Ўzbekiston respublikasi




Download 94,92 Kb.
bet13/16
Sana25.12.2023
Hajmi94,92 Kb.
#128285
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik

Nazorat uchun savollar:


  1. Gedonistik psixologiya tushunchasi ta'rifi.

  2. Egosentrizm tushunchasi va uning turlari.

  3. Mafkura va psixologik xavfsizlik deganda nimani tushunasizq

  4. Milliy qurur tushunchasiga ta'rif bering

  5. Psixologik himoya tushunchasi ta'rifi.

  6. himoya mexanizlariga ta'rif Bering.

  7. Psixologik ta'sir etish bosqichlarini sanab o’ting.
    1. mavzu. Jamoatchilik fikri va jamiyatning axborot-psixologik himoyasini ta'minlash.


Reja:

  1. Jamoatchilik fikri tushunchasi.

  2. O’zbekistonda jamoatchilik fikrini yoyish orqali axborot xavfsizlikni ta'minlash.

  3. Jamoatchilik fikrini shakllantirish mexanizmlari.

  4. Axborot xavfsizlik masalasida jamoatchilik fikrini shakllantirish.

Axborot xavfsizligini ta'minlash masalasi bugungi kunda favqulodda muhim ahamiyatga egadir. Axborot xavfsizligini samarali ta'minlash esa jamoatchilik fikri fenomenini chuqur anglashni taqozo etadi. Jamoatchilik fikrini o’rganish ehtiyoji esa bir tomondan, davlat va jamiyat tuzilmalarining demokratiya tamoyillariga nechoqli asoslanishiga, ikkinchi tamondan esa mavjud empirik manbalarni ilmiy analitik mushoqadalash, nazariy qayta ishlash, sintezlash holatlariga bevosita bog’liq, holda shakllanadi. Ana shu ikki jihatlardan biror biri bo’lmasa jamoatchilik fikrini o’rganish ham uni demokratik uslublarda shakllantirish ham samarali kechmaydi. Jamoatchilik fikri ijtimoiy ongdan ham davlat yoxud tuzumning direktiv harashlaridan ham, yoki aloqida shaxs fikr- harashlaridan ham farq qiladi. Jamoatchilik fikri ijtimoiy ongning qosilasi, jamiyat turli tabaqalarining fikr-harashlari, munosabatlarining real va umumlashma ifodasidir. Jamoatchilik fikri muayyan ijtimoiy-siyosiy holat, turmush tarzi, iqtisodiy o’zgarishlar xususida umumiy yoki bir necha xil munosabatlarga, mavjud holatlarning kelib chiqish sabablari, harakatlantiruvchi kuchlari, muammoning yechimiga xilof bo’layotgan omillar borasida esa mutlaqo qarama-qarshi hamda o’zgaruvchan harashlarga ega bo’ladi. Jamoatchilik fikrining tez o’zgaruvchan tabiati ham uni ijtimoiy ongning faol qismi sifatida xarakterlaydi.
Ayni choqda, jamoatchilik fikrining o’zgaruvchanlik tabiatiga ta'sir o’tkazish uni muayyan me'yorlarda ushlab tura olish hamda maqsadli shakllantirish davlat, jamiyat xavfsizligi va barharorligini ta'minlash kafolati ham sanaladi.
Mamlakatda amalga oshirilayotgan barcha isloqotlar, maqsadli ijtimoiy o’zgarishlar, yangilanishlar jarayoni jamoatchilik fikrida namoyon bo’ladi.
Shu boisdan, jamoatchilik fikrini xaotik asoslarda, yohud inersion tarzda shakllanishiga yo’l qo’yish kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin.
Tarixda sobiq sho’rolar hukumatining so’nggi liderlari tomonidan amalga oshirmoqchi bo’lgan qator loyixalar, ijtimoiy o’zgarishlar isloqotining inqirozga yuz tutganligi fikrimizning dalili bo’la oladi. Masalan, qayta qurish dasturini amalga oshirish orqali sobiq siyosiy tuzum asoslarini mustaqkamlashga urinish, Sibir daryolarini burish, anglangan extiyojlarini shakllantirish, alkogolizmga qarshi kurash xarakatlari va x.k.)
