Ўzbekiston respublikasi




Download 94,92 Kb.
bet11/16
Sana25.12.2023
Hajmi94,92 Kb.
#128285
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik

Nazorat uchun savollar:


  1. O’zbekiston yagona axborot tizimining faol sub'ekti deganda nimani tushunasizq

  2. Axborot sohasida milliy xavsizlikni ta'minlash muammosi nimalardan iboratq

  3. Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimini qanday usullari mavjudq

  4. Milliy axborot tizimi faoliyatini takomillashtirish, ta'sir doirasini oshirishda nimalarga e'tibor bermoq lozimq

  5. hujumkor va buzg’unchi g’oyaga qarshi qanday kurashish kerakq

  6. Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlashda aniq natijalarga erishish uchun nimalarga e'tibor berish lozimq
    1. mavzu. Axborot psixologik xavfsizlikni ta'minlashning vazifalari, asosiy yo’nalishlari va usullari.


Reja:

  1. Axborotni inson hayotiga ta'sir o’tkazish omillari.

  2. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasining namoyon bo’lishi.

  3. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlashning davlat siyosati vazifalari.

  4. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlash usullari.

  5. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi ma'naviy-ahloqiy mezon sifatida.

  6. Axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlashning o’ziga xos asoslari.

Tayanch tushunchalar: informatika, axborotlashgan jamiyat, shaxs-jamiyat- davlat aloqadorligi va mutanosibligi, genosid, axborot psixologik xavfsizlik.
"Axborot" tushunchasi bugungi kunda global mohiyat kasb etmoqda. U inson tafakkuriga turli yo’nalishlarda ta'sir o’tkazuvchi, yaxlit insoniyat hayotini va taqdirini u yoki bu tomonga burib yuboruvchi, goq salbiy goq ijobiy mohiyat kasb etuvchi qudratli vositaga aylandi.
Aslini olganda axborot tushunchasi dunyoharashni ifodalaydigan barcha bilimlar sohasida qadimdan mavjud bo’lgan.
Kibernetikaning kelib chiqishi va rivojlanishi bu tushunchani "aloqa" va "boshharuv" tushunchalari bilan birga keng qo’llanilishiga olib keldi. hozirgi vaqtda axborotlarni ishlab chiharish, qayta ishlash, saqlash, ko’paytirish va tarqatish aloqida ilmiy sohani - informatika sohasini tashkil etadi. Bu lotinchada
tanishtirish, tushuntirish, sharq tillarida esa xabar, axborot ma'nosini bildiradi.
Axborot sohasining tez sur'atlar bilan o’sishi, uni avtomatlashtirish usullarining shiddat bilan rivojlantirilishi kompyuterlarning yaratilishiga va kishilik hayotining turli sohalarini kompyuterlashtirishga olib keldi. Bu esa o’z navbatida bugungi kunda g’oyatda tezkorlik bilan o’sib borayotgan "Axborotlashgan jamiyat" nazariyasini maydonga keltirdi.
Kompyuterlashtirilgan dunyo, yalpi axborotlashtirilgan global tizimning vujudga kelishi millatlar, xalqlar va butun insoniyat taqdirini bir-biriga bog’lab qo’ydi. Axborot olish, uni ishlash, saqlash va tarqatish texnologiyasining tasavvur qilib bo’lmaydigan darajadagi taraqqiyoti bugun jiddiy tashvishlar tuqdirmoqda. Chunki hozirgi zamon kompyuterlarining eng so’nggi avlodi har birining prosessorida 80-100 million tranzistor bo’lib, har soniyada ikki milliardgacha vazifani bajara oladi. Axborot texnologiyasining ana shunday mo’'jizasi tufayli
xoqlagan kishi Yer yuzining xoqlagan nuqtasidagi odam bilan soniyalarda aloqa o’rnatishi, muammoni laqzalarda qal etishi mumkin. Ana shu holatning o’zi inson faoliyatini, tafakkur tarzini, axloqiy me'yorlarini, olamga munosabatlarini, yaxlit olganda esa yangi yuz yillikdagi insoniyat hayoti va taqdirini ifoda etadi. Boshqacha qilib aytganda, XXI asr sivilizasiyasi axborot xuruji, informasion- psixologik urush qiyofasida o’zini namoyon etmoqda.
Insoniyatning kelajakdagi taqdiri va istiqboli xususida o’ylar ekanmiz, axborot texnologiyasi mohiyati, uning taraqqiyoti, inson va insoniyat hayotiga ta'sir o’tkazishi omillarini chuqur o’rganishni taqozo etadi. Bular quyidagilarda ko’rinadi:
Birinchidan, inson faoliyatini maqsadga muvofiq holda yo’lga qo’yish, yo’naltirish, umummanfaat atrofida birlashtirish, jamoa va jamiyat ishiga daxldorlik tuyqusini shakllantirish, insoniyat hayotini saqlashda mas'ullik, uning taqdiriga taqdirdoshlik qissini shakllantirish.
Ikkinchidan, turli fe'l-atvorga, tabiatga ega bo’lgan, o’z manfaati ustuvorligiga intilayotgan siyosiy sub'ektlar o’rtasidagi o’zaro muvofiqlikni ta'minlash. Urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga o’tish, davlatlararo va mintaqalararo munosabatlarda bir-biridan qochish emas, bir-biriga intilish kayfiyatini yaratish, jahon muammolarini qal etishda sog’lom g’oyalarga tan berish ruhiyatini shakllantirish.
Uchinchidan, fan-texnika taraqqiyoti cheksiz darajada rivojlanayotgan bir paytda uning keng imkoniyatlarini umumiy taraqqiyot yo’liga safarbar etish kayfiyatining ustuvorligini ta'minlash. Aks holda qayriaxloqiy va qayriinsoniy kayfiyatdagi fuharo qudratli texnologiyalarni jamiyat taraqqiyotiga zid bo’lgan g’oyat xatarli maqsadni amalga oshirishga ishlatishi mumkin. Bu, ayniqsa, xalharo terrorizm, narkobiznes, diniy eksterimizm singari global fojealarni boshharishda, davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni chalkashtirishda, bank, moliya-kredit tizimini izdan chiharishda qo’l keladi.
To’rtinchidan, axborot texnologiyasiniig beqiyos imkoniyatlarini, ulkan qudratini to’la-to’kis inson hayotiga tadbiq etish, inson taqdiriga xizmat qildirishni ta'minlaydigan eng zamonaviy va samarali boshharuv mexanizmini iqtisodiy, ijtimoiy, ma'naviy, ruhiy va siyosiy sohalarda yuksak madaniyat bilan unumli foydalanish asosida tashkil etish.
Tiqiz axborotlashgan jamiyatda "shaxs-jamiyat-davlat" aloqadorligi, ularning o’zaro uzviyligi va yaxlitligini ta'minlash bir muncha qiyinlashadi.
Chunki axborot oqimi tezlashgani va axborotlar girdorbida yashash kabi murakkab, ziddiyatli vaziyatning yuzaga kelishi bevosita shaxs tafakkurining, inson dunyoharashining keskin o’zgarishiga sabab bo’lmoqda.
Ma'lumki, har bir fuharo o’z shaxsiy nuqtai nazari, o’z harashlari, a'naviy- ma'rifiy, axloqiy-ruhiy imkoniyatlari doirasidagina faoliyat ko’rsatadi, o’z olami qududida yashaydi va tashqi olamga o’z aqli doirasida shaxsiy munosabatini bildiradi. har bir individ mustaqil inson sifatida tabiiy-biologik kamolotidan va
ruhiy ehtiyojidan kelib chiqