Ўzbekiston respublikasi




Download 94,92 Kb.
bet4/16
Sana25.12.2023
Hajmi94,92 Kb.
#128285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik

Nazorat uchun savollar:


  1. Axborot nimaq

  2. Xabar nimaq

  3. Ochiq axborot tizimi nimaq

  4. Ommaviy axborot vositalari nimaq

  5. Ommaviy axborot vositalarining vazifasi nimalardan iboratq

  6. Tazyiq turlarini ko’rsatib o’ting.

  7. Manipulyasiya tushunchasiga izoq bering.

  8. Axborot qarama-qarshilik nimaq

  9. Axborot psixologik kurashga ta'rif bering.
    1. mavzu. Axborot va jamiyat taraqqiyoti Reja:


  1. Informasion jarayonlar: asosiy tushunchalar talqini.

  2. Axborotlashuv va jamiyat rivoji.

  3. Axborot va axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish.

  4. Axborot sohasida globallashuv

Tayanch tushunchalar: axborot, axborotlashtirish, informasion jarayonlar, axborot tizimi, axborot resurslari, axborot madaniyati, axborot iste'moli madaniyati.



  1. Axborot (lotincha "informatio"-tushuntirmoq, bayon etmoq) zamonaviy fan va siyosatning asosiy tushunchalaridan biri; dastlab kishilar tomonidan oqzaki, keyinroq yozma yoki boshqa shakllarda uzatilgan ma'lumot: XX asrning o’rtalaridan boshlab insonlararo, inson-avtomat, avtomat-avtomat o’rtasidagi ma'lumot hamda qayvonlar va o’simliklardagi signal almashinuvi, xujayradan- xujayraga muayyan belgilarning uzatilishi va shu kabilarni anglata boshladi.

Ijtimoiy hayotga tatbiqan axborot - kishilar, predmetlar, faktlar, hodisalar, jarayonlar va shu kabilar qaqidagi ma'lumotlar majmuini anglatadi.
Axborotlashtirish-axborot resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanish hisobiga fuharolar, davlat qokimiyati va o’z-o’zini boshharish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalarining axborot sohasidagi ehtiyojlarini qondirish, huquqlarini ro’yobga chiharish maqsadida optimal sharoitlarni yaratish uchun tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik jarayonlar majmui.
Informasion jarayonlar-axborotni qidirish, yiqish, qayta ishlash, to’plash, saqlash va tarqatish jarayoni.
Axborot tizimi (informasion sistema)-informasion jarayonlarni amalga oshiruvchi tartibga solingan xujjatlar hamda axborot texnologiyalari majmui.
Axborot resurslari-muayyan (kutubxona, arxiv, fond, ma'lumotlar banki kabi) axborot tizimlaridagi aloqida qujjatlar va qujjatlar majmui.
Ijtiomiy-siyosiy axborot-ijtimoiy va siyosiy hayot borasida jamiyat a'zolari, ijtimoiy guruhlar, siyosiy tashkilotlar o’rtasida almashinuv predmeti hisoblangan va ular o’z faoliyatida foydalaniladigan bilimlar, ma'lumotlar va xabarlar majmui. Ijtimoiy-siyosiy axborotlar insonlar o’rtasida aloqalar, siyosiy jarayonlar, jamiyatni boshharish, ilmiy, o’quv va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish, tarqibot va
tashviqotni amalga oshirishda tobora muhim va ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
To’laligi, asoslanganligi va ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadigan ijtimoiy-siyosiy axborotlarni ishlab chiqishda fan, ularni tarqatishda OAV muhim rol o’ynaydi.
Axborot madaniyati - texnik-texnologik va ijtimoiy-madaniy jihatlarga ega. Texnik-texnologik jihatdan axborot madaniyati axborotni olish, qayta ishlash, saqlash va yetkazib berishga xizmat qiladigan texnik-axborot vositalari va ulardan
oqilona foydalanish usullari qaqidagi bilimlar tizimini anglatadi.Ijtimoiy-madaniy ma'noda axborot madaniyati insonning muayyan ma'naviy-ahloqiy, siyosiy, huquqiy va estetik qadriyatlarni o’zlashtirilgan holda
axborot maydonida hayotiy faoliyat ko’rsatishini anglatadi.
Axborot iste'moli madaniyati - axborot dunyosidan ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qiluvchi ma'lumotlarni saralab olish borasidagi bilimlar, qobiliyat va malakani o’zida ifoda etadi.
Axborotlashgan jamiyat - kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida shakllanayotgan va ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot hamda informatikadan oqilona foydalanishga asoslangan sifatiy holatini tavsiflovchi tushuncha.
Axborotlashgan jamiyat nazariyasi asoschilari ijtimoiy rivojlanishni "bosqichlar almashinuvi" nuqtai nazaridan qaragan holda, uning shakllanishini
qishloq xo’jaligi, sanoat va xizmatlar iqtisodiyotidan keyin paydo bo’lgan iqtisodiyotning to’rtinchi-"axborot sektori" yuzaga kelishi bilan boqlaydilar.
Ularning fikriga ko’ra, industrial jamiyatning asosi bo’lgan kapital va meqnat axborotlashgan jamiyatda o’z o’rnini axborot va bilimga bo’shatib beradi.