Shu boisdan ham, isloqotlarni amalga oshirish jarayonlarini jamoatchilik fikrida qanday namoyon bo’layotganligi, uni qanday shakllantirish, ommani yangilanishlar ruqida tarbiyalash va eng muhim jihatlardan biri bo’lgan axborot xavfsizligini ta'minlash masalalari yurtboshimizning diqqat-e'tiborida bo’lib kelayotganligi bejiz emas.
Yaqin o’tmishimizdan ma'lumki, sho’rolar davrida jamoatchilik fikriga hukumatning hech kanday e'tirozlarga o’rin qoldirmaydigan direktiv ko’rsatmalari, maxsus siyosiy-nazariy yo’nalishlar orqali uzluksiz ravishda ta'sir o’tkazilib kelinar edi. Buning uchun esa o’ziga xos ikki bosqichli ta'sir uslubi amalga oshirilar edi. Birinchi bosqichda vertikal ta'sir uslubi, ya'ni eng yuqoridan eng quyi bo’qinlargacha davlat tomonidan rejalashtirilgan xukmron fikr tazyiqi tizimiy tartiblarda mukammal dasturlar asosida amalga oshirilsa, ikkinchi boskichda gorizontal ta'sir uslublari ishga tushirilib, ishlab chiharish korxonalari, ta'lim tizimi muassasalari, jamoat tashkilotlarida "buyurtma" qilingan siyosiy fikr aloxida ijtimoiy qatlamlar ongiga muntazam ravishda singdirilar edi. Ana shu
mexanizmni xarakatga keltirish uchun esa davlat tizimi markazlashgan partiya va turli xil tashabbus guruxlari niqobi ostida muntazam ravishda faoliyat yuritib kelar edi.
Direktiv ko’rsatmalar ta'siri va tazyiqi ostida siyosiy va ma'naviy zabun bo’lgan xalq o’z xarakterida tabiiy ravishda yalpi tazyiqdan himoya standartlarini shakllantirgan edi.
Bugungi kunda ana shu uslubda, ya'ni jamoatchilik fikriga rejaviy tarzda bevosita ta'sir o’tkazish amaliyoti Xitoy, Shimoliy Koreya, Kuba, Iroq singari mamlakatlarda saqlanib turibdi. Ammo. rivojlangan G’arb va Sharq mamlakatlarida jamoatchilik fikrining bilvosita uslublari keng qo’llanilib kelmoqda. Bu uslub demokratiya tamoyillariga asoslangan bo’lib, asosan ommaviy axborot vositalari, reklama, norasmiy liderlar ta'siri, shou dasturlar va boshqa omillar vositasida amalga oshiriladi.
Fuharoviy jamiyatda insonning o’z salohiyatlarini yuzaga chiqazish hamda o’z-o’zini himoyalash extiyoji uchun tabiiy ravishda muayyan ijtimoiy-siyosiy guruhlarga a'zo bo’lishi taqozo etiladi. Bu esa insonga o’zi a'zo bo’lgan jamiyat, partiya orqali tashqi voqelikka ijtimoiy ta'sir etish imkoniyatini ham yuzaga keltiradi. Rivojlangan mamlakatlarda jamoatchilik fikrini shakllantirishning umumiy (ommaviy axborot vositalari, televideniya, reklama, shou- dasturlar) va gorizontal (jamoat tashkilotlari, oila, norasmiy liderlar, korxonalar, partiyalar) yo’nalishlari amal qilib keladi. Ayni vaqtda ta'kidlash joizki, axborot xavfsizligini ta'minlash niqobi ostida axborot qurujini globallashtirishga intilishdan iborat shovinistik harakat ham avj oldirilmoqda Masalan, jamoatchilik fikrini boshharish deb nomlanuvchi (Rublice Relation) tizimi orqali Amerika qo’shma Shtatlarida jamoatchilik fikrini maxsus shakllantirish borasida 200.000 nafardan ko’proq kishi doimiy faoliyat yuritib keladi. Birgina AqSh mudofaa vazirligi faoliyatini tarqib etish bo’yicha 15.000 mutaxassis ishlaydi.
