• 3.6.5-rasm. Elastik-friktsion tormozli qurilma
  • Friktsion tormozlovchi uskunalarni




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet124/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

    Friktsion tormozlovchi uskunalarni tormozlash va oraliq nuqtalarda 
    pozitsiyalash uchun hamda zvenolarni ushlab turish (fiksatsiya qilish) uchun 
    qo`llaniladi.
    Friktsion qurilmalarning asosiy xususiyati - ularning kinetik energiyaning 
    ko`p qismini issiqlik energiyasiga o`zgartirishi va bu issiqlikni atrof muhitga 
    tarqatilishidir. 
    Elastik elementlardan tashkil topgan friktsion qurilmalar orqaga beruvchi 
    kuch kattaligidagi potentsial energiyani bir qismini jamlab oladi, elastik 
    elementlarsiz friktsion qurilmalar esa beriladigan hamma kinetik energiyani yutadi. 
    Friktsion tormozlovchi qurilmalar konstruktsiyasi turli xil bo`ladi. Ular 
    avtonom yoki dvigatel ichiga qurilgan, boshqariladigan yoki boshqarilmaygan, 
    normal yopiq yoki ochiq, bir yoki ikki tomonli amal qiluvchi bo`lishi mumkin. 
    Ammo turi va konstruktsiyasidan qat’iy nazar, ular bir yoki bir nechta friktsion 
    juftlikdan iborat bo`ladi. Juftliklarning harakati natijasida ishqalanish kuchi hosil 
    bo`ladi. Odatda friktsion juftlikning bittasi qaysi korpus yoki boshqa uzelga 
    nisbatan tormozlash amalga oshirilsa, o`sha korpusga yoki boshqa uzelga harakatsiz 
    mahkamlangan bo`ladi. 
    Silindrik prujina va kesilgan konusli vtulka bilan jihozlangan elastik-
    friktsion tormozlash qurilmasi 3.6.5-rasmda ko`rsatilgan. Konus bortikli shtok 6 
    harakatlanganda segment 5 ichki silindrsimon yuza 2 bo`ylab silliq siljiydi va 
    prujina 3ning qisishi natijasida oshib boradigan kuch bilan yuza 2ga yopishadi. 
    Prujina konusssimon vtulka 4 va boshqariladigan vintli vtulka 1 orasida joylashgan.


    236 
    3.6.5-rasm. Elastik-friktsion tormozli qurilma 
    Sterjenning harakatiga qarshilik qiladigan kuch quyidagicha hisoblanadi: 
     
    F
    qar
    =F
    pr
    +F
    s.k 
    bu yerda: F
    pr
    - prujinaning elastiklik kuchi (formula 3.6.1); F
    s.k..
    -segment va korpus 
    orasidagi quruq ishqalanish kuchi. 
     
    F
    N
     — segment va korpus orasidagi normal bosim kuchi; — segment va korpuslar 
    orasidagi sirpanish koeffitsiyenti; (3.6.1-jadval); f
    1
    — shtok 6, vtulka 4 va 
    segmentlar orasidagi sirpanish koeffitsiyenti,  (3.6.1-jadval); α — korpus va shtok 
    o`qi orasidagi burchak.
    Yuklanishni olgandan so`ng, shtokning qayta yurishi prujinalar elatik kuchi 
    asosida amalga oshiriladi. 
    Friktsion konusli tormoz (3.6.6-rasm) ishchi zvenoli aylanib turuvchi konus 
    1, ilgarilama harakat qiluvchi konus 2 va prujinadan 3 iborat. Harakat qiluvchi 
    zvenoni to`xtatish uchun prujinaga beriladigan kuch quyidagi formula asosida 
    aniqlanadi: 


    237 
    𝐹
    𝑝𝑟
    = 𝑐𝑥 =
    2𝐾𝑇𝑠𝑖𝑛𝛼
    𝐷
    𝑜′𝑟
    𝑓
    bu yerda = 1,25…1,5 - ishlalish sharoitlarini hisobga oluvchi koeffitsiyent; -
    konus 1dagi aylantiruvchi moment; f -konuslar materiallarining sirpanish 
    koeffitsiyenti (3.6.1-rasm); α - konus hosil qiluvchi qiyalik burchagi, konuslarning 
    tiqilib qolishini oldini olish maqsadida α > 12°…15°sharti qabul qilinadi. 

    Download 10,93 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish