi.

Zamburug’larda jinsiy yo’l bilan ko’payish usuli har xil. Sodda Zamburug’lardagi jinsiy yo’l bilan hosil bo’ladigan sporalar oosporalar va zigosporalar, yuqori-murakkab zamburug’dagilarni esa askospora va bazidosporalar deyiladi. Hozirgi vaqtda zamburug’larning vegetativ va jinssiz yo’l bilan ko’payishi anamorf va jinsiy yo’l bilan ko’payishini telemorf deyiladi. Sun’iy muhitlarda o’stiriladigan zamburug’lar morfologiyasi polimorfizm xususiyatiga ega, ammo patologik materialdan olingan zamburug’larda esa bu xususiyat kamroq namoyon bo’ladi.



Zamburug’’lar biologiyasi. Zamburug’lar, asosan, spora hosil qilib, bo’linib, kurtaklanib va o’sib ko’payadi. Qulay sharoitda sporalar o’sib naychalar hosil qiladi, bular o’z navbatida uzayib iplar (giflar) ga aylanadi. Keyinchalik giflarda ko’ndalang to’siq pardalar, ya'ni septalar hosil bo’ladi. Ular, asosan, yuksak zamburug’larda bo’lib, septali giflar deyiladi. Sodda zamburug’lar giflarida septalar bo’lmaydi, shuning uchun ularni septasiz giflar deyiladi. Spora hosil qilish faqat ko’payish vazifasini bajaribgina qolmay, balki zamburug’larning tashqi muhitda tarqalishiga ham sabab bo’ladi.

Zamburug’larning spora hosil qiluvchi qismi sporaforalar deyiladi. Sporalar tashqi va ichki bo’ladi.



O’sishi. Zamburug’lar aerob sharoitda, Saburo, Chapek-Doks, suyuq suslo yoki suslo-agarlarda, ya'ni pH 6,0-6,5 bo’lgan oziq muhitlarda 22-37° S haroratda yaxshi ko’payadi. Ammo patogen zamburug’lar pH 3-10 bo’lgan muhitlarda ham o’sishi mumkin. Ko’pincha zamburug’lar turli xil fermentlarga ega bo’lib, shular yordamida oqsil, uglevod va lipidlarni parchalaydi, ayrimlari patogenlik omillari ham xisoblanadi. Ayrim fermentlar yog’och, teri, suyak va mum kabi sintetik polimerlar va boshqa murakkab organik moddalarni parchalash xususiyatiga ega.

Patogen Zamburug’larning ko’payishi uchun turli o’stiruvchi omillar (vitamin, aminokislotalar), mineral moddalar va mikroelementlar (rux, kobalt, natriy va temir, magniy, mis, fosfor tuzlari) zarur.

Patogen zamburug’lar agarli muhitda o’sishiga ko’ra to’rt xil koloniyalar:

1) teriga o’xshash, silliq, qattiq;

2) paxtaga o’xshash momiqsimon, g’ovak;

3) duxobaga o’xshash tukli, kalta juda ko’p mitseliylar bilan qoplangan;

4) mo’rt, pardasimon, tez sinadigan, karton yoki un sepilganga o’xshash koloniyalar hosilqiladi.

Zamburug’larning ko’p turlari suyuq, muhit yuzasida parda, probirka tubi yoki devorida esa, namatga o’xshash cho’kma hosil qiladi. Ular oq, sariq, jigarrang, qora, havorang, yashil, qizil, malinaga o’xshash va boshqa rangdagi pigmentlarni hosil qiladi, ammo patologik materialdagi zamburug’larning ko’pchiligi pigment hosil qilmaydi.



Toksin hosil qilishi. Patogen zamburug’larning ayrim turlari (Fusarium) ekzotoksin, aspergillning ayrimlari aflotoksin, Fusarium sporotochiella lipotoksol, ammo zamburug’larning ko’p turlari kuchli toksinlar (fallotoksin, muskarin va boshqalar) hosil qiladi. Infektsiyaning kirish joyi, tarqalish yo’li har xil mikozlarda turlicha. Chuqur mikozlar qo’zg’atuvchisining sporasi nafas yo’liga, subkutan-spora yoki mitseliy bo’lakchalari teridagi yaraga tushgach kasallik paydo bo’ladi.

Zamburug’ hujayrasining tuzilishi va kimyoniy tarkibi. Zamburug’lar eukariot organizmlarga kirganliga sababli, hujayra tuzilishi eukariotlarga xos bo’ladi. Hujayrada yadro bilan yadrochalar, mitoxondriya, endonlazmatik retikulum, Golji apparati, lizosoma. falosoma, segresomalar bor. Lomasoma va xitosomalar faqat zamburug’larda topilgan. Zamburug’ hujayrasida bitta yoki o’nlab yadrolar bo’ladi. Zamburug’larning ko’p turlari tashqi sharoitga ko’ra achitqi yoki mitseliy shaklida o’sadi, ya'ni dimorfizm xususiyatiga ega.

Shikastlangan hujayrada achitqi hujayrasiga, probirkada o’stirilganda esa, ipsimon mikroorganizmlarga o’xshaydi. Zamburug’ hujayrasi devori bakteriya hujayrasidan uglevod tabiatli mikrofibrillyar (glikanlar) dan tashkil topganligi bilan farq qiladi.

Zamburug’ kasalliklarining paydo bo’lishida unga moyillik ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun dermofitiya bilan, asosan, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar; chaqaloqlar va uch yoshgacha bo’lgan bolalar esa ko’pincha kandidoz bilan og’riydilar. Zamburug’ kasalliklarining paydo bo’lishiga gipo- va avitaminoz, disbakterioz, kup terlash, xavfli o’sma, qon kasalliklari, OITS, turli yaralar va surunkali kasalliklar, antibiotiklardan noto’g’ri foydalanish, xromomikoz, sporotrixoz va boshqa omillar ham sabab bo’ladi.

Immuniteti. Zamburug’ kasalliklarida hujayrali va gumoral immunitetlar muxim rol o’ynaydi. Teri organizmni patogen zamburug’lar kirishidan himoya qiladi. Undagi ter va lipoid moddalar ta'sirida mikoz qo’zg’atuvchilarining rivojlanishi keskin kamayadi. Qon zardobida maxsus angitelolar hosil bo’lib, ular ham zamburug’larga qarshi ta'sir etadi. Turga xos immunitet vujudga keladi. Patogen zamburug’lar keltirib chiqargan kasalliklar (mikozlar) joylashishi, patogenezi va klinik belgilariga ko’ra to’rt guruhga bo’linadi.

Birinchi guruhga yuzaki mikozlar yoki keratomikozlar (rang-barang temiratki) qora temiratki kladosporioz, oq p'edra va qora p'edra kiradi. Bu kasalliklarda soch va epidermisning muguz qatlami jarohatlanadi. Opportunistik mikoz qo’zg’atuvchilari ham shartli patogen zamburug’lar hisoblanadi.

Ikkinchi guruhga epidermomikozlar kiradi, bularda epidermis, sochlar, tirnoklar shikastlanadi va bu dermatomikozlar deb ataladi. Bularga oyoq panjasi epidermofitiyasi, rubromikoz, trixofitiya, mikrosporiya favus va boshqalar kiradi.

Uchinchi guruhga teri osti yoki subkutan mikozlar (sporotrixoz, xromomikoz, maduromikoz) kirib, ularda teri, teri osti kletchatkasi, fastsiya va suyaklar jarohatlanadi.

Turtinchi guruhga chuqur mikozlar (blastomikoz, gistoplazmoz, kriptokokkoz, koktsidiodoz) kiradi. Bularda ichki a'zo va turli to’qimalar shikastlanadi.

Askomitsetlar

Askomitsetlar-xaltachali, juda ko’p mitseliyli zamburug’lardir. Jinsiy yo’l bilan askosporasi (maxsus xaltachalar - askalarda sporalar rivojlanadi) orqali ko’payadi, jinssiz yo’l bilan ko’payishi esa konidiyalar orqali amalga oshadi (ekzosioralar ko’pchilik zamburug’larda jinssiz ko’payish faoliyatini bajaradi).

Askomitsetlar sinfiga Aspergillus urug’i kiradi. Zamburug’lar bo’g’inli yoki septali mitseliylar va bir hujayrali konidiy tutuvchilardan tashkil topgan. Konidiy tutuvchilarning yuqoridagi uchida yelpig’ichga o’xshab joylashgan kalta, qator sterigmalari bo’lib, ulardan zanjirga o’xshab konidiyalar o’sib chiqadi.

Mikroskop ostida aspergillar tekshirilganda, sterigmalar ustida joylashgan ekzosioralar, xuddi gulga suv sepadigan idishdan tushayotgan suvni eslatadi. Aspergillalarning asosiy turlaridan biri Aspergillus niger xisoblanadi. Bu tur tabiatda keng tarqalgan bo’lib, nam buyumlarda, non va murabbolarda yashaydi, Patogen va shartli patogen turlariga A. fumigatus, A. flavus, A. niger va boshqalar kiradi. Hozirgi vaqtda aspertllyoz bilan og’rigan bemorlardan aspergillaning 40 dan ortiq turi ajratib olingan bo’lib, ular odamlar terisi, oyoq-qo’llari, burun bo’shlig’i, o’pka, bronx, ko’z, tashqi quloq yo’llarini, suyak va boshqa a'zolarni zararlaydi.

Aspergillyoz kasalligi reaktivligi pasaygan va immun holati kuchsizlangan kishilarda juda og’ir kechadi, xatto o’lim bilan ham tugaydi. Patogen mog’orlarning ayrim turlari juda zaharli va xavfli o’sma qo’zg’atish xususiyatiga ega bo’lgan aflatoksin ajratadi. Askomitsetlar sinfiga Penicillium urug’i ham kiradi. Mitseliy va konidiy bandlari ko’p hujayrali bo’lib, hosil beruvchi tanasi mo’y qalamga o’xshaydi. Konidiy tutuvchilarning yuqori qismi shoxlangan bo’lib, ularning uchlarida sterigmalar, ulardan esa supurgiga o’xshash qator konidiylar hosil bo’ladi. Zamburug’larning bu urug’i tabiatda keng tarqalgan bo’lib, sut maxsulotlari, nam buyumlar, eski teri va murabbolarda ko’p uchraydi. Bu urug’ning asosiy turi Penicillium qlaucum hisoblanadi. Ularning maxsus shtammasi (Peni­cillium natatum va boshqalar) dan penitsillin olinadi.

Penicillium ning 30 dan ortiq turi odamlar uchun patogen xisoblanadi. Ular penitsellyoz - teri, tirnok, quloq, yuqori nafas yo’llari, o’pka kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, organizmga tarqalgan (ya'ni generilizatsiyalangan) holda ichki a'zolarni ham shikastlaydi.

Ayniqsa P. crustaceum, P. glaucum, P. niger turlari o’ta patogen hisoblanadi. Aspergillyoz va penitsillyozlarga laboratoriya tashxisi qo’yish uchun patologik materiallar mikroskopda tekshiriladi. So’ng oddiy muhitlarga yoki Saburo muhitiga ekiladi va 25-28°S haroratda o’stiriladi. Paydo bo’lgan koloniyalar xarakteri, fermentativ xususiyati, pigment hosil qilishi, allergik sinama, komplementni biriktirish reaktsiyalariga ko’ra identifikatsiya qilinadi. Bemorlarni davalash uchun nistatin, surunkali shakllarida amfoteritsin V. mikoseptin, amfoglyukamin, autovaqtsinalardan foydalaniladi.

Achitqi zamburug’i

Achitqilar Ascomycotina sinfi Saccharo mucetales tarkibiga (birchamchi xaltachali zamburug’lar) kiradi. Achitqi yirik hujayra bo’lib, tuxumsimon, sharsimon va tayoqchasimon shakllarga ega. Achitqi hujayralarida ikki qavatli qobiq va chegaralangan yadro bor. Sitoplazmasi gomogen bo’lib, mayda donacha tuzilishiga ega, unda turli kiritmalar (glikogen, volyutin, moy), vakuola hamda ipsimon tanachalar, ya’ni xujayralar sintezi jarayonida ishtirok etuvchi xondrosomalar bor. Achitqilar kurtaklanib bo’linadi, spora hosil qilib, ayrim turlari esa jinsiy yo’l bilan ko’payadi. Kurtaklanib ko’payishida ona hujayradan yosh hujayra ajralib, alohida mustaqil hujayraga aylanadi. Achitqining ayrim turlari oziq yetarli bo’lmaganda hujayrada 2, 4, 8, 16 tadan endosporalar hosil bo’ladi. Askosporalar hosil qiluvchi achitqi hujayralar asklar (xaltacha), spora paydo qiladigan hujayra esa - askomitsetlar deyiladi.

Achitqining bu urug’iga mansub turlari, turli xil uglevodlarni parchalash xususiyatiga ega. Ular pivo tayyorlash, vinochilik sa’noatida va non ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Achitqilarning Saccharomyces cerevisiae, Saccharmyces ellipsoides turlari yaxshi o’rganilgan.

Zamburug’larning keng tarqalgan guruhi sporinya (Claviceps purpurea) bo’lib, kasallangan javdar va bug’doylarda ko’p uchraydi. Askosporalar o’simliklar gullaganda mitseliylarga aylanadi. Giflar to’q binafsha rangdagi donacha skelerotsiylarni hosil qilib, ular boshoqdagi don o’rnini egallaydi. Sporinya donachalari tarkibida kornutin alkaloidi, sfatselin va ergotin kislotalari bor. Bularni odam yoki hayvonlar non bilan iste'mol qilganida juda og’ir kasallik yuzaga kelishi mumkin. Bu kasallikka chalinmaslik uchun sporinya donachalari bo’lgan javdar va bug’doydan non qilmaslik lozim.



Bazidomitsetlar

Bazidomitsetlar ko’p hujayrali mitseliylarga ega zamburug’lar bo’lib, ularning

20 000 dan ortiq turi ma'lum. Ular, asosan, jinsiy yo’l bilan, ya'ni bazidosporalar bilan ko’payadi. Ko’payish a'zosi - bazidiyalar ichida ko’pincha 4 ta spora hosil bo’ladi. Ko’pchilik bazidomitsetlar chirindiga boy tuproqlarda, o’simliklar qoldiklarida yashaydi, ayrim turlari esa daraxtlarda parazitlik qiladi. Bunday kalpoqchali zamburug’larning 150 turi mavjud bo’lib, ulardan 25 turi zaharli. Ularni bilmasdan iste'mol qilganda, zahari tezda me'da-ichak yo’li orqali so’riladi; jigar-buyrakda to’planadi va 6-30 soatdan so’ng sitotoksik ta'sir etadi. O’tkir gastroenterit belgilari namoyon bo’ladi, ya'ni qorinda og’riq, to’xtovsiz qusish, qon aralash ich ketishi, umumiy darmonsizlik suv elektrolit muvozanatning buzilishi, tirishish, jigar kattalashishi va sarg’ayishi, azotemiyalar kuzatiladi. Bu kasallik bolalarda og’ir kechib, jigarning o’tkir atrofiyasi tufayli ko’pincha o’lim bilan tugaydi.

Qalpoqchali zamburug’ning muxomor xilida muskarin deb ataladigan alkaloid bo’lib, parasimpatik nerv sistemasini shikastlaydi. Bemorning silliq muskullari qisqaradi (spazm), ko’zidan yosh oqadi, qattik terlaydi. Atropin yuborilgach bemor tezda sog’ayadi. Shartli-zaharli qalpoqchali zamburug’lar ham iste'mol qilingandan 2-3 soat o’tgach o’tkir gastroenterit boshlanadi. Bularni qaynatilganda ularning' zaharlash xususiyati yo’qoladi.

Iste'mol qilish mumkin bo’lgan, ammo ularni tayyorlash yoki saqash jarayonida salmonella, stafilokok klostridiy, botulizmlar bilan zararlangan quziqorinlar ham gastroenterit kasalligini keltirib chiqaradi. Qalpoqchali zamburug’ bilan zaharlanganda me'dani tezda yuvib, zararsizlantiruvchi dorilar beriladi. Zaharlanishning oldini olish uchun iste'mol qilish mumkin bo’lgan qo’ziqorinlarni ajratib olib, yaxshilab pishirish va shisha bankalarga sterilizatsiya qoidalariga qat’iy amal qilgan holda solib berkitish lozim.

Dermatomitsetlar

Takomillashmagan zamburug’larga bir guruh dermatomitsetlar kiradi, ulardan trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya va favus (kal) kabi teri va teri hosilalarini zararlovchi kasalliklar qo’zg’atuvchilari muhim ahamiyatga ega. Dermatomikoz qo’zgatuvchilari uchta bo’lib, Epidermophyton, Microsporum, Trichophyton urug’lariga kiradi.

Trixofitiya. Unining qo’zg’atuvchisi trixofitonlar bo’lib, ko’pincha boshning sochli qismi, teri va tirnoq zararlanadi. Ular o’sishi va morfologiyasi jixatidan bir-biridan farq qiladi. Yuza grixofitiyaning qo’zg’atuvchilari Trichophyton violaceum va boshqalarnining 20 dan ortiq turi bor. Trixofitonlarning mitseliylari ingichka, kalta- kalta shoxlanuvchi septali iplardan tashqil topgan. Ularda atrospora va xlamidosporalar ham mavjud. Trixofitonlar Saburo muhitida 4-5 kundan so’ng g’adir-budir teriga o’xshash, mayda kukunsimon, kulrang. oq, qora, binafsha, pushti, qzil, sarg’ish, jigarrangnamo, ayrimlari yaltiroq koloniyalar hosil qiladi.

Mikroskop ostida juda mayda koloniyalar va ularning mitseliylari ko’rinadi. Yosh kulturalarida makrokonidiyalar ham bo’ladi. Trichopyton urug’iga T. tonsurans, T. soudanense, T. rubrum lar kiradi.