Xuddi shunday tizim Angliya, Fransiya, Italiyada xam mavjud bo’lib, bu mamlakatlarda berilayotgan axborotlarning ta'siri, ularning aholining turli qatlamlari orasida ijtimoiylashuvi ko’lamlarini o’rganishga ixtisoslashgan sosiolog-psixolog shtatlari amal qilib keladi. Misol uchun, Reno zavodining Parijdagi ilmiy loyiqalash va modellashtirish markazi (markazda 2,5 ming kishi faoliyat yuritadi) da 35 kishidan iborat sosiolog va psixologlar guruhi doimiy ish olib boradi. Shunga o’xshash misollarni boshqa ko’plab yirik mamlakatlar axborot industriyasi ish tajribasi orqali ham ko’rsatish mumkin.
Axborot intevensiyasining bugungi mohiyati totalitar tuzum davridagi davlat va xukmron partiyaning direktiv ko’rsatmalarini aholi ongiga tazyiqiy
singdirish uslubidan farq qiladi. Bugungi kunda axborot tayziqi asosan, bilvosita uslublar orqali, ya'ni, san'at va madaniyat, din, sanoat maqsulotlari, ta'lim tizimi orqali amalga oshirilmoqda Axborot qurujlariga qarshi kurash jamoatchilik fikri sosiologiyasi fanini rivojlantirishni taqozo etadi. O’zbekistonda istiqlol yillarining ilk davrlaridanoq jamoatchilik fikrini o’rganish va ana shu real ehtiyojlar asosida xalqning ma'naviy sarchashmalari blokini ochish, o’zligini namoyon etish imkoniyatlarini tiklash borasida muhim qadamlar qo’yildi.
Birinchidan, ana shu ijtimoiy jarayonni ham nazariy ham amaliy o’rganishga mutasaddi bo’lgan sosiologiya soxasining ilmiy-pedagogik asoslari tarkib toptirildi, o’nlab o’quv-uslubiy adabiyotlar, monografiyalar, ilmiy to’plamlar nashrdan chiqazildi. Ikkinchidan, sosiologiya fanining ilmiy-nazariy potensiali tarkib toptirildi. hozirgi paytda Respublikamizda 3 ta sosiologiya fanlari doktori va 6 ta fan nomzodi faoliyat yuritmoqda.
Uchinchidan, jamiyatning turli tabaqalari orasida ijtimoiy fikrni o’rganishga ixtisoslashgan professional nodavlat tashkilotlar tizimi shakllandi.
Birgina "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o’rganish markazida o’tgan besh yil mobaynida 103 ta maxsus sosiologik so’rovlar o’tkazilib 130 mingdan ziyodroq kishi tadqiqotlarga jalb etildi. Agar mamlakatimizdagi o’nlab
ixtisoslashgan sosiologik markazlar, tashkilotlarning mustaqil ravishda o’tkazuvchi so’rovlariga yalpi jalb etilgan aholi soni taxmin etilsa, bu raham bir necha yuz mingdan oshib ketadi.
O’zbekistonda jamoatchilik fikrini yoyish orqali axborot xavfsizligini ta'minlash holatini umumiy baqolaydigan bo’lsak, bu jarayon bugungi kunda o’zining faol shakllanish bosqichida ekanligiga amin bo’lamiz.
Xo’sh, shakllanish bosqichidan o’tish holatida qanday saboqlarga sosiologiya fani o’z e'tiborini haratishi lozimq Birinchidan, axborot xavfsizligini ta'minlash ishlarining tizimiy holatda emasligi, sosiologik tadqiqot o’tkazish ishlarining pirovard, yakuniy maqsadga qatiy bo’ysundirilmaganligi
ya'ni axborotga bo’lgan ijtimoiy ehtiyojlar negizida aniqlangan fikr- xulosalarning tegishli davlat va nodavlat tashkilotlarning amaliy harakat dasturlariga joriy etilmasligi, ikkinchidan, tadqiqotlarning yetarli professional bilim va maqoratga ega bo’lmasdan o’tkazishning odatiy qolga aylanganligi jiddiy muammolardan sanaladi. Misol uchun, mamlakatimizdagi jamoatchilik fikrini o’rganishga ixtisoslashgan "Ijtimoiy fikr" markazidan boshqa biror bir sosiologik tadqiqot o’tkazuvchi tashkilotda sosiologiya fani bo’yicha ixtisoslashgan, mutaxassis sosiolog olimlar ishlamaydi. Uchinchidan, o’tkazilgan so’rov natijalari turli axborot vositalari, radio va televideniya orqali xalqqa yetkazilmasdan ommalashtirilmay kelinmoqda. Buning oqibatida esa jamoatchilik fikrini o’rganish ishi ijtimoiy fikrni shakllantirishdan iborat pirovard maqsadga xizmat qilmay kelmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov jamoatchilik fikri omiliga jiddiy e'tibor haratib, mazkur soxaning fuqorolik jamiyatini barpo etish va jamiyatni erkinlashtirish borasida katta imkoniyatlari mavjudligini bir necha bor ta'kidlaganliklari bejiz emas. Ayniqsa, jamoatchilik fikrini maqsadli shakllantirish, aholi turli tabaqalari ongini ezgulik g’oyalari ruqida tarbiyalash,
ma'naviyat, ma'rifat, odob-ahloq tamoyillarini ustuvor mavqelarga ko’tarishda sosiologiyaning axamiyatiga bejiz urqu berilmadi.
Jamoatchilik fikri masalasida o’z harashlarini ilgari surgan professor S.Jo’raev mazkur masalaning benig’oya muhimligini chuqur asoslab beradi.
("Xalq so’zi" 2002yil, 19-Oktyabr soni) Ayni choqda professor S.Jo’raev "jamoatchilik fikrini o’rganishni davlat darajasida tashkil etish" taklifini ilgari suradi-ki, bizningcha bunday yondashuv biroz baxsli hisoblanadi. Negaki, oshkoralik va demokratiya sharoitida jamoatchilik fikrini o’rganishni faqat davlat mas'ulligi doirasiga ko’chirilishi bu jarayonning erkinligiga to’siq bo’lishi mumkin. Shu o’rinda davlatning o’rni qanday bo’ladi, degan qaqli savol tuqilishi tabiiydir. Davlat oshkoralik va demokratiya sharoitida fuharoviy jamiyat erkinligini ta'minlash granti sifatida namoyon bo’ladi. Bu jarayonlarda davlatning ishtiroki faqat tashkiliy-xuquqiy, texnikaviy, moddiy sharoitlarni ta'minlashga ko’maklashish bilan chegaralanadi. Jamoatchilik fikrini o’rganish ishlarini esa nodavlat jamoat tashkilotlari, partiyalar, ilmiy muassasalar, sosiologik markazlar bevosita, to’g’ridan -to’g’ri amalga oshirib boradilar.
Xo’sh, bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy fikrni maqsadli shakllantirish, axborot xavfsizligini ta'minlash borasida qanday potensiallarimiz
mavjudq hozirgi kunda Respublikamizda 507 ta gazeta va 157 ta jurnal ro’yxatga olingan. Poytaxtimizda 5 ta telekanal 30 dan ortiq taqririyat orqali ko’rsatuvlar tayyorlanmoqda Viloyatlarda 10 ta telestudiya faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, mamlakatimizning butun xududlari radio to’lqinlari bilan to’la hamrab olingan. Yurtimizda 37 ta radio maqsulotlar tarqatuvchi markazlar kunu- tun ish olib bormoqda.
Ayni choqda O’zbekiston o’rta va o’rta maxsus ta'lim tizimida 300 mingdan ortiqroq o’qituvchi pedagoglar 300 mingdan ziyodroq injenerlar hamda oliy ma'lumotli qishloq xo’jalik mutaxassislaridan iborat ziyolilar armiyasi mavjuddir.Shuningdek mamlakatimizda 12 ming kishidan iborat oliy va o’rta
maxsus ma'lumotga ega bo’lgan madaniy-ma'rifiy soha xodimlari faoliyat yuritmoqdalar. Barcha viloyat va tuman qokimliklari qoshida "Ma'naviyat va ma'rifat" markazlari ishlab turibdi.
Xo’sh, ana shunday potensialdan qanday foydalanilmoqda Taassufki, mazkur imkoniyatlardan foydalanish holati talab darajasida emas. Masalan, Respublikadagi 6 ming klub va madaniyat uylari, 17 ming kutubxona, 320 ta muzey, 120 ta madaniyat va istiroxot boqlarida ishlovchi o’n minglab malakali ziyolilar jamoatchilik fikrini shakllantirishga faol xizmat qilishlari kerak edi. Madaniyat vazirligi tasarrufidagi mazkur tashkilotlar, hamisha ham tumanlardagi ma'naviyat va ma'rifat markazlari bilan bahamti, uyqun hamkorlikda faoliyat yuritmayotirlar. Shunday qilib jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ma'naviyat markazlarida mutaxassis kadrlar, sosiologlar, bino, mablaq kam bo’lgani holda yuzlab tumanlardagi madaniyat uylari, klublar aholi ongida muntazam shakllantirilishi zarur bo’lgan ma'naviy maqsulotni qaerdan olishni bilmaydilar. Joylardagi madaniy-ma'rifiy muassasalar faoliyati ommaga faqat san'at janrlarini tarqib etish, yoshlarni badiiy xavaskorlik ishlariga jalb etish bilan cheklanib qolmoqda Ma'lumki, klub muassasalari, televidenie yoki gazetalardan farq qilib, konkret auditoriya, real aholi guruhlari o’rtasida bevosita ish olib borish imkoniyatlariga egadir. Aslida ular aholi bilan jonli, yuzma-yuz muloqotga kirishish, mafkuraviy ta'sir ko’rsatish imkoniyatlariga ko’ra boshqa ijtimoiy ta'sir omillaridan ustunroq mavqega egadirlar. Bu birinchi muammo. Ikkinchi katta muammo-bu o’rganilgan ijtimoiy voqelik, jarayonlar to’g’risidagi ijtimoiy fikrni operativ tarzda ommaviy axborot vositalari hamda televidenie orqali muntazam ravishda berib bormasligidir.
Sosiologik tadqiqotlar vositasida o’rganilgan jamoatchilik fikrining daxlsizligi masalasining nechoqli muhimligini teran anglash va uni qadriyat darajasida baqolash xam muhimdir. Ma'lumki, televidenie yoki boshqa ommaviy axborot vositalari sosiologik so’rov natijalaridan televidenie yoki gazeta
manfaatlari yo’lidagina foydalanishga intiladilar. Jamiyatning qolis fikri sifatida sosiologik so’rov natijalari minbarlari tashkil etilmagan. Uchinchi muammo jamoatchilik fikrini shakllantirishda milliy mentalitet omilidan yetarli foydalanmay kelayotganimizdir.
Ma'lumki, o’zbeklar tabiatan jamoaviy xalq bo’lishlariga qaramay liderning ibratiga, raqbarning, obro’-martabali shaxslarning namunasiga harab ish qiluvchi xalq hisoblanadilar. Jamoatchilik fikrini shakllantirishda joylardagi obro’-e'tiborli shaxslarga tayanish, ularning ruqlantiruvchi potensialidan foydalanish imkoniyatiga yetarli darajada e'tibor berilmay kelinmoqda. Yana bir muammo bu o’tkaziladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar auditoriyasidir. Sosiologik kuzatuvlar shundan guvoqlik beradiki, hozirgi paytda maqallalar, tumanlar va xatto ishlab chiharish korxonalaridagi ma'naviy-ma'rifiy masalalarga baqishlangan majlislarda aksariyat doimiy qatnashuvchi bir xil odamlar guruhi tarkib topib qolayotganligi ham e'tiborga olinishi zarur. Jamoatchilik fikrini shakllantirish mexanizmini yo’lga qo’yish maqsadida quyidagilar taklif etiladi;