  1. Axborotlashuv jarayoni jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy-madaniy o’zgarishlarga jiddiy ta'sir ko’rsatadi. harb sosiologlari fikriga ko’ra, axborotlashgan jamiyat:

    • texnika sohasida - ishlab chiharish, iqtisodiyot, ta'lim va maishiy hayotga axborot texnologiyalarining keng joriy etilishi;

    • iqtisodiy hayotda - axborotni tovarga aylanishi;

    • ijtimoiy hayotda - axborot turmush, hayot darajasi o’zgarishining asosiy omiliga aylanishi;

    • siyosiy sohada - kengmiqyosda fikr almashishga zamin yaratuvchi xilma-xil axborotlarni erkin olishga yo’l ochilishi;

    • madaniyat sohasida - axborot almashinuvi davr ehtiyojlariga javob beradigan normalar va qadriyatlarni shakllanishi bilan xarakterlanadi.

Ayni paytda axborotlashgan jamiyat:
-uyda ishlashning kengayishiga, transport harakatining kamayishiga va buning oqibatida tabiatga tushadigan "yuk"ning keskin qisharishiga olib keladi;
-ish kunining qisharishi odamlarning uyda ko’proq bo’lishiga oilaviy muqitning barharor bo’lishiga zamin yaratadi;

    • keyingi yuz yilliklarda kishilar shahar yashash va ishlash uchun eng qulay makon, degan xulosaga keldilar.

Axborotlashuv jarayoni esa, qishloqdan turib ham butun olam bilan muloqot qilish, eng obro’li tashkilotlarda ishlash, shahar aholisi baqramand bo’layotgan madaniyat yutuqlarini istifoda etish imkonini yaratadi. Bu esa, o’z navbatida nisbatan osuda va tinch bo’lgan, tabiatga yaqin qishloqlarga qaytish yoki u yerda doimiy qolish uchun zamin yaratadi;

    • masofaviy ta'lim bilim olishning eng qulay shakliga aylanish barobarida, aholining keng qatlamlari uchun qatto eng elitar oliy o’quv yurtlari eshiklarining ochilishiga zamin yaratadi. Sodda qilib aytganda, ma'lumotlilik ko’p darajada insonning qoxish irodasiga bog’liq bo’lib qoladi.

Ayni paytda, axborotlashuv jarayoni bir qator muammolarni ham keltirib chiharmoqda:
"Yumshoq erotika"dan tortib "ochiq pornografiya"gacha bo’lgan hodisalar bilan bog’liq muammolar ana shular jumlasidandir.
Bunday holatlarning oldini to’la-to’kis olib bo’lmaydi. Zero, axborot tarmoqlarining uzilishlarsiz ishlashi uning muhim sifatiy belgisi hisoblanadi va bu jarayon doimiy takomillashuvni boshdan kechirmoqda. Demak, yuqoridagi kabi "muammolar" yo’liga qanchalik to’siq qo’yilmasin doimo ularni "aylanib" o’tish imkoniyati mavjud bo’ladi.
Yana bir muammo mualliflik hamda intellektual mulk huquqining buzilishi bilan bog’liq. Shunday ekan, axborot tarmoqida ko’pchilik qura olmaydigan xududlar yuzaga kelishi tabiiy. Bugungi kunda kompaniyalar o’z axborotlarini himoya qilish va ruxsat etilmagan kirishlarni oldini olish uchun katta mablaqlar sarflanayotgani ham shundan.
Shu bilan birga muayyan axborotlarni yashirishdan tortib, uni noqonuniy ravishda e'lon qilishgacha bo’lgan ko’rinishlarda namoyon bo’ladigan suiste'molliklar ham kelib chiqishi mumkin.
Axborot turli ijtimoiy qatlamlar, professional va milliy guruhlar vakillariga har xil ta'sir qilish barobarida uni suiste'mol qilish amaliyoti turli guruhlarda bir- biridan keskin farq qilishi mumkin. Bu eng avvalo, axborot manbai minimal (televidenie, radio), ayrimlarda esa keng (internet, yangi telekommunikasiyalar tizimi) bo’lishi mumkin.
Mutaxassislar fikriga ko’ra, bugungi kunda jamiyatda aynan axborotni olish, unga yo’l topish sohasida keskin bo’linish, tabaqalashuv sodir bo’lmoqda.
Yoshlar o’zining harakatchanligi va yangilikka intiluvchanligi hamda o’z vaqt resursiga egaligi tufayli yuqori darajada kommunikativ faollik ko’rsatishadi. Boshqa guruhlarda esa, nisbatan passivlik kuzatiladi. Ularga xos bunday xususiyatlar salbiy oqibatlarni ham keltirib chiharishi mumkin. Bu birini guruh uchun tobora faollashayotgan agressiv siyosiy ta'sirga berilib ketish xavfi mavjudligida, ikkinchi guruhning esa, pozitiv mazmunga ega axborotlar ta'siridan tashqarida qolishi bilan belgilanadi.

  1. Iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma'rifiy va boshqa sohalardagi axborotlar ta'sirlashuvi ijtimoiy hayotning mazmunan boyishi, takomillashuvining muhim omili hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan harganda, bugungi kunda axborot almashinuvi insoniyat taraqqiyotining muhim shartiga aylandi deyish mumkin.

O’z davrida oqzaki nutqning paydo bo’lishi bilan axborot uzatish imkoniyatlari kengaygan bo’lsa, yozma nutq rivoji bu borada o’ziga xos yangi
bosqichni boshlab bergan edi. hozirgi fan - texnika taraqqiyoti, integrasiya va globallashuv sharoitida esa axborot makonida tub sifatiy holat kechmoqda.
Endilikda, axborot uzatish nafaqat xilma-xil (radio, televidenie, matbuot, telefon, faks, pochta, internet va boshqalar) shakllari, balki, o’ta tezkorligi bilan ham jamiyat taraqqiyotining oldingi davrlaridan farq qiladi. Bunday sharoitda, axborot iste'moli jarayonida ham yangi tenedensiyalar kuzatilmoqda.
"Kimki axborotga ega bo’lsa, u dunyoga egalik qiladi" degan fikrning paydo bo’lishiga ham axborotning yuqoridagi xususiyatlari sabab bo’lgan.
Ijtimoiy makon - bu ayni vaqtda axborot makoni hamdir. Globallashuv sharoitida axborot qajmining kattaligi, ularning zamonaviy tezkor vositalari orqali tarqatilayotgan axborot sohasining ijtimoiy makonning boshqa shakllaridan tubdan farq qilishini ta'minlamoqda.
Xususan, zamonaviy ommaviy axborot vositalari (ayniqsa Internet tizimi) orqali tarqatilayotgan xabar va ma'lumotlarga turli siyosiy taqiqlar, davlat chegaralari to’siq bo’la olmaydi.
Axborot iste'moli, aniqroqi, ma'naviy ehtiyojlarni qondirishga haratilgan hodisadir. Axborot iste'molining xizmatlar iste'molining o’ziga xos shakli hisoblanadi. Ma'lumki, har qanday xizmatni iste'mol qilishdan avval uning sifati, narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu xususiyatlari ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ketgan xizmatlarning iste'mol darajasi yuqori bo’lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste'moli jarayoniga ham xosdir. Biroq, ma'naviy ne'mat bo’lgan axborotni iste'mol qilish o’ziga xos tomonlari bilan ham ajralib turishini ta'kidlash joiz. Xususan, axborot konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat tomonidan iste'mol qilinadi-ki, mazkur darajalarda iste'mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi. Masalan, biron shaxs uchun qiziharli bo’lgan ma'lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun ahamiyatsiz bo’lishi mumkin. Shuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega. Chunonchi, harbda o’ta ommabop bo’lgan axborotlar, Sharq xalqlari tomonidan kam iste'mol qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma'lum bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan ma'lumotlar vaqt o’tishi bilan odatiy qolga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in'ioks etmasligi mumkin.
Axborot iste'moli, kim tomonidan iste'mol qilinishidan qat'i nazar, qabul qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan bosqichlarda amalga oshadi.
Bugungi kunda, axborot iste'moli jarayoni ham o’ziga xos madaniyatni taqozo etmoqda-ki, madaniyatning bunday shakli insoniyat ma'naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.
Axborot iste'moli madaniyati globallashuv jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri bo’lgan, Internet tarmoqi jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuning uchun, hozirgi davr kishisi oldida axborot tanlash imkoniyati shu qadar yuqori-ki, uning talabini qondira olmaydigan ma'lumotlar bir zumda qimmatini yo’qotishi aniq. Shu nuqtai nazardan qaraganda, hozirgi davrda axborot iste'moli avvalgilardan tubdan farq qiladi.
Shubqasiz, zarur axborotlarga ega bo’lish davr talabi. Biroq, bugungi kunda, shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlatning o’zi qaqida axborotlarni tarqatishi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Buning ikki asosiy jihati mavjud. Birinchidan, masalan, Internet tarmoqi imkoniyatlari kengayib borayotgan hozirgi davrda, ulardan mamlakatimizning jahon hamjamiyatida tutgan o’rnini mustaqkamlashda keng foydalanish zarur.
