• Sirpanish yo`naltiruvchilari.
  •  Yo`naltiruvchilarning vazifasi va turlari




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet129/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

    3.6.4. Yo`naltiruvchilarning vazifasi va turlari 
     
    Mexanizm elementlariga berilgan nisbiy harakatni ta’minlab beruvchi 
    qurilmalar yo`naltiruvchilar deb ataladi. 
    MM da asosan ilgarilanma harakat uchun yo`naltiruvchilar ishlatiladi. Ular 
    bir detalni ikkinchi detalga nisbatan berilgan aniqlik bo`yicha siljitish uchun 
    ishlatiladi. Yo`naltiruvchilarga quyidagi talablar belgilangan: 

    harakatni turkkisiz amalga oshirish

    ishqalanishning uncha katta bo`lmasligi; 

    ishlash resursining kattaligi; 

    siyqalanishga chidamli; 

    haroratning keskin o`zgarishlarida ishlash qobiliyati. 
    Ishqalanish turiga qarab sirpanadigan va tebranadigan yo`naltiruvchilar 
    tavsiflanadi. Yo`naltiruvchilar va konstruktiv sxemalar turi quyidani faktorlarga 
    qarab tanlanadi: yo`naltiruvchilarning vazifasi, harakatning aniqligi, ruxsat etilgan 
    yuklama, ishqalanish kuchi kattaligi, yaratish narxi, o`rnatish qiyinligi va xizmat 
    ko`rsatish imkoniyatlariga qarab tanlanadi. 
    Sirpanish va tebranish yo`naltiruvchilari qabul qiladigan yukiga qarab ochiq 
    va yopiq turlariga bo`linadi. Ochiq turlariga kuch zanjirini yopish uchun qo`shimcha 
    kuchlar ishlatish (harakatlanuvchi detalning massasi, yassi yoki spiralsimon 
    prujinaning va membrananing kuchi) zarur bo`lgan qurilmalar kiradi. Yopiq 
    turlariga kuch zanjiri uning konstruktiv formalari yordamida amalga oshiraladi. 


    245 
    Ishchi 
    yuzasining 
    shakliga 
    qarab 
    yo`naltiruvchilar 
    silindrsimon, 
    prizmasimon, Н-, П-, T-simon, shu bilan birga “qaldirg`och dumi”simon bo`lishi 
    mumkin. 
    Sirpanish yo`naltiruvchilari. Sirpanish yo`naltiruvchilari konstruktsiyasi 
    tebranish yo`naltiruvchilaridan soddaroq hamda kichikroq gabarit o`lchamlarga ega. 
    Material turiga qarab ular harorat o`zgarishlariga chidamli bo`lib hisoblanadi.
    Ularning kamchiliklaran biri bu ishqalanishda energiya sarfining ko`pligi 
    hisoblanadi.
    Sirpanish juftligi 40, 50, У8A markali po`lat СЧ12, СЧ15 markali cho`yan 
    bilan, bronza БрOС10—2, БрOФ10—1, БрOTСС, latun bilan hosil qilinadi. Po`lat 
    – bronza, po`lat –latun, po`lat-cho`yan juftliklari maqsadga muvofiqdir. Agar MM 
    keskin harorat o`zgarishlarida ishlatilsa, unda chiziqli kengayish issiqlik 
    koeffitsiyenti bir-biriga yaqin bo`lgan materiallarni ishlatish kerak. 
    Yopiq sirpanish yo`naltiruvchilarning konstruktiv sxemasi 3.6.11, a, б, в
    hamda 3.6.12, a-б rasmlarda berilgan. 
     

    Download 10,93 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Yo`naltiruvchilarning vazifasi va turlari

    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish