253
sonini o`zgartirmaslik uchun bu tafovut yurutmaga kiradigan ba`zi uzatmalar sonini
o`zgartirish bilan yoqotiladi. Odatda hisob-kitoblarni o`zgartirish uchun ochiq tishli
va zanjirli uzatmalar uzatishlar soni o`zgartiriladi.
Uzatishlar sonini o`zgartirishda quyidagilar e’tiborga olinadi: tishli,
chervyakli yoki zanjirli uzatmalar soni butun sonlar (tishlar sonlari) nisbatiga teng
bo`ladi; tasmali uzatma uchun – sirpanishni hisobga olgan holda shikivlar diametri
standart qatoridagi qiymatlar nisbatiga teng. Shuning
uchun yurutmaning haqiqiy
uzatishlar soni hamma vaqt hisoblangan uzatishlar soniga teng bo`lmaydi.
Chiqayotgan valning haqiqiy aylanish chastotasi deyarli
hamma vaqt hisoblangan
aylanish chastotasidan oz-moz farq qiladi. Bu farqni quyidagi formula bilan aniqlash
mumkin:
∆n = ((n - n
h
) / n) ∙ 100 % (6.5)
bu yerda
n-
berilgan aylanish chastotasi, ayl/min (s
-1
);
n
h
-
hisoblangan aylanish
chastotasi, ayl/min (s
-1
).
Faqat etaklanuvchi valning aylanish chastotasidagi xatolik ±1% bo`lsa,
hisoblash qoniqarli hisoblanadi.