Yuza va surunkali trixofitiyalarni, asosan, T. tonsurans keltirib chiqaradi. Bu kasallik kuproq AQSh, Meksika, Janubiy Amerika mamlakatlarida, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlarida uchraydi. Trixofitiya, asosan, shu kasallik bilan ofigan kishilardan yuqadi. Ularning zamburug’lar bilan shikastlangan sochi, qazg’oqlari, shikastlangan tirnoqning bo’lakchalari yuqumli xisoblanadi. Sog’lom bolalarga bemor bilan muloqatda bo’lganda, ularning bosh va ichki kiyimlari, taroq, qaychi va boshqa buyumlaridan yuqadi. Boshdagi yuzaki trixofitiya barcha yoshdagi kishilarda uchrashi mumkin, ammo maktab yoshidagi bolalar bu kasallikka juda ham moyil bo’ladi. Boshdagi sochda trixofitiya ikki xil, ya'ni mayda va yirik o’choqli bo’ladi. O’choqlar notekis va tarqoq, yumaloq shaklda bo’lib, yallig’lanish jarayoni bilinmaydi. O’choqlar yuzasi qazg’oq bilan qoplangan bo’lib, sochlar teri satxidan 1-2 mm yuzada sinadi. Bu esa kasallikning asosiy klinik belgilaridan xisoblanadi. Chuqur trixofitiyalarning kuzg’atuvchisi - Trichophyton mentagraphytes uzun, bo’g’inlardan iborat mitseliylarga ega. Yana to’p-to’p va mitseliylarning ikki yoniga joylashgan aleyriyalar, kam miqdorda spiralsimon, burama va uchi to’mtoq tayoqchalar ham bo’ladi. Qattiq oziq muhitlarda qorga o’xshash oq, momiqsimon, chetlari tekis koloniyalar hosil qiladi.

Mikrosporiya. Mikrosporiyaga Microsporum turkumiga kiruvchi ipsimon zamburug’lar sabab bo’ladi. Ular silliq teri hamda sochlarni zararlaydi. Kasallik yuza va axyonda chuqur joylashish xususiyatiga ega.

Kasallikni birinchi bo’lib, 1843 yili Parijda Venfiyalik olim Grubi kashf etgan. Mikrosporumlar uch guruhga: antropofil (M. audouimii Grubi, 1943), zoofil (M. canis Bodin 1902) va geofillarga (M. gupseum. Bodin) bo’linadi.

Mikrosporumlarning ayrim turlari yetilgan bo’lib, qolganlari yetilmagan zamburug’lardir. Ular Saburo muhitida, asosan, momiqqa o’xshash oq, bazan sarg’ish-jigarrang koloniyalar hosil qiladi.

Mikrosporumlar devorlari qalin yoki yupqa klenidiylarni, ayrim turlari (M. audouinii) esa qalin devorli xlamidosporalarni hosil qiladi. M.canis odamlarga, asosan, mushuk va itlardan yuqadi. Kasallik hayvonlar bilan muloqotda bo’lganlarning 80% iga yuqishi mumkin. Bundan tashqari, teriga zamburug’ tushgan buyumlar, kasallangan sochlardan ham o’tadi. Bu kasallik, asosan, bolalarda, ba'zan kattalarda uchraydi.

Kasallik patogenezida epidermis muguz qavatining qay darajada zararlanganligi, haroratning yuqoriligi va atrof muhitdagi namlik muhim ro’l o’ynaydi.

Zamburug’ mayda jarohatlarga tushgandan so’ng, o’sadigan giflari yordamida tarqaladi. Silliq terida mikrosporiyaning o’choqlari paydo bo’ladi, ular yuzaki trixofitiyadan deyarli farq qilmaydi. Ammo mikrosporiyada o’choqlar birmuncha katta, soni ham 20-30 ta bo’ladi. Bolalarda mikrosporiya o’choqlari, asosan, badanning yopiq joylarida keyinchalik boshning sochli qismida, yuz va buyin sohasida 1-2 ta yirik, dumalok, chegaralari aniq o’choqlar paydo bo’ladi.

Epidermofitiya. Kasallik qo’zg’atuvchisi bo’lib, bo’g’inli (septali) mitseliiylarga ega va bir ipda 5 guruh (to’plam) holida joylashgan urchiqlari bo’ladi,

ammo kondidiylari bo’lmaydi. Saburo muxitida duxobaga o’xshash, unsimon, g’adir-budir sariq-jigarrang, ayrimlari yashil rangli koloniyalar hosil qiladi.

Epidermofitiyada oyoq terisi, barmoqlar orasi, tirnoq va chov sohasi zararlanadi. Bu kasallikda ho’l po’sttashlovchi dog’lar paydo bo’lib, asosan, 20-30 yashar kishilarda ko’p uchraydi. Shikastlangan tirnoq va teri qazg’oqlarida, ingichka, shohlanuvchi mitseliylar iplari, dumaloq konidiylar topiladi.

Favus(kal) teri va sochning surunkali zamburug’ kasalligi bo’lib, toshmalar o’rnida skutula, chandiqlar paydo bo’ladi, ammo ichki a'zolar shikastlanmaydi. Kasallik 1939 yili Shyonlyayn tomonidan kashf etilgan. Uning qo’zg’atuvchisi T.. bo’lib, mitseliysining uchi bug’uning shoxiga o’xshaydi. Xlamidosporalar yordamida ko’payadi. unsimon kulturalar mitseliysining ikki yonida aleyriyalari yaxshi ko’rinadi, aleyrosporalar mitseliy sitoplazmasining kondensatsiyasi natijasida hosil bo’ladi. Saburo muhitiga ekilganda quruq, ajinli, gumbazchaga o’xshash kulrang, oqish yoki sarg’ish, jigarrang yuzasi unsimon koloniyalar hosil bo’ladi.

Barcha dermatomitsetlarning fementativ xususiyati xima-xil, shu sababli laboratoriya tashhisida bu belgilardan foydalanib bo’lmaydi. Favus kasalligi O’zbekistonda deyarli uchramaydi, kasallikning keskin kamayishida professor U.K. Beluxaning (1913-1993) xizmatlari katta. Dermatomitsetlarda ekzotoksin hosil qilmaydi, ammo endotoksin ajratadi, u allergen xususiyatiga ega. Shu sababli bemor organizmi, ayniqsa terisi o’ta sezgir allergik holatda bo’ladi.

Dermatomitsetlarda turlarga xos antigen bo’lmaydi, shu sababli serologik variantlari yo’q. Tashqi muxitda uzoq saqlanadi, patologik materiallarda ham chidamli. Ularni qaynatilganda 15-30 daqiqada o’ladi.

Kasallik bevosita kasal kishidan va u ishlatgan buyumlari (bosh kiyimi, sochig’i, tarog’i, ro’moli va boshqalar) shuningdek hayvonlar (it, ot, qoramol va h.)dan yuqadi.

Dermotomitsetlar tabiatda keng tarqalgan. Ularning ba'zilar tuproqda bo’ladi, boshqa turlari nopatogen. 10 dan ortiq tur antropofil patogen dermotomitsetlar bo’lib, bemordan sog’lom odamga yuqadi.

Dermatomikozlarda dermatomitsetlarga nisbatan chidamlilik makroorganizmning reaktivligiga bog’liq. Kasallikdan so’ng hosil bo’lgan antitelalar ham nospetsifik, immunitet ham kuchsiz.

Laboratoriya tashhisi. Dastlab mikroskopik usul qo’llaniladi. Buning uchun buyum oynachasiga 10% ishqor (NaOH, KOH) yoki glitserinli spirt tomizib, unga 2-3 ta shikastlangan soch tolasi yoki bir nechta teri qazg’oqlari, shilliq qavatdan olingan oqish nam qirma (karash) qo’yiladi. Surtma spirt alangasi ustida bir oz, bug’ hosil bo’lgunga qadar qizdiriladi. So’ngra tomchi yopqich oynacha bilan berkitilib mikroskop ostida X 7 okulyar va X 40 ob'ektivlar bilan ko’riladi.

Trixofitiyada, jarohatlangan soch ichida zamburug’ hujayralarining kattaligi 4-5 mkm bo’lib, har xil joylashadi. Zamburug’ sporalari faqat shikastlangan soch ichini to’ldirgan holda (endotriks) o’rab oladi yoki spora va mitseliylar sochning tashqari tomonida (ekzotriks) joylashadi. Tangacha va tirnoqlarda septali, shoxlangan, bukilgan mitseliylarni ko’rish mumkin, tirnoqdan olingan materialda esa dumaloq, to’g’ri to’rtburchak sporalar to’plami ko’zga tashlanadi.

Favusda shikastlangan soch tolasida mitseliyning yo’g’onligi 3-5 mkm bo’lgan ipchalari, shuningdek, to’g’ri to’rtburchak shaklidagi mitseliy bo’lakchalari, havo pufakchalari, yog’ tomchilari ko’rinadi.

Mikrosporiyada sochning folikulyar qismi g’ilofga o’xshab, zamburug’larning naqshdor mayda sporalari bilan o’ralib turadi. Sochning ichida zamburug’ va sporalarning bo’lakchalari ko’zga tashlanadi.

Epidermofitiyada zamburug’ elementlari teri tangachalarida bo’lib, unda ham qirrali sporalar birga yo’g’on, shoxlanuvchi, septalli mitseliy ipchalari ko’rinadi.

Davolash. Bemorlarnio davolash uchun yod preparatlari, greziofulvin, vitaminlar, 3% Bor kislotasining eritmasi bilan bintni ho’llab qo’yish, pirogenallar qo’llaniladi. So’nggi yillarda lamizin va orungal preoaratlaridan keng foydalanilmoqda.

Oldini olish. Bemorlarni to’la-to’kis davolash, sartaroshxona, hammom, basseyn, sport maydonlarining sanitariya holatini qat’iy nazorat qilish, shaxsiy gigiyenaga rioya etish va boshqa choralardan iborat. Veterenariya xodimlari kasal hayvonlarni aniqlab, ularni davolashlari kerak.

Sporotrixoz qo’zgatuvchisi

Kasallikni Spurothrix schenckii qo’zgatadi. Uni 1898 yili B. Shenk birinchi bor teri osti abstsessidan ajratib olgan. Zamburug’ jarohatlangan tukimalarda sigaraga o’xshash, kurtaklanuvchi achitqihujayralarini hosil qiladi. Zamburug’ septali mitseliylarga ega. Giflarning yonlaridan shoxchalar chiqib, ular uchida bittadan yoki bir guruh, konidiylar joylashadi. Zamburug’ Saburo muhitida va oddiy muhitlarda 25-29°S haroratda yaxshi o’sadi va terisimon, momiqsimon, silliq pigmentli koloniyalar hosil qiladi.

S. schenckii tabiatda keng tarqalgan bo’lib, tuproq va o’simliklarda uchraydi. Organizmga shikastlangan teri orqali kiradi, keyin teri osti qatlami va limfa bezlariga o’tadi, halqumda, muskullarda, sinovial qobiqlarda mayda gummalar hosil qiladi. Bundan tashqari, suyak, bo’g’im, muskul va ichki a'zolarda abstsesslar yuzaga keltiradi. Kasallik sporadik holda qishloq xo’jalik xodimlari orasida ko’proq uchraydi.

Laboratoriya tashhisi bemordan olingan yiring, shikastlangan to’qima kesmasi va boshqa patologik materiallarni mikroskop ostida tekshirishdan iborat. Agar natija musbat bo’lsa, u holda kattaligi 1x1- 1x3 mkm bo’lgan, tuxumsimon donachalar ko’rinadi. Tekshiriluvchi material Saburo muhitiga ekiladi va sof kultura ajratib olinib, uning asosiy

biologik xususiyatlari o’rganiladi. Bemor qon zardobidagi komplementni biriktiruvchi antitelolar, agglyutininlar (titri 1:200-1500) hamda pretsipitin va opsoninlar serologik reaktsiyalar yordamida aniqlanadi.

Zamburug’ning o’ldirilgan kulturasidan tayyorlangan ekstraktini teri orasiga yuborib, teri-allergik sinama qo’yiladi.

Zamburug’ga yoki tekshiriluvchi materialni oq sichqon, kalamush, dengiz cho’chqachasining terisi ostiga yuborilganda, ularning ichki a'zolarida granulemalar paydo bo’ladi, ya'ni biologik usuldan foydalaniladi. Laboratoriya tashxisida immunoflyuorestsent usul ham qo’llaniladi.

Davolash. Bemorlarga amfoteritsin V, nistatin, levorin, mikoseptin, yod preparatlari, vaktsina va autovaktsinalar buyuriladi.

Oldini olish sanitariya-gigiena qoidalariga qat'iy amal qilish, teri va shilliq, qavatlarni jarohatlanishdan saqlashdan iborat.

Kandidoz qo’zg’atuvchisi.

Kandidozga Candida urug’iga mansub achitqisimon zamburg’lar sabab bo’ladi. Kasallik qo’zg’atuvchisi dastlab 1839 yili Langenbak tomonidan kashf etilgan. Kandidalar bir hujayrali organizm bo’lib, kurtaklanib ko’payadi (90-rasm). Ular konidiy, askosporlar hosil qilmaydi, xaqiqiy mitseliylari yo’q, soxta mitseliylari ketma-ket kurtaklanish natijasida paydo bo’ladi. Bu zamburg’lar maxsus urug’ni tashkil etib, 80 dan ortiq turni o’z ichiga oladi, shulardan 20 tasi odamlarda kasallik keltirib chiqaradi. Bularga C. albicans, C. tropicalis, C. pseudotropicalis, C. krusei, C. guillermondi, C. parapsilosis va boshqalar kiradi. Bulardan, asosan, C. albicans, C. tropicalis kandidozga sabab bo’ladi. Bu turni 1853 yili Sh. Roben birinchi bor aniqlagan.

Candida urug’iga mansub zamburug’lar dumaloq tuxumsimon yoki uzunchoq, hujayralar bo’lib, asosan, kurtaklanib ko’payadi. C. albicans xlamidosporalar hosil qiladi. Ularning zanjirsimon uzunchoq, hujayralardan iborat soxta mitseliylari bor.

Achitqisimon zamburug’lar aerob bo’lib, oddiy muhitlarda 20-30°S haroratda o’sib, silliq koloniyalar hosil qiladi, ammo Saburo muxitida yaxshi ko’payadi. Kandidoz zamburug’larining antigen tuzilishi murakkab, hujayra devoridagi glikoproteidlar turlarning antigen maxsusligini belgilaydi.

Ko’p turlari 6 ta serologik guruhga, C. albicans esa A, V, S sero guruhlarga bo’lingan. Candida urug’iga zamburug’lar tashkl muhitda keng tarkdpgan C. albicans esa odam ichagining normal mikroflorasi xisoblanadi.

Candida urug’iga mansub zamburug’lar tashqi muhitga chidamli, quritilgan holda yillab saqlaladi. Dezinfektsiyalovchi vosetalar) 2-5% li fenol, formalin, xloramin, lizol eritmalari tezda o’ldiradi. Bu zamburug’lar odamlarning og’iz bo’shlig’i, me'da-ichak, siydik-tanosil a'zolarining shilliq qavatlarida yashaydi. Bundan tashqari, ular xo’l mevalarda, sabzavotlar, ovqat maxsulotlari, chiqindi suvlar, idish-tovoqlar va buyumlarda ham bo’ladi.

Kandidoz endogen va ekzogen yo’llar bilan paydo bo’lishi mumkin. U, asosan, endogen yo’l bilan nimjon bolalarda, tashqi muhitning (namlikning ko’pligi, terining ishqalanib turishi va boshqalar) noxush omillari ta'sirida pavdo bo’ladi, kasallik yaxshi dezinfektsiya qilinmagan vannalar orqali ham yuqishi mumkin.

Kasallikning ekzogen yo’l bilan rivojlanishida makroorganizm reaktivligining pastligi, qo’zg’atuvchining miqdori va boshqa ikkilamchi mikroorganizmlar borligi muxim rol o’ynaydi.

Candida ning har xil turlari o’tkir va surunkali kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bunda ko’pincha shilliq qavatlar zararlanadi. Bulardan achitqi stomatiti (og’iz oqarishi) ko’p uchraydi, u aksariyat yosh bolalarning og’iz bo’shlig’i shilliq qavatini shikastlaydi. Avval shilliq qavat qizaradi, so’ngra til, tomoq, lunjda ko’plab mayda donachalarga o’xshash karashlar paydo bo’ladi. Keyinchalik ular qo’shilib, yirik yaltiroq, oq, kulrang pardalarga aylanadi. Bu pardalar giflar va achitqisimon zamburug’lardan iborat bo’ladi. Kandidozning bu turi chaqaloqlarda va bolalarda uchraydi. Kandidoz chaqaloqlarning dumbasi, chov sohasida, yuqori nafas va ovqat yo’llarida, siydik-tanosil a'zolarida, markaziy nerv sistemasi va boshqa joylarida bo’lishi mumkin. Bolalarda uchraydigan kandidozning 78% ini og’iz bo’shlig’i shilliq qavatlarining kandidozi tashkil etadi.

Antibiotiklarni o’z bilgicha qo’llash ham kandidozlarga sabab bo’ladi, ular odam organizmidagi normal mikrofloraning simbiozini buzadi, natijada disbakterioz rivojlanadi. Bu ichakda ayrim mikroblarning ko’payib ketishiga yoki saprofit holatdai shartli patogen va patogen holatga aylanishiga sabab bo’ladi. Achitqisimon zamburug’lar qo’l-oyoq panjalari, chov va ko’ltiq osti hamda tirnoq atrofidagi terini, lab, og’iz burchaklaridagi shilliq qavatlarni, til, taloq, qzilo’ngach va qinlarni oq pardalar hosil qilib, shikastlaydi. Kandidoz me'da-ichaq nafas yo’llari, siydik tanosil a'zolarini, ayrim hollarda nerv sistemasini ham zararlash mumkin. Kandidozda o’t yo’li va tishlarning hamshikastlangani qayd etilgan. Bundan tashqari, kandidoz qo’zg’atuvchilari septitsemiyaga olib kelishi, buning oqibatida buyrak o’pka to’qimalari, jigar va boshqa a'zolar shikastlanishi mumkin. Diabet bilan og’rigan kishilarda kandidoz juda og’ir kechadi (92-rasm).

Laboratoriya tashxisini kuyish uchun avval mikroskopik usuldan foydalaniladi. Patologik materialni mikroskop ostida tekshirganda grammusbat dumaloq hujayralar bilan birga tuxumsimon va ovalsimon zamburug’lar ko’rinadi. Bakteriologik usulida tekshirish uchun og’iz bo’shlig’i, qin, uretraning shilliq qavatlaridan, balg’am, o’t, siydik abstsess moddasi, najas, teri va tirnoqlardan material olinadi va Saburo muhitiga ekiladsi. Muxit betida 20-30°S haroratda ko’p miqdorda koloniyalar paydo bo’ladi. Ulardan sof kultura ajratib olinadi va uning asosiy biologik xususiyatlarini aniqlab, turi va zoti belgilanadi.

