174
3.2.15-rasm. Bir tomonlama amal qiluvchi pnevmoyuritma
Silindrik korpus
5 ikki tomondan qopqoqlar 1 va
8 bilan yopilgan. Orqa
qopqoq
1 da havo beruvchi teshik, oldingi qopqoq
8 da filtrelement
7 o`rnatilgan
dekompressiyalash teshik joylashgan. Porshen
2 korpus bo`shlig`ini
ikki qismga
bo`ladi: shtok va porshen qismlariga. Shtok
4 porshen bilan mahkam bog`langan.
Bo`shliqlar zichlagich (manjet)
3 bilan zichlangan. Oldingi qopqoq
8 da tashqi
ob`ektga kuchni yetkazayotgan shtok uchun sirpanish tayanchi bo`lib xizmat
qiladigan vtulka
9 joylashgan.
Qaytaruvchi prujina 6 porshenga mahkamlangan
bo`lib, shtok sirti bo`ylab o`ralgan.
Pnevmotsilindrning ishchi yurishi porshen bo`shlig`iga
qisilgan havo
berilganda amalga oshiriladi; porshenning teskari harakati
qisilgan prujinaning
bikrligi hisobiga bajariladi.