• Axborot-psixologik xavfsizlikni shaxsga tasir etuvchi vosita va usullari.
  • mavzu. Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizligidagi manbalar va ularning turlari




    Download 94,92 Kb.
    bet5/16
    Sana25.12.2023
    Hajmi94,92 Kb.
    #128285
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik

    mavzu. Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizligidagi manbalar va ularning turlari.


    Reja:

    1. Taqdidlar va ularning tasnifi.

    2. Axborotda xududiy munosabatlar

    3. Axborot-psixologik xavfsizlikni shaxsga ta'sir etuvchi vosita va usullari.

    4. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligiga taqdidning shakllanish omillari, uning ta'sir doirasi kengayishi.

    Tayanch tushunchalar: taqdid, taqdid turlari, taqdidlar ob'ekti, axboriy faoliyat sub'ektlari, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari, taqdid manbalari.
    Taqdidlar tasnifi: ob'ekt va unga munosabat, kelib chiqishi, ta'sir xususiyati, zarar ko’lami va miqdori bo’yicha tasnif. Taqdidlar aslida turlicha bo’lishi mumkin: shaxs, jamiyat va davlatga, ichki va tashqi, katta va kichik, uzoq va yaqin, siyosiy, xarbiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik, milliy va boshqa.
    Axboriy faoliyatning sub'ektlari sifatida davlat tuzilmalari, ommaviy axborot vositalari, turli katta (korporasiya, assosiasiya, birlashma, konsernlar) va kichik (korxona, idora, vakolatxona) tashkilotlar xizmat qilishi mumkin. Zamonaviy bosqichda, ya'ni, internet paydo bo’lganidan keyin, shunday sub'ekt sifatida aloqida shaxslar ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Masalan, virtual makonda o’z saytini ochish yo’li bilan.
    Taqdid ob'ektlarini tasniflashda ikki yondashuv mavjud. Birinchi va keng tarqalgan nuqtai nazar bo’yicha bunday ob'ektlar uchta:
    davlat, jamiyat va shaxs. Ikkinchi harashning tarafdorlari fikricha, taqdid ob'ektlari sosiologik tasniflashga mos tushsa, to’g’riroq bo’ladi. Ya'ni, bunday ob'ektlarga jamiyat, ijtimoiy qatlam, katta va kichik ijtimoiy guruhlar hamda shaxslarni kiritish maqsadga muvofiq, deb hisoblanadi.
    Ta'sir ko’rsatish yo’llari ta'sir etuvchi tomonidan ob'ektga mos ravishda tanlanadi, barcha ob'ektlar uchun bir xil usul to’g’ri kelmaydi.
    Davlatga ta'sir bir yo’l bilan amalga oshirilsa, shaxsga ta'sir etish uchun boshqacha usul tanlanadi.
    Zararning ko’lami va miqdori ham turlicha bo’lishi mumkin, juda katta darajadan uncha ahamiyatli bo’lmagan qajmgacha. Bu esa o’z navbatida ta'sir etuvchining maqsadi, moddiy, ilmiy, psixologik va texnik imkoniyatlariga bog’liq.
    Axborot taqdidi shunday bir universal xarakterga egaki, uning barcha boshqa sohalarga jiddiy salbiy ta'sir qilish imkoniyati bor:
    shaxs dunyoharashiga, jamiyat barharorligiga, davlat tinchligiga, jamoatchilik fikrini chalg’itishga va oqir oqibatda har bir mamlakatning ma'naviy, siyosiy,
    iqtisodiy, madaniy yuksalishiga ham. Chunki axborotning jamiyat, tashkilot, oila, shaxs ongiga kirib kelishi uncha ham ko’zga tashlanmaydi.
    Ijobiy va salbiy axborotni farqlash, yaxshi ma'lumotni o’zlashtirish va zararlisini rad etish uchun inson ongi rivojlangan, uning o’zi esa mustaqkam irodali bo’lishi zarur. har bir mamlakat aholisining asosiy qismi esa bunday imkoniyatga ega emas. Shuning uchun axboriy-psixologik barharorlikka birinchi o’rinda axborot tarqatuvchilar ega bo’lishi shart: davlat tuzilmalari xizmatchilari, jurnalistlar, pedagoglar, jamoat tashkilotlari xodimlari va boshqalar.
    Bu haqda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov shunday degan: "Ma'rifatparvarlik biz uchun ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q, yo’qotmaydi ham.
    Aql-zakovatli, yuksak ma'naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakkina, oldimizga qo’ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot haror topadi. Agar shu muammoni yechmasak, barcha toat-ibodatlarimiz bir pul: taraqqiyot ham, kelajak ham, farovon hayot ham bo’lmaydi" (Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T.: "O’zbekiston", 2000. 23-24 b.).
    Axboriy taqdidlarning eng xavflisi - davlat siyosatini ta'minlashga qalaqit berayotganlaridir. Chunki agar shaxsga salbiy tasir tor doiradagi odamlarni hamrab olsa, davlat va jamiyatga taqdid butun bir mamlakat, xalq tinchligini xavf ostiga qo’yadi. Bu juda katta va jiddiy muammodir, shuning biz uni mazkur fanni o’zlashtirish jarayonida turli nuqtai nazardan o’rganmoqdamiz.
    Axboriy taqdidlarga qarshi kurashning samarali yo’llaridan biri - mamlakat o’zini o’zi axborot bilan ta'minlashi. Albatta, bunday axborot to’liq, sifatli va qaqqoniy bo’lishi shart, aks holda jamiyat a'zolari yanada xorijiy manbalarga murojaat etadilar va bunga hech kim to’sqinlik qilolmaydi.
    Aslida ichki xududni axborot bilan yetarli darajada ta'minlash uncha ham qiyin emas, chunki bugungi kunda axborot texnologiyalari juda keng ishlatilmoqda va axborot tarqatadigan sub'ektlar mamlakatning hamda dunyoning turli burchaklaridan xoqlagan ma'lumotlarni olib mamlakat ichida tarqatishi mumkin. Faqat ushbu ishda loqaydlik va o’zibilarmonlikka yo’l qo’ymaslik zarur. Chunki inson psixologiyasining shunday bir xususiyati borki, agar u biror bir voqea bo’yicha uch-to’rt soat ichida ma'lumot (jumladan, rasmiy) ololmasa, paydo bo’lgan axborot bo’shliqini har xil uydirma va mish-mishlar bilan to’ldiradi.
    Axborot va telekommunikasiya vosita va tizimlari xavfsizligiga taqdidlar. Birinchi Iroq urushi paytida Iroqning o’sha davrdagi prezidenti Saddam Xusaynning kuchli armiyasi bor edi. Ammo mazkur armiya bir necha kun ichida AQSh xarbiylari tomonidan tor-mor qilindi. Buning sababi nimada Birinchi o’rinda AqSh harbiylari Iroq armiyasining xarbiy kommunikasiyalarini, jumladan, kompyuterlarini ishdan chihardilar. Bunday keyin texnika va askarlarni yengish qiyin bo’lmadi.
    Mazkur misoldan har bir mamlakat o’z axborot tizimlarini xavfsizligini ta'minlashi naqadar muhim ekanligini anglab olish qiyin emas.
    Axborot asrining muhim ko’rsatkichlaridan biri - davlat va jamiyatning barcha bo’qinlari uchun tezkor axborot almashinuvi birinchi hayotiy zaruratga aylanishi.
    Bu ishni qila olganlar zamona bilan hamnafas yashaydi, eplolmaganlar esa orqada qolib ketaveradi va bunday qoloqlik kundan kunga oshadi. Demak, rivojlanishni xoqlagan davlat birinchi o’rinda o’z kommunikasiya tizimlari faoliyatini, butunligini, ularni xavfsizligini ta'minlashi zarur.
    Axborot - psixologik ta'sir vositasi sifatida. Inson uchun axborot - eng ta'sirchan vositadir, chunki uning ongi bor. Mantiqiy isbot, qolaversa, axborot yetkazishning eng oddiy usullari shu qadar katta kuchga egaki, unga hech kim hech narsani qarshi qo’ya olmaydi. Shuning uchun tarqiboti haddan kuchli mamlakatning aholisi fanatiklarga o’xshaydi (masalan, Gitler davridagi nemis byurgerlari). Insonning tabiati shunday yaratilganki, u axborotni qabul qilmasdan, uni tushunishga harakat qilmasdan yasholmaydi. har bir odam ma'lumotni ko’radi, eshitadi, o’qiydi va eng muhimi, doimo, uzluksiz ravishda, kechayu-kunduz unga yetib boradigan axborotning ta'sirida yashaydi. Shuning uchun axborot yordamida kimgadir ruhiy ta'sir qilmoqchi bo’lganlarga o’sha odamning psixologiyasi ko’maklashadi.