Yana serologik usuldan ham foydalanib, KBR, PGAR, kandidoz zamburug’ larining ma'lum kulturalaridan tayyorlangan antigenlar bilan pretsipitatsiya reaktsiyalari qo’yiladi.

So’ngi yillarda immunoflyuorestsent usuli ham keng qo’llanilmoqda.

Biologik usuldan foydalanish uchun oq sichqon yoki quyonlarning vena qon tomiriga S. albicans, C. tropicalis kulturalari yuboriladi. Teri allergik sinamasi nisbatan kam ishlatiladi.

Kandidozli bemorlarni davolash uchun avval disbakteriozni aniqlab olish lozim. Shuning uchun turli antibiotiklar berilmay, balki maxsus preparatlar (nistatin, levorin, amfoglyukamin, amfoteritsin-B) va sulfademizinlar buyuriladi. Bundan tashqari, bemordan Candida kulturasini ajratib olib, o’ldirib tayyorlangan autovaktsina ham qo’llaniladi.

Oldini olish. Asosan umumiy profilaktika o’tkaziladi, ya'ni kasallik manbaini aniqlab yo’qotiladi, bemorni alohidalab kasallik o’choqlari dezinfektsiya qilinadi.

Chuqur blastomikozlarnish qo’zg’atuvchilari.

Bu kasallik qo’zg’atuvchilari Blastomyces, Hustoplasma, Fhialondorao urug’ining vakillari hisoblanadi.

Kriptokokkoz qo’zg’atuvchisi. O’tkir o’rtacha va surunkali kechadigan ichki a'zolar, ayniqsa o’pka, markaziy nerv sistemasi, teri va shilliq qavatlarni jarohatlaydigan chuqur mikoz. Qo’zg’atuvchisi achitqisimon zamburug’ Cryptococcus neoformans bo’lib, uni 1894 yili Buss va Bushklar topishgan. Zamburug’ hujayrasi dumaloq, tuxumsimon, ichki qavat devori diametri 2-10 mkm bo’lgan hujayradan iborat. Kriptokokkning qalinligi 50 mkm bo’lgan shilliqsimon kapsulasi bor. Kapsula diametri 3-4 nm bo’lgan uzun iplardan tashkil topgan.

Kriptokokk aerob, oddiy muhitlarda o’sadi, ayniqsa Saburo muhitida 37°S haroratda yaxshi o’sadi. Ular qattiq muhitlarda oqish, sarg’ish, to’q jigarrang, qoramtir koloniyalar hosil qiladi. Kriptokokklar qandlarni parchalaydi, tiaminga muxtoj, ureaza hosil qiladi. Uglerod manbai sifatida dekstroza, galaktoza, saxaroza va mannozalarni assimilyatsiya qiladi.

C. neoformans kapsula va somatik antigenlarga ega, ular oksil va polisaxaridlardan tashkil topgan. Polisaxariddan iborat kapsula antigeni immun sistema qarshiligini keskin kamaytiradi. C. neoformans kapsula antigenlariga ko’ra A, V, S, D, Ye serovariantlarga ega. Polisaxarid antigenini bemor siydigi, zardobi, qoni va orqa miya suyuqligidan topish mumkin. Kriptokokkoz keng tarqalgan kasallik bo’lib, barcha yoshdagi kishilar, asosan 50-60 yoshdagi erkaklarda kuzatiladi. Kriptokokk tuproqda, ayniqsa kabutar najasi tushgan tuproqlarda ko’p miqdorda bo’ladi. Zamburug’ kabutarlar in ko’yadigan joylardan, molxona, xashakxonalardan, bo’g’ot va boshqa joylardan topilgan.

1 g kabutar najasida bir necha ming kriptokokk bo’ladi.

Kriptokokklar kapsulasi bo’lganligi uchun tashqi muhitda fizik va kimyoviy omillar ta'siriga chidamli. Ularning virulentligi polisaxaridli kapsula antigeni bilan bog’liq. Zamburug’, asosan, markaziy nerv sistemani shikastlaydi. Kasallik odamlarga havo- tomchi hamda havodagi chang orqali yuqadi. Og’iz bo’shlig’i, me'da-ichak shilliq qavatlari va jarohatlangan teri orqali ham yuqadi, qo’zg’atuvchi qon orqali tarqalganda ichki a'zolar va markaziy nerv sistemasi zararlanadi.

Kriptokokkozda o’pka, miya, miya pardasi, ichak, teri, teri osti yog’ qavati (kletchatka), limfa tugunlari va suyak sistemasi shikastlanadi. Kasallikda chuqur abstsess va yallig’lanishlar uchog’i paydo bo’lib, ba'zan ular bir-biri bilan qo’shilib ketadi. Chuqur yarali tugunchalar Ko’pincha boldir, dumba vaboshqa sohalarda bo’ladi. Bundan tashqari, kaftda va oyoq tagida giperkeratoz o’choqlari ko’zga tashlanadi. Kasallik surunkali davom etib, ko’pincha o’lim bilan tugaydi. U Yevropada va Amerikada qishloq xo’jalik xodimlari, cho’chqa va mol boqarlarda ko’proq uchraydi. Kasallikni boshdan kechirgandan so’ng kuchli, uzoq davom etadigan immunitet hosil bo’lmaydi. Shu sababli qayta kasallanish mumkin. Bemor qon zardobida past titrlarda aglyutinin, pretsipitin, komplementni biriktiruvchi antitelolar topiladi.



Bakteriologik usul. Patogen zamburug’larning sof kulturasini ajratib olish uchun tekshiriluvchi materiallarni Saburo muhitiga yoki metilen ko’ki qo’shilgan muhitga ekiladi. Begona bakterialarning o’sishini to’xtatish uchun soch tolalari maydalanadi va bir necha minut davomida qizdirilgan buyum oynachasiga qo’yiladi yoki oziq muhitiga antibiotiklar qo’shiladi. Agar natija ijobiy bo’lsa, 3-5 kundan so’ng har xil koloniyalar o’sib chiqadi. So’ng sof kultura ajratib olinadi va uning asosiy biologik xususiyatlari tekshirilib, qo’zg’atuvchining qaysi turga mansubligi aniqlanadi.

Zamburug’lar keltirib chiqargan teri va shilliq qavatdagi kasalliklarga tashxis qo’yishda , albatta, OITS ni ham nazarda tutish lozim.

Shu sababli serologik reaktsiya qo’yilganda, shu urug’ga mansub, ammo boshqa turdagi zamburug’lar bilan ham musbat reaktsiya ro’y beradi. Mikozlarda qon zardobidagi agglyutinin, pretsipitin, komplementni biriktiruvchi antitelolar yaxshi o’rganilgan. Shulardan komplementni biriktiruvchi antitelolar maxsus xisoblanadi. Deyarlik barcha zamburug’ kasalliklarida maxsus allergik holat paydo bo’ladi, bu esa, o’z navbatida himoya vositasini bajaradi. Shuning uchun bu kasallik takror yuqqanda yengil kechadi.

7. Kuzatiladigan tajribalar



O’qituvchi

a) Mavzu bo’yicha maqsadni

tushuntirish;

b) Talabalarda qiziqish uyg’ontirish;

c) Yani texnologik usullarni qo’llash.

8. Kelgusi rejalar

Talaba

a) Talabalar mavzu bo’yicha to’la

ma’lumotni olishi;

b) Talabalar bilimlarini shakllantirish;

c) Talabalar qiziqish bilan qabul

qilishi.


O’qituvchi

a) O’qituvchi internetdan yangi

material olish uchun foydalanishni

mukammallashtirish;

b) Adabiyotlar bilan ishlashi;

c) Yangi texnologiyaga yondashuvi.



Talaba

a) Talaba ushbu materiallarni o’z-

lashtirishi, konspekt yozishi,

mustaqil ishlashi;

b) Aniqlash va joriy etish;

c) Kasbiy tayyorgarlikni

insonparvarlash.

Labaratoriya mashg’uloti 14

Mavzu: Patogen anaeroblar. Qoqshol, gazli gangrena, qo’zg’atuvchilari

Mashg’ulot rejasi

1. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostika sxemasini o’rganish.

2. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasida qo’llaniladigan bakteriologik, bakterioskopik va serologik usullar.

3. Diagnostika, profilaktika va davolash preparatlari.



Namoyish qilish

1. Jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasida qo’llaniladigan oziqli muhitlar, apparatlar.

2. Anaerob infeksiyalar, gazli gangrena, qoqshol qo’zg’atuvchilaridan tayyorlangan tayyor surtmalar.

3. Jarohat anaerob infeksiyalarning morfologiyasiga, kultural xususiyatlariga, mikrobiologik diagnostikasiga bag’ishlangan rangli rasmlar, sxemalar, videoroliklar.

4. Jarohatdan ajratib olingan suyuqlikdagi perfringens toksinini lesitovitellaza sinamasi yordamida aniqlash.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq

1. Jarohat anaerob infeksiyalariga (gazli gangrena) shubhalangan bemor yarasidan ajralgan suyuqlikni Kitt-Tarossi muhitiga ekilgan, ekmani natijasini baholash.

- o’sish xarakterini tasvirlash;

- Gram va Sil-Nilsen usulida bo’yalgan preparatda morfologiyasini o’rganish.

- olingan natijalar asosida dastlabki xulosa chiqarish va o’tkaziladigan tekshiruv rejalarini tuzish.

2. Kitt-Tarossi muhitiga ekilgan bog’lov materiali natijasini baholash.

- o’sish xarakterini tasvirlash.

- Gram usulida bo’yalgan preparatda morfologiyasini o’rganish.

- bakteriologik laboratoriyada olingan bakterioskopik, bakteriologik,

biokimyoviy va boshqa ma’lumotlar asosida jarohat anaerob infeksiyalar to’g’risida yakunlovchi xulosalar chiqarish.

Jarohat anaerob infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari BACILLACEAE oilasi, CLOSTRIDIUM urug’iga mansub bo’lib tabiatda keng tarqalgan, odam va hayvonlar yo’g’on ichagida uchraydi. Tashqi muhitga najas bilan tushadi, ular spora hosil qiladi, sporasi ko’proq terminal va subterminal joylashadi. Shuning uchun ularni ko’rinishi duksimon bo’ladi (lot. slostridium- duk), nomi ham shundan kelib chiqqan. Jarohat anaerob infeksiyalarning qo’zg’atuvchilari Clostridium avlodiga kira­di. Bu zotga Cl. perfringens, Cl. novyi, Cl. septicum, Cl. sordellii, Cl. histolyticum, C. Difficile, C. tetani C. botulinum lar kiradi. Bulardan Cl. perfringens, Cl. novyi, Cl. septicum, Cl. sordellii, Cl. histolyticum, C. difficile gazli gangrena kasalliklarini, Cl.tetani qoqshol kasalligini va C. botulinum ovqatdan zaharlanish toksikoinfeksiyani keltirib chiqaradi.



Gazli gangrena jarohat anaerob infeksiyalarning mikrobiologik diagnostikasi.

Asosan kasallikni 90% ni Cl. Perfringens keltirib chiqaradi (jadval 42) Qolgan turlari ichida Cl. novyi, Cl. septicum ko’proq kasalliklarda rol o’ynaydi.Qo’zg’atuvchi jarohatga tarkibida klostridiy sporalari bo’lgan tuproq. yoki chang tushganda yuqadi.Kasallikni faqat bitta gazli gangrena qo’zg’atuvchilari keltirib chiqarishi kamdan- kam hollarda uchraydi. Asosan anaerob jarohat infeksiyalarida klostridiylar bilan birgalikda stafilokokklar, ko’k-yiring tayoqchasi, protey va boshqa klostridiy bo’lmagan anaerob bakteriyalar ham ishtirok etib, kasallik kechishini birmuncha og’irlashtiradi.



Bakterioskopik tekshiruv. Shish suyuqliklari yoki nekroz to’kimasidan olib tayyorlangan surtmalarni Gram va Gins usullarida bo’yab mikroskop os­tida ko’rish yuli orqali o’tkaziladi. Preparatlarda yirik (1 — 1,5 x 3—10 mkm) grammusbat tayoqchalarning borligi (rasm 72a), hamda ulardan bir qismining (Cl. perfringens) kapsula hosil qilishi dastlabki diagnoz qo’yish imkonini beradi.

Bakteriologik tekshirish. 1-kun. Tekshiriluvchi material Kitt-Tarossi solingan ikkita probirkaga, sut solingan ikkita probirkaga va temir sulfitli agarga (Vilson-Bler muxiti) ekiladi. Kitt-Tarossi muhiti va sut solingan ikki probirkaning biri yot bakteriyalarning vegetativ formalarini yo’qotish uchun 80°S da 20 minut davomida suv hammomida qizdiriladi.

2-kun. Sutga ekilganda 3—4 soatdan so’ng tarkibida ko’piksimon gaz pufakchalari va ajralayotgan tiniq sut zardobidan iborat bulutsimon quyqa hosil bo’ladi. Kelgusi sutkalarda Kitt-Tarossi muhitida loyqalanish va gaz hosil bo’ladi, Vilson — Bler mu­hitli agarda esa, biroz kechroq agar ustunchasining pastki qismida qora qoloniyalar paydo bo’ladi va probirkadagi ustunchali muhit qorayadi ( Na2S va FeCl3 dan temir sulfid va CO2 hosil bo’ladi), muhit chetlari kesilib, yoriladi

Klostridiylarning boshqa tur kulturalarini ajratishda nihoyatda qat’iy anaerob sharoitlar yaratish talab qilinadi.

Barcha ajratib olingan kulturalardan surtmalar tayyorlanib, Gram usulida bo’yaladi va mikroskop ostida ko’riladi.

Ijobiy natijalarda yirik grammusbat Cl, perfringens tayokchalari surtmalarda ko’riladi.

Sof kulturalarni ajratib olish uchun Petri kosachasidagi qand, qon qo’shilgan va tuxum sarig’i qo’shilgan agarlarga ekilib, 37°S da 2-3 kun davomida qat’iy anaerob sharoitda o’stiriladi. O’sgan koloniyalar probirkalardagi Kitt-Tarossi muhitlariga qayta ekiladi.

Sof kultura qo’zg’atuvchilarning biokimyoviy belgilar asosida identifikasiya qilinadi.



Toksigenligini bioprobada aniqlash. Kitt-Tarossi muhitida o’stirilgan, tekshiriluvchi kulturaning toksigenlik xususiyatini aniqlash uchun muhit sentrifugada aylantiriladi, cho’kmaning ustki qismidagi suyuqlik olinib dengiz chuchqachalariga yoki oq sichqonlar qorin bo’shlig’iga yuboriladi, ijobiy natijada toksinlar ta’sirida ular halok bo’ladi. Shu maqsadda patologik materiallar oq sichqonlar yoki dengiz chuchqachalarining muskullari orasiga yoki qorin bo’shlig’iga yuborib tekshirish mumkin. Anaeroblar bo’lsa, in’eksiya qilingan hayvonlarda anaerob infeksiyaning yuqorida tasvirlab o’tilgan manzarasi paydo bo’ladi.

Lesitinazani aniqlash. Ajratib olingan kultura tarkibidagi Cl. perfringens toksinini tezda aniqlash uchun uning lesitinaza aktivligi tekshiriladi. Buning uchun tekshirilayotgan kultura olinib tuxum sarig’i qo’shilgan Petri kosachasidagi muhitni yarmiga ekiladi, qolgan yarmiga ekilgan kulturaga maxsus antizardob ehtiyotlik bilan qavatlantiriladi. Birinchi yarmiga ekilgan zonada α- toksin (lesitinaza) hosil bo’lsa ko’zga ko’rinadigan bulutsimon presipitat hosil bo’ladi, ikkinchi yarmida esa antitoksin zardob α- toksinni ingibisiya qilganligi uchun presipitat hosil bo’lmaydi.

Har turdagi klostridiylarning toksinlari turli antigenlik xususiyatlariga ega. Shuning uchun ularni serologik usulda identifikasiya qilish laboratoriya hayvonlarida neytrallash reaksiyasiga asoslangan holda olib boriladi.

Neytralizasiya reaksiyasi orqali gazli gangrena qo’zg’atuvchilarini turini aniqlash Bakteriologik tekshiruv. 1 – kun. Tekshiriluvchi material Kitt-Tarossi muhitiga ekilib, anaerob sharoitlarda 37°S da 3—4 sutka davomida o’stiriladi.

2 kun. Cl. tetani bakteriyalarning cho’kma holda o’sganligi kuzatiladi. Materialdan surtma tayyorlanib gram usulida bo’yab mikroskopda ko’riladi So’ngra ular Petri kosachasidagi qand, qon qo’shilgan agarga va probirkadagi qand qo’shilgan oziqli agar ustunchasiga qayta ekiladi. Ekmalar anaerob sharoitlarda inkubasiya qilinadi.

3-kun. Qoqshol tayoqchalari qonli agar sathida nozik, tiniq, atrofida biroz gemoliz halkasi bo’lgan koloniyalarni hosil qiladi. Bakterioskopik tekshiruv yana o’tkaziladi.

Shubhali koloniyalardan sof kultura ajratib olish uchun ular probirkalardagi Kitt-Tarossi muhitlariga qayta ekiladi va vazelin moyi ostida yoki inert gazlar aralashmasi to’ldirilgan anaerostatlarda saqlanadi identifikasiya qilinadi. Biosinama qo’yish mumkin. Olingan natijalar asosida yakuniy javob beriladi.

Profilaktika va davolash preparatlari

Antitoksinli zardoblar — antiperfringens, antinovi, antiseptikum va bosh. Bular suyuq yoki quritilgan holda, otlarni tegishli anatoksinlar

bilan ko’p marta emlab antitoksinli zardobni fermentativ gidroliz (Dia-ferm-3) usuli bilan tozalab va konsentrasiya qilib bo’lingach olinadi. Jarohat anaerob infeksiyalar (gazli gangrena) profilaktikasida va spesifik davolashda qo’llaniladi.

Adsorbsiya (shimdirilgan) qilingan qoqshol anatoksini. Qoqshol toksinini formalin bilan zararsizlantirish, so’ngra tozalash, konsentrasiyalash va alyuminiy gidrat oksidiga shimdirish yo’li bilan olingan.

Assosiasiyalashgan (birlashtirilgan) ko’k yo’tal-bo’g’ma-qoqshol vaksinasi va boshqa preparatlar tarkibiga kiradi. Qoqsholga qarshi aktiv emlash uchun qo’llaniladi.

Qoqsholga qarshi zardob, qoqshol toksini bilan giper­immunizasiya qilingan otlar qonidan olingan. Diaferm-3 usuli bilan tozalangan va konsentrasiyalangan. Aktivligi halqaro birlik bilan belgilanadi. Qoqshol profilaktikasi va davolashda qo’llaniladi.

Qoqsholga qarshi odam immunglobulini, tozalangan, adsorbsiyalangan qoqshol anatoksini bilan qayta emlangan donor — kishilar qon zardobining gamma-globulin fraksiyasidan olingan. Teri qavatlari shikastlanganda qoqsholga qarshi zudlik bilan immunitet hosil qilishda ishlatiladi. Qoqshol anatoksini bilan birgalikda kasallikning boshlanish davrida davolash uchun ham qo’llanadi.

Labaratoriya mashg’uloti 15

Mavzu: Patogen zoonoz o’ta xafli bakteriyalar. (Kuydirgi, vabo qo’zg’atuvchilari.)

Mashg’ulot rejasi

1. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklari keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarning mikrobiologik diagnostika sxemalarini o’rganish.

2. Zoonoz yuqumli kasalliklarda bakteriologik, serologik, biologik va allergik tekshirishlar.

3. Zoonoz yuqumli kasalliklarda qo’llaniladigan diagnostika, profilaktika va davo preparatlari.

Namoyish qilish

1. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar keltirib chiqaruvchi qo’zg’atuvchilarining toza kulturasidan tayyorlangan surtmalar.

2. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar keltirib chiqaruvchi infeksiyalarning toza kulturasini ajratib olishda qo’llaniladigan differensial oziq muhitlar.

3. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar keltirib chiqaruvchi infeksiyalari qo’zg’atuvchilarining biokimyoviy xususiyatlarini namoyon etuvchi muhitlar va testlar.

4. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklar serodiagnostikasida va seroidentifikasiyasida (agglyutinasiya qiluvchi poli va mono reseptorli zardoblar) profilaktik va davolashda qo’llaniluvchi preparatlar.

5. Kuydirgi (sibir yarasi) va o’lat kasalliklarida materialni olish va uni laboratoriyaga yetkazish uchun ishlatiladigan maxsus idishlar.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq.

1.Dizenteriyaning mikrobiologik diagnostikasi-uchinchi bosqich: biokimyoviy xususiyatlarini o’rganish va olingan natijalar asosida yakuniy javob berish.

2. Kuydirgi kasalligi qo’zg’atuvchisini morfologiyasini o’rganish uchun antrakoidning agarli kulturasidan surtma tayyorlash Gram va Sil-Nelson usullarida bo’yash, mikroskopda ko’rish.

3. Askoli termopresipitasiya reaksiyasini qo’yish.

4. O’lat qo’zg’atuvchisini sof kulturasidan va nativ materialdan tayyorlanib Gram va metilen ko’kida bo’yalgan tayyor preparatlarni mikroskopda ko’rish.



ZOONOZ INFEKSIYa QO’ZG’ATUVChILARI

Zoonoz (zoonosis – yunoncha so’z bo’lib, zoon- hayvon; nosis-kasallik) yuqumli kasallik qo’zg’atuvchilari tabiiy sharoitda hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi, odamlar ham bu kasalliklarga beriluvchan hisoblanadi. Bu qo’zg’atuvchilar har xil oila, avlodlarga mansubdir: tounni Yersinia pestis, tulyaremiyani — Francisella tularensis, brusellyozni — Brucella abortus, Br.melitensis, Br.suis, kuydirgini —Vas. anthracis keltirib chiqaradi. Bundan tashqari zoonoz kasallik qo’zg’atuvchilariga leptospirozlar, sariq istima (jeltaya lixoradka), yaщur (manqa) va ko’plab kasallik qo’zg’atuvchilari kiradi. Tabiiy sharoitda kasallik manbasi hayvonlar hisoblanadi va hayvonlar o’rtasida epizootiya kuzatiladi. Odamdan odamga kasallik o’tmaydi, ma’lum sharoitlarni hisobga olmaganda (masalan, o’latni o’pka formasida, sariq istimada), odam kasallik manbasi bo’lishi mumkin. Ko’rsatilgan bakteriyalar kuchli virulentliligi bilan farq qiladi va o’ta xavfli yuqumli kasallikni avj oldiradi. Shuning uchun ushbu bakteriyalar bilan bog’liq bo’lgan bakteriologik ishlar xafsizlik qoidalariga rioya qilgan holda maxsus laboratoriyalarda olib boriladi.



Zoonoz yuqumli kasalliklarining laboratoriya diagnostikasida bakterioskopik, bakterologik, serologik usullar, hamda biologik sinamalar qo’llaniladi. Bundan tashqari, teri-allergik sinama ham qo’yiladi.

Kuydirgi kasalligining mikrobiologik diagnostikasi

Kuydirgi qo’zg’atuvchisi Bacillaceae oilasiga Bacillus avlodiga mansub bo’lib, Bac.anthracis deb nomlanadi. Bu avlodning ko’pchilik vakillari odamlarda gospital yuqumli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin: (pnevmoniya, septisemiya, endokardit) Bac.subtilis, Bac.cereus, Bac.megaterium, Bac.alvei. Ularning asosiy xususiyatlari:

1. Hammasi to’g’ri katta tayoqcha bo’lib gram musbat hisoblanadi.

2. Aerob sharoitda spora hosil qilish xususiyatiga ega, sporasi markaziy joylashadi.

3. Bu avlod vakillaridan faqat Bac.anthracis odamda kuydirgi kasalligini keltirib chiqaradi.

Kuydirgi kasalligining laboratoriya diagnostikasida quyidagi usullar qo’llaniladi: bakterioskopik; bakteriologik; biologik va serologik. Bulardan eng ishonchli usul bu tekshirilayotgan materialdan Bac.anthracis ning sof kulturasini ajratib olishdir. Kuydirgini laboratoriya diagnostikasida Askoli termopresipitasiya reaksiyasi va teri allergik sinamasi ham dignostik ahamiyatga ega.



Uslubiy ko’rsatmalar

Bakterioskopik tekshiruv (14 –sxema). Olingan materiallardan surtma tayyorlanib Nikiforova aralashmasida 20 minut qotiriladi. Surtmalar Gram usulida bo’yaladi. Kapsulani aniqlash maqsadida surtma Burri-Gins usulida bo’yaladi. Mikroskop ostida Bac.anthracis yirik (1-2 x 6-10 mkm) grammusbat, alohida yoki zanjirsimon joylashgan, harakatsiz tayoqchalar ko’rinishida bo’lib, nativ preparatda yoki maxsus oqsilli muhitlarda o’sganda kapsulasini ko’rish mumkin. Bac. anthracis kapsula hosil qilganda bir necha tayoqchalar umumiy bitta kapsulaga o’ralgan bo’lishi mumkin.

Kuydirgi kasalligiga tez diagnoz qo’yish uchun patologik materiallardan tayyorlangan surtmalar immunoflyuoressensiya usulida ham tekshiriladi. Buning uchun maxsus flyuroxrom bilan nishonlangan quydirgiga qarshi AT lar bilan surtmalar ishlov beriladi va surtma lyumenisent mikroskopida ko’rilganda Bac.anthracis tayoqchalari sariq yashil tovlanib turadi Olingan bakterioskapik usullar asosida birinchi taxminiy diagnoz qo’yiladi.



Bakteriologik tekshiruv. Birinchi bosqich-tekshirilayotgan material GPA, GPB va ZQA (zardobli qonli agar) ga ekiladi va termostatga 37º S da 18-20 soat qo’yiladi.

Ikkinchi bosqich – Ekmalar termostatdan olinib Bac. anthracis suyuq va zich muhitlarda o’sish xususiyatlari o’rganiladi. Bac.anthracis ning virulentli shtamlari agarda R-koloniya hosil qiladi. Koloniyalar mikroskopni kichik ob’ektivida qaralganda “sher yoli” yoki “meduzani bosh” ga o’xshash ko’rinishda bo’ladi. Avirulent shtamlari S-koloniya hosil qilishi mumkin. Kuydirgi qo’zg’atuvchisi GPB parcha-parcha cho’kma hosil qilib o’sadi. Qonli agarda o’sganda koloniyalari atrofida gemoliz kuzatilmaydi. Bulonda o’sgan kulturasidan “osilgan” tomchi preparati tayyorlanib harakatchanligi o’rganiladi. Bac.anthracis harakatchan emas. Qo’zg’atuvchini sof kulturasini ajratib olish maqsadida shubhali koloniyalardan qiyalantirilgan GPA ekiladi va bulonli kulturadan “marvarid shodasi” sinamasi (tezkor usul) qo’yiladi. Buning uchun Xottenger buloniga 30% inaktivasiya qilingan ot qon zardobi qo’shiladi va har 1 ml bulonga 0,5 XB da pensillin qo’shiladi. Bulon 2-3 ml dan probirkalarga qo’yilib, har biriga 2 tomchidan tekshirilayotgan bulonli kulturadan qo’shiladi. Ekma 3 soat 37º S termostatda saqlanadi. Har bir probirkalardan bir nechta surtmalar tayyorlaniladi va havoda quritilib Kornua suyuqligida (6 qism etil spirti + 3 qism xloroform + 1 qism uksus kislotasi), suyuqlik to’liq parlanib ketguncha qotiriladi. Surtma metilen ko’ki bilan bo’yaladi va mikroskopda ko’riladi. Surtmada kuydirgi qo’zg’atuvchisi “marvarid shodasini” eslatib sferoplastlarga aylanadi (sxema 14). Bu holat Bac.anthracis ni patogen bo’lmagan basillalardan ajratish imkonini beradi.

Uchinchi bosqich – Termostatdan qo’zg’atuvchini sof kulturasi olinadi va 12 –sxemada keltirilgan sinamalar qo’yiladi.

To’rtinchi bosqich- qo’yilgan sinamalar termostatdan olinib natijalanadi (jadvalga qaralsin). Bac.anthracis saprofit basillalarda identifikasiya qilinadi va yakuniy javob beriladi.



Biologik sinama. Tekshirilayotgan material dengiz cho’chqachasi, oq sichqonlar yoki quyonlarga (oq sichqonlarga 0.1-0.2 ml orqamiya sohasiga; dengiz cho’chqachasi, quyonlarga 0,2-0,5 ml qorin sohasiga) kiritiladi. Material yuqtirilgan hayvonlar (oq sichqonlar 1-2 va dengiz cho’chqachasi, quyonlar 2-4 kunda) o’ladi. Kiritilgan joyida shish va qon quyilish kuzatiladi. Hayvon yorilganda ichki organlari dimiqqan, kattalashgan bo’ladi, bu o’zgarishlar ko’proq taloqda uchraydi. Bac.anthracis ni zaharini ta’siri natijasida qon ivib qolmaydi, quyuq, qora qizimtir rangda bo’ladi. (qo’zg’atuvchini nomi anthrax-ko’mir shundan kelib chiqqan). Hayvonlarni ichki organlaridan tamg’a surtmalar tayyorlaniladi, qo’zg’atuvchini sof kulturasini ajratib olish uchun oziqli muhitlarga ekiladi.

Serodiagnostika. Kasal bo’lganlarni va rekonvalesentlarni aniqlashda qo’llaniladi. Qo’zg’atuvchini flyuoressentlar bilan nishonlangan AT yordamida ham (aralash kulturalarda) aniqlash mumkin. Bundan tashqari serodiagnostikada KBR, BGAR, IFA va PZR keng qo’llanilmoqda Bakteriofag sinamasi. Uchta oziqli muhit bilan kosacha olinadi. Birinchi kosachaga kultura o’lat bakteriofagi bilan aralashtirib, ikkinchi kosachaga oldin kultura shpatel bilan ekilib, so’ng o’lat bakteriofagi tomizilib yo’lakcha qilinadi. Uchinchi kosachaga esa bakteriofagsiz kultura ekiladi. Ekmalar 28º S da termostatga qo’yiladi.

12-14 soatdan so’ng ekmalar olinib natijalaniladi. Agar shubhalanilayotgan koloniyalar o’lat qo’zg’atuvchisi bo’lsa, birinchi kosachada o’latning negativ koloniyalari (koloniya qurib qoladi), ikkinchi kosachada steril yo’lakcha va uchunchi kosachada esa tipik o’lat qo’zg’atuvchisini koloniyalari hosil bo’ladi.



Uchinchi bosqich. Termostatdan qo’zg’atuvchini sof kulturasi olinadi. Qiyalantirilgan GPA o’lat qo’zg’atuvchisi nozik oqish kulrang parda hosil qilib o’sadi. Ajratib olingan sof kultura bilan 13 –sxemada keltirilgan sinamalar qo’yiladi.

To’rtinchi bosqich- Qo’yilgan sinamalar termostatdan olinib natijalanadi. I.restis boshqa ierseniozlardan ( jadvalga qaralsin). identifikasiya qilinadi va yakuniy javob beriladi.

Biosinama. Bu usul begona mikroflora bilan ifloslangan materialdan sof kultura ajratib olish uchun ishlatiladi. O’ta sezgir laboratoriya hayvonlari oq sichqon va kalamushlar hisoblanadi. Ular bo’lmasa dengiz cho’chqachasi qo’llaniladi. Albatta tekshiriluvchi material hayvonning terisiga surkalishi va teri orasiga kiritilishi zarur. Agar materialda begona mikroorganizmlar bo’lmagan taqdirda material hayvonning qorin pardasiga yuboriladi.

Hayvonlar o’lgandan so’ng (materialni yuborish turiga qarab 3-7 kun) yorib ko’riladi, organlaridagi patologik o’zgarishlar aniqlanadi. Organlardan tamg’a surtmalar tayyorlanilib Gram usulida va metilen ko’ki bilan bo’yab mikroskopda ko’riladi va oziqli muhitlarga ekilib 16–sxema bo’yicha bakteriologik tekshiruv o’tkaziladi.

O’lat qo’zg’atuvchisini diagnostikasidagi jadal usullar.

1. Immunoflyuoressent usul qo’zg’atuvchini turli patologik materiallarda, atrof muhit ob’ektlarida, ektoparazitlarda borligini 2 soat ichida aniqlash imkonini beradi. Bu maqsadda, turga xos o’latga qarshi atitelalar flyuoressent moddalar bilan nishonlanadi. Materialda o’lat qo’zg’atuvchisi bo’lsa nishonlangan AT unga birikib lyuminesent mikroskopda yashil nur tarqatadi.

2. Tekshirilayotgan materialda o’lat qo’zg’atuvchisi borligini, qo’zg’atuvchini AT si yuklatilgan eritrositar diagnostikumlar bilan PGAR orqali ham aniqlash mumkin. Bundan tashqari oxirgi yillarda antitelolarni neytrolizasiya reaksiyasi (ANR), IFA va I. restis ni o’sishini tezlashtiruvchi oziqli muhitlardan diagnostikada foydalanilmoqda.



Labaratoriya mashg’uloti 16

Mavzu: Patogen spiroxetalar. (Zaxm qo’zg’atuvchilari) Rikketsiozlar. (Toshmali tif qo’zg’atuvchilari)

Talabalarga patogen rikketsiyalar haqida ma’lumot berish. Ular qo’zg’atadigan kasalliklarni kechishi, patogenezi, klinikasi, mikrobiologik tekshirish usullari, davolash va oldini olish chora-tadbirlari bilan tanishtirish.



  1. Darsning vazifasi:

Ma’ruzada olgan bilimlarni amaliyotda mustahkamlash. Talabalarni toshmali tif, endemik va epidemik toshmali tif qo’zg’atuvchilarini tekshirish usullari bilan tanishtirish.

  1. O’quv jarayonining mazmuni.

  1. Rikketsiyalar – alohida guruh polimorf bakteriyadir.

  2. Rikketsiyalar morfologiyasi, kultural xossasi, fermentativ xossasi, toksigenligi, chidamliligi.

  3. Toshmalit if qo’zg’atuvchisi turlari.

  4. Endemik toshmaning infeksiya manbai va tarqalish yo’li.

  5. Endemik toshmali tif kasalligining oldini olish yo’llari.

  6. Epidemik va endemik toshmali tifni farqlashda qo’llaniladigan serologik reaksiya.

  7. Epidemik toshmali tifni Brill kasalligidan farqlashda qo’llaniladigan serologik reaksiya.

  1. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (uslub, forma, vosita, usul, nazorat, baholash).

  1. Darsning turi – suhbat.

  2. Uslub – “Aqliy hujum” texnologiyasi, “Kim tez? Kim ko’p?”

  3. Forma (shakl) – guruh

  4. Vosita – doska, tarqatma material, jadval, tayyor preparatlar, mikrosop, laboratoriya idish – uskunalar.

  5. Usul – nutqli.

  6. Nazorat – kuzatish (Ko’rish)

  7. Baholash – o’z-o’zini va umumiy baholash.

  1. Uslublar –

  1. Aqliy hujum” tariqasida so’rov o’tkaziladi.

  2. Kim tez? Kim ko’p”

Ish uchun kerak bo’ladi:

  1. Mavzuga mos savolllar kartochkasi

  2. Sekundomer

Ishni borishi

  1. O’yin og’zaki ravishda o’tkaziladi.

  2. Talabalar galma-gal kartochka olishadi.

  3. Bir necha daqiqa ichida og’zaki ravishda javob beradi.

  4. O’qituvchi to’g’ri javoblarni sanaydi.

  5. O’yinda guruh talabalarining barchasi ishtiroketishadi.

  6. Javob berilmagan savollar guruhda muhokama qilinadi.

Talabalar quyidagicha baholanadi:5 ta to’g’ri javob – 0,8 ball, 4 ta to’g’ri javob – 0,7 ball, 3 ta to’g’ri javob – 0,5 ball, 2 ta to’g’ri javob – 0,3 ball, 1 ta to’g’ri javob – 0,1 ball, 0 ta to’g’ri javob – 0, 0 ball

Olingan ballari baho qo’yilayotganda hisobga olinadi.



