O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/213
Sana04.12.2023
Hajmi10,93 Mb.
#110708
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   213
Bog'liq
Zbekiston respublikasi

O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar 
▪ Asosiy tayanch so`z va iboralar. 
▪ Asosiy tayanch tushunchalar. 
▪ Mavzu bo`yicha asosiy formulalar, rasm va illyusrtatsiyalar. 
§3.6.MEXATRONIKADA TORMOZLARNI VA HARAKAT 
YO`NALTIRUVCHILARNI QO`LLASH 
3.6.1. Tormozli qurilmalarning vazifasi va turlari 
Tormozli qurilmalar deb mexatronik modullar harakatchan zvenolarining 
tezligini pasaytirsh, ularni to`xtatish va qo`zg`almas holatda ma`lum vaqt ichida 
saqlash (fiksatsiyalash) funksiyalarini bajaruvchi qurilmalariga aytiladi. 
Tormozlashda harakatchan massalarning tezlanish olayotgandagi kinetik 
energiyasi qayta tiklanadigan va tiklanmaydigan boshqa energiyaga (potentsial va 
issiqlik energiyalariga) o`tadi. Tormozli qurilmalar tormozlash uchastkasida 
manfiy ish bajaruvchi va harakat yo`nalishiga qarshi bo`lgan qo`shimcha kuch va 
qarshilik momentini hosil qiladilar.
Tormozlashda mexatronik modul zvenolarining kinetik energiyasi qisman 
yoki to`liq o`zgartiriladi (yutiladi yoki tarqatiladi). Bunda to`xtatish nuqtasiga 
yaqinlashgan sari harakatchan massalarning tezligi asta sekin kamaytiriladi
ularga ta`sir qiluvchi dinamik yuklama va zarbalar kamaytiriladi, bu ishchi 
organlarning tebranishi va sakrashi yo`qolishini ta`minlaydi. 
Mexatronik modullar tormozli qurilmalariga quyidagi asosiy talab 
qo`yiladi: berilgan tormozlash qonunini ta`minlash; pozitsiyalash nuqtalarida 
harakatchan elementlarni fiksatsiyalash va to`xtatishni zarbasiz amalga oshirish; 
yuqori 
ishonchlilik 
va 
konsruktsiyasining 
uzoq 
muddatga 
chidashi; 


229 
konstrutsiyasining soddaligi va kompaktligi; ishlash sharoiti o`zgarganda 
xarakteristikalarining stabilligi; temperatura, namlik, tormozlash massasi, tezlikning 
o`zgarishlariga kichik sezgirligi; rostlashning mumkinligi; ishlatish va ta’mirlash 
qulayligi; narxining arzonligi; minimal gabarit va massasi. 
Unda qo`llaniladigan kuchga qarab tormozli qurilmalar mexanik, elektrik, 
gidravlik, pnevmatik va kombinatsiyalashganlarga bo`linadi. 
Asosan mexanik va elektrik tormozli qurilmalar mexatronik modullarda 
kengroq ishlatiladi, shuning uchun ikkalasini batafsil ko`rib chiqamiz.
Mexanik tormozli qurilmalar prujinali, rezinali, inertsion va friktsion 
tormozli qurilmalarga bo`linadi. 
Elektrik tormozli qurilmalar elektrmagnitli, induktiv va gisterezisli hamda 
kukunli tormoz uskunalariga bo`linadi.

Download 10,93 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   213




Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar

Download 10,93 Mb.
Pdf ko'rish