78
-
1967 y. AQSh litsenziyasi bilan Angliyada va GFRda robotlar ishlab
chiqarish yo`lga qo`yildi;
-
1968 y. Shvetsiya va Yaponiyada robotlar ishlab chiqarish yo`lga
qo`yildi (AQSh litsenziyasi bilan);
-
1972 y. Frantsiyada;
-
1973 y. Italiyada.
XX asrda dunyoda robotlar ishlab chiqarish dinamikasi:
robotlar ishlab
chiqarish yiliga o`rtacha 20-30% ga ortib bordi va 1998 yilda 1 mln. taga yetdi. XX
asrning oxirgi o`n yilida sanoat robotlarining narxi 5 barobarga tushdi, ularning
texnik xarakteristikalari esa yaxshilandi. Buning natijasida robotlardan foydalanish
samaradorligi oshdi.
Hozirgi vaqtda dunyoda robot ishlab chiqarish bo`yicha birinchi o`rinni
Yaponiya egallagan. Bu yerda dunyo robot parkining ko`p qismi mujassamlangan.
Keyingi o`rinlarni AQSh, Italiya, Frantsiya va Shvetsiya egallaydi. Robotlar
parkining ko`p qismi sanoatda ishlatiladi. Shularning yarmisidan ko`pi murakkab
robotlar kerak bo`lgan asosiy texnologik operatsiyalarni bajaradi.
Robotlar ishlab chiqarish rivojlanishining texnik progressi asosan ularni
boshqarish tizimlarini mukammallashtirishga qaratilgan.
Birinchi sanoat robotlaridagi boshqarish
dasturlari raqamli dasturli
boshqariladigan stanoklarnikiday edi. Bu robotlar
birinchi avlod robotlari deb
ataldi.
Ikkinchi avlod robotlar –
bu hissiyotga ega robotlar, ya`ni ular sensor
sistemalari bilan qurollangan edi. Ularning asosiysi – texnik ko`rish sistemasi edi.
Birinchi sensorli va mikroprotsessorli boshqariladigan robotlar bozorda
1980-1981 yillarda paydo bo`lishdi. Ular asosan yig`ish operatsiyalarida, elektr-yoy
payvandlashda, mahsulot sifatini konveyerda tekshirish va nosifatlarini
konveyerdan olishda ishlatildi.
Bularga misol, texnik ko`rish sistemasiga ega
“
Puma”, «
Yunimeyt», «
Auto-plyus», «
Sintsinnati milakron» robotlari, “
Hitachi”,
«
Vestingauz» («
Apas» sistemasi), «
Djeneral motors» («
Konsayt» sistemasi)
kompaniyalarining yig`uvchi robototexnik sistemalari.
Dasturli boshqariladigan
robotlarga nisbatan narxi baland va ishlatish murakkabliliga qaramay bunday
79
robotlarning umumiy robotlar ichidagi ulushi ortib bormoqda. Chunki bunday
robotlarning funktsional imkoniyatlari va qo`llash darajasi juda ham katta bo`lgani
uchun ular xarajatlarini qoplaydi.
XXI asr bo`sag`asida robototexnika keyingi rivojlanish bosqichiga yetdi –
intellektual robotlar yaratish bosqichi.
Intellektual robot – bu konkret maqsadda ishlatiladigan robot bo`lib,
funktsional sistemalarida sun`iy intellekt metodlaridan foydalaniladi. Bu esa robot
texnikasidan foydalanish doirasini kengaytirib, inson
faoliyatining har qaysi
sohasida ishlatiladi.
Shu bilan birga robototexnikaning yana bir yangi maxsus sohasida ishlar olib
borildi. Bu ishlar inson oyoq va qo`li faoliyatiga o`xshash qadamlab yuruvchi
mashinalarni yaratish bilan bog`liq. Bu mashinalar printsipial yangi turdagi transport
turi bo`lib, oddiy mashina o`ta olmaydigan joylarda yura oladi. To`rt va olti oyoqli
transport vositalari yaratilyapti. Bundan tashqari inson qo`li va oyog`i protezlari
(ekzoskeletlar) ishlab chiqilyapti. Bular haqida pastroqda tanishib olamiz.
XX asr oxirida
robot-androidlarga qiziqish kuchaydi.
Hozirgi robot-
androidlar zinapoyaga chiqa oladi, boshqa to`siqlardan o`ta oladi, murakkab
manipulyatsiyalarni bajaradi va hattoki, inson bilan dialog qila oladi.
Ular uy
ishlarini bajara oladi, gid yoki ekskursovod vazifasini bajaradi va h.k.
Robototexnikani intellektuallashtirish bilan birga uning rivojlanishining
boshqa yo`nalishi mavjud. Bu robotlarni miniatyurlashtirishdir. Bu ikkita yo`nalish
mexatronikaning rivojlanish yo`nalishi bilan bog`liq. Miniatyurlashtirish
mikroelektronika bazasida axborot-boshqaruv sistemalarini qo`llashdan boshlandi.
Keyinroq XXI asr boshida sensorli va ijrochi (kuchli) sistemalarni mikro-
elektromexanik
sistemalari
bazasida
miniatyurlashtirish
boshlandi.
Robototexnikada bu tendentsiya mikrorobotlar yaratishda ko`rinyapti.