Savollar:

  1. Rikketsiyalar haqida umumiy tusuncha.

  2. Rikketsiyalar klassifikatsiyasi.

  3. Rikketsiya morfologiyasi.

  4. Rikketsiyalarni kultural xossalari.

  5. Rikketsiyalarni antigen strukturasi.

  6. Rikketsiyalar chidamliligi.

  7. Infeksiya manbai.

  8. Rikketsiyalarni yuqish yo’llari.

  9. Rikketsioz patogenezi.

  10. Kasallikdan keying immunitet.

  11. Rikketsiozni laboratoriya diagnostikasi.

  12. Davolash va oldini olsih.

  13. Ku – isitma va toshmali tif qo’zg’atuvchisining morfologiyasi.

  14. Ku – isitma va toshmali tif qo’zg’atuvchisining kultural xususiyati.

  15. Toshmali tif va Ku – isitma qo’zg’atuvchisining antigen strukturasi.

  16. Ku – isitma va toshmali tif qo’zg’atuvchisini tashqi muhitga ta’siri.

  17. Infeksiyalarni yuqish yo’llari.

  18. Ku – isitma patogenezi.

  19. Toshmali tif patogenezi.

  20. Kasallikdan keying immunitet.

  21. Ku – isitma va toshmali tifni laboratoriya tashxisi.

  22. Davolash va oldini olish.

5. “Vertushka” texnologiyasi.



Qo’zg’atuvchining turi

Laboratoriya tashxisi

Davolash va oldini olish

11

Toshmali tif qo’zg’atuvchisi







2

2


Ku – isitma qo’zg’atuvchis







3

3


Endemik (_______) toshmali terlama qo’zg’atuvchisi







  1. O’quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishlar:

  1. Tayyor surtma preparati (Zdrodovskiy usulda bo’yalgan)ni mikroskop ostida ko’rish.

  2. Toshmali tifning serologik iagnostikada aniqlash ucun bilvosita gemoglyutinatsiya reaksiyasi.

  3. Tovuq embrioni, hujayra kulturasi va hayvonlarga yuqtirib, rikketsiyalarni ajratib olish usullari.

  4. Rikketsiozlar mikrobiologik tashxisining sxema va rasmlarini chizib olish.

  5. Diagnostik va profilaktik davolash preparatlari bilan tanishish



  1. Talabalarning o’z ustida ishlashi lozim bo’lgan uslubiy qo’llanma (nazariy material).

Zaxmning mikrobiologik diagnostikasi

Zaxm qo’zg’atuvchisi spiroxetalar oilasiga Treponema avlodiga va bu avlodga patogen Treponema pallidum, Treponema pertenue, Treponema bejel, Treponema carateum va ko’plab saprofit trponemalar kiradi. Ularning tuzilishi protoplazmatik silindrdan iborat bo’lib, ularning bir uchida subterminal joylashgan disklardan boshlanib protoplazmatik silindr atrofida o’q fibrillalar o’rab ikkinchi uchidagi shunday disklarga birikadi. Treponemalar o’ta harakatchan, ularda asosan uch xil harakat formasi kuzatiladi: o’z o’qi atrofida aylanma harakat, egilgan-bukilgan va vintsimon (shtopor). Sporasi yo’q, kapsula hosil qilmaydi, gram manfiy, anilin bo’yoqlari bilan Gram usulida bo’yalmaydi. Romanovskiy –Gimza usulida bo’yalganda oq pushti rangga kiradi (pallidum-oqish), nomi ham shundan kelib chiqqan.

Zaxm qo’zg’atuvchisini yana bir o’ziga xos xususiyati oziqli muhitlarda ko’paytirilganda o’zining virulentlik xususiyatini yo’qotib qo’yishidir. Shuning uchun diagnostikada bakteriologik usul qo’llanilmaydi. Zaxm kasalligida asosan bakterioskopik va serologik usullar qo’llaniladi.

Bakterioskopik tekshiruv (20-sxema). Zaxmning birlamchi va ikkilamchi bosqichlarida bakterioskopik usuldan foydalaniladi. Zaxmning qaysi bosqichida bo’lmasin tekshirish materialining to’g’ri olishga e’tibor berish lozim.

Birlamchi zaxmda trepanemalar biriktiruvchi to’qima tolalari oraliqlarida, zararlangan joyni periferiyasida, limfatik tugun, va qon tomirlari atrofida ko’p yig’iladi.

Ikkilamchi zaxmda esa treponemalar hali bitib ulgurmagan shankr, eroziyalangan papula, serbar kandilomalarning to’qima oraliq kanallarida,

og’iz bo’shlig’ida joylashadi. Material olishda qattiq shankr, eroziya, papula, serbar kandiloma yuzasi dastlab fiziologik eritmaga ho’llangan paxta yoki doka tampon bilan, keyin quruq paxta bilan artib tozalaniladi. Agar yaralar qora po’st bilan qoplangan bo’lsa, u holda uni avaylab namlab, so’ngra ehtiyotlik bilan ko’chirib olib tashlanadi.

To’qima suyuqligini siqib chiqarish usuli. Shifokor (rezina qo’lqop bilan ishlash zarur) yoki bemorni o’zi chap qo’li bilan bosh va ko’rsatkich barmoqlari yordamida yoki pinset bilan yaraning ikki chetini sekin siqa boshlaydi, agar qon chiqsa, uni artib tiniq to’qima suyuqligi chiqqunga qadar kutib turiladi.Siqish mobaynida bir necha sekund to’xtab, keyin yana massajga o’xshatib siqilsa, to’qima suyuqligi yaxshi ajraladi. To’qima suyuqligi Paster pipetkasi yordamida olinib surtmalar tayyorlaniladi.

Tirnash usuli. Bu siqib chiqarish usuliga nisbatan kam ishlatilsa-da, ba’zan yaxshi natija beradi. Bachadon bo’ynidagi, og’iz bo’shlig’idagi eroziyalardan, shuningdek serbar kandilomalardan suyuqlik olishda bu usuldan foydalaniladi. Yara fiziologik eritmaga ho’llangan paxta yoki doka tampon bilan, keyin quruq paxta bilan artib quritiladi, so’ng o’tmas skalpel, pinset yoki buyum oynasi qirrasi bilan 20-30 sekund davomida bir tomonlama sekin tirnaladi. 40-60 sekunddan keyin tirnalgan joydan to’qima suyuqligi ajralib chiqadi.

Kuydirish usuli. Bunda tekshiriladigan morfologik element yuzasi qizdirilgan platina bilan kuydiriladi, kuygan joyda pufakcha paydo bo’ladi. Pufakchadan olingan suyuqlik tekshiriladi.

Eng qulay usul bu mikroskopning qorong’ulashtirilgan sathida oqish trepanemalarni tirik holda ko’rish. Trepanemalar bo’yab tekshirilganda (Romanovskiy-Gimza, Burri va Morozov usullari) tadqiqotchi trepanemalarni tirik ko’ra olmaydi. Preparatlarda trepanemalarni topish ko’rsatkichi 7-10 % dan oshmaydi. Bu yuqoridagi usullarni kamchiligidan dalolat beradi.

Trepanemalarni tirik holda ko’rilganda esa, ularni odam organizmida uchraydigan boshqa saprofit trepanemalardan farq qilish mumkin.

Trepanemalarni tirik holda “ezilgan” va “osilgan” tomchi usullarida ko’rib bo’lmaydi, chunki ularning ko’ndalang kesim sathi o’ta kichik bo’lib nur sindirish xususiyatini laboratoriya mikroskoplarida ko’rinmaydi, vaholanki yoritqichdan kelayotgan nur yo’lida shu nurni sindirishi mumkin bo’lgan o’lchamli mikrob yotsa, nur qisman yutilib, natijada, mikroorganizmlar ko’zga ko’rinadi. Zaxm qo’zg’atuvsining ko’ndalang kesimi o’ta kichik bo’lganligi sababli nur yutilmaydi va trepanemalar yuqorida keltirilgan usullarda ko’rinmaydi. Qorong’ulashtirilgan maydonda ko’rilganda, yoritgich nurlari yonboshdan tushiriladi va ularni bir qismi ob’ektivga yetmaydi, ya’ni ko’rish maydoni qorong’i bo’lib ko’rinadi. Agar mana shu yorug’lik yo’lida, mikroorganizmlar va mexanik zarralar bo’lsa, bularda singan yorug’lik nurlari ob’ektivga tushib, unda akslanadi, natijada harakatdagi nur sochib turuvchi tasvir hosil bo’ladi (sxema 20).Bunday hodisalar tabiatda ham uchrab turadi. Masalan, berk binolarning teshik tirqishidan, derazadan tushadigan quyosh nurlari chang zarrachalarini yoritib, bizga ularni ko’rsatib beradi (Tindal fenomeni).

Zaxmning bakterioskopik tekshiruvida ko’rsatilgan usullarning bajarilishi boshqa bo’limlarda bajarilgan usullardan farq qilmaydi.



Zaxmning serologik diagnostikasi. Ko’pchilik hollarda zaxm qo’zg’atuvchisini bakterioskopik aniqlash mumkin bo’lmaydi yoki juda qiyin bo’lishi mumkin. Shuning uchun zaxm diagnostikasida serologik usul qo’llaniladi. Zaxm kasalligida ham boshqa kasalliklarga o’xshash organizm qo’zg’atuvchiga qarshi kurashadi va qonda ko’plab unga qarshi himoya antitelalar hosil bo’ladi. Kasallarning qon zardobidan bu antitelalarni aniqlash serologik usulning mohiyati hisoblanadi.

Zaxmning serologik diagnostikasida ikki tipdagi antigenlar qo’llaniladi. Antigenlarning birinchi tipi trepanemasiz antigen bo’lib maxsus (fabrichno) korxonalarda chiqariladi, tarkibi zaxm kasalligida organizmda to’qimalar va oqish trepanemalarning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan mikrobni lipid va to’qima fosfolipid antigenlarga o’xshash, analogi bo’lib, ularga qarshi hosil bo’lgan AT bilan (buqaning yuragidan tayyorlaniladi) spesifik birika oladi.

Antigenning ikkinchi tipi trepanemali antigen bo’lib laboratoriya sharoitida ultratovush yordamida tozalangan trepanema shtammi yoki ulardan ajratib olingan rekombinat Ag hisoblanadi.

Laboratoriya sharoitida antigenga bemor qon zardobi qo’shiladi, Agar kasal qonida bu antigenlarga qarshi AT bo’lsa Antigen+antitela reaksiyasi ro’y beradi, uning natijalari turli serologik usullarda aniqlanishi mumkin. Zaxmda serologik usullari quyidagi holatlarda qo’llaniladi.

1. Ma’lum guruh aholini ommaviy tekshirish jarayonida: (homilador ayollarni, qon va organlar topshiruvchi donorlarni, harbiy xizmatchilarni, ba’zi bir mutaxassisliklar; vrachlar, oziq ovqat tayyorlash, sotish sohasidagi ishchilar, qamoq muddatini o’tuvchilar va albatta stasionarga davolanish maqsadida yotmoqchi bo’lganlar) oson va qimmat bo’lmagan, tez bajariluvchi usul qo’llaniladi. Bu usullar profilaktik maqsadda olib boriladi.

2. Ikkinchi holatda esa serologik reaksiyalar bemorga diagnoz qo’yish maqsadida (zaxmning klinikasi bor bemorlar, genital organlarida yarasi bor kishilar, bemorlar bilan jinsiy aloqada bo’lganlar, ikkilamchi zaxm bilan yaqindan kontakt bo’lganlar, zaxm bilan kasallangan ayollardan tug’ilgan bolalar, boshqa tanosil kasalliklar bilan og’rigan va diagnozi tasdiqlanganlar) har ikkala (trepanemasiz, trepanemali) antigen bilan birgalikda olib boriladi.

Profilaktik maqsadda olib borilganda quyidagi serologik usullar plazmadagi reagenlarni (AT) aniqlashda qo’llaniladi: mikropresipitasiya reaksiyasi (MPR); komplementni bog’lash reaksiyasi (KBR). Bu reaksiyalarning ijobiy xususiyati tez bajarilishi, arzonligi va murakkab reagentlarni zarur bo’lmasligi hisoblanadi. Ammo, bemor organizmida hosil bo’layotgan antilipid antitelalar, faqat zaxm kasalligida emas, balki boshqa trepanematoz, o’tkir va surunkali ko’plab kasalliklarda ham paydo bo’ladi. Antilipid AT lar qattiq shankr hosil bo’lgandan so’ng 7-14 kundan keyin yoki infeksiya yuqandan 4-5 hafta keyin paydo bo’ladi. Trepanemasiz testlarning kamchiligi:

- yolg’onmanfiy natija (bemor qon zardobida AT juda ko’p bo’lsada zardobni suyultirmaslik natijasida prozona fenomeni kuzatiladi, bu holat zaxmning ilk davrida yoki OITS bilan birgalikda kuzatiladi);

- zaxmning keyingi bosqichlarida reaksiya o’z sezgirligini yo’qotishi.

Antilipid AT lar bemor organizmida uzoq saqlanmaydi va kasallik dinamikasida, davolash davrida yo’qolib boradi. Shuning uchun bu AT larning aniqlash zaxmga taxminiy diagnoz qo’yishda va bemorlarni davolash samarodorligini aniqlashda qo’llaniladi.

Zaxmning maxsus serologik diagnostikasida trepanema testlari qo’llaniladi. Yuqorida keltirilgan usullar bilan bir qatorda quyidagi serologik reaksiyalar ishlatiladi:

- komplementni bog’lash reaksiyasi (KBR)

- immunoflyuoressensiya reaksiyasi (IFR turli modifikasiyasi)

- passiv gemagglyutinasiya reaksiyasi (PGAR)

- immunoferment analiz (IFA) rekombinatli IFA

- oqish trepanemalarni immoblizasiya reaksiyasi (OTIR)

- immunobloting

Trepanemali testlar maxsus va o’ta sezgirligi tufayli (jadval ) zaxm kasalligi diagnozini tasdiqlashda asosiy usullardan hisoblanadi.



Vasserman reaksiyasi- asosan komplementni bog’lash reaksiyasiga (KBR) asoslangan (reaksiyani mohiyati, mexanizmlarga immunologiya bo’limiga qaralsin) bo’lib, bu reaksiya nihoyatda sezgir va o’ziga xos bo’lganligi uchun zaxmning diagnostikasida trepanemasiz va trepanemali antigenlar bilan qo’yiladi. Reaksiya uch tipdagi antigenlar qo’llanilgan holda olib boriladi: 1) trepanemali tarkibida ultratovush bilan tozalangan yoki rekonbinat trepanema antigeni; 2) maxsus bo’lmagan (trepanemasiz) kardiolipidli antigen; 3) maxsus bo’lmagan (trepanemasiz)-xolesterinli (buqa yuragi muskullaridan olingan lipoidlarning spirtli eritmasi).

Tekshiriladigan zardob 1:4 nisbatda suyultirilib, 4 probirkalarga ml dan quyiladi .Bilvosita immunoflyuoressensiya reaksiyasi BIFR (FTA-test flujrescent trepnemal antibody) yoki RIF juda spesifik bo’lib, bunda to’qima trepanemalarning suspenziyasi antigen tariqasida ishlatiladi. Bemor qon zardobi 1:200 nisbatda suyultiriladi, aktivligi kamaytiriladi. Yog’sizlantirilgan buyum oynasiga bir tomchi antigen tomiziladi, quritilib 5 minut mobaynida toza asetonda fiksasiya qilinadi. Keyin xuddi shu preparatga bemor qon zardobi tomiziladi va 30 minutdan so’ng yuviladi. Quritilgan preparatlar odam globuliniga qarshi flyuoressentli zardob bilan qaytadan ishlanadi. Analiz oxirida preparatni lyumenesent mikroskopda ko’zdan kechiriladi va trepanemalarning yog’dulanish darajasi belgilanadi. Ma’bodo bemorning qon zardobi tarkibida trepanemaga qarshi antitelalar mavjud bo’lsa, trepanemalar yog’dulanadi va ularning soniga qarab reaksiya javobi o’qiladi.



Rikketsiyalar — alohida guruh polimorf bakteriyalardir. Ular hujayra ichidagi parazitlar bo’lib hisoblanadi. Ular Sheke Shaseae oilasiga kiradi. Rikketsiyani birinchi bo’lib amerikalik olim Rikkets aniqlagan va u shu kasallikdan o’lgan.1913 yili Chex olimi Provatsek toshmali tif bilan og’rigan bemor qonida rikketsiyalarga o’xshash mikroblarni aniqlagan. U ham toshmali tifdan o’lgan. 1916 yilda Portugaliyalik olim Rosha—Lima o’zining uzoq vaqt tekshiruvlari natijasida Meksika va Yevropa toshmali tif kasalliklarining qo’zg’atuvchisi ham Rikkets aniqlagan mikroblarning bir turi ekanligini isbotladi. Shuning uchun rikketsinlarga Rikkets nomi berildi. Epidemiologik toshmali tif qo’zg’atuvchisiga esa Provatsek rikketsiyalari nomi berildi. Toshmali tifni o’rganishda rus olimlari A. A. Krontovskiy, P. F. Zdrodovskiy, Ye. S. Galinevichlar katta hissa qo’shganlar. Rikketsiyalar orasida odam, hayvon uchun patogen turlari ham uchraydi. Rikketsiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklarga rikketsiozlar deyiladi. P. F. Zdrodovskiy rikketsiyalarni 5 ta guruhga bo’ladi:

1. Toshmali tif rikketsioz guruhi.

2. Kanali toshmali isitma guruhi.

3. Tsutsugamushi guruhi.

4. Ku—lixoradka (isitma) guruhi.

5. Paroksizmal rikketsioz guruhi.



Morfologiyasi. Rikketsiyalarning sharsimon, mayda va yirik tayoqchasimon, ipsimon shakllari uchraydi. Rikketsiyalar spora va kapsula hosil qilmaydi, harakatsiz, Gramm manfny, Romanovskiy - Gimza, Zdrodovskiy usullarida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.

Kul’tural xossasi. Xo’jayin to’qimasida bo’linib ko’payadi. Mikroblarning har bir turi xo’jayin to’qimasining sitoplazmasida, yadrosida, vakuolalarida rivojlanadi. Ular o’ziga sezuvchan hayvonlarning to’qimalarida, tovuq embrionida yaxshi rivojlanadi.

Fermentativ xossasi.aktiv emas. Toksigenligi. Termolabil endotoksin qo’shiladi.

Antigenligi. Rikketsiyalar 2 ta antigen ishlab chiqaradi: guruhli termostabil va spetsifik termolabil antigenlar. Chidamliligi. Ku - isitmasidan tashqari rikketsiyalar yuqori haroratga kam chidamli. Past haroratga va quritishga barcha rikketsiyalar chidamli va ular antibiotiklarga sezuvchandir.



Toshmali tif. Epidemik toshmali tif qo’zgatuvchisi RiskeIzga rgouagekp hisoblanadi. Morfologiyasi. Polimorf, sharsimon, gantelsimon, ipsimon shakllarda uchraydi. Zdrodovskiy usulida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.