Respublikamiz Prezidenti I.A Karimov ta'kidlaganlaridek, "bu borada ishni to’g’ri tashkil etish uchun Internetdan samarali foydalanish, uni o’zimizning ma'lumotlar bilan to’ldirish kerak. Bizning zaif tomonimiz shundaki, Internet O’zbekiston bilan bog’liq ma'lumotlar juda kam. Nega deganda, bizda bu jarayonning texnikasi va texnologiyasi talab darajasida emas. milliy qadriyatlarimiz, tarix va merosimiz, bugungi fan, san'at va adabiyotimizning eng yaxshi namunalarini Internetga kiritish dasturi ishlab chiqilmagan". Ikkinchi muhim jihati shundaki, yurtimiz hayotiga doir ayrim noxolis, tor doiradagi manfaatlardan kelib chiqib tarqatilayotgan ma'lumotlarga javoban axborotlarni global miqyosda tarqib-tashviq etish tashqi axborot xurujlariga qarshi o’ziga xos qalqon vazifasini bajaradi. Bu esa, turli geosiyosiy manfaatlar doirasidagi axborot xurujlari ta'sirini kamaytirish va milliy axborot makoni xavfsizligi ta'minlanishining muhim sharti hisoblanadi.
Buning uchun, kishilarda axborot istemoli madaniyatini yuksak darajada shakllantirishga erishish zarur. Shundagina ma'lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ularni noto’g’ri talqin etishning oldi olinadi. Eng muhimi esa, axborot iste'moli madaniyatiga ega inson, jamiyat, xalq va millat g’arazli manfaatlar doirasidagi geoxabarlar ta'siriga tushib qolmaydi. Albatta, axborot iste'moli madaniyatining shakllanishi murakkab jarayon bo’lib, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tizimli ravishda sa'yi-harakatlarni olib borishni taqozo etadi.
Axborot iste'moli madaniyati ham madaniyatning boshqa shakllari kabi bir qator funksiyalarni bajaradi. Kommunikativ, regulyativ (tartibga solish), axborot, aksiologik (baqolash) kabi funksiyalar shular jumlasidandir. Biz taqlil etayotgan muammo doirasida axborot iste'moli madaniyatining aksiologik funksiyasi aloqida ahamiyatga ega. Masalan, Internet orqali juda ko’p ijobiy ma'lumotlar bilan birga, Sharq madaniyatiga, xususan, kishilarimiz xulqu odobiga salbiy ta'sir etuvchi axborotlar ham uzatilayotgani, tabiiyki, kishilarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz g’oyaviy tarbiyasiga salbiy ta'sir etishi mumkin. Axborot iste'moli madaniyatini shakllantirish orqaligina bunday ta'sirlarning oldini olish mumkin.
Shuningdek, "biz ba'zan harb madaniyati to’xtovsiz kirib kelayotgani qaqida taassuf bilan gapiramiz. Bu shunday kuchli oqimki, unga qarshi chiqish
juda mushkul. Buning faqat bitta yo’li bor. U ham bo’lsa, Internetga o’zimizga mos bo’lgan ma'lumotlarni o’z vaqtida kiritishdan iborat".
hamma gap mazkur resursdan kim va qanday maqsadlarda foydalanishida.
Boshqacha aytganda, tarmoqdan illat qidirish bilan ovora bo’lmasdan, uning imkoniyatlaridan yurtimiz shon-shuqratini dunyo miqyosida keng yoyish yo’lida foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, internet virtual, ammo, ob'ektiv hodisadir. Uning hayotimizga kirib kelishini nazorat qilib bo’lmaydi.
Odamlarimizni Internet tizimidan uzoqroq tutishga intilish emas, balki, undan oqilona foydalanishga o’rgatish, axborot iste'moli madaniyatini yuksaltirishga harakat qilishimiz to’g’ri bo’ladi. Zero, kishilarda axborot iste'moli madaniyati shakllangan bo’lsa, milliy qadriyatlarimizga zid bo’lgan xabar, ma'lumotlarni "...baqolash paytida, albatta, har bir shaxsning o’z harashlari, qadriyatlar tizimi muhim rol o’ynaydi.
Lekin, aksariyat qollarda bunday paytda, ayniqsa, baqolanilayotgan hodisa o’zga madaniyatga tegishli bo’lsa, o’zimiz mansub bo’lgan madaniyat ruqimizga sindirgan qadriyatlar tizimi ustuvor bo’ladi va butun bo’y-basti bilan o’zligini namoyon qiladi, madaniyatning baqolash funksiyasi tufayli tanlanish sodir bo’ladi, madaniyatdagi barharorlik, har bir davrdagi ayniylik, o’ziga xoslik, ayni paytda, davomiylik, vorislik ta'minlanadi"
Shuning uchun, hozirgi davrda aholimiz, ayniqsa yoshlarimizning axborot uzatishning zamonaviy texnikasi va texnologiyasini mukammal darajada o’zlashtirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun mamlakatimizda Internetdan foydalanish tizimini yanada rivojlantirish bilan birga, mazkur tarmoqqa milliy manfaatlarimiz aks etgan axborotlarni turli shakl va tillarda kiritib borish zarur. Zero, jamiyatimiz hayotining turli sohalari to’g’risida axborot beruvchi ob'ektiv, jozibador ma'lumotlarni Internet saqifalaridan keng o’rin egallashi, O’zbekiston global axborot makonidagi o’rnining mustaqkamlanishiga xizmat qiladi.
XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasida o’zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la iqotalanib olgan birorta ham davlat
yo’q, deb to’la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqlararo tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a'zo bo’lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta'siriga ko’proq uchrab qolishi mumkin.
Bunday qayri ixtiyoriy ta'sir ko’pincha salbiy bo’ladi. Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta'siri ham turlichadir. Bu qol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli jarayonlarning har bir mamlakatga o’tkazayotgan salbiy ta'sirini kamaytirish va ijobiy ta'sirini kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini o’rganish lozim. Bu hodisani chuqur o’rganmay turib unga
moslashish, kerak bo’lganda, uning yo’nalishini tegishli tarzda o’zgartirish mumkin emas.
Globallashuv yana shunday jarayonki, uni chuqur o’rganmaslik, undan foydalanish strategiyasi, taktikasi va texnologiyasini ishlab chiqmaslik mamlakat iqtisodi va madaniyati, ma'naviyatini toqdan tushayotgan shiddatli daryo oqimiga boshharuvsiz qayiqni topshirib qo’yish bilan baravar bo’ladi.
Mustaqillik davrida mamlakatimiz olimlari o’tkazgan va o’tkazayotgan tadqiqotlarga ko’z yugurtirish bu sohadagi ishlar endi boshlanayotganidan guvoqlik beradi.
Globallashuvga qisqa ta'rif bermoqchi bo’lsak, uni turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma'naviyati, odamlar o’rtasidagi o’zaro ta'sir va bog’liqlikning kuchayishi deyish mumkin.
Globallshuvga berilgan ta'riflar juda ko’p. Lekin uning xususiyatini to’laroq hamrab olgan bizningcha, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi bergan ta'rif.
Unda globallashuv jarayonining uch o’lchovli ekaniga urqu beriladi: " Globallashuv-muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
" Globallashuv-jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; " Globallashuv-milliy chegaralarning "yuvilib ketish" jarayoni.
B.Bandi ta'rifida keltirilgan globallashuv o’lchovlarining har uchchalasiga nisbatan ham muayyan e'tirozlar bildirish mumkin. Lekin jahonda yuz berayotgan jarayonlarni kuzatsak, ularning har uchovi ham unda mavjud ekanini ko’ramiz.
Globallashuvning o’zi murakkab jarayon ekani, uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma'naviyatiga o’tkazayotgan ta'siri yana ham murakkab bo’lgani sababli unga nisbatan ham jahonga bir-biriga nisbatan qarama-qarshi bo’lgan ikki guruh: globalistlar va aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi.
Globalistlar tarafdorlari globalistlar, deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko’proq uchraydi.
Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo’lib ular orasida ko’proq so’l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotlarining vakillari bor. MDq qududida aksilglobalistlar Rossiya Federasiyasi qududida faol harakat olib bormoqdalar. Ular doimiy ravishda turli anjumanlar, seminarlar o’tkazib turadilar.
XX ar o’rtalarida globallashuvning institusionallashuvi, ya'ni tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o’zi ham keskin tezlashdi va kuchaydi.
Institusionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti, Xalharo Valyuta jamharmasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki kabi ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham ko’rishimiz mumkin.
Globallashuvning tezlashishi va kuchayishiga javob sifatida aksilglobalistlarning faoliyati ham kuchayib ketdi. Ular globallashuvining faqat
salbiy oqibatlariga emas, umuman uning o’ziga qarshi chiqa boshladilar. Masalan, Rossiyalik faylasuf va yozuvchi A.Zinovev "Aksilglobalizm vektorlari" nomli anjumanda so’zlagan nutqida shunday deydi: "Globallshuv yangi jahon
urushidir. U yangi tipdagi jahon urushi. Bu urushda tirik qolishning qarshilik ko’rsatishdan boshqa yo’lini ko’rmayapman. Faqat qarshilik!",-degan edi.
"Aksilglobalizm vektorlari" anjumanidagi yana birn ma'ruzachi A.Parshev esa globallashuvga quyidagicha ta'rif beradi: "Aslida globallashuvning asosiy mazmuni boshqa mamlakatlarda ishlab chiharilgan maqsulotning qo’shimcha qiymatini, dunyodagi asosiy zaqiralarini o’zlashtirishdan iborat".
Taqlil shuni ko’rstadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e'tiborni iqtisodiyot sohasiga haratishadi.
Globallashuvning mana'viyatga ta'siri va ma'naviy globallashuv masalalari sosiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida o’zining aksini yetarli darajada topgani yo’q.
Ma'naviyatni ham bir uyga qiyoslasak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustin qilib tashlashini hech bir xonadon soxibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g’oyalar, oqimlar va mafkuralar ma'naviyatimizga vayronkor ta'sir o’tkazishiga qarshi himoya choralari ko’rishimiz tabiiy. Chetdan o’tkaziladigan mafkuraviy ta'sirga qarshi ximoya choralari ko’rishdan avval qanday ta'sirlarni ma'qullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish lozim. hozirgi kunda birorta ham milliy ma'naviyat yo’qki, u boshqa xalqlar ma'naviyatidan to’la ixotalangan bo’lsa.
Xatto, Avstraliya chakalakzorlari, Afrika savannalari va Janubiy changalzorlarda turmush kechirayotgan kabilalar ham qo’shni qabilalar va zamonaviy tamaddun ta'sirini o’zida xis qilib turadi. "qolaversa tarixni taqlil qilish boshqa xalqlar ma'naviyatidan baxramand bo’lgan xalqlar ma'naviyati yuksakliklarga ko’tarilgandan guvoqlik beradi.
O’rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma'naviyati ham Sharq va harb tutashtirgan karvon yo’llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham harb madaniyatidan baqramand bo’lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz harb va Sharq ma'naviyatidan baqramand bo’lib ularning ijobiy tomonlarini o’zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho’qqilarga ko’tarildi. Bu fikrning tasdiqini ma'naviyatning tarkibiy qismlari bo’lgan ilmiy bilimlar, diniy e'tiqod,
san'at misolida ham ko’rish mumkin. Buni faqat Vatanimiz emas, umumjaxon madaniyati tarixidan mustaqkam o’rin egallagan allomalarimiz ijodi misolida ham ko’rish mumkin. Masalan, ana shunday ajdodlarimizdan biri Abu Rayxon Beruniy Xitoy va Xindiston, Yunoniston va Rim falsafasini, tabiiy fanlarini chuqur o’zlashtirgan edi. Xindistonda bo’lgan paytida u xind fani va madaniyatini o’rganar ekan, qadimgi manbalarni o’rganish uchun qadimgi qind tili-sankritni bilish lozimligini anglaydi. U sankritni o’rganishga kirishadi va qisqa fursatda uni chuqur o’zlashtiradi. Endi qadimgi xind madaniyati va fanini asl manbalardan o’rgana boshlaydi. U shuningdek, yunon va Rim madaniyati va fanini o’rganish uchun yunon va lotin tillarini o’zlashtirgan edi.
Jaxon madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan Abu Nasr Farobiy ham o’nlab tillarni bilgan va o’nlab xalqlar madaniyati va ma'naviyatini chuqur o’rgangan
edi. Bunday misollarni juda ko’plab keltirish mumkin. Eng muhim jihati shundaki, o’sha buyuk ajdodlarimiz jahon xalqlari ma'naviyatini o’rganibgina qolmay, ularni chuqur taqlil etishdi, tegishli joylarini rivojlantirib olamshumul kashfiyotlar qilishdi.
Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari ma'naviyatiga qurmat bilan harash, kerakli joylarini o’rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina ma'naviyat cho’qqisiga erishish mumkinligidan guvoqlik beradi. Mening nazarimda bizga hozirgi kunda ana shu ijodiy yondashuv yetishmayotganday. Bizga ta'sir o’tkazayotgan yoki ta'sir o’tkazmoqchi bo’layotgan g’oyalarning qay birini qabul qilish va qay birini rad etish lozimligini aniqlash uchun jiddiy taqlil lozim. Ana shunday taqlilni o’tkazish uchun esa ba'zan erinchoqligimiz, ba'zan uquvsizligimiz xalaqit bermoqda. Buning oqibatida qabul qilish kerak bo’lgan g’oyalarni rad etish va rad etish lozim bo’lgan g’oyalarni qabul qilish qollari ham uchrab turibdi.
Shunday g’oyalar borki, ular ochiq cheqra bilan eshigimizni taqillatib, kirib keladi. Shunday g’oyalar ham borki, ular o’qri kabi kechasi tuynukdan tushadi.
Eshik qoqib keladigan g’oyalar milliy ma'naviyatni boyitishga, rivojlantirishga xizmat qiladi. Chunki, milliy ma'naviyatlar o’zaro ta'sir jarayonida rivojlanadi. har qanday qalq ma'naviyati rivojiga nazar tashlansa uning boshqa xalqlar udum an'analirini o’zlashtirish va moslashtirish orqali rivojlanganini ko’rish mumkin.
O’zbek milliy ma'naviyati ham uzoq va yaqindagi qo’shnilarning ilqor an'analarini o’zlashtirish natijasida rivojlanib bordi.
Ma'naviyatimizning rivojlanish tarixini kuzatsak, bunga yana bir bor ishonch qosil qilish mumkin. XX asr boshlaridagi o’zbek madaniyati va ma'naviyati va uning asr oxiridagi holati o’rtasida ancha jiddiy tafovut bor. Bu tafovutni adabiyot, san'at, fan, qatto oddiy yurish-turish va kiyim-kechak sohalarida ham kuzatish mumkin.
XX asr boshida o’zbek adabiyotida dramaturgiya qali shakllanmagan edi, demak milliy teatr san'ati to’g’risida so’z ham yuritish mumkin emas edi.
Munavvar qori Abdurashidxonov, Maxmudxo’ja Behbudiy, Fitrat singari ma'rifatparvarlarning sa'yi-harakatlari tufayli dramaturgiya shakllana boshladi va keyinroq teatr san'ati vujudga keldi. O’sha paytlarda teatr sa'natining o’zbek millatining uchun yot, begona g’oya deb e'lon qilganlar oz emas edi. Dramaturgiya va teatrni rad qilish faqat daqanaki tanqid bilan chegaralanmagan edi. Sa'natning bu turlarini O’zbekistonga olib kirishga harakat qilayotgan insonlarni mazax qilish, masxaralash, qatto sazoyi qilish o’zlarini milliy ma'naviyat himoyachilari, deyuvchilari tomonidan amalga oshirilgan edi. hamma narsa uchun oliy qakam hisoblanadigan vaqt esa, teatr sa'nati milliy ruhiyatimiz va ma'naviyatimizga yot, deyuvchilarning o’zlari milliy ma'naviyat rivojiga qov ekanini ko’rsatdi. hozirgi kunda har million kishiga hisoblanganda teatrlar soni bo’yicha O’zbekiston dunyodagi eng ilqor o’rinlardan birini egallaydi va teatr milliy ma'naviyatimizning uzviy qismiga aylangan.
Milliy kiyimlar ham milliy qadriyatlardan biri hisoblanadi. XX asr davomida ana shu qadriyatimizning tadrijini kuzatsak, g’aroyib hodisalarning
guvoqi bo’lamiz. O’tgan asr boshlarida maqalliy erkaklarning qishki kiyimi telpak, paxtalik chopon, paxtalik shim va etikdan iborat edi. Yozgi kiyim esa do’ppi, ko’ylak yoki yaktak, oq lozim va shippak yoki kavshdan iborat edi.
O’sha paytlarda Ovro’pocha kiyim kiyish, galstuk taqish yoki kostyum va shlyapa kiyish u yoqda tursin, milliy kiyimga ozroq bo’lsa ham o’zgarish kiritishga urinish din peshvolari va milliy o’zlik "himoyachi"lari tomonidan milliy ma'naviyatga taqdid sifatida baqolanar edi. Masalan, an'anaviy tarzda tugma qadalmaydigan yaktakka tugma qadash 1918 yil fevral oyida Buxoro muftiysi tomonidan kofirlarning ishi deb e'lon qilindi.
O’sha paytda endigina rivojlanib kelayotgan vaqtli matbuot, ya'ni gazeta va jurnallarni o’qish ham kufr deb e'lon qilindi. XX asr oxiriga kelib esa milliy
o’zlikka taqdid, deb e'lon qilingan o’sha gazeta va jurnallar milliy o’zlikni himoya qiluvchi vositalardan biriga aylandi.
Erkaklarning ham ayollarning ham kiyimlari bir asr davomida mutlaqo o’zgarib ketdi. O’tgan davrda ayollarning libosi keng va uzun ko’ylak, kamzul va kavush-maxsidan iborat edi. An'anaga ko’ra, ayollar ko’ylagi badanning past- baland joylarini bilintirmaydigan darajada keng bo’lishi, yenglari esa bilaklarni to’la yopib turishi lozim edi. Ayollarning shunday kiyimlari 30-yillargacha moda bo’lib keldi. O’sha paytlarda biror kishi yana 30-40 yillardan keyin o’zbek ayollari tor ko’ylak va yubka, shim kiyib yurishadi, desa boshqalar uni aqldan ozganga chiharib qo’yishi hech gap emas edi. XX asrning
so’nggi choragida ayollar asr boshidagi ayollar liboslarini kinofilm va fotosuratlarda ko’rib ajablanishadi, xolos. Bularning bari hozirgi til bilan aytganda globallashuv, aniqroqi ma'naviyatdagi globallashuv natijasi edi.
Ko’rib o’tgan misollarimizda erkak va ayollar liboslaridagi o’zgarishlar yuz bergan har bir bosqichda avvalgi bosqich liboslarini himoya qiluchi, yangiliklarni esa harbdan kelayotgan ma'naviy taqdid, deb baqolovchilar ham anchagina bo’lgan. Mana shu misollar globallashuv jarayonida chetdan kirib kelayotgan hodisalarning qaysi biri ma'naviyatga taqdidu, qaysi biri hayotbaxsh ekanini aniqlab olish qiyin ekanini ko’rsatadi.