    Undan tashqari boshqa manbalar ham bor. Ular, eng avvalo, tashqi va ichki manbalarga bo’linadi. Tashqilari qatoriga boshqa mamlakatlar O’zbekiston axborot xududida hukmronlilik qilishga yo’naltirilgan harakatlaridan xosil bo’ladi va turli noxolis siyosiy, xarbiy, iqtisodiy, jamoaviy tuzilmalar vakillarining O’zbekiston fuharolariga nisbatan salbiy ta'sir ko’rsatishidan iborat. Bunday harakatlar, jumladan, xorijiy OAV, turli nodavlat, jamoaviy tashkilotlar, jamharmalar, guruhlar va h.k. tomonidan amalga oshiriladi.
    Ichki taqdidlar sirasiga aholini axborot bilan ta'minlashning huquqiy va iqtisodiy asoslari yetarli emasligi, fuharolik jamiyatining institutlari rivojlanmayotganligi va fuqarolarning davlat va nodavlat tashkilotlariga murojaatlari javobsiz qolib ketishi, axborot bozori qanday rivojlanishi davlat tomonidan nazorat qilinmasligi, fuqarolar davlat tuzilmalari faoliyati haqida yetarli axborot ololmasligi hamda yuqori tashkilotlar tomonidan qabul qilingan qarorlar ularga tushuntirib berilmasligi va boshqalar kiradi.
    Shaxs ruhiyatining bioijtimoiy tabiati, uning xususiyati, shakllanishi va boshqariluvi, kishining shaxsiy tavsifi va axborot-psixologik xavfsizlik taqdidi tizimida uning ahamiyati. Inson ruhiyati bioijtimoiy tabiatga ega ekanligini ko’pchilik bilsada, bu holatga va bundan kelib chiqadigan oqibatlarga uncha ham e'tibor berilmaydi. Bioijtimoiy tabiat esa inson hulqi va ongi uchun yetakchi omil. Demak, keng auditoriya bilan ishlash jarayonida psixologiya qonunlarini bilmasdan samarali faoliyat ko’rsatib bo’lmaydi. Inson psixologiyasining negizini biologik fazilatlar tashkil etadi, odatda biologik jihatdan tinch bo’lgan oddiy
    odam ijtimoiy sifatlarga ega bo’lishga qodir. Zigmund Freyd, Karl Yung va shular kabi psixoanalitiklar isbotlab bergani bo’yicha, inson ongining fundamentini ongsiz biologik xususiyatlar (shaxsiy va jamoaviy ongsizlik) tashkil etadi.
    Shunday ekan, axborot xavfsizligi sohasida ixtisoslashayotgan mutaxassislar buni e'tiborga olishlari zarur.
    Masalan, har bir inson hulqi, nuqtai nazari va pozitsiyasi turli axborot yordamida har xil boshqarilishi mumkin. Siyosatshunoslar yoki jurnalistlar bir voqeani, bitta faktni shunday talqin qila oladiki, undan keng auditoriya ijobiy yoki salbiy xulosa chiqarishi odatiy xol bo’lib qolgan. Shunday ekan, axborot- psixologik xavfsizlik taqdidi tizimida faoliyat ko’rsatadigan O’zbekiston OAV ular uchun eng muhim omillar bo’lgan tezkorlik va haqiqatgo’ylik prinsiplari asosida ish olib borishlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
    Jamiyat axborot-psixologik xavfsizligiga taqdidning manbalari. Bunday manbalar ko’p, ularning asosiy qismi shaxs axborot-psixologik xavfsizligiga taqdidning manbalari tarkibida keltirildi. Qo’shimcha ravishda butun jamiyat va millatga xavf solayotgan manbalarni keltirish mumkin, masalan, millatchilikni, shovinizmni, imperiyaviy tafakkur, mafkuraviy ekspansionizm va boshqa shu kabi illatlarni qo’zqatuvchi davlatlar, tashkilotlar va shaxslar (qarang: Paxrutdinov Sh. Taraqqiyotga taqdid: nazariya va amaliyot. T.: "Akademiya", 2006. 73 b.).
    Axborotda xududiy munosabatlar. Eng avvalo aytish kerakki, axboriy xurujni xudud jihatdan oltita asosiy turga ajratish mumkin: 1) umumsayyoraviy
    (bir qutbli, ya'ni "odnopolyarniy" dunyoni tashkil etishga harakat qiluvchi davlatlar tomonidan amalga oshiriladi); 2) qit'aviy (Osiyo yoki boshqa qit'aga
    nisbatan); 3) regionli (o’zaro chegaradosh, masalan, Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan); 4) davlat (O’zbekiston)ga nisbatan; 5) mintaqaviy