  1. Mamlakatimizda jamoatchilik fikrini faqat o’rganuvchi emas, balki uni shakllantirish ishlari bilan ham bevosita shuqullanuvchi oliy malakali kadrlar tayyorlash ishlarini yo’lga qo’yish, jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi sosiologiya mutaxassisligini aloqida ta'lim yo’nalishi sifatida joriy etish kerakdir.

  2. "Istedod" jamharmasi orqali Oliy o’quv yurtlarida faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilarni rivojlangan mamlakatlarda malaka oshirishlari, xorijdagi ish tajribalarni o’zlashtirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish lozim.

  3. O’zbekiston Fan va Texnologiyalar qo’mitasi ko’magida axborot xavfsizligini ta'minlash borasida jamoatchilik fikrini shakllantirish mavzuida mualliflar jamoasi ilmiy to’plamini tayyorlash va nashr ettirish maqsadga muvofiq bo’lib, mazkur ishga Fanlar Akademiyasidagi ijtimoiy fanlar sohasidagi

yetuk olimlar, oliy o’quv yurtlari professor-o’qituvchilarini jalb etish sohaning rivojiga xizmat qiladi.

  1. Bugungi kunda mamlakatimizdagi axborot xavfsizligini ta'minlash borasidagi jamoatchilik fikri holatini ommaga yetkazayotgan davriy nashrlarga barcha tashkilot va muassasalarni obuna qilishga erishish.

  2. Axborot xavfsizligini madaniyat va san'at sohalari orqali O’zbekistondagi minglab klublar faoliyatini joylardagi ma'naviyat va ma'rifat markazlari ishi bilan uyqunlashtirish, yagona ma'muriy boshharuv tizimini yo’lga qo’yish kun tartibidagi masala hisoblanadi.

  3. Ommaviy axborot vositalarida sosiologik markazlar tomonidan o’rganilgan ijtimoiy fikr natijalarini operativ tarzda berib borish aniqroqi taxririyatlar manfaatlariga bo’ysundirmaslik va ularning mazmunini yaxlitligicha, buzmasdan e'lon qilish, sosiologik tadqiqotlar yakunlarining daqilsizligi xususida shartnomalar imzolanishi maqsadga muvofiq. Shuningdek ommaviy axborot vositalarida doimiy e'lon qilib boriluvchi "Sosiolog minbari" rubrikasini joriy etish zarur. Doimiy rubrika esa sosiologik tadqiqot natijalarini muntazam ravishda ketma-ket berib borishni taqozo etadi. Bu sosiologiyaga nisbatan real taklif bozorini yuzaga keltiradi. Fan va soha rivojiga keng yo’l ochiladi.

  4. Axborot xavfsizligini ta'minlash uchun ommaviy axborot vositalarining yuqori va quyi bo’qinlari reytingi monitoringini joriy etish va har uch oyda xolis sosiologik markazlar ko’magida mazkur nashrlarning jamoatchilik fikridagi ijtimoiy mavqei darajasini aniqlab borish hamda matbuotda ommalashtirish ham bugungi kun talablaridan hisoblanadi.

  5. Amaldagi sosiologik markazlar faoliyatini sifat ko’rsatkichlarini aniqlash, kasb maqoratlarini oshirish maqsadlarida, shuningdek yangi tuziluvchi sosiologik markazlarining hayotda amal qilishi uchun doimiy faoliyat yurituvchi Sosiologiya ilmiy-amaliy Markazini tuzish va ana shu Markazda attestasiyadan

o’tganidan so’ng ularga amaliy faoliyat uchun ruxsat lisenziyalarini olishlari maqsadga muvofiqdir.

  1. Sosiologik markazlar faoliyatlarini uyqunlashtirish maqsadlarida ularning faoliyatlarini koordinasiya qiluvchi "O’zbekiston Sosiologlari" milliy assosiasiyani tuzishga ko’maklashish kerak.

  2. Axborot va mafkuraviy xurujlarga qarshi faoliyat yurituvchi tumanlar va viloyatlar va viloyatlar qokimliklarida ularning mavjud shtatlari ro’yxati doirasida sosiolog shtatlarini joriy etishni amalga oshirish joizdir.

Axborot xavfsizligini masalasida jamoatchilik fikrini shakllantirish jarayonlarida milliy mentalitetni o’zgarayotgan zamon mantiqiga muvofiq ravishda o’zgartirish masalasiga ham aloqida e'tibor haratish lozim. Prezidentimizning "Tafakkur" jurnali bosh muharririga bergan intervyusida, hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati majlisida so’zlagan nutqlarida va boshqa chiqishlarida yosh avlod tabiatida shijoat, tashabbuskorlik, yangilikka intilish, qayratchanlik singari fazilatlarni shakllantirish xususida to’xtalgan edilar. Bu esa millat mentaliteti tarkibida mustaqillik, individual rivojlanishga erisha bilish xususiyatlarini rivojlantirishni ham tabiiy ravishda taqozo etadi. Axborot xavfsizligini ta'minlash, mafkuraviy ta'sirdan ogoqlik masalasida faoliyat dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish zaruratini kun tartibiga qo’yadi.
Xullas, mamlakatimiz Prezidenti xalqimizni ozod va obod jamiyat barpo etish ishlariga qatiy azmu haror, shijoat bilan kirishishga da'vat etmoqda.
Buning uchun esa ko’pgina masalalar yechimi o’zimizga bog’liq, ekanligini teran anglamoqimiz, yeng shimarib, qayrat bilan ishga kirishmoqimiz lozim.



Download 94,92 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 94,92 Kb.