|
Axbort urushining quyidagi turlari mavjud
|
bet | 9/16 | Sana | 25.12.2023 | Hajmi | 94,92 Kb. | | #128285 |
Bog'liq Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlikAxbort urushining quyidagi turlari mavjud:
Radioelektron kurash
Psixologik urush
Razvedka vositalaridan foydalangan tarzdagi kurash
Xakerlar ishtirokidagi urush
Kibernetik urush
Axborot quroli, uning o’ziga xosligi, zamonaviy dunyoda uni qo’llash imkoniyati va ko’lami. Axborot qurolining keng va tor ma'nolari bor. Keng ma'noda axborot quroli deb raqibni kerakli yo’nalishda fikrlashga undaydigan, uning nuqtai nazarini o’zgartirishga qodir bo’lgan va kerakli axborot yordamida amalga oshiriladigan harakatlarga aytiladi. Tor ma'noda axborot quroli deb raqibning axborot zaxiralari ustidan nazoratni ta'minlaydigan va uning telekommunikasiyalari tizimilariga zarar yetkaza oladigan texnikaviy usullar va texnologiyalarga aytiladi.
Demak, axborot quroli - bu raqibning axborot va boshharuv tizimlariga ta'sir etuvchi maxsus moslama va vositalar. Tabiiyki, axborot texnologiyalari rivojlangan mamlakatlar tomonidan bunday quroldan foydalanish imkoniyatlari juda keng.
Axboriy qarama-qarshilikning maqsadi, vosita va shakllari, uni nazorat etish, jamiyatning umumiy holatiga keltiradigan psixologik zararlari.
Axboriy qarama-qarshilikning maqsadi - dunyoviy (global) axborot maydonida milliy manfaatlar himoyasini ta'minlash. Mazkur masqadga erishish esa turli mamlakatlar tomonidan turlicha amalga oshiriladi: texnologik kuchli davlatlar hukmronlik qilishga intiladi, rivojlanayotgan davlatlar esa o’zini himoyalashga harakat qiladi. Ikkala tomon ham o’ziga qulay keladigan usullardan foydalanadi.
Ammo shuni ham aytish kerakki, texnologik jihatdan kuchli davlatning axboriy hujumi boshqa mamlakatlar aholisiga katta psixologik zarar etkazadi. Chunki bunday urushni to’xtatadigan va agressor-davlatga nisbatan chora ko’rish uchun imkoniyat yaratadigan xalqaro me'yoriy xujjat yo’q.
Rivojlangan mamlakatlar ushbu vaziyatdan keng foydalanmoqdalar.
Ommaviy kommunikasiya - xorij OAVda axborot ekspansiyasidan himoyalanish, fikrlash va o’zini tutish vositasi sifatida. Xorijiy OAV ekspansiyasidan himoyalanish uchun eng qulay choralardan biri - maqalliy OAV. O’zbekiston sharoitida buning uchun milliy gazeta, radio va televideniemizning imkoniyatlari bor, faqat ulardan samarali foydalanishimiz zarur. Buning uchun bosh omil va mustaqkam fundament - milliy istiqlol g’oyasidir.
OAV doirasida xalharo korporasiya; dunyo hamjamiyati va ayrim davlatlarda jamoatchilik fikrini shakllantirish mexanizmi sifatidagi o’rni. OAV
sohasida bevosita xalqaro korporasiyalar kam va ular dunyo bo’yicha axborot tarqatish jarayoniga katta ta'sir ko’rsatolmaydilar.
Bunday OAV sifatida biz Si-en-en va Bi-bi-si, Yevronyus va TV-5, Assoshieyted Press va Frans Press, Reyter va ITAR-TASS, Amerika ovozi va Doyche Vellelarni tilga olishimiz o’rinliroq bo’lardi. Ushbu axborot manbalari AqSh, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Rossiyalarga tegishli bo’lib, ular nafaqat yuqori tezlik va katta xajmda, shu bilan bir qatorda turli tillarda ma'lumotlarni tarqatadilar. Masalan, Bi-bi-si teleradiokorporasiyasining o’zbek tilidagi sayti, Amerika ovozi radiostansiyasining esa o’zbek tilidagi bo’limi bor. Biz ular O’zbekiston qaqida tarqatadigan materiallarga befarq bo’la olmaymiz.