    (masalan, Farqona vodiysi); 6) mahalliy (viloyat, shahar, tumanga nisbatan).
    Tabiiyki, har bir davlat o’z axborot xududini o’zi tashkil etadi. Boshqa davlat tomonidan ushbu mamlakat xududida intensiv ravishda axborot tarqatish
    axboriy xuruj hisoblanadi, bunday harakat ushbu davlatni o’z axboriy makonini haqli ravishda himoya qilishga undaydi. Himoya qilinadigan sohalarga davlat va jamiyat manfaatlaridan tashqari shaxsiy hayot dahlsizligini, oilani asrash va sirli yozishmalarni asrash ham kiradi.
    Axborot ko’lamini shakllantirish jarayonida dunyoviy tamoyillardan kelib chiqish zarur. qaysi bir mamlakat ushbu tamoyillarni inkor qilsa, uning axborot tarqatish jabqasidagi intilishlari kerakli natija bermaydi. Dunyoviy tamoyil esa birinchi o’rinda bugungi axborot oqimlari juda katta hajmda va jadal sur'atlarda tarqatilayotganidan iborat. Bunday sharoitni e'tiborga olib, qolaversa, ularga moslashib ish olib borish, sarf-harajatlardan kelib chiqib, yuqoriroq natija olishga yordam beradi. Qisqa qilib ushbu fikrni quyidagicha bayon qilish mumkin:
    Agar O’zbekistonga nisbatan axborot xurujini raqiblar tomonidan katta maydon bo’yicha, ya'ni, noaniq axboriy otishmaga qiyoslasak, O’zbekiston
    davlati va OAV o’z ishini aniq hudud va aholi qatlamlariga rejalashtirilgan shaklda (tochechniy oxvat ma'nosida) izchil ravishda olib borishi zarur.
    O’zbekiston davlati dunyo hamjamiyatining teng vakili sifatida mustaqillikning birinchi kunlaridan boshlab turli yo’nalishlar bo’yicha o’z oqilona siyosatini ishlab chiqdi va unga amal qilib kelmoqda. Mamlakatimiz ichki va xalqaro miqyosidagi axborot almashinuvida o’ziga xos va mos hamda boshqa mamlakatlarga zarar yetkazmaydigan davlat siyosatidan foydalanmoqda. Shuni ham aytish kerakki, shu siyosatga muvofiq ish olib borish barchaga: davlat tuzilmalari, OAV, jamoat tashkilotlari uchun, qolaversa, butun mamlakat uchun foyda berishi muqarrar. Ushbu siyosatdan cheklanish esa davlat miqyosidagi birlikka, hamjihatlikka putur yetkazadi.
    Ma'lumki, insoniyat rivojlanishining "uchinchi to’lqin" bosqichida davlatlarning asosiy boyligi axborotdir. Demak, har bir mamlakatga axborot bilan ishlaydigan mutaxassislar ham kerak. Odatda bunday odamlar sifatida jurnalistlar tilga olinadi. Lekin bu masalaning faqat bir qirrasi. Undan tashqari axborot bilan samarali tarzda siyosatshunoslar, polittexnologlar, o’qituvchilar va boshqalar ham ishlaydi. Oxirgi yillarda bunday mutaxassislar safiga piarmenlar ham qo’shildi. Lekin axborot texnologiyalari rivojlangan davrda eng kerakli mutaxassislar kompyuter dasturchilaridir. O’z davlatini rivojlantirmoqchi bo’lgan hukumat axborot asrida birinchi o’rinda ushbu toifadagi mutaxassilarni tayyorlash zarurligini anglaydi va kun tartibiga qo’yadi. Ma'lumki, O’zbekiston respublikasi ham mazkur masala bo’yicha jadal harakat qilib, bugungi kunda ko’p viloyatlardagi universitetlar tarkibida shunday mutaxassislikni ochdi. Jurnalistlar tayyorlash masalasi bo’yicha sakkiz yil ichida ikkita Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi.
    Axborot-psixologik xavfsizlikni shaxsga ta'sir etuvchi vosita va usullari. Axborot-psixologik xavfsizlikning shaxsga ta'sir etuvchi vosita va usullari aslida ko’p, lekin an'anaviy ravishda ular uchta asosiy turga bo’linadi: davlat yetkazadigan, OAV va norasmiy muloqotdagi axborot.
    Norasmiy axborot deb, shaxs mahallada, ish joyida, o’rtoqlaridan, transport vositalarida, gaplarda eshitgan ma'lumotlarga aytiladi.
