169
berilsa valdan aylantiruvchi moment olinadi va u gidromotor rejimida ishlaydi.
Eng ko`p tarqalgan gilromotorlar: shesteryonkali, plastinkachali, aksional-
plunjerli va radial-plunjerli.
Shesteryonkali gidromotor – hajmli gidravlik mashinaning bir turidir (3.2.7-
rasm).
3.2.7-rasm. Bir shesteryonkali gidromotor
Uning ishlash printsipi quyidagicha: gidromotorning
kirish patrubkasiga
ishchi suyuqlik bosim ostida beriladi. Suyuqlik plastinalarga ta’sir qiladi, plastinalar
rotorga mahkamlangan bo`lgani sabab rotorni va u yordamida ishchi valni aylanma
harakatlashga majbur qiladi hamda chiqish patrubkasidan chiqib ketadi.
Plastinali gidromashinalar 14 MPa bosimgacha ishlay oladi,
tavsiya
qilinadigan aylanish chastotasi 1000-1500 ayl/min.
Plastinkali (shiberli) gidromotor- hajmli rotorli gidromashina bo`lib,
suyuqlikni haydash uchun ikki yoki undan ko`p plastina (shiber) ishlatiladi (3.2.9-
rasm).
Zvenoni ma`lum burchakka aylantiruvchi gidrodvigatellar – gidravlik
energiyani mexanik energiyaga o`zgartiruvchi va ishchi organga burchagi 360
0
dan
kam bo`lgan aylanma-qaytarma harakatga keltiradigan gidravlik mashinalar.