Ўzbekiston respublikasi




Download 94,92 Kb.
bet12/16
Sana25.12.2023
Hajmi94,92 Kb.
#128285
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik

Nazorat uchun savollar:


  1. Axborotni turli muammolarni keltirib chiharish sabablari nimalardan iboratq

  2. Axborotni inson hayotiga ta'sir o’tkazish omillari nimalardan iboratq

  3. "Shaxs-jamiyat-davlat" mutanosibligi deganda nimani tushunasizq

  4. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi qanday paydo bo’ldiq

  5. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasining hayotiyligi, insoniyat taqdiriga daqldorligi nimadaq

  6. Milliy manfaatlarni himoya qilishda axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlash roli qandayq

  7. Ijtimoiy fikrni shakllantirayotganda axborot ta'sirini roli qandayq

  8. Axborot orqali yuzaga kelgan psixologik mojarolar sharoitida davlat axborot siyosatining vazifasi
    1. mavzu. Ochiq axborot tizimlari sharoitida shaxsning psixologik o’z-o’zini himoyalanishini ta'minlash.


Reja:

  1. Shaxs ruxiy kechinmalarining ijtimoiy borliq qadriyatlariga bog’liqligi.

  2. Shaxs ongida g’oya va fikrning paydo bo’lishi. Mafkura va psixologik xavfsizlik muammolari.

  3. Ochiq axborot kommunikasiya tizimida insonning axborot taqdidlarini baqolash va xavfsizlikni ta'minlash imkoniyatlari.

4 Turli axborot-psixologik vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi.

  1. Shaxsning ma'naviy-ahloqiy takomili va o’zini-o’zi himoya qilish va boshharish imkoniyatlari

  2. Ta'lim bilan hamrab olinmagan aholiga ziyolilar orqali sog’lom g’oyalarni yetkazish usullari.

Tayanch tushunchalar: gedonistik psixologiya, egosentrizm, g’oya, mafkura, milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi, mafkuraviy immunitet, psixologik himoya.

  1. O’z vaqtida qindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma Gandi shunday yozgan ekan: "Men uyimning darvoza va eshiklarini maqkam berkitib o’tira olmayman. Chunki unga toza qavo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan qavo dovul bo’lib, xonadonimni aqdar-to’ntar qilib, o’zimni yiqitib tashlashini ham xoqlamayman". Bu so’zlarni bugungi informasion xurujlar va turli xil ma'lumotlarning turli yo’llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga ham kirib kelib, u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e'tiqod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta'siri jarayonlari ma'nosida qo’llash ham mumkin. Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab, "internetomaniya" kasaliga chalinish arafasida turgan O’zbekistonga ham yaxshi, ham yomon ta'sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o’zini-o’zi psixologik jihatdan salbiy ta'sirotlardan himoya qila olish imkoniyatlarini kengaytirish eng dolzarb muammolardan biridir.

