242
Kremniyorganik yoki mineral moylarda joylashtirilgan ferromagnit
kukunlar magnit maydonida o`zining qovushqoqligini o`zgartiradi, va shu sababli u
drossellenganda o`zgaruvchan gidravlik qarshilik xususiyati paydo bo`ladi.
Kukunli elektromagnit tormozning ishlash printsipi va tuzilishini ko`rib
chiqamiz (3.6.9-rasm). Uning korpusi
1, serdechniki
2 va qopqog`i
4 po`latdan
yasalgan. Yupqadevorli kam inertsiyali po`lat rotori
9 podshipniklar
6ga qotirilgan
chiqish valiga ulangan. Serdechnikka qo`zg`alish cho`lg`ami
3 o`ralgan. Korpus va
serdechnik oralig`idagi rotor joylashgan bo`shliq ferromagnit kukun bilan
to`ldirilgan. Podshipniklar ichiga kukun kirib qolishini oldini olish uchun tiqin
sifatida kremniyorganik suyuqligi bilan to`yintirilgan fetr xalqasi
7 va doimiy xalqa
magniti
8 ishlatilgan. MMning harakatlanuvchi elementlari bilan tormoz shesternya
5 yordamida bog`langan.