• O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar
  • AMALIY MASHG`LUOT №6 Mexatronik elektryuritmalarning kinematik sxemasini loyihalash Mashg`ulotning maqsadi
  • Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar 
    1. 
    Tormozli qurilmalar deb nimaga aytiladi? 
    2. 
    Mexatronik modullar tormozli qurilmalariga qanaqa asosiy talablar 
    qo`yiladi? 
    3. 
    Qo`llaniladigan kuchga qarab tormozli qurilmalar qaysi turlarga 
    ajratiladi? 
    4. 
    Mexanik tormozli qurilmlarnig qaysi turlari mexatronika tizimlarda 
    ishlatiladi? 
    5. 
    Friktsion tormozlovchi uskunalar qanday ishlaydi? 
    6. 
    Harakat yo`naltiruvchilarning vazifasi va turlarini ayting. 
    O`quv-uslubiy tarqatma materiallariga misollar 
    ▪ Asosiy tayanch so`z va iboralar. 
    ▪ Asosiy tayanch tushunchalar. 
    ▪ Mavzu bo`yicha asosiy formulalar, rasm va illyusrtatsiyalar. 
     
     
     


    250 
    III-MODUL BO`YICHA AMALIY VA TAJRIBA MASHG`ULOTLARI 
    AMALIY MASHG`LUOT №6 
    Mexatronik elektryuritmalarning kinematik sxemasini loyihalash 
     
    Mashg`ulotning maqsadi: Talabalarda mexatronik elektr yuritmalari 
    uchun kerakli kinematik sxemani loyihalash amaliy ko`nimalarni shakllantirish. 
    Elektryuritmalarning kinematik sxemasini qurish mexatronik tizim 
    loyihalashning mas’ul bosqichi hisoblanadi. Kinematik sxema mexatronik 
    tizimning mexanik qismi konstruksiyasini, shuningdek uning ishlatish sifatini 
    belgilaydi.
    Kinematik sxema mextronik tizim mexanik qismining hamma zveno va 
    mexanizmlarini bog`lanish tartibini tekislik yoki fazoviy tasvirda ko`rsatadi va
    energiya oqimining taqsimlanishi haqida, mexanik qismi elementlarining kinematik 
    aloqasi haqida, asosiy zvenolarni bir-biriga nisbatan joylashish holati haqida 
    ma’lumot beradi. U tizimning kinematik va kuchini hisoblash uchun asosiy hujjat 
    hisoblanadi. 
    Sxema masshtabga amal qilmasdan bajariladi. Sxemaning hamma 
    elementlari shartli grafik belgilar bilan yoki tashqi ko`rinishi soddalashtirilgan holda 
    belgilanadi. 
    Kinematik sxemada yurutma dvigatelning quvvati, dvigatel valining va 
    mashina barcha vallarining aylanma tezligi, shkivlar diametrlari, tasma uzunligi va 
    turi, tishli g`ildirak, yulduzcha va xrapovik tishlari soni, tishli uzatma moduli
    zanjirli uzatma qadami, ishchi organlar yurishi soni va qiymati ko`rsatiladi. Vallar 
    rim raqamlari bilan nomerlanadi. Mexanik qismning hamma elementlari sxemada 
    arab raqamida tartib bilan nomerlanadi, chapdan o`nga yoki o`ngdan chapga va 
    chizmaning bo`sh joyida matn bilan izoh beriladi, masalan jadvallar yordamida 
    (ГОСT 2.702-69).

    Download 10,93 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Takrorlash va mustaqil ishlash uchun savollar

    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish