196
maydon ta’sirida mexanik deformatsiyalarning paydo bo`lishi.
*
P’yezoelektrik dvigatellar (PED)ning ishi maxsus ishlov berilgan keramik
materiallardagi teskari p’yezoelektrik effektga asoslangan. PEDlar bazasida
mikroharakatlarni amalga oshirish uchun yangi harakat modullari ishlab chiqilgan.
*
P’yezoelement – ma’lum shakl va kristallografik o`qlarga
nisbatan
orientatsiyasiga ega bo`lgan va p’yezoelektrik materiallardan tayyorlangan
elektromexanik o`zgartirgichdir. U yordamida mexanik energiya elektrik energiyaga
o`zgartiriladi (to`g`ri effekt), elektrik energiya mexanikka o`zgartiriladi (teskari
effekt).
*
Birinchi bionik yuritmalar sun`iy mushak deb atalgan,
ular porshenli
silindri “
krest-nakrest” yo`nalishida neylon o`ralgan elastik trubka (rezina,
polimer) bilan almashtirilgan pnevmoyuritmadir. Trubkaga bosim ostida havo
berilganda shishib balandligining 1/3 qismigacha qisqaradi.
Bu odam mushagi
ishlashiga o`xshash bo`ladi. Bunday yuritmalar xuddi shunday quvvatli pnevmatik
yuritmalarga nisbatan 3-4 marta kam massaga ega bo`ladi.
* Inson va hayvonlar yugurishlari, sakrashlari uchun o`zlarining
mushaklariga katta kuchni juda ham qisqa
vaqt ichida berishlari kerak, ya`ni
mushaklarini bir onda zo`riqtirib, qisqa “chaqnashdek” energiyani ishlatishlari kerak
bo`ladi. Odatdagi elektrmexanik motorlar bilan ishlaydigan robotlar bu ishni bajara
olishmaydi – ular motordan oladigan kinetik energiyalari vaqt ichida uzoq tarqalgan.
Sun`iy mushakli robotlar bu ishni bajarishlari mumkin. Masalan,
yapon
tadqiqotchisi Ryuma Niiyamia (
Ryuma Niiyama) tomonidan yaratigan
Athlete
roboti.
* Hozirgi vaqtda elektrpnevmatik yuritmalarda ehtiyoj ortib bormoqda. Bu
yuritmalar pnevmotsilindr shtoki bilan bog`langan mexanik boshqarish ob`ektini
kerakli qonuniyat bilan harakatlantirishga va uni katta aniqlikda kerakli pozitsiyada
to`xtatish qobiliyatiga ega.