|
-rasm. Xrapovik tipidagi PEDning strukturaviy sxemasi Pdf ko'rish
|
bet | 99/213 | Sana | 04.12.2023 | Hajmi | 10,93 Mb. | | #110708 |
Bog'liq Zbekiston respublikasi3.3.4-rasm. Xrapovik tipidagi PEDning strukturaviy sxemasi
Mikrotebranayotgan p’yezoelement 1 po`lat tolkatel 2 orqali kuchni rotor 3
ga yetkazadi. Tolkatelning to`g`ri va teskari harakatlanishida ishqalanish kuchi har
xil bo`lganligi sabab tolkatel to`g`ri harakatlanishida rotorga kattaroq kuch bilan,
teskari harakatlanishida kichikroq kuch bilan ta`sir o`tkazadi. Bu xrapovik
aylanishiga o`xshash aylantiruvchi momentni hosil qiladi. Rezonans rejimida
sistemaning eng samarador ishi kuzatiladi.
Aylanuvchi xrapovik tipidagi PED konstruktsiyasi 3.3.5-rasmda keltirilgan.
P’yezoelement 1 xalqa shaklida ishlangan bo`lib, bu yerda mexanik tebranishlar
generatsiyalanadi. Egiluvchan tolkatellar 2 rotor 3 ga tebranishlar kuchini yetkazadi
va aylanuvchi moment hosil qilinadi.
3.3.5-rasm. Aylanuvchi xrapovik tipidagi PED konstruktsiyasi
187
Bunday konstruktsiya bir tomonlama aylanishni ta’minlaydi. Aylanishni
reversiv bo`lishi uchun bitta korpusda ikkita har xil tomonga harakatlanadigan PED
o`rnatiladi.
3.3.6-rasmda
New
Scale
Technologies
firmasining
SQUIGGLE
p’yezoyuritmasi konstruksiyasi va ishlash prinsipi ko`rsatilgan.
Yuritmaning asosi – ichki rezbali to`g`ri to`rtburchak kesim yuzali mufta va
yuruvchi vint (chervyak). Metall mufta chegaralarida ijrochi qurilmalar
(aktuatorlar)ning p’yezokeramik plastinalari o`rnatilgan. Bir juft p’yezoelektrik
aktuatorlarga ikki fazali signal berilganda tebranish paydo bo`ladi. Bu tebranish
muftaga uzatiladi. Elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirish samaradorligini
oshirish uchun aktuatorlar rezonans rejimda ishlashadi. Chastota qo`zg`alish
chegarasi p’yezoyuritma o`lchamiga qarab 40-200 kGts chegarasida bo`ladi. Mufta
va vint ishchi yuzalari chegarasida ta’sir qiluvchi mexanik tebranishlar obruch
aylanishiga o`xshash aylantiruchi kuchni hosil qiladi. Natijaviy kuch chervyakni
qo`zg`almas asos – muftaga nisbatan harakatini ta`minlaydi. Vint aylanishi
natijasida aylanma harakat ilgarilanmaga aylanadi. Boshqaruvchi signallar fazalarini
o`zgartirib vintning ham soat strelkasi bo`yicha va ham unga qarshi aylantirish
mumkin.
Vint va muftalar uchun magnitlanmaydigan materiallar: bronza,
zanglamaydigan po`lat, titan ishlatiladi. Mufta-chervyak juftligini moylash kerak
emas.
P’yezoyuritmalar amalda inertsiyasiz, harakat tezlanishi 10∙g bo`lishiga
qaramasdan shovqin diapazoni juda ham past (30 Gts - 15 kGts atrofida).
Pozitsiyalash aniqligini holat datchigisiz ham ta`minlanadi, chunki harakat
sirpanishsiz amalga oshiriladi. Harakat aktuatorlar plastinalariga ta`sir qiluvchi
impulslar signaliga to`g`ri proportsional. P’yezoyuritmalarning xizmat muddati
amalda chegaralanmagan.
SQL mikromotorlari hozirgi kunda dunyoda seriyali ishlab chiqariladigan
eng kichik elektrdvigatellar hisoblanadi.
|
| |