Xorij OAVning aholiga ta'sir ko’rsatish yo’li, shakl va uslublari. Tabiiyki, bunday axborot manbalari, eng avvalo, iqtisodiy jihatlardan baquvvat davlatlar tomonidan ularga xos va mos bo’lgan qadriyatlarni, jumladan, harbiy ko’rinishdagi "demokratiya standartlari"ni tarqatadi.
Bu haqda biz qisman yuqorida aytib o’tdik. Buning sababi nimada, deb o’zimizga savol bersak, javob quyidagicha bo’lishi mumkin. Gap shundaki, har bir qalq yoki millat tarixiy rivojlanib va shakllanib kelgan va ushbu ko’p asrlik
jarayonning o’zi qaysi bir yashash usuli to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini isbotlab bergan.
Agar ustiga ustak u yoki bu xalqqa mana bunday yashanglar, bu to’g’ri bo’ladi deb, uni shunga majburlasa, albatta, bunday zo’ravonlik, jumladan, "demokratik fundamentalizm" ko’pchilik tomonidan qabul qilinmaydi. Agar xorijiy OAV yoki tashkilotlar O’zbekiston xududida umuminsoniy qadriyatlarni tarqatishga yordamlashsa, ular O’zbekistonliklar tomonidan yaxshi qabul qilinadi. Bunga misol sifatida mamlakatimizda ko’p yildan beri faoliyat ko’rsatadigan Konrad Adenauer yoki Fridrix Ebert jamharmalarini aytish mumkin.
Jamoa ruhiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari. Axborot manipulyasiyasi, uning maqsad va vazifalari, qoida, usul va shakllari.
Jamoatchilik fikriga ta'sir etuvchi axborotning ijtimoiy fenomeni. Ommaviy auditoriyaga psixologik ta'sirning usul va shakllari. Aloqida bir odamning ruhiyati jamoa ruhiyatiga teng emas, albatta. Eng qiziqi shundaki, jamoa ruhiyatida ongsizlik darajasi balandroq. "Um xorosho, dva luchshe (bir
aql yaxshi, ikki aql yanada yaxshi)" degan rus maholi OAV xabarlarini ommaviy qabul qilinishiga to’g’ri kelmaydi. Ommaviy taassurotda OAV tomonidan aytilgan gaplarga birdan ishonish, vaqimaga tushish, salbiy informasiyaga ko’proq berilish kayfiyatlari ancha kuchli. Buni Karl Yung "jamoaviy ongsizlik" ("kollektivnoe bessoznatelnoe") deb ta'riflagan va bugungi kunda ushbu psixologik kategoriyani topib, uni isbotlab berilgani Yungning buyuk kashfilti deb hisoblanadi.
Axborot manipulyasiyasiga kelganda, aytish kerakki. ushbu muammo buyicha anchagina kitoblar chop etilgan va ular bilan tanishish foydadan holi bo’lmaydi. Biz esa manipulyasiyaning ayrim kam tilga olinadigan turlarini aytish bilan chegaralanamiz. Bular: abstrakt, tushunarsiz fikrlash; manba tomonidan axborotni faqat uning foydasiga bo’lgan qismini yetkazish; real faktlarni xomaki, noreal xulosalar bilan yakunlash; o’z vaqtida javob bermasdan dolzarb muammoni "sovutish" va h.k.
Axborotdan foydalanish madaniyati tushunchasi, tuzilishi va mohiyati. Axborotdan foydalanish madaniyati hech qachon o’zidan o’zi yuzaga kelmaydi, bunday madaniyat bir qator omillarga bog’liq.
Birinchidan, axborot iste'molchilari yuksak shaxsiy madaniyatga ega bo’lishlari lozim.
Ikkinchidan, OAV va boshqa manbalardan kelayotgan ma'lumotni maqzini chaqib, uning mualliflarini maqsadlarini anglab olish kerak.
Uchinchidan, kasbiy o’sish va shaxsiy dunyoharashni rivojlatiradigan ma'lumotlarni olib, keraksiz axborotni tez esdan chiharish zarur va h.k.
|
| |