Kultural xossasi. Xo’jayini to’qimasi sitoplazmasida bo’linib ko’payadi, bitlarning ichak epiteliysida, tomir endoteliysida rivojlanadi. Ko’pincha tovuq embrionining sariqlik qopchasida o’stiriladi. 8—13 kundan so’ng bo’linib ko’paygan joyida blyashka (pilakcha) hosil qilib o’sadi.

Toksigenligi. Provatsek rikketsiyasi endotoksin hosil qiladi. Sof holda ajratib olinmagan, yuqori harorat ta'sirida tez parchalanadi va bu esa uning oqsil tabiatligidan dalolat beradi. Toksin tomirlarning endoteliy to’qimalarini shikastlaydi, natijada kapillyarlarning o’tkazuvchanligi oshadi.

Antigenligi. Provatsek rikketsiyasi 2 ta antigen saqlaydi: 1.Yuzaki, termolabil, kimyoviy tarkibiga ko’ra lipidopolisaxarid oqsil tabiatli bo’lib, tipospetsifik emas. Endemik toshmali tif, Protey 0X 19, OX 2 larning antigenlik xossasi bilan umumiydir. 2. Oqsil polisaxarid tabiatli, tipospetsifik, hujayraning ichki qismidan ajraladigan antigendir.

Chidamliligi.Yuqori harorat va nam sharoitda Provatsek rikketsiyasi tez nobud bo’ladi. Bitning qurigan najasida uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfektsiyalovchi modda ta'sirida tez nobud bo’ladi.

Hayvonlar sezuvchanligi. Laboratoriya hayvonlaridan oq sichqonlar, dengiz cho’chqachalari, maymunlar sezuvchandir. Maymunlarda toshmali tifning klinik belgilari namoyon bo’ladi, oq sichqonlarda esa zotiljam yuzaga keladi.

Infektsiya manbai. Kasal odam infektsiya manbai hisoblanadi.

Tarqalish yo’li.Transmissiv yo’l orqali tarqaladi. 1909 yili fransuz olimi Nikol maymunlarda tajriba o’tkazayotib kiyim bitlari Provatsek rikketsiyasining tarqatuvchisi ekanligini aniqladi. Keyinchalik bosh bitlari ham tashuvchisi bo’lishi mumkinligi aniqlandi.



Yuqish mexanizmi. Bemor qonini so’rgan bit 4—5 kunlarda zararli bo’lib hisoblanadi. Shu vaqt ichida bitlarning ichak epiteliy to’qimalarida ular bijg’ib ko’payadi va to’qimalarni shikastlaydi, ko’p miqdorda uning najasi bilan tashqariga chiqariladi. Bit teriga yopishganda uni tishlaydi va shu zahoti rikketsiya saqlovchi najasini chiqaradi. Odam esa terisini qashib rikketsiyalarni shikastlangan terisi orqali o’z organizmiga kiritadi.

Patogenezi. Rikketsiyalar organizmga tushgandan so’ng tomirlarning endoteliy to’qimalariga o’tadi. Bu yerda ular bo’linib ko’payadi va to’qimalarni nobud qiladi. So’ngra esa ko’p miqdorda qonga o’tadi — rikketsiemiya yuzaga keladi. Tomirlar yallig’lanadi va tromb hosil bo’ladi. Natijada mayda qon tomirlarnning o’tkazuvchanligini to’sib qo’yadi. Bosh miya tomirlaridagi tromb bo’lgan joyda granula hosil bo’ladi va meningoentsefalitga xos yallig’lanish yuzaga keladi.

Toshmali tif o’tkir boshlanadi. Yuqori harorat, intoksikatsiya, kuchli bosh oqrig’i, rozeola, petexial toshmalar yuzaga keladi.

Immuniteti. Kasallik o’tgandan so’ng butun umrga mustahkam antimikrob va antitoksik immunitet hosil bo’ladi. Qonda antitelolar, komplement bog’lanish antitelolari, agglyutininlar aniqlanadi.

Brill kasalligi. Keyingi yillarda toshmali tif bilan og’rib o’tgan bemorlar organizmida uzoq vaqtgacha Provatsek rikketsiyalari saqlanib qolishi aniqlandi. Organizmning kasallikka qarshi kuchi kamaygan va unga beriluvchan bo’lgan hollarida bir necha yillardan (10—30) so’ng ham kasallik yuzaga keladi, ya'ni epidemik toshmali tif retsidivi yuzaga keladi. Birinchi bo’lib bu kasallikni Brill aniqlagan, N Sinsser esa kasallikning qo’zg’atuvchisi Provatsek rikketsiyalari ekanligini isbotlab bergan. Kasallik yengil va zararsiz o’tadi. Kasallik diagnostikasida qo’llaniladigan Veyl - Feliks reaktsiyasida 0x19 protey bilan agglyutinatsiya reaktsiyasi manfiy, Provatsek rikketsiyalari bilan esa musbat bo’ladi. Bundan tashqari, Brill kasalligi — reinfektsiyadir degan fikrlar ham bor. Kasallikning yengil o’tishiga organizmda hosil bo’lgan immunitet sababchidir deyishadi.

Profilaktikasi. Maxsus profilaktika yuzasidan Provatsek rikketsiyalarining yuzaki antigenlaridan tayyorlangan kontsentrlangan kimyoviy vaktsina qo’llaniladi. Umumiy profilaktikasi — bemorlarni ajratish va kasalxonaga yotqizish, bitlarga qarshi kurashishdir.

Endemik toshmali tif. Bu kasallikni qo’zg’atuvchisi 1928 yili X. Muzer tomonidan aniqlangan va uning nomi bilan Muzer rikketsiyalari deb yuritiladi. Hozirgi vaqtda ularni K. Lur1i deb nomlanadi.

Morfologiyasi. Mayda kokksimon (diametri 1 mkm gacha) yoki tayoqchasimon (0,3—06 x 1,5 mkm mikroorganizmlardir. Provatsek rikketsiyalariga nisbatan polimorf emas. Zdrodovskiy usulida bo’yalganda qizil rangga va Gramm manfiy bo’lib bo’yaladi.

Kultural xossasi. Muzer rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik qopchasida 35°S haroratda yaxshi rivojlanadi, pilikchalar hosil qilib o’sadi. Bo’g’imoyoqliklarning ichki epiteliy to’qimasi, yadro va sitoplazmasida yaxshi rivojlanadi.

Toksigenligi. Muzer rikketsiyasi Provatsek rikketsiyasidan farqlanadigan endotoksin hosil qiladi va buni neytrallash reaktsiyasi natijasida aniqlash mumkin.

Antigenlik tuzilmasi. Muzer rikketsiyasi 2 ta antigenlik kompleksini saqlaydi. Provatsek rikketsiyasn va OX19 va OX2 bilan umumiy termostabil antigeni. Muzer rikketsiyasini Provatsek rikketsiyasidan farqlovchi termolabil, tipospetsifik antigeni.

Chidamliligi. Muzer rikketsiyasi tashqi muhitga kam chidamli, lekin qurigan holda past haroratda uzoq vaqt saqlanadi. Dezinfektsiyalovchi moddalar ta'sirida tez nobud bo’ladi.

Hayvonlarning sezuvchanligi. Endemik toshmali tif bilan kemiruvchilar, asosan, sichqonlar va kalamushlar kasallanadi. Laboratoriya hayvonlaridan dengiz cho’chqachalari sezuvchan. Material ularning qorin bo’shlig’iga yuborilganda periorxit yuzaga keladi.

Infektsiya manbai. Endemik toshmali tif — zoonoz infeksiyadir. Tabiatda infektsiya manbai bo’lib kalamushlar va sichqonlar hisoblanadi.

Tarqalish yo’llari. Transmissiv, alimentar, bilvosita kontakt yo’llari orqali tarqaladi. Tashuvchisi bo’lib kalamush va kanalar hisoblanadi.

Patogenezi. Endemik toshmali tif qonli infektsiyadir. Uning patogenezi epidemik toshmali tifnikiga o’xshashdir. Klinik belgilari va kasallik ancha yengil o’tadi. Kasallik isitma va toshma toshish bilan tavsiflanadi. Kasallik endemik xarakterga ega.

Immuniteti. Kasallikdan so’ng mustahkam antimikrob va antitoksik immunitet hosil bo’ladi.

Profilaktikasi. Kemiruvchilarga qarshi kurashish va sanitar-gigienik sharoitlarni yaxshilashdan iboratdir. Maxsus profilaktikasi maqsadida o’lik Muzer rikketsiyasini saqlovchi vaktsinadan foydalaniladi.

Davosi. Tetratsiklin qatoriga tegishli antibiotiklar bilan davolanadi.

Ku-isitma — o’tkir infektsion kasallikdir. 1939 yili R. Bernet tomonidan bemor qonidan qo’zg’atuvchi ajratib olingan va farqlash ishlari olib borilgan. Shuning uchun uning nomi bilan Bernet rikketsiyalari deb yuritiladi. 1948 yili Rossiyada ham bu rikketsiyalar aniqlangan.

Ku-isitma qo’zg’atuvchisi Sox1e11a avlodiga kiritiladi. Morfologiyasi. S. igpesh mayda polimorf mikroorganizm bo’lib, tayoqchasimon, sham alangasiga o’xshash, 0,3—0,8 mkm kattalikda, sferik shakldagisi 0,3—0,5 mkm, Gram manfiy bo’yaladi; Zdrodovskiy usulida bo’yalganda qizil rangga bo’yaladi.

Kultural xossasi. Bernet rikketsiyasi tovuq embrionining sariqlik qopchasida yaxshi rivojlanadi. Ular uchun optimal harorat 35°S hisoblanadi. Xo’jayin hujayrasida rekketsiyalar vakuolalarda rivojlanadi, ya'ni pilakchalar hosil qiladi.

Fermentativ xossasi. Namoyon bo’lmaydi.

Toksigenligi. Zaharli moddasi aniqlanmagan, lekin rikketsiyalar o’zida allergen saqlaydi.

Antigenligi. Bernet rikketsiyasi ikkita — I va II faza antigenlarini saqlaydi. I faza antigeni yuzaki joylashgan, polisaxarid tabiatli, II faza antigeni esa hujayra ichida saqlanadi, kimyoviy tarkibi hali to’liq o’rganilmagan. Bernet rikketsiyasi tovuq embrionida o’stirilganida I faza antigeni yo’qoladi. Bernet rikketsiyasi dengiz cho’chqachasiga yuborilganda uning bu xossasi tiklanadi.

Chidamliligi. Bernet rikketsiyalari tashqi muhitga ancha chidamli. 80—90°S harorat ta'sirida ular 30 daqiqadan so’ng nobud bo’ladi. Sut pasterizatsiya qilinganda ular o’lmaydi. Ular sut mahsulotlari — qatiq, suzma, sariyoqda uzoq vaqt, ultrabinafsha nurlar ta'sirida 1,5 soatgacha saqlanadi. Past haroratda, ayniqsa muzli sharoitda, bir necha oylab, steril suvda 3—4 oygacha saqlanadi. Bernet rikketsiyalari oshqozon shirasiga, 5% li formalin eritmasiga va 1%li fenol ta'siriga ancha chidamli.

Patogenligi. Tabiiy sharoitda Bernet rikketsiyalari sigir, echki, qo’y, it, ot, kemiruvchilar, parranda va kanalarda aniqlanadi. Hayvonlarda kasallik isitma tutishi bilan tavsiflanadi. Ularda kasallik ko’pincha surunkali shakllarda o’tadi. Rikketsiyalar sut, siydik va najas bilan tashqi muhitga ajraladi.



Amaliy qism: Amaliy qismda talabalar epidemik va endemik toshmali tif diagnostikasi tekshirish materiali, tekshirish usullarini o’rganadilar.

Qon. 1.Serologik. a) Komplement bog’lanish reaktsiyasi. b) agglyu-tinatsiya reaktsiyasi. v) bevosita gemagglyutinatsiya reaktsiyasi. g) toksinlarni neytrallash reaktsiyasi. d) immuno-lyuminestsent usul qo’llaniladi.

Bemor venasidan 5—7 ml qon 2. Biologik usul. Steril probirkaga olinadi.

Serologik usul. Komplement bog’lanish reaktsiyasi. Bemordan olingan qonning zardobi ajratib olinadi, parallel holda 2 ta antigen — Provatsek va Muzer rikketsiyalari bilan reaktsiya qo’yiladi. Bu reaktsiya epidemik va endemik toshmali tifni farqlashda qo’llaniladi. Umumiy sxema asosida bemor qon zardobi 1:10 dan 1:640 gacha suyultiriladi. 1:100 va undan yuqori suyultirish darajalarida eritrotsitlar cho’kma bersa, reaktsiya musbat deyiladi.

Agglyutinatsiya reaktsiyasi (AR).Toshmali tifni Brill kasalligidan farqlash uchun agglyutinatsiya reaktsiyasi qo’yiladi. Diagnostikum sifatida Provatsek rikketsiyasi va OX19 o’lik kul’turasi qo’llaniladi. Brill kasalligida o’lik protey kulturasi bilan Veyl—Feliks reaktsiyasi manfiy bo’ladi.

Bundan tashqari, Brill va epidemik toshmali tifni farqlash uchun quyidagi usul ham qo’llaniladi.

Buning uchun bemor qon zardobi sistin bilan tozalanadi, chunki epidemik toshmali tifda 7 antitelo hosil bo’ladi va u sistin ta'sirida tez parchalanadi.

Brill kasalligida esa 19 antitelo hosil bo’ladi va u sistin ta'sirida parchalanmaydi. Kengaytirilgan hajmda agglyutinatsiya reaktsiyasi qo’yiladi. Birinchi qatorga sistin bilan tozalangan va ikkinchi qatorga tozalanmagan qon zardobi suyultirib solinadi. Brill kasalligida ikkala qatorda ham reaktsiya musbat bo’ladi. Epidemik toshmali tifda birinchi qatorda reaktsiya musbat, ikkinchi qatorda esa manfiy bo’ladi.

Bevosita gemagglyutiiatsiya reaktsiyasi. Bemor qon zardobi 1:25 dan 1:1600 gacha suyultiriladi. Diagnostikum sifatida Provatsek eritrotsitlar diagnostikumi qo’llaniladi. Bemorning qon zardobida aitntelo bo’lsa 1:100 nisbatda eritrotsitlar soyabonsimon cho’kma hosil bo’ladi. Reaktsiya qayta qo’yilganda titri ortib boradi.



Biologik usul. Epidemik va endemik toshmali tifni farqlash uchun biologik usul ham qo’llaniladi. Buning uchun dengiz cho’chqachasining erkagiga tekshirish materiali yuboriladi. Agar tekshirish materialida epidemik toshmali tif qo’zg’atuvchisi bo’lsa, dengiz cho’chqachalarining harorati ko’tariladi.

Agar tekshirish materialida endemik toshmali tif qo’zg’tuvchisi bo’lsa, dengiz cho’chqachalarida periorxit (tuxumdonning yallig’lanishi) yuzaga keladi.

9. Kutiladigan natijalar:

O’qituvchi Talaba

1. Mavzu bo’yicha maqsadni tushuntirish. 1. Mavzu bo’yicha to’la ma’lumot olish

2.Talabalarda qiziqish uyg’otish 2. Talabalar bilimini shakllantirish

3.Yangi texnologik usullarni qo’llash 3. Talabalar qiziqish bilan qabul qilishi.

10. Kelgusi rejalar:

1. O’qituvchi internetdan yangi 1. Talaba ushbu materiallarni o’z-

material olish uchun foydalanishi, lashtirishi, konspekt yozish,

mukammallashtirishi. mustaqil ishlashi.

2. Yangilash va joriy etish, yondashuv. 2. Adabiyotlar bilan ishlashi

3. Kasbiy tayyorgarlikni 3. Yangi texnologiyaga yondashuvi.

insonparvarlashtirish.



Labaratoriya mashg’uloti 17

Mavzu: Virusli kasalliklar. (Gripp, qizamiq) Gepata viruslari

Mashg’ulot programasi

1.O’tkir resperator virusli kasalliklar diognostika sxemasini o’rganish

2. Diognostikaning tezkor usullari.

3. Ortomiksoviruslar keltirib chiqaruvchi kassalliklarning virusologik diognostikasi.

4. Paramiksoviruslar keltirib chiqaruvchi kassalliklarning virusologik diognostikasi.

5. Gripp, paragripp va boshqa resperator virusli infeksiyalar serodiognostikasi.

6. Gripp, paragripp va boshqa resperator virusli infeksiyalarda qo’llaniladigan diognostik, profilaktik va davolash preparatlari.

Namoish qilish

1. Gripp, paragripp va boshqa resperator virusli infeksiyalar ekspres diognostikasining immunflyuoressent usuli.

2. O’tkir resperator virusli kasalliklarqo’zg’atuvchilari va ularning reproduksiyalari aks etirilgan rangli rasm va albomlar.

3. Gripp, paragripp va boshqa resperator virusli infeksiyalarda qo’llaniluvchi vaksina, immunoglobulin, davolovchi zardob, diognostikum, bir va ko’p valentli zardoblar.



Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq

1. Virus yuqtirilga tovuq embrionining alantois suyuqligidan olib, gripp virusini indikasiyasi uchun gemagglyutinasiya reaksiyasini qo’yish.

2. Ajratib olingan gripp virusini GART yordamida identifikasiya qilish. Xulosa chiqarish.

3. Respirator kasallik keltirib chiqaruvchi viruslar bilan shikastlangan xujayra kulturalaridagi (virusni SP ta’siri) o’zgarishlarni aniqlash.



Gripp, paragripp va adenovirus infeksiyalarining virusologik diognostikasi.