Shuning uchun chetdan kelayotgan har qanday g’oyani yot va vayronkor, deb e'lon qilishdan avval milliy manfaatlar yo’lida foydalanish mumkin emasligi to’g’risida obdon o’ylash lozim.
Sport sohasidagi atamalarni globallashuv jarayoniga ham tadbiq qiladigan bo’lsak, vayronkor g’oyalardan himoyalanishning eng samarali yo’li ularga qarshi xujumga o’tishdir. Ya'ni, biz yot g’oyalardan himoyalanish bilangina shuqullanmay, o’z g’oyalarimiz, an'analarimiz, turmush tarzimizni dunyoga yoyish uchun harakat qilishimiz zarur. hozircha biz ma'naviyat sohasida ko’proq himoya bilan bandmiz.
Tariximiz ilm-fan, din, san'at sohasida yurtimizda yetishib chiqqan allomalar butun dunyoga dong taratganidan guvoqlik beradi.
Abu Nasr Forobiy jahon falsafasi rivojiga sezilardi qissa qo’shgan bo’lsa, Abu Rayqon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Zamaqshariy, Xorazmiy, Mirzo Uluqbek singari allomalarimiz jahon fanin yang poqonalarga ko’tarishdi. Ismoil buxoroiy, At Termiziy, Moturidiy, Abduqoliq qijduvoniy, Baxovuddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro, Aqmad Yassaviylar esa qadis, kalom, fikq ilmlari va tasavvufda porloq yulduzlar hisoblanishadi. Amir Temur va Mirzo Boburning harbiy san'ati naqadar yuksakligini butun jahon e'tirof etgan.
Sho’rolar davrida milliy qadriyatlarimizni dunyoga yoyish u yoqda tursin o’z yurtimizda qadrlash uchun ham yo’l berilmadi, ko’pchilik qadriyatlarimiz esa toptaldi. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng o’sha xo’rlangan qadriyatlarimizni tiklash imkoniyatiga ega bo’ldik. Bundan tashqari, qadriyatlarimizni tarqib qilish imkoniyatiga ham ega bo’ldik. O’zbek milliy kurashini dunyoga yoyish bo’yicha qilingan ishlar, dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida o’zbek kurashi federasiyalarining tuzilishi buning yaqqol misolidir. Shuni e'tirof etish lozimki, o’zbek kurashini dunyoga yoyish bo’yicha
ishlarning tashabbuskori va tashkilotchisi Prezident I.Karimov bo’ldi. Demak, biz globallashuv jarayonida passiv qabul qiluvchi tomongina bo’lmay, faol tarqib qiluvchilarga ham aylanishimiz mumkin.
Tarixga nazar tashlasak, fan va madaniyatimiz, milliy ma'naviyatimizning gurkirab o’sishi bilan birga tushkunlik davrlari ham bo’lganini ko’ramiz.
Masalan, Mirzo Boburdan keyin XX asrgacha yurtimiz dunyoni lol qoldiradigan na sarkada, na alloma, na shoiru fuzalo yetishib chiqdi. Shu davrda
Boboraqim Mashrab va Ogaqiy singari bir necha shoirlarning yetishib chiqishini esa bu davr uchun qonuniyat emas, baxtli tasodif, deb baqolamoq zarur. Tariximizning so’nggi besh yuz yilida avvalgi besh yuz yillikdagi singari yuzlab allomalar, shoirlar, lashkarboshilar yetishib chiqmaganining sababi nimada, degan savolning tuqilishi tabiiy. Buning qator sabablari bor. Ular orasida xalq ruhiyati bilan, harbiy vaziyat va iqtisodiyot bilan bog’liqlari ham mavjud. Iqtisodiy sabablardan eng muhimi bizningcha shundaki, XV asr oxirida qilingan buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Buyuk Ipak yo’li o’z ahamiyatini yo’qota boshlagani, xududimiz savdo yo’llaridan chetda qolgani ana shunday iqtisodiy va
ma'naviy tushkunlikka olib keldi.
Bundan chiharishimiz lozim bo’lgan eng muhim xulosa shundaki, globallashuv jarayonida chetda qolganimiz bizning milliy ma'naviyatimizga, ruhiyatimizga ijobiy emas, salbiy ta'sir o’tkazdi. Demak, biz globallashuv jarayonida oqilona yo’l tutsak, ham inqilobiy, ham
ma'naviy ravnaqqa
erishishimiz mumkin ekan. Oqilona yo’l esa globallashuvni to’la inkor qilish yoki chapak chalib kutib olishda emas, kerak bo’lganda
uning yo’nalishiga
moslashishda, tegishli paytda uni o’zimizga moslashtirishda, buning uchun esa uni muttasil kuzatib borish va taqlil qilish lozim.

Nazorat uchun savollar:



  1. Axborotlashtirish tushunchasiga ta'rif bering.

  2. Axborot madaniyati deganda nimani tushunasizq

  3. Axborot iste'moli madaniyati degenda nimani tushunasizq

  4. Axborot resursi nimaq

  5. Informasion jarayonlar nimalardan tashkil topadiq

  6. Axborotlashuv jarayonining jamiyatdagi iqtisodiy hamda ijtimoiy- madaniy o’zgarishlarga ta'sirini qaysi sohalarda

ko’rishimiz mumkin.

    1. Download 94,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 94,92 Kb.