    Axborot bilan ishlash bir nechta asosiy bo’g’inlarni tashkil etadi, ularning ish mexanizmi esa quyidagilardan iborat: 1) ma'lumotni qabul qilish, anglab olish va esda olib qolish; 2) axborotni anglash va esda olib qolish jarayonida materialni qabul qiluvchi tomonidan uning bilimi va psixologiyasidan kelib chiqqan holda qayta ishlash va yangilangan axborotni shaxs xotirasida saqlash; 3) axborotni tarqatish.
    Har bir bosqichning o’z qoidalari bor va ularga rioya qilmagan odam ushbu faoliyatda inqirozga uchrashishi aniq. Axborotni qabul qilish eng oddiy narsa, lekin bu yerda ham, agar eshitish, ko’rish yoki o’qib olish uchun yetarli sharoit bo’lmasa, keng omma ma'lumotni tushunmaydi va eslab qololmaydi. Axborotni
    anglashga kelsak, auditoriya vakillari turli ijtimoiy qatlamlarga tegishli bo’lganligi tufayli ular barcha axborotni esda olib qololmaydi, shuning uchun xorijiy shovvoz jurnalistlar o’z xabarlarini iloji boricha sodda, qisqa va aniq tarzda uzatishga harakat qiladilar, materialning asosiy g’oyasini esa bir necha marta takrorlaydilar. Ular har bir fuqaro eshitgan yangiligini o’zi yashaydigan sharoitga qiyoslab tushunishini juda yaxshi biladilar va uzatiladigan ma'lumotlarni aynan ushbu talabga moslashtirib tarqatadi. Shuning uchun axborot xavfsizligi sohasidagi mutaxassislar yuqorida keltirilgan qonuniyatlarni e'tiborga olib ishlashlari zarur.
    Axborotni tarqatish mexanizmi esa katta tizim orqali amalga oshiriladi, bular matbuot, radio, televidenie va internet.
    Transformasiyaga kelganda aytish kerakki, har bir shaxs va ijtimoiy qatlam qabul qilgan axborotini o’zining yoshi, hayotiy tajribasi, millati, bilimi, kasbi, jamiyatdagi mavqei nuqtai nazarlaridan qabul qilib, ushbu ko’rsatkichlarga qarab moslashtiradi, yoki, boshqacha qilib aytganda, qabul qilingan ma'lumot ma'lum bir transformasiyaga uchraydi. Odamning tajribasi va bilimi qancha ko’p bo’lsa, unga chetdan turib ta'sir qilish imkoniyatlari shuncha kam bo’ladi.
    Shaxs axborot-psixologik xavfsizligiga taqdidning shakllanish omillari, uning ta'sir doirasi kengayishi. Yuqorida aytganimizdek, shaxs tomonidan axborotni qabul qilishning hal etuvchi mezoni - bu insonning ongi borligidir. Mazkur ongdan foydalanib, mantiqiy isbot yordamida odamga xohlagan, eng noma'qul g’oyani ham "to’g’riligini" isbotlash mumkin, bu qiyin emas. Buning uchun dalillarni ustalik bilan tanlab, isbot jarayonini yaxshi tuzish kifoya. Demak, axborot-psixologik xavfsizlikka taqdidning birinchi manbasi - bu insonning o’zidir.
    Zamonaviy bosqichda shaxsning axboriy-psixologik xavfsizligiga taqdidlarning ko’lami ancha keng. Bularning ichida asosiylar deb quyidagilarni
    keltirish mumkin:
    Birinchi o’rinda shaxs qadr-qimmatini poymol qilmaslik, fikr va so’z erkinligi, adabiy, badiiy va ilmiy ijod erkinligi.
    Ikkinchidan, shaxsiy hayotning dahlsizligi, shaxsiy va oilaviy sir himoyasi.
    Uchinchidan, ommaviy axborot vositalari erkinligi, har bir kishi ularda qonun doirasida o’z fikrini ayta olishi.
    Mutaxassislarning kuzatuvlariga muvofiq, OAVda fuqarolar o’z fikrlarini erkin aytishlari davlat uchun xavfli emas, odamlar esa ularning so’zini boshqalar ham etishitishini xoqlaydi va shunga intiladi.
    To’rtinchidan, ma'naviy qadriyatlarga, xalqning urf-odatlariga, jamiyatning madaniy merosiga kimningdir tomonidan xujum qilinishi.

    Download 94,92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 94,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    mavzu. Shaxs, jamiyat va davlatning axborot-psixologik xavfsizligidagi manbalar va ularning turlari

    Download 94,92 Kb.