227
Asosiy tayanch tushunchalar
*
Friktsion uzatma (lot.
frictio- ishqalanish) -
mexanik energiyani uzatish
uchun o`z orasidagi ishqalanish kuchidan foydalaniladigan kinematik juftlik.
* Friktsion uzatmada harakat yetaklovchi katokdan yetaklanuvchi katokka
ular kontaktlashish joyida paydo bo`ladilagan ishqalanish kuchi ta`sirida uzatiladi.
*
Tasmali uzatma egiluvchan uzatish moslamalariga kiradi.
Yetaklovchi
va yetaklanuvchi shkivlardan va ularni aylanib o`tuvchi tasmadan iborat.
Aylanish kuchi shkiv va tasma orasida paydo bo`ladigan ishqalanish kuchi evaziga
paydo bo`ladi. Kerak bo`lgan ishqalanish kuchini hosil qilish uchun tasma tarang
tortilgan bo`lishi lozim.
* Eng ko`p tarqalgan tasmalar – prorezinali tasmalar.
Ularning asosiy
elementlari gazlama-rezinali va shnur-rezinali bo`ladi.
Ular ichida shnurli
tasmalarning F.I.K. katta, egiluvchanroq va uzoq xizmat qiladi.
Shkivlar
cho`yandan,
po`latdan,
alyuminiy
qorishmalaridan,
plastmassadan va boshqalardan tayyorlanadi. Diametrlari standartlashtirilgan.
* Zanjirli uzatmalar ham egiluvchan ilashish qurilmalariga kiradi. Zanjirli
uzatmalar o`qlari parallel
vallarga katta masofalarga,
tishli uzatmani ishlata
olmaydigan va tasmali uzatmaning ishonchliligi past bo`lgan
holatlarda,
aylanma
harakatni uzatish uchun qo`llaniladi.
* Ishlatiladigan zanjir turiga qarab ular quyidagilarga bo`linadi:
rolikli
zanjirli; vtulkali zanjirli; tishli zanjirli.
Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar
1. Friktsion uzatmaga tushuncha bering.
2. Rostlanadigan friktsion uzatmalar nima?
3. Friktsion uzatmalarning afzalliklarini ayting?
4. Tasmali uzatmaga tushuncha bering.
5. Tasmali uzatmaning klassifikatsiyasini ayting
6. Tasmali uzatmalarni hisoblash qanday amalga oshiriladi?
7. Zanjirli uzatmalarga tushuncha bering.
228
8. Ishlatiladigan zanjir turiga qarab ular qanaqa guruhlarga bo`linadi?