208
Sikloidal reduktorning ishlash prinsipi 3.4.10-rasmda ko`rsatilgan:
ikkita
satellit kirish valida qarama-qarshi o`rnatilgan (satellitlar
bir-biriga nisbatan
180°ga joylashtirilgan va ularning ekstsentrisitetlari diametral qarama-qarshi). Bu
dinamik yuklamalarni muvozanatlashtirishni va
eguvchi kuchlarning paydo
bo`lishini oldini olishni ta`minlaydi. Kirish vali aylanganda harakat val o`qiga
nisbatan qarama-qarshi tomonlarga yo`naltirilgan 2
ta rolikli podshipshikli
ekstsentrik yordamida satellitlarga uzatiladi. Satellitlar oboymaning syovkalari
(tishlari) bo`ylab sirpanib, kirish valiga nisbatan planetar harakatga keladi. Bunda
kirish vali to`liq aylanganda satellitlarni valga nisbatan bitta tishga val aylanishi
yo`nalishiga qarama-qarshi aylanishiga olib keladi. Satellitlarning qarshi aylanishi
satellitlarning teshiklarida joylashgan chiqish valining barmoqlariga uzatiladi.
Ishqalishni kamaytirish uchun chiqish valining barmoqlariga vtulkalar kiydirilgan.
Chiqish valining podshipniklari korpusda o`rnatilgan.
Manba: https://studopedia.su/17_55959_tsikloidalniy-reduktor.html