Gripp virusi Orthomyxoviridae oilasiga kiradi va uchta tipi A, V, S tafout qilinadi. Bulardan A tipi asosan epidemiya va pandimiya ko’rinishlada o’tadi.Gripp viruslari odamda, qushlarda va hayvonlarda kasallik keltirib chiqaradi. Gripp virusining o’ziga xos xususiyatlaridan biri tabiiy sharoitda o’z yuza (gemagglyutinin NA va neyrominidaza NA) antigenlarini o’zgartirib turishidir. Har qachon shu yuza antigenlarini o’zgarishi virusning yangi variantini paydo bo’lishiga olib keladi Virus har 10-15 yilda to’liq o’zining antigen (shift usulda) strukturasini o’zgartiradi va gripp virusini yangi serologik tipi paydo bo’ladi va kasalligining dunyodagi yangi pandimiyasi boshlanadi. 2000 yildan kiyin gripp virusining N2N5 paranda grippi yer yuzidagi insoniyat sog’lig’iga katta haf solib turibdi. 2009 yildan boshlab gripp virusining N1N1 cho’chqa tipi yana qaytib keldi ( 1976 yilda pandemiya bergan) va yer yuzida yangi kasallikning pandemiyasini keltirib chiqarmoqda.Gripp kasalligi aksariyat hollarda odamlarda yengil o’tadi va 3-5 kun ichida odamlar sog’ayib ketadi, lekin ohirgi yillarda gripp kasalligining toksik formalari va paranda (N2N5) tiplari juda klinik jihatdan og’ir o’tmoqda va ko’pchilik holatlarda o’lim bilan tugamoqda.Gripp virusining optimal ajratib olish modeli bu 10-12 kunlik tovuq embrionini amnion yoki allantois bo’shlig’iga yuqtirish xisoblanadi. Laboratoriya hayvonlaridan gripp virusiga sezgir afrika yumronqoziqlari va oq sichqonlar xisoblanadi. Gripp virusining retrospektiv diognostikasida ko’proq serologik usullar qo’llaniladi. Gripp virusini sxematik strukturasi 86 - rasmda keltirilgan.



Paramiksoviruslar Paramyxoviridae oilasi va bu oilaga 4 ta avlod vakillari kiradi: Paramyxovirus avlodi-paragripp qo’zg’atuvchilari 1 -3 tipi; Rubulavirus-avlodi epidemik paratit kasalligi viruslari 2 va 4 tiplari; Morbillavirus-avlodi qizomiq kasalligi virusi; Pneumovirus- RS virus. Paragripp virusi RNK saqlovchi virus bo’lib segmentlanmagan –RNK malekulasi tutadi. Superkapsid tarkibida gemagglyutinin (N), neyrominidaza (N) antigenlari va F-oqsil uchraydi (rasm 87). G’ oqsil hujayra membranasiga birikishni va zararlangan simplast hujayralarining hosil bo’lishida qatnashadi.Virus replikasiyasi doimo hujayra sitoplazmasida ro’y beradi.Viruslar gemadsorbsiya, gemolitik, neyrominidaza va simblast hosil qilovchi xususiyatlarga ega

Paragripp viruslari (PV). Odamlarda yuqori nafas yo’llarining shilliq qavatlarida paragripp kasalligini (para-oldida, yunoncha) keltirib chiqaradi. Kasallik qo’proq bolalarda va bolalar kolektivlarida kuzatiladi. Bolalarda kasallik larengotraxeobranxit ko’rinishda o’tib, yolg’on krup deb ham ataladi (1,2 tiplari chaqiradi). Virusning 3 tipi bir yoshgacha bolalarda bronxit va zotiljam kasalliklarini keltirib chiqaradi.

Epitparotit virusi (tepki). O’tkir yuqumli infeksion kasallik bo’lib asosan quloq oldi bezini jarohatlab, ko’pincha birdan (epidemik vspishka) bolalar kollektivlarida epidemik boshlanishi mumkin. Epitparotit virusini bita serovari uchraydi.



Qizomiq virusi (QV) . Virus dastlab yuqori nafas yo’lidagi epitelial xujayralarga kiradi va shilliq qavat, burun-halqum, traxeya va bronxlarning epiteliy hujayralarida ko’payadi, so’ngra qonga tushadi. Virus qon kapillyarlarining endoteliy hujayralarini shikastlaydi. Bu hujayralar nekrozga uchrashi natijasida terida toshmalar paydo bo’ladi. Ayrim hollarda virus markaziy nerv sistemasiga borib ensefalomielitni keltirib chiqaradi. Virus tovuq embrionida ko’paymaydi. Uni odam va maymun embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalarida ko’paytiriladi. Bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalarida (Hela, KB, Vero va boshqalar) sitopatik ta’sir ko’rsatib ko’payadi. Natijada simplastlar, ya’ni ko’p yadroli hujayralar hosil bo’ladi. Virus kirgan hujayra sitoplazmasida asidofil, yadrosida bazofil kiritmalar vujudga keladi. Boshqa paramiksoviruslardan farq qilib QV tarkibida neyrominidaza uchramaydi.

Adenoviruslar (yunoncha adeno- bez) o’tkir infeksion jarayonni keltirib chiqaradi, asosan yuqori nafas yo’llari, ko’z, ichak va limfoid to’qimalarni jarohatlaydi.

Adenoviruslarning 34 ta serovarlari uchraydi, oddiy tuzilishga ega, virion ikki ipli chiziqli infeksion DNK tutadi.Virusda superkapid uchramaydi, shuning uchun tashqiy muhit omillariga (efir, spirt) o’ta chidamli (rasm 88).

Laboratoriya sharoitida adenoviruslar odamlardan olingan epiteliy hujayra kulturalarida intinsiv ko’payyadi. Virus replikasiyasi yadroda ro’y beradi. Virusning sitopatik effekti yuqtirilgandan so’ng 1-7 kunlari na’mayon bo’ladi va hujayralar yumoloqlashuvi, ularning bir birlari bilan birikishi oqibatida uzum shingiliga o’xshab yig’ilib qoladi. Hujayra yadrosida DNK tutuvchi spesifik kiritmalar paydo bo’ladi. Adenviruslar tovuq embrioni va laboratoriya hayvonlari uchun patogen emas. Ba’zi bir serovarlari onkagen xususiyatga ega.

O’tkir respeator virusli yuqimli kasalliklarning diognostikasida ekspress, virusologik va serologik usullar qo’llaniladi.



Metodik ko’rsatmalar.

Ekspress usullar. Bu usullar bilan gripp va boshqa resperator kasalliklar qo’zg’atuvchilariga 2-3 soat maboynida taxminiy diognoz qo’yiladi.



Renositoskapik usul. Gripp va boshqa resperator virusli kasalliklarning laboratoriya diognostikasida tez qo’zg’atuvchini aniqlash uchun qo’llaniladigan ekspress usuldir. Kasal burninig pastki chig’anog’i yuzasidan (qirg’og’lari silliqlangan oynacha yoki pleksiglas plastinkasi yordamida) tamg’a -surtma olinadi.

Tamg’a – surtmalar quritilib, fiksasiya qilinadi va Ramonovskiy-Gimza yoki fuksin, metilin ko’kida bo’yaladi. Silindrik epiteliy, hamda degenrasiya bo’lgan makrofaglar sitoplazmasida, leykositlarda qizil rangli keng konturli kiritmalar joylashgan bo’ladi.

Gripp kasalligi virusining diognostikasida renositoskapik tekshirish, spesifik usul bo’lmasa ham, grippning adenovirus kasalliklaridan ajratishga yordam beradi. Bunda hujayraning strukturasi buzuladi, natijada yadrolar vakuollanishi va yadro ichida kiritmalar paydo bo’ladi. Adenoviruslar reproduksiyasida , epiteliy hujayralarida boshqa viruslardan farq qilib, xarakterli sitopatik o’zgarishlar ro’y beradi, ya’niy hujuyralar yumoloqlashib, qatlamning chetida g’ujum holida (uzum shingilini eslatadi), to’planadi va kultura oyna (probirka) sathidan tez ko’chishi kuzatiladi.Paragripp viruslari esa hujayralarning bir birlariga biriktirishi oqibatida ko’p yadroli simblast hujayralari hosil bo’ladi. Respirator viruslar fibroblast hujayralarida sust rivojlanadi va bunda hujayra tez shishadi, natijada ularning yadrolari parchalaniladi. Adenoviruslar uchun epiteliy va fibroblastlar hujayralari yadro ichida kiritmalar paydo qilishi xarakterlidir.

Ekspress –dionostika (26- sxema).

Bilvosita, to’g’ridan-to’g’ri immunoflyuoressensiya (Kuns) reaksiyasi BIFR (RIF) juda spesifik bo’lib, bunda zararlangan hujayralardan virus antigelarini nishonlangan flyuoressentli antitelalar yordamida aniqlash mexanizimi yotadi.



Tekshirish uchun material bo’lib, bemorning tamoq, burin halqum chayindilari va shu chayindilar bilan yuqtilgan hujayra kulturalari xizmat qiladi. Preparat tayyorlash uchun olingan chayindi sentrifugada bir minutda 2000-3000 marta 10 minut aylantiriladi. Cho’kmadan bir nechta moysizlantirilgan buyum oynachalariga surtmalar tayyorlanadi va quritilib 5 minut davomida toza asetonda fiksasiya qilinadi. Kiyin xuddi shu preparatlar nishonlangan flyuoressentli antitelalar (maxsus chiqarilgan: grippning A1,A2; paragrippning 2 va 3 tip viruslari; resperator sinsitial virusga qarshi, adenoviruslarga qarshi ko’p valentli zardob) bilan ishlanadi. Agar bilvosita usul qo’llanilsa, surtmaga oldin yuqorida keltirilgan viruslarga qarshi spesifik AT qo’shilib, kiyin yuvib tashlanadi va nishonlangan flyuoressentli odam antiglobulinli qon zardoblari bilan ishlav beriladi. Analiz oxirida preparatlarni lyumensent mikroskopda ko’zdan kechiriladi. Preparatda viruslar bo’lsa lyumenissent mikroskopda yog’dulanadi va maxsus nur sochayotgan virus zarralariga e’tibor beriladi: yog’dulanayotgan adenoviruslar hujayrani yadrosida ko’rinsa; gripp va paragripp viruslari sitoplazmada yig’ilib qolgan bo’ladi. Hujayralardagi virus zarralari va ularning soniga qarab reaksiya javobi o’qiladi.

Virusologik tekshiruv. O’tkir resperator virusli kasalliklarda tekshirish uchun material burin halqum chayindisi, bolg’am va boshqalar bo’lishi mumkin. Patologik material hujayra yoki tovuq embrioniga yuqtirishdan oldin, ularning tarkibidagi boshqa mikroorganizimlarni yo’qotish uchun antibiotiklar bilan ishlov berilib (pensillin, streptomisin 1000 TB ml) sentrifuga qilinadi. Virusologik ishlar hammasi bokslarda o’ta steril sharoitlarda olib boriladi. Cho’kma ustidagi suyuqlik pipetka yordamida so’rib olinib har bir viruslar uchun maqbul bo’lgan hujayra kulturalariga (gripp virusi tovuq embrionining amniotik va allantois bo’shlig’iga, maymun, odam embrionlarining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga; paragripp virusi maymun, odam embrionining buyragidan va odam embrionining fibroblastlarida tayyorlangan to’qima kulturalariga; paratit tepki virusi tovuq embrionining amniotik bo’shlig’iga va yangi ajratib olingan virus shtammlari odam embrionining buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga; qizomiq virusi odam embrioni va maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra kulturalariga va bundan tashqari, odam amnioni va undiriluvchi hujayra kulturalariga (Hela, KB, Vero va boshqalar); RS-virus maymun buyragidan tayyorlangan birlamchi hujayra va undiriluvchi o’sma hujayra kulturalariga (Hela, Hep-2, KB); adenoviruslar esa odam embrioni buyragidan tayyorlangan birlamchi va undiriluvchi Hela, Ner-2 hujayra kulturalariga yuqtiriladi. Virus yuqtirilgan tovuq embrionlari va hujayra kulturalari 37º da termostatda saqlanadi.

Diagnostika, profilaktika va davolash preparatlari

H0N, H1N1, H2N2, H3N2, V va S tipga xos gripp zardoblari. GATR va KBR reksiyalarida gripp virusi serotiplarini aniqlash uchun qo’llaniladi.

Tipga xos paragripp zardoblari. Paragripp viruslarini differensiasiya qilish va serotiplarini aniqlashda ishlatiladi.

Quritilgan tipga xos (gripp va paragripp) diagnostikumlar. Ma’lum yuqumli kasalliklar serodiagnostikasida ishlatiladi.

Tirik gripp vaksinasi. Gripp virusi asosiy serotiplarining vaksina shtammlari yuqtirilgan tovuq embrionlarining allantois suyuqligidan tayyorlanadi, vaksinaning bir turi burundan, boshqasi og’iz orqali yuboriladi.

Tirik qizamiq vaksinasi. Qizomiq virusini virulent shtammlarini kuchsizlantirib (attenuirovannaya) olingan (RF L16). Bir marotiba (8-oylik chaqaloqlarga kalendarbo’yicha) teri ostiga yuborib emlanadi.

Tirik paratit vaksinasi. Paratit virusini virulent shtammlarini kuchsizlantirib (attenuirovannaya) olingan Bir marotiba (1 yodan boshlab kalendar bo’yicha) teri ostiga yuborib emlanadi.

Davo-profilaktika uchun qo’llaniladigan ko’p valentli gripp zardobi. Gripp virusining turli serotiplari bilan otlarni giperemlash natijasida olinadi. Quritilgan holda, antibiotiklar va sulfanilamidlar bilan birga tayyorlanadi. Grippning oldini olish va kasallikning boshlanish davrida davolash uchun burun orqali yuboriladi.

Grippga qarshi donor immunoglobulini. A va V tipli tirik gripp vaksinasi bilan emlangan donorlarning qon zardobidan tayyorlanadi. Epidemik o’choqlarda gripp profilaktikasi va uni davolashda qo’llaniladi.

Odam leykositar interferoni. Bu turga xos oqsil bo’lib, kultural muhitdagi odam peykositlari tomonidan, virus-interferonogen ta’siriga javoban sintez qilinadi. Gripp va boshqa virusli respirator kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda qo’llaniladi.

Tipospesefik adenovirus zardoblari. Neytrallash va GATR da adenoviruslarni serologik tiplarga ajratishda qo’llaniladi.

Labaratoriya mashg’uloti 18

Mavzu: Rabdovirus. (qutirish).OITS,Entero-, neyroviruslar (poliomielit)

Mashg’ulot programmasi

1.O’tkir neyrotrop virusli kasalliklar diognostika sxemasini o’rganish.

2. Diognostikaning tezkor usullari.

3. Poliomielit, koksaki, YeSNO viruslar keltirib chiqaruvchi kassalliklarning virusologik diognostikasi.

4. Qutirish virusi keltirib chiqaruvchi kassallikning virusologik diognostikasi.

5. Neyrotrop virus kasalliklarining serodiognostikasi.

6. Poliomielit, koksaki, YeSNO va qutirish va boshqa neyrovirusli infeksiyalarda qo’llaniladigan diognostik, profilaktik va davolash preparatlari.

Namoish qilish

1. Poliomielit, koksaki, YeSNO va boshqa neyrotrop virusli infeksiyalar ekspres diognostikasida immunflyuoressent usullar.

2. O’tkir neyrotrop virusli infeksiyalar kasalliklari qo’zg’atuvchilari va ularning reproduksiyalari aks etirilgan rangli rasm va albomlar.

3. Babesh –Negri tanachalari.

4. Neyrotrop virusli infeksiyalarda qo’llaniladigan diognostik, profilaktik va davolash preparatlari.

Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq

1. Enteroviruslar keltirib chiqargan kasalliklarga virusologik diagnoz qo’yish usullari:

a) Spesifik immun zardoblar bilan o’tkazilgan neytrallash reaksiyasi yordamida enteroviruslarni identifikasiya qilish va natijalari asosida xulosa chiqarish.

b) Koksaki va YeSNO viruslarini aniqlash uchun bemorlarni juft qon zardoblari bilan KBR qo’yish, natijalash, xulosa chiqarish.

v) Enteroviruslarning etalon shtamlariga nisbatan bemorning juft zardoblari bilan virus neytrallovchi antitelolarni titrlash usuli bilan qo’yilgan reaksiyalarni natijalash, xulosa chiqarish.

Neyrotrop virus infeksiyasi qo’zg’atuvchilari

Neyrotrop virus infeksiyasini asosan bir-biridan ko’p belgilari bilan farq qiluvchi va tarkibida RNK bo’lgan turli oilaga mansub viruslar qo’zg’atadi (78- jadval). Ularga togaviruslar, rabdoviruslar, arenaviruslar hamda pikornoviruslar oilasiga va enteroviruslar zotiga mansub bo’lgan poliomielit, koksaki va EChO viruslari, kiradi. Bular ingichka ichak limfa tugunlarida ko’payib (reproduksiya bo’lib), najas orqali tashqariga chiqadi.Shuning uchun bular keltirib chiqaradigan kasalliklarini ichak yuqumli kasalliklariga kiritilgan. Biroq, qo’zg’atgan kasalliklarining

(poliomielit, seroz miningit, meningoensefalit va boshqalar) patogenetik va klinik belgilariga ko’ra, ularni neyrotrop kasalliklar qo’zg’atuvchi viruslarga qo’shish mumkin. Ba’zan tarkibida DNK bo’lgan, masalan 1-va 2-tiplarga kiruvchi gerpesviruslar markaziy nerv sistemasini ham shikastlantirishi mumkin.

Neyrovirus kasalliklarining laboratoriya diagnostikasida kasallikning davri muhim ahamiyatga ega. Birinchi 5-6 kecha-kunduz davomida deyarli xamma holatlarda qonda (virusemiya bosqichi), nevrologik belgilar namoyon bo’lgandan so’ng likvorda virusni aniqlash mumkin.



Poliomielit, koksaki va YeSNO viruslari qo’zg’atgan kassalliklarning virusologik va serologik diognostikasi.

Enteroviruslar. Picornaviridae oilasi, Enterovirus avlodi. Bularga hozirgi kunda quyidagi viruslar kiradi: poliomielit virusi (1-3 tipi); Koksaki viruslar gruppasi –Koksaki A viruslari (24 serovar), Koksaki V viruslari (6 serovar); YeSNO viruslari (34 serovar) va 5 ta klassifikasiya qilinmagan odam (68-72) enteroviruslari.

Enteroviruslarning asosiy xususiyatlari: o’lchami 22- 30 nm; genomi- bir ipli (+) fragmentlanmagan RNK; superkapsidi yo’q; simetriya tipi-kubsimon 60 kapsomeri bor; tarkibida yog’lar yo’q; efirga, o’t sapro, kislata va ishqorlarga va (3-10 rN diapazonda) tashqiy muhitga chidamli; maxsus hujayra kulturasida o’sadi.



Metodik ko’rsatmalar

Tekshirish uchun material: najas, tamoq chayindisi, likvor. Enteroviruslar kasallikning daslabki kunlarida (3-kun) qo’zg’atuvchi halqum burindagi ajralmalarda uchraydi va 10 kunidan boshlab najas orqali ajraladi.