Yaqinda "Internet" saqifalarida amerikalik siyosatshunos olim Patrik Byukenenning "Smert Zapada" nomli kitobi paydo bo’ldi.
E'tiborga molik jihati shuki, katta hajmdagi bir kitobning so’z boshidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo’lgan voqealarni, harbning "taqdiri"ni jamiyat ma'naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tuqilish va aholining tabiiy o’sishi borasidagi inqirozlar taqliliga baqishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u Yevropa "amerikacha" madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko’rsatishga qodir emasligini e'tirof etadi. Byukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketishi, to’kin
hayotga erishishga bo’lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo’lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chihardi. Bu holatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baqolab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiharayotganligini ochiq e'tirof etadi. Gedonizmning ma'nosi-shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish va o’zidagi ichki ruhiy iztiroblardan qoli bo’lishga intilish ustivorligidir. To’g’ri, aslida insonning to’q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni qoxlagani ayb emas, lekin bunday to’kinchilik insoniylikka qarshi bo’lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni qavortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o’zgarishlar yevropa xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi Masalan, bugungi Yevropada tuqilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tuqilayotganligi.
Tuqilishning keskin kamayib ketganligi, umuman ayollar o’zidan sog’lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablaqi yetarli bo’la turib, farzand tuqilishi va uni tarbiyalashga ketadigan mablaqni qizqanayotganligi yaqqol namoyon bo’lmoqda. Umuman harb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o’zidan munosib zurriyyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqdalar.
Olimlarni mavjud aqvolni ijobiy tomonga o’zgartirish uchun farzand tuqilishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar miqdorining orttirilishi, onalar uchun aloqida imtiyozlarning joriy etilishi yoki bola soni ortgani uchun oilaga ko’rsatiladigan muruvvat ayollarni sog’lom oila qurib, unda sog’lom farzandlarni tarbiyalashga undarmikin, degan savol o’ylantirmoqda va muloqazalar mantiqidan shu narsa ayon bo’lmoqdaki, zamonaviy yevropaliklarni bunday imtiyozlardan ko’ra, mansab poqonalaridan ko’tarilib, o’z manfaatinigina o’ylab yashash ko’proq qiziqtiradi. Chunki zamonaviy harb yoshlari, xotin-qizlar uchun bu kabi imtiyozlar bola tuqilishi va bu bilan bog’liq tashvishlar oldida hech gap emas.
Shu kabi gedonistik psixologiya bizning yoshlarimiz ongida paydo bo’lmasligi, ochiq axborotlar makonida bemalol turli ma'lumotlarni qabul qilish
imkoniyati paydo bo’lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yo’naltirish, ularda sog’lom dunyoharash, ertangi kunga ishonch, sobit g’oya, sog’lom qissiyotlar, el-yurt oldida, oilasi va yaqinlari oldida insoniy javobgarlik va yuksak mas'uliyat qislarini tarbiyalash millat manfaatiga bevosita aloqador vazifamizdir.

