189
ko`rsatilgan. Yuritma yo`naltiruvchilar bo`yicha ikkita
linzani pastga-yuqoriga
harakatlantiradi va avtofokusirovkani (optika harakatlanish yo`li 2 mm) hamda
zumni (linzalar harakat yo`li 8 mm gacha) ta`minlaydi.
3.3.7-rasm. Raqamli fotokamera uchun optik zum yuritmasi
3.3.8-rasm. SQUIGGLE p’yezoyuritmasini uyali telefon fotokamerasida
ishlatilishi
Tibbiy shprits-dozator (3.3.9-rasm). SQL p’yezoyuritmasi bazasida insulin
inyektsiyalaydigan
dasturlanadigan
nasos-shprits
bajarilgan.
Dozator
mikrokontrollerli
boshqarish modulidan, preparat uchun sig`imdan, shpritsdan va
boshqariladigan yuritmadan iborat. Dozatorni boshqarish
mikrokontrollerli modul
yordamida bajariladi. Energiya manbai bo`lib litiy batareyasi xizmat qiladi. Dozator
190
kasalning kiyimida (masalan: yengining ichida) o`rnatiladi. Doza berish vaqt
intervali va dori dozasi miqdori har bir kasal uchun alohida dasturlanadi. Doza
qiymati yuritma shtokining harakatlanish uzunligiga to`g`ri proportsional.