• 3.2.23-rasm. Membranali pnevmoyuritmalar sxemasi
  • Asosiy tayanch so`z va iboralar
  • Asosiy tayanch tushunchalar * Gidroyuritma
  • Zbekiston respublikasi




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/213
    Sana04.12.2023
    Hajmi10,93 Mb.
    #110708
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   213
    Bog'liq
    Zbekiston respublikasi

     
     
    3.2.22-rasm. Membranali pnevmoyuritma 
    Membranali pnevmoyuritmalar sxemasi 3.2.23-rasmda ko`rsatilgan.
    Richag-yukli yuritmalarda membranada hosil qilinadigan kuch yukning 
    o`zgarmas og`irlik kuchi hisobidan, prujinali yuritmalarda esa shtok harakatiga 
    proportsional o`zgaruvchan kuch bilan 
    muvozanatlashtiriladi. 
    Prujinasiz 
    yuritmalarda membranaga ta’sir qiluvchi bosim ikki tomondan rostlanishi mumkin. 
    Quvur armaturasida rezinali yassi membrana ishlatiladi. Membranadan 
    shtokka kuch tayanch disk orqali uzatiladi. Bu disk membrana uchun tayanch 
    maydonchani hosil qiladi. 
    Rostlanadigan armaturalarda eng ko`p prijinali yuritmalar ishlatiladi. U 
    yordamida tashqi buyruqqa mos ravishda plunjer kerakli qiymatgacha siljitiladi va 
    kerakli holatda saqlab turiladi (3.2.24-rasm).


    180 
     
    3.2.23-rasm. Membranali pnevmoyuritmalar sxemasi
    1-to`g`ri amal qiluvchi prujinali yuritma; 2-teskari amal qiluvchi prujinali 
    yuritma; 3-prujinasiz; 4-richag-yukli. 
     
    3.2.24-rasm. Rostlanadigan klapandagi membranali pnevmatik yuritma
     
    Manba: http://www.hydro-pnevmo.ru/topic.php?ID=41 


    181 
    Asosiy tayanch so`z va iboralar 
    Gidroyuritma; gidrotsilindr;
    gidromotor; gidrodvigatel; pnevmoyuritma; porshenli 
    pnevmatik yuritmalar; pnevmomotor; pnevmodvigatel; silfonli pnevmatik 
    yuritmalar; membranali pnevmoyuritmalar 
    Asosiy tayanch tushunchalar 
    * Gidroyuritmabu gidravlik energiya yordamida mashina va 
    mexanizmlarni harakatga keltiruvchi qurilmalar majmuasidir. 
    Gidroyuritmaga yuritma dvigateli va mashina yoki mexanizm orasidagi 
    qurilma deb qarash mumkin. U mexanik uzatmalar (reduktor, tasmali uzatma, 
    krivoship-shatun mexanizmi va h.k.) funktsiyasini bajaradi.

    Ikkita guruh gidroyuritmalar bo`ladi: gidrodinamik va hajmli
    Birinchisida harakatlanayotgan suyuqlikning kinetik energiyasidan 
    foydalaniladi va uning harakat tezligi hosil qilinayotgan quvvatga to`g`ri 
    proportsional. Ikkinchisida bosim kuchi kerak, ishchi suyuqlikning harakat tezligi 
    unchalik katta emas. 

    Chiqish zvenosining harakat turiga qarab gidroyuritmalar quyidagilarga 
    bo`linadi: gidrotsilindrlar (ilgarilanma-qaytarma harakat); gidromotorlar (aylanma 
    harakat); gidrodvigatellar (zvenoni ma’lum burchakka aylantirish). 

    Pnevmoyuritma (yunon. 
    pnéuma— havo, havo yurishi)
    - bu qisilgan havo 
    energiyasini mexanik ishga o`zgartiruvchi va mashina va mexanizmlarni harakatga 
    keltiruvchi qurilmalar majmuasidir. 
    * Umumiy jihatdan pnevmoyuritmada energiya uzatilishi quyidagicha 
    bo`ladi: kompressordan energiya ishchi gazga energiya etkazadi (gazga bosim 
    berilib qisiladi); gaz pnevmoquvurlar orqali rostlovchi apparaturadan o`tib 
    pnevmodvigatelga keladi va bu yerda siqilgan havo energiyasi mexanik energiyaga 
    aylantiriladi. 
    * Pnevmoyuritmalar gidroyuritmalarga o`xshab ishchi organi harakatiga 
    qarab 3 turga bo`linadi: pnevmotsilindrlar (ilgarilanma-qaytarma harakat); 


    182 
    pnevmomtorlar (aylanma harakat); pnevmodvigatellar (zvenoni ma`lum burchakka 
    aylantirish). 

    Download 10,93 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   213




    Download 10,93 Mb.
    Pdf ko'rish