  1. Shaxs ongida g’oya va fikrning paydo bo’lishi. Mafkura va psixologik xavfsizlik muammolari.

Jahon hamjamiyatining mustaqil O’zbekistonni tan olishi, davlatimizning keng tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o’zbek xalqining ma'naviy qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga, o’zini boshqa xalqlar orasidagi to’la huquqli millat sifatida anglab yetishiga keng imkon yaratmoqda.
Tobora kengayib borayotgan xalharo aloqalar jahon madaniyatini yanada chuqurroq bilish, umuminsoniy qadriyatlardan baxramand bo’lish uchun qulay zamin yaratmoqdaki, bu o’z navbatida o’zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi iste'dodi rivojlanishiga, uning tadbirkorlik va kirishimlilik, bir necha chet tillarni va kompyuter texnologiyalarini tez o’rganib olish kabi iqtidorini ro’yobga chiqishiga, xorij mamlakatlariga borish, ular bilan aloqalar o’rnatish, dunyo standartlari bo’yicha oliy o’quv yurtlarida taxsil olish imkonini berdi. Ana shu aloqalar tufayli milliy meqmonnavozlik va saqovat an'analari yanada rivojlandi.
Bunda aloqalarning kengayishi qaqiqiy ma'naviy va madaniy qadriyatlarni munosib baqolash imkonini berdi. hozirgi yoshlar ham, ularning ota-onalari ham uchragan kinoni ko’rib, duch kelgan maza-matrasi yo’q kitoblarni o’qib ketayoggani yo’q Ataylab yurtimizga olib kelinayotgan harbning sun'iylashtirilgan san'atidan, "keng iste'mol"dagi madaniyatidan norozilik bizning xalq bilan bo’layotgan deyarli barcha uchrashuvlarimizda sezilib turibdi. Bunday maqsulotning ilgarigi "man etilgan ne'mat"ga xos "lazzati", jozibadorligi deyarli qolmagan. hozirgi kunda xorijning madaniy qadriyatlaridan foydalanishga ancha jiddiy va tanlab yondashish ehtiyoji kuchayib bormoqda. Lekin ochiq ommaviy axborot vositalari orqali tinimsiz ma'lumotlar quyulib kelayotgan sharoitda Ayni ongi qali shakllanib ulgurmagan farzandlarimiz uchun taqdid ham, ataylab uyushtirilayotgan mafkuraviy tajovuzlar ham bor.
Shunday sharoitda Prezidentimiz Islom Karimovning fikrlari biz uchun hamisha dalda bo’ladi: "Eng muhimi, qalbimizda qururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko’tarib
yashashga qodirmiz. Bizni qo’rqitmoqchi bo’layotgan qalamislar shuni bilib qo’ysinki, biz hech kimga bosh egmaganmiz va hech qachon bosh egmaymiz. Bunda bizga milliy g’oyamiz va mafkura g’oyaviy tayanch va asos bo’ladi (2001 yil 10 oktyabr)".
Zero, milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o’tishda uning uning ruqini ko’tarib, suyanch va tayanch bo’ladi, shu millat, shu jamiyat duch kelgan ko’plab hayotiy va ma'naviy muammolariga javob izlaydi. U insonga faqat moddiy boyliklar va ne'matlar uchun emas, avvalo, Allox taolo ato etgan aql-zakovat, iymon e'tiqod tufayli yuksak manaviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu
murakkab va taqlikali dunyoda uning taraqqiyot yo’lini yoritib beradi. Istiqlol mafkurasi ko’pmillatli O’zbekiston xalqining ezgu g’oya - ozod va obod
Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo’lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini o’zida aks ettiradi.
Darqaqiqat, davlatimiz raqbari ta'kidlaganidek, "Milliy g’oya va istiqlol mafkurasi qaqida gap borar ekan, biz nig’oyatda keng hamrovli, murakkab, serqirra, insoniyat tarixida aniq va mukammal ifodasi, tugal namunasi qali-qanuz yaratilmagan tushunchalarni o’zimizga tasavvur qilishimiz kerak, deb o’ylayman.
Bu tushunchalar vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g’oyalarning ma'no-mazmunini teran anglab yetishga xizmat qiladi. Bu mafkura xalqni xalq, millatni millat etadigan, uning sha'nu sharafi, or-nomusi, ishonch- e'tiqodini ifodalaydigan, jamiyatimizning o’ziga xos taraqqiyot yo’li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda muttasil rivojlanib, takomillashib boradigan g’oyalar tizimidir".
Xalqni buyuk kelajak va uluqvor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan millati, dinidan qat'iy nazar, har bir fuharoning yagona Vatan baxt saodati uchun doimo mas'uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaqo merosi, milliy qadriyat va an'analarimizga munosib bo’lishga erishishi, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga dav'at qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish-milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.
Davlatimiz raqbarining ko’rsatmalari va istiqbolli g’oyalaridan kelib chiqib, hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo o’sib-unib kelayotgan yosh
avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet qosil qilish muhim dolzarb ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdandir. Bu ishni bamisoli niqolga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta boqbondek noziklik va meqr bilan, oqilona yo’l bilan amalga oshirish lozim.

  1. Ochiq axborot kommunikasiya tizimida insonning axborot taqdidlarini baqolash va xavfsizlikni ta'minlash imkoniyatlari. Shaxs turli mafkuraviy taqdidlardan qanday saqlanishi mumkin.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun avvalo egosentrizm kabi tushunchalarga izoq berish darkor. Egosentrizm so’zi lotincha "ego"-men va "centrum"-doira markazi so’zlaridan olingan bo’lib, o’z fikr-o’ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muqit va odamlarga oid o’z bilimlari va o’zgalarga munosabatini o’zgartira olmasligini bildiradi. Psixologiyada egosentrizmning bir qancha turlari mavjud. Ular bilishga oid, ahloqiy, kommunikativ va boshqalarga biror xil ma'lumot berish jarayonida ularning fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslikdir.
Nazarimizda, zamonaviy informasion xurujlar mualliflarida aynan shu kabi egosentrizm kuzatiladi va ular o’zlariga o’xshash faqat o’z manfaatinigina ko’zlaydigan avlod ongini hamrab olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur.
Psixologik himoya bo’lishi uchun shaxsda mustaqil fikr bo’lishi lozim. Demak, ochiq axborotlar taqdidi sharoitida yoshlarni to’g’ri yashashga,
vatanparvar va insonparvar bo’lishga, erkin fikrli bo’lishga o’rgatish orqali ularda mafkuraviy immunitetni tarbiyalash eng dolzarb vazifalardir. Zero, o’rgatish bir tomonlama jarayon bo’lmay, u "pedagog-tarbiyalanuvchi" muloqoti tizimida ko’proq tarbiyalanuvchining fazilatlariga bog’liq. Bunday murakkab ishni tashkil etishda har bir ijtimoiy toifa yoki shaxsning individual psixologik xususiyatlarini inobatga olish zarurati ijtimoiy psixologiyada isbotlangan. Masalan, agar o’quvchi
yoki talabalarni yaxlit guruh deb oladigan bo’lsak, ularning barchasi bilan bir vaqtda, bir xil effekt bilan ishlash va u orqali ularning mustaqil tafakkurini o’stirish, sog’lom e'tiqodini tarbiyalashning ilojisi yo’q. Ikkinchidan, bir guruh talaba yoki o’quvchi uchun maqbul va samarali deb hisoblangan uslubni boshqasida ham aynan joriy etishga urinish bunday sharoitlarda teskari samara berishi mumkin.
Demak, bugun ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan, lekin ming afsuski, o’z mustaqil fikriga ega bo’lmaganlar bilan ishlashda quyidagilarga e'tibor haratish lozim:
Birinchidan, xulq-atvordagi xatoliklar eng avvalo fikrlash tarzidagi xatoliklarning oqibati bo’lgani uchun talabalarning negativ fikrlash tarzi sxemasini o’zgartirish lozim.
Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta'sir ko’rsatish uchun pedagoglar o’zlarining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o’zgartirishlari lozim.
Ya'ni ilgari, yuqori tonlarda, direktiv oqangda, "katta roli"dagi talaba bilan muloqot qilgan pedagog, endi kerak bo’lsa, "tengma-teng", demokratik oqangda, bosqichma-bosqich xatti-harakatlarni birgalikda taqlil etishga o’tishlari lozim.
Uchinchidan, o’quvchi-talabaning o’z-o’zini idrok qilishini, o’ziga bo’lgan baqosini o’zgartirish, ya'ni, talabani ijobiy ishlarga yo’naltirish orqali o’ziga bo’lgan baqosini o’zgartirishga erishish kerak.
Nig’oyat, shunday vaziyat yaratish lozimki, o’quvchi ijobiy tajriba orttirsin, ya'ni, o’ziga, oilasiga yoki sinfdosh do’stlariga, maktabiga manfaatli ish qilib olqish olsin. Ya'ni, ularni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim.
Demak, ta'lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratish lozim, aks holda uning ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar o’rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday bid'at yoki yot g’oyalarga ergashib ketaveradigan bo’lib qoladi. Ya'ni, darsni tashkil etishning noan'anaviy usullariga keng yo’l ochish, darslarda o’quvchilar bilan interaktiv muloqotni tashkil etish, ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashga yordam beradi.
Psixologik manbalardan yana shu narsa ma'lumki, yoshlar mustaqil fikrlashlari uchun ta'lim jarayonining o’zida joriy etilgan tartiblarda byurokratiyani minimallashtirishga erishish kerak. Chunki eski ta'lim tizimi o’qituvchining aytganini, u yozgan ma'ruza matnini aynan ko’chirib yozib kelish, aytib berishni talab qilardi. Bu holat miyani avtomatik ishlashga, zombi kabi yodlangan bir xil qolipda bo’lishga o’rgatadi.
Bunday miyada albatta o’ziga xos vakuum qosil bo’ladiki, bu vakuumga keyinchalik boshqa yot g’oya va tushunchalar juda tez singadi, chunki miya deyarli tormozlangan, har qanday boshqacha xabar uning miyasiga oson kirib oladi.
Demak, davrimiz pedagoglardan, raqbarlardan o’z ish uslublarini o’zgartirish, muloqot qobiliyatlarini takomillashtirishni talab qilmoqda. Bu uning ta'sir ko’rsata olish xislatini samarali bo’lishini talab etadi. Bu esa bevosita yoshlarda mustaqil, erkin tafakkurni rivojlanishi uchun real zamin bo’ladi.
O’qituvchilar yoshlarni turli yomon ta'sirlardan asrashda ahloqiy qadriyatlardan foydalanishi va bunda ahloqiy ta'sir ko’rsatish texnologiyasidan
oqilona o’z faoliyatida joriy eta olishi lozim bo’ladi. Ahloqiylikka o’rgatish, ahloqan va ma'nan yuksak bo’lish, umuman tazyiqni, kuch ishlatishni rad etadi. Ma'muriy tazyiq yoshlarni yot ta'sirlardan asrab qololmaydi. Buning yagona yo’li- o’quvchi bilan munosabatda gumanistik tamoyillarni joriy etish, erkin fikr almashish muqitini yaratilishidir. Zero, mamlakatimizda ko’rilayotgan erkin fuharolik jamiyatini asoschisi Islom Karimov bu ezgu ishlarni amalga oshirishda hamisha yoshlarga, ularning mustaqil fikrli, iqtidorlariga ishonadilar.

  1. Turli axborot-psixologik vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi. Psixologik himoya tushunchasi. Ochiq axborot kommunikasiyasi jarayonida yoshlar ongiga ta'sir etayotgan yot g’oyalarga qarshi himoya vositalarini ishlab chiqishdan avval yoshlarning ijtimoiy xulqda ko’zga tashlanadigan eng muhim holatlardan biri tashvishlanish, nimadandir cho’chish va shu tufayli ijtimoiy munosabatlardan o’zini olib qochishga intilish qislarini namoyon bo’lishidir. Chunki agar, psixologik himoya holatining mohiyatidan kelib chiqadigan bo’lsak, bu shaxs-ichki kechinmalarini ifodalovchi shunday holatki, unda odam ichki ruhiy mo’tadillikni asrash uchun o’zidagi xavotirlanish, qo’rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan halos bo’lishga intiladi.

Psixologik himoya-shaxsni turli salbiy ta'sirlardan asrashga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga xizmat qiladi. Shunday holatlarda odam odatda shaxslararo munosabatlarda o’zini boshqacharoq tutadigan bo’lib qoladi. Psixologlar himoya mexanizmlariga odatda quyidagilarni kiritadilar:

    • ochiq qissiy-kechinmalarni bosish, ko’tarmaslikka urinish;

    • rad etish, ya'ni nomaqul ma'lumotni ochiq rad etish, qo’shilmaslik;

    • proeksiya - o’zidagi qissiyot va kechinmalarni tashqi ob'ektlarga ko’chirish orqali paydo bo’lgan holatning sabablarini tashqaridan qidirishga moyillik;

    • identifikasiya - o’zini axborot egasiga o’xshatish, uning o’rniga o’zini qo’yish orqali qadriyatlarni rad etish yoki tanqidsiz o’zlashtirish;

    • regressiya - ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo’lib o’tgan qaysidir voqealarga qaytish, ularning yaxshi va ma'qullarini yana xotirada tiklash va xulqda qaytarish orqali o’zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish:

    • yolgizlanish - jamiyatdan o’zini olib qochish, o’zidagi o’zgarishlarni boshqalarga bildirmaslikka intilish, ayrim talabalar o’qishga bormay qo’yadilar;

    • rasionalizasiya - muloqaza va fikr yuritish orqali o’zida himoya instinktlarini paydo etish;

    • konversiya - muloqotdagi qandaydir to’siqlar yoki bar'erlarni olib tashlash uchun kutilmagan usullarni qo’llash, masalan, xavotirli informasiyani yumor bilan almashtirish yo’li.




  1. Shaxsning ma'naviy - ahloqiy takomili, o’zini-o’zi himoya qilish va boshharish imkoniyatlari.

Ochiq axborot xurujlari vaziyatida shaxsning o’zini o’zi himoya qilishni boshharishda ayrim jihatlarga aloqida e'tibor berish lozim.
Avvalo, har bir inson uchun mustaqil fikr zarurligini ta'kidladik. Mustaqil fikrga ega bo’lgan insongina o’ziga nisbatan haratilgan yaxshi yoki yomon ma'lumotning mohiyatiga yetishi va unga nisbatan adekvat reaksiya ko’rsatishi, himoya mexanizmlarini ishga solishi mumkin.
Ikkinchidan, yoshlar turli yot va bemaza axborot xurujlariga berilmasligi uchun biz ularda milliy qururni tinmay tarbiyalashimiz va bunda har bir fan predmeti va tarbiyaviy muloqotlardan oqilona foydalanishimiz zarur. Masalan, 2006 yilning o’zida nishonlangan qator tantanalar, jumladan, Ma'mun Akademiyasi va uning nima uchun aynan O’zbekiston xududida tashkil etilganligiga yoshlar e'tiborini haratish va ularni ochiq fikr almashinuviga chorlash ularda milliy qururni uyqotadi.
Milliy qururni ahamiyati shundaki, bunday sifati bor inson boshqalarga qul, jumladan, axborot xurujlariga tobe bo’lmaydi.
Uchinchidan, milliy qururi bor insonda iymon, insof va diyonat tushunchalarini shakllantirish mumkin. Chunki inson qalbi bilan bog’liq bu qadriyatlar Internet va ochiq axborotlar olamida adashtirmaydigan "kompas" rolini o’ynaydi. Bir rus olimi ta'kidlaganidek, "Internet" shunday o’rmonki, unda kompassiz yurib bo’lmaydi". To’rtinchidan, oliy o’quv yurtlarida professor- o’qituvchilarning avtoritetini, ular aytadigan har bir so’zning aniq mo’ljalli bo’lishini ta'minlash zarur. Domla aytadigan fikrlardan biri - axborot qanday bo’lishidan qat'iy nazar, u qabul qiluvchi insonning izmida bo’lishi, uning manfaatiga xizmat qilishi kerak. Buning uchun yovuz niyatli, yot g’oyalarni tarqib etuvchilarning asl niyatlarini, ular say'i-harakatlarining oxir-oqibati nima bilan tugashini ochiq aytaverish lozim.
Shunday qilib, axborot xurujlariga qarshi turishning psixologik yo’llarini har bir murabbiy va talabaga yetkazish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun
quyidagilarni yodda tutish lozim:

  1. aslida ataylab ta'sir etishga mo’ljallangan xabarni shaxs darrov qabul qilmaydi. Chunki, birinchidan, unda ilgaridan psixologik himoya mavjud va ikkinchidan, har qanday yangi narsaning singib ketishida muayyan axborot to’siqlari ham bo’ladi;

  2. bunday sharoitlarda "uchinchi shaxs ta'siri" ro’y beradi (effekt tretego lisa). Uning ma'nosi-"bu xabarga hamma ishonaversin, menga ta'sir qilmaydi" deb

o’ylaydi shaxs, lekin ma'lum ma'noda shu fikr ta'sirida u axborot ta'siriga tushib qolgan bo’ladi. Xaligi fikrni o’zi uchun har eqtimolga qarshi qayolidan o’tkazadi;
V) ishontiruvchi chaqiriqlarga, masalan, reklama orqali yetkazilayotgan xabarlarga yosh bolalar juda o’ch bo’ladi va aynan ular ota-onani ko’ndiradi. 90% onalar aynan reklama qilingan maqsulotlarni bolalariga xarid qilib olib beradi. Xuddi shunday "Internetga" ulanish, uyida zamonaviy kompyuterga ega bo’lish fikri ham bolalardan chiqadi, bunga ota-onani ko’ndiradilar ham. Bu ma'noda yoshlar eng himoyalanmaganlar toifasiga kiradi.
G) xabarning asl maqsadi aslida ma'lumot berish emas, balki ishontirish ekanligini tushunish kerak. Odamning ma'lumotlilik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning turli xabarlarga ishonqiramay munosabatda bo’lishi ham yuqori bo’ladi. Lekin xabarga ishonqiramay harashimiz bizning uni qabul qilishimiz yoki qilmasligimizni bildirmaydi. Ya'ni agar biz ochiqchasiga yoshlarga "bu axborot manbaiga ishonmanglar, ular ataylab yolqon ma'lumot bermoqda" desak, bu narsa ularning shu turli axborotni qabul qilmasliklarini kafolatlamaydi. Lekin "ogoqlantirilgan odam qurollangan, muqofazali bo’ladi" degan tamoyildan kelib chiqib, birinchi ogoqlantirishdan so’ng, yana o’z fikrimizni faktlar bilan asoslasak, ulardagi immunitet kuchliroq bo’ladi. Lekin shuni nazarda tutish lozimki, ogoqlantirish muddati ham rol o’ynaydi. Masalan, tadqiqotlarda bir xafta avval ogoqlantirishning ta'siri uzoqroq muddatdan ko’ra kamroq ekanligi ma'lum bo’lgan yoki uyda qoli, komfort sharoitda qabul qilingan ta'sir bilan odamlar orasida, ko’pchilikning ichida yomon xabarni qabul qilish farqlanadi, chunki yolqiz uydagi ta'sir skeptizmni kuchliroq namoyish etishi kuzatilgan.
Ikkinchi tomondan, bevosita axborotni qabul qilish arafasidagi ogoqlantirishlarga qarshi argumentlar ishlab chiqish vaqtini kamaytiradi, undan sal avvalroq ogoqlantirish esa inson miyasida ma'lumotni qayta ishlashga imkon beradi.
D) Tanish narsalar qaqida ma'lumotga ega bo’lgan odamni ishontirish tezroq amalga oshadi. Lekin samarali taktikalardan biri-axborot kanallari orqali berilayotgan ma'lumotlarni ortiqchasiga jamiyat manfaatlariga zid ekanligi, ularning adolatsiz, xudbinlarcha uzatilayotganligi, nimalaridir qonunga xilof ekanligini qayd etish mumkin. Ya'ni, tarbiyachi, o’qituvchi ochiq tarzda o’z noroziligini bayon etish, tarqibotchi fikriga qarshi ekanligini aytish mumkin. Bu holat ham auditoriyani o’ylashga majbur etadi.
Yana o’ziga xos strategiyalardan biri - ochiq axborot manbalardan ketgan ma'lumotni, undagi ayrim faktlarni ochiq tan olishdir.
Masalan, darxaqiqat, bizda darsliklarning sifati talab darajasida emasligini, maqallalarda nochor, notinch oilalar xanuz mavjud ekanligi va h.k. va aniq dalillar bilan kamchiliklarni bartaraf etilishi yo’llari xususida o’z fikrini aytish.
Bundan tashqari, o’qituvchiga xos bo’lgan usullardan biri-o’z harashlariga nisbatan ikkilanish pozisiyasi borligini ochiq tan olish:
"balki men noqaqdirman, lekin bu masalada shunday asoslarim bor edi...", deb "za" va "protiv" asoslarni keltirish. (Nelzya soprotivlyat'sya propagande, pryacha golovi v pesok)

Download 94,92 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 94,92 Kb.