Virusologik tekshiruv. Patologik material hujayra kulturasiga yuqtirishdan oldin, ularning tarkibidagi boshqa mikroorganizimlarni yo’qotish uchun antibiotiklar bilan (pensillin, streptomisinning Xenks eritmasidagi aralashmasi 1000 TB ml) 4º S da bir sutka davomida saqlanadi. So’ngra kontrol sifatida ularni sterilligi tekshiriladi. Agar najas suspenziyasida bakteriyalar bo’lmasa, u hujayra kulturasiga yuqtiriladi. Agar bakteriyalar materialda saqlanib qolingan bo’lsa u yana antibiotiklar bilan qayta ishlanib kiyin yuqtiriladi. Patologik material bir vaqtni o’zida 2-3 ta probirkadagi birlamchi hujayra kulturasiga (odam embrionining yoki maymun buyragi hujayrasi) va undiriluvchi hujayra (HeLA qatori, odam amnioni va boshqa) kulturalariga yuqtiriladi, chunki enteroviruslarning bir turi birlamchi, boshqalari undiriruvchi hujayralarda yaxshi ko’payyadi. Material yuqtirilgan hujayra kulturalari

DNK saqlovchi viruslar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, bularga 7 ta oila (Herpesviridae, Poxviridae, Adenoviridae, Papavaviridae, Parvoviridae, Hepadnaviridae, Circinoviridae) kiritilgan.

DNK saqlovchi viruslarning asosiy xususiyatlaridan biri ular ho’jayin hujayralarini genomiga integrasiya bo’lib olishi mumkin va sekin rivojlanuvchi (persistiruyuщix) infeksiyalarni keltirib chiqaradi.

Poksviruslardan tashqari hamma vakillarining replikasiyasi hujayraning yadrosida kechadi.



Gerpesviruslar oilasiga kenja (Alphaherpesviruses, Betahherpesviruses va Gammaherpesviruses) oilalar kiradi. Gerpesviruslarning asosi kasallik keltirib chiqaruvchi tiplari jadvalda keltirilgan. Gerpesviruslar murakkab tuzilishga ega bo’lib ikki ipli ancha katta DNK molekulasidan
iborat bo’lib 18% qisqa va 82% uzun komponentlar tutadi. Boshqa kiyingan viruslardan farqlanib gerpesviruslarning superkapsidi hujayra yadrosi fragmentlaridan tarkib topgandir, chunki yangi hosil bo’layotgan virus bo’lakchalari yadro membranasidan ajralib chiqadi. Superkapsid va kapsid oralig’ida ipsimon qobig’ bo’lib virus kapsidini superkapsitdan ajratib turadi. Kapsidi 162 kapsomerdan tashkil topgan bo’lib shakli ikosaedr ko’rinishida (rasm 91). O’lchami 150-200 nm. Gerpesviruslar tashqiy muhit omillariga va organik erituvchilarga o’ta chidamsiz.

Gerpesviruslar tovuq embrioni xorionallantois qobig’ida yaxshi ko’payib nekrotik yallig’lanish o’chog’ini hosil qiladi. Bundan tashqari odam embrioni o’pka, buyrak to’qimalaridan tayyorlangan hujayra kulturalarida ham yaxshi ko’payadi. Virusning XPT natijasida hujayra ichida kiritmalar va ko’p yadroli simplast hujayralari hosil bo’ladi.



Alfagerpesviruslar yuqori sitopatik aktivlikga ega bo’lib, ko’plab ho’jayin organizimlar uchun patogen hisoblanadi. Odam uchun patogen turlari Simplexvirus (gerpes viruslarni 1 va 2 tipi va V gerpes virus) va Varicellovirus (gerpes viruslarni 3 tipi) avlodiga kiritilgan.

Betagerpesviruslar kuchsizroq sitopatik xususiyatga ega bo’lib, kamroq ho’jayin organizmlarga patogen hisoblanadi. Odam uchun patogen tiplari Cytomegalovirus (gerpes viruslarni 5 tipi) va Roseolovirus (gerpes viruslarni 6A, 6V, 7, 8 tiplari) avlodiga kiritilgan.

Gammagerpesviruslar ham kamroq ho’jayin organizmlarga patogen hisoblanadi, ularning boshqa gerpesviruslardan farqi limfoid hujayralarda ko’payyadi. Odam uchun patogen tiplari Lymphocryptovirus

(gerpes viruslarni 5 tipi) avlodiga kiritilgan. Epstayn-Bar virus ham deb yuritiladi.



Poksviruslar oilasiga (pox- chechak ing. so’z) bo’g’imoyoqli, parandalar va sutemizuvchilar uchun patogen viruslar kiritilgan. Poksviruslar shakli g’ishtsimon bo’lib o’lchami 250-390 nm teng bo’lib, bakteriyalar strukturasini eslatadi.Virion mag’iz qismidan, uni o’rab turgan 5 nm qalinligdagi yupqa membra va bir tekisda joylashgan silindrik strukturadan iborat. Tashqiy tamondan esa (oqsil tana) oval strukturali o’rab turovchi qobiqdan iborat Poksviruslarni reproduksiyasi faqat sitoplazmada kechadi.Odam uchun 4 avlod vakillari patogen hisoblanadi, bularga kiradi:

Orhtopoxvirus avlodi- odam chin chechagi va sigir chechagi (ospavaksina) viruslari.

Parapoxvirus avlodi – “sutsog’uchilar tuguncha” virusi (virus “uzelkov doyarok”), katta shohdor hayvonlarning psevdochechak virusi.

Molluscipoxvirus avlodi – mollyuskalar kontagioz virusi.

Yatapoxvirus avlodi – Tana va Yaba chechak virusi (maymun chechagi virusi).

Chin chechak kasalligi o’ta hafli yuqumli kasalliklar guruhiga kiradi.

Chin chechak virusi tovuq embrionida yaxshi ko’payib 48-72 soatdan so’ng xorion-allantoist qobig’ida mayda oqimtir va sog’lom qobig’dan yaqol ajralib turuvchi jarohatlar hosil qiladi. Bundan tashqari virus birlamchi odam, maymun, qo’y va boshqa hayvonlar undiriluvi hujayra kulturalarida yaxshi ko’payadi. Virusning XPT natijasida hujayra yumoloqlashadi va kattalashadi, kiynchalik kultura shisha yuzasidan ajraladi.

Vaksina qo’llanilguncha ba’zi yillarda chin chechak kasalligi bir yilda 1,5 mln kishilarning o’limiga sabab bo’lgan. 1974 yilda Xindistonda 31262 kasallik registrasiya qilingan. Oxirgi marotiba kasallik 1977 yilda Samalida topilgan va bir necha yildan kiyin 1980 yillarda Butun dunyo sog’liqni saqlash tashkiloti (VOZ) yer yuzida chin chechak kasalligi tugatilganligini e’lon qildi. Hozirgi kungacha chin chechak kasalligi registrasi qilingani yo’q.



Papovaviruslar oilasiga turli ko’rinishdagi popiloma (suyal) va poliom kasalliklarini sutemizuvchilar va odamlarda keltirib chiqaruvchi viruslar Papillomavirus va Polymavirus avlodlariga kiritilgan. Bu oila vakillarini strukturasidagi xarakterli xususiyat, ularning kapsidini yalong’och bo’lishi (superkapsidi yo’q) xisoblanadi. Viruslar o’lchami 45 nm bo’lib ikosaedral simmetriyaga ega bo’lib, tarkibida bir ipli halhasimon DNK va oqsil gistonlar tutadi.

Papovaviruslarning yana bir xarakterli xususiyati ularda globulyar nuklosomalardan tarkib topgan mini (kichik) xromosomalarni uchrashidir. Bular hujayra xromosomasini eslatadi. Bu oila vakilari odam, dengiz cho’chqachasi va tovuq eritrositlarini agglyutinasiyaga uchratish xususiyatiga ega xisoblanadi. Odamlarda kasallikning produktiv, abortiv va integrativ formalari uchraydi. Papovaviruslar ho’jayin hujayralari DNK ni transkripsiyaga uchratishi va onkogen xususiyatni ham namoish qilishi mumkin. Papovaviruslarni diognostikasida birdan – bir yo’l virusni jarohatda popilomada (suyalda) topishga asoslangan. Bunda virus kerotinlashgan hujayra qatlamida to’liq virion ko’rinishida uchraydi. Hozirgacha virusni o’stirib olish yo’lga qo’yilmagan. Serologik usullar ham diognostikasida qo’llanilmaydi. Ohirgi yillarda o’tkir qirrali kandilomaning diognostikasida DNK gibridizasiya usuli qo’llanilmoqda.



Adenoviruslar oilasi (AD-adenoid - de. Bu oilaga ikkita avlod viruslari (birinchi avlodga sutemizuvchilarda kasallik keltirib chiqaruvchi Vastadenovirus -80 turlari mavjud va ikkinchi avlodga parandalarda kasallik keltirib chiqaruvchi Aviadenovirus 14 turi mavjud) kiritilgan.

Adenoviruslar ham yalong’och kapsidli viruslar turkimiga kiradi (rasm -88). Virionni o’rtacha o’lchami 60-90 nm bo’lib, kapsidi 252 kapsomer tutadi ko’p qirrali ikosaedral simmetriyaga ega, tarkibida 240 gekson va 12 ta vertikal pentondan va unga birikkan nozik ipchalardan tarkib topgan. Genomi ikki ipli chiziqli DNK dan iborat bo’lib, oqsillar bilan birikib virusni zichlashgan mag’izini tashkil qiladi. Virus geksonlari viruslarning tipmaxsuslik antigen rolini bajaradi, bundan tashqari virusdan ajralganda toksik efektni keltirib chiqaradi. Penton virusni kam va umumiy oila uchun reaktiv eruvchan AG xisoblanadi. Tozalangan iplari virusni asosiy tipga hos maxsus antigeni bo’lib, unga qarshi tipga hos antitelalar hosil bo’ladi. Penton va ipchalar viruslarni gemagglyutinasiya xususiyatini keltirib chiqaradi. Virusning antigen xususiyati ularning klassifikasiyasiga asos bo’lgan. Hamma adenoviruslar bir tipdagi komplement bog’lovchi antigen tutadi va ularni KBR orqali aniqlash imkonini beradi. Turlarni aniqlashda (oldin serovarlar diyilgan) NR qo’llaniladi.

Metodik ko’rsatma

Gerpesviruslarni laboratoriya diognostikasi. Ko’pchilik hollarda kasallikni xarakterli ko’rinishi diognostikani yengillashtiradi. Lekin, kasallikni yashirin, sust o’tovchi formalarida ayniqsa genital gerpeslarda diognoz qo’yish qiyinlashuvi mumkin.

Virusoskapik usul. Kasallikning ko’pchilik formalarida eng oddiy va yengil virusoskapik usul xisoblanadi. Uchuqdan va jarohatlangan joydan bosma, qirma surtma olinib bo’yab ko’rilganda gigant ko’p yadroli kritmali hujayralarni (Sanka-probasi) topilishi gerpesviruslar borligidan darak beradi. Gerpetik ensefalitga shubxa qilinganda miya bioptatlaridan monoklonal antitela yordamida bilvosita immunoflyuoressensiya usulida virusni topish mumkin.

Virusologik usul. Ko’proq xomilador ayollarda genital gerpes borligiga shubha qilinganda va birlamchi virus yuqqanda qo’llaniladi. Har ikkala virus (OGV1 va OGV2) ham hujayra kulturalarida yaxshi ko’payyadi, asosan ko’proq xorionallantois hujayralari qo’laniladi. Xarakterli XPT hujayra yadrosida kiritmalar (maxsus antigeni) va ko’p yadroli gigant hujayralar hosil bo’ladi.

Biologik usul. Laboratoriya sharoitida vezikulalardan olingan suyuqliklar quyon, dengiz cho’chqachasi, kalamush ko’z pardasiga yuqtirilsa ko’zning mugiz pardasini shikaslaydi va keratit, miyasiga yuqtirilsa ensefalit keltirib chiqaradi. Lekin, virusni organizimdan topilishi kasallini aniqlash kriteriyasi xisoblanmaydi, chunki sog’lom odamlarning 80-90% viruslar uchraydi. Tabiiy sharoitda va laboratoriya hayvonlari suv chechak viruslari bilan og’rimaydi.

Serologik diognoz qo’yishda KBR va neytralizasiya reaksiyalari qo’llaniladi. Immunoferment usulida OITV antitelasini kasal qon zardobi tarkibida aniqlash.

Usulni qo’yishda mahsus avtomatik mikropipetka dozatorlardan foydalaniladi. IFA immunosorbent polisterol 96 chuqurchali planshetkalarda yoki striplarda qo’yiladi. Test sistema tarkibidagi ingredentlar uslubiy qo’llanmaga asosan suyultiriladi.

Ish tartibi.

1. Immunsorbent chuqurchalarga OITV 1-kon’yugatidan ishchi dozasida 0,25 mkl tomiziladi. So’ngra planshetka chuqurchasiga 0,75 mkl nazorat na’munasidan ( K+, K- ) qo’shiladi. Nazorat na’munalarini ishlatish qo’llanilayotgan striplarni soniga bog’liq bo’lganligi uchun quyidagi sxemani qo’llash mumkin:

1 stripda -1 chuqurcha K+, 2 chuqurcha K-;

2 stripda - 2 chuqurcha K+, 2 chuqurcha K-;

3 va undan ortiq -2 chuqurcha K+. 3 chuqurcha K-.

Masalan, Agar IFA 2 ta stripda qo’yilayotgan bo’lsa, stripni A-1 va A-2 chuqurchalariga mikrodozator yordamida 0,75 mkl K+, va 2 ta chuqurchaga V-1 va V-2 ga esa 0,75 mkl K- nazorat na’munalaridan tomiziladi.

Qolgan chuqurchalarga 0,75 mkl tekshirilayotgan qon zardob na’munasidan tomiziladi. Chuqurchadagi ingridentlar yaxshilab aralashtiriladi (planshetkani qirrasini sekin – sekin urish bilan). Planshet qopqog’i berkitilib 37º S 60 minut saqlanadi.

2. Planshetdagi ingridenlar vosher (planshetni yuvish moslamasi) yordamida olinib dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi, planshet 4 marotiba yuvuvchi ishchi rastvor bilan yuviladi. Har bir yuvishda 40 sekund rostvor ushlab turiladi va dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi.

3. Hamma strip chuqurchalariga 100 mkl ko’yugat-2 ni ishchi dozasida mikropipetka yordamida tomiziladi. Planshet qopqog’i berkitilib 37º S 30 min saqlanadi.

4. Planshetdagi ingridenlar vosher (planshetni yuvish moslamasi) yordamida olinib dezinfeksiyalovchi suyuqlik bor idishga to’kiladi, planshet 4 marotiba yuvuvchi ishchi rastvorda yuviladi (2 p. o’xshash).

5. Hamma strip chuqurchalariga 100 mkl SS ( substrat aralashmasi, bufer rastvori) tomiziladi. Planshet qopqog’i berkitilib qorong’i joyda 20 - 24º S 25-30 min saqlanadi.

6. Planshetdagi reaksiyani to’xtatish uchun hamma chuqurchalarga 100 mkl dan stop – reagent qo’shiladi va 1- 2 min kiyin natija aniqlanadi.

Reaksiya natijasini aniqlash. Reaksiya natijalari to’lqin uzunligi 450 nm bo’lgan spektrofotometda va 620-680 nm referens-yorug’lik filtrda aniqlash mumkin. Reaksiyani ro’y berganligi aytish mumkin, qachonki K+ chuqurchadagi aniqlangan optik zichlik (OZ) 1,0 dan kam bo’lmasa va K- na’munali chuqurchadagi OZ o’rtacha ko’rsatkichi 0, 15 oshmasa. Masalan tekshirilayotgan na’munani natijasi bitta 450 nm to’lqin uzinligida aniqlansa, bu holda reaksiya musbat deb xisoblash mumkin qachonki K+ chuqurchadagi aniqlangan optik zichlik (OZ) 1,0 dan kam bo’lmasa va K- na’munali chuqurchadagi OZ o’rtacha ko’rsatkichi 0, 2 oshmasa (K- na’munani OZ ning o’rtacha ko’rsatkichi 0,2 teng).

OP krit.=OPK-(o’r.)+0,2

Vizual boholashda substrat aralashma bilan inkubasiyalanish vaqtida

chuqurchadagi eritmaning bo’yalishi kuzatiladi. Bo’yalishning intensivlik darajasi bog’langan belgili antitelalar miqdorigaga to’g’ri proporsional.

Shuni aytib o’tish zarurki immunoferment va immunobloting usullari o’zining o’ta sezgirligi va mahsuligi bilan ajralib turadi va ularning natijasi 4-6 soatda aniqlanishi mumkin (Immunobloting reaksiyasining qo’yish prinsiplari 17 mashg’ulotda keltirilgan). Shu bilan bir qatorda virus AT larini aniqlash OITS infeksiyali chaqaloqlarda umuman ijobiy natija bermaydi, chunki kasal onadan yo’ldosh orqali o’tgan IgG chaqaloq qon zardobida 1 yilgacha saqlanishi mumkin. Shuning uchun chaqaloqlarning OITS virusi bilan zaralanganini faqat alternativ usullarda aniqlanadi, ya’niy virusni ajratib olish in vitro yoki virus genomi materialini PZR yordamida aniqlashga asoslangan. Bu usullarda 1 haftalik OITS virusi bilan zaralangan chaqaloqlarda 35-55% natija musbat bo’lsa, 3 -6 oyliklarda 90-100% bo’ladi.

OITS kasalligida yuqorida keltirilgan asosiy usullardan tashqari immun tizimga ham baho beriladi. OITS kasalligida periferik qondagi T-xelper hujayralarni nisbiy va absolyut miqdorlari normadan ishonarli kamayib ketadi va limfositlarning funksional xususiyatlarida ham chuqur o’zgarishlar kuzatiladi.

OITS kasalligida qo’llanadigan davolash preparatlari. Hozirgi kungacha OITV ga qarshi etiotrop davolash va profelaktik vaksinalar ishlab chiqilmagan. Hozirgi kunda qo’llanilayotgan preparatlar bemorning umrini cho’zishga qaratilgan bularga kiradi:

a) Zidovulin, azidotimidin, zalsitabin, didanozin, stavudin- OQTF funksiyasini suslashtiradi.

b) Immunomodulyatorlar va IFN lar.



Download 2,06 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 2,06 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тошкент фармацевтика институти

Download 2,06 Mb.