Ўzbekiston respublikasi




Download 94,92 Kb.
bet1/16
Sana25.12.2023
Hajmi94,92 Kb.
#128285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA
UNIVERSITETI

Umumiy psixologiya kafedrasi




Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik

fanidan ma'ruzalar matni




Tuzuvchi: Bozorova Z.E


Toshkent-2010

Taqrizchilar: psixologiya fanlari nomzodi, dosent S.X.Jalilova
psixologiya fanlari nomzodi A.I.Rasulov

Bozorova Z.E. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik.


Ma'ruza matni. T.: "IQTISOD - MOLIYA" nashriyoti, 2010, -64 bet.
Mas'ul muharrir: psixologiya fanlari doktori, professor N.S.Safaev
Bugun jamiyatda axborotga bo’lgan talab va ehtiyoj ortib borayapti. Buning natijasida axborot va kommunikasiya sohasi ham misli ko’rilmagan o’zgarishlarga yuz tutmoqda. Keyingi 50 yilda axborot uzatish 300 ming marotaba tezlashgan. Narx esa ming barobar arzonlashgan.
Bunday tezlik va arzonlashish Yer yuzida yagona axborot makoni paydo qilishga sharoit yaratdi. Shu bilan bir paytda soha taraqqiyotining uzviy qismi sifatida bizning diyorimizda ham OAVning "nodavlat sektori" vujudga keldi. Xalharo Internet tarmoqidan foydalanuvchilar safi ham kengayib bormoqda.
Ammo OAV bugungi kunda xabar yetkazuvchi vositadan ko’ra ko’proq, qurolga aylananayotgani masalaning ikkinchi jihatidir.
Yaqin o’tmishda bir davlat ikkinchisini zabt etish uchun miltiq, tank va shu kabi qurollardan foydalangan bo’lsa, hozirga kelib bu kabi yaroqlarning ahamiyati kun sayin pasayib borayapti va ularning o’rnini ommaga axborot tarqatish bilan shuqullanuvchi - televidenie, radio, gazeta kabi vositalar egallayapti.
Bundan ko’rinadiki, hozirgi zamonaviy dunyoda biror xalqni yoki mamlakatni tobe qilmoqchi bo’lgan kuch uchun ularni burungidek qirib tashlashiga hojat yo’q, ularning ongini zabt etish kifoya qiladi.
Ushbu ma'ruza matnida talabalarda ochiq axborot tizimlarida aylanib yuruvchi axborotlarga nisbatan immunitetni shakllantira olish uchun shu kursni butun mazmun mohiyati ochib berilgan.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti uslubiy kengashi tomonidan oliy o’quv yurtlari talabalari uchun ma'ruza matni sifatida tavsiya etilgan


© IQTISOD – MOLIYA



Download 94,92 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 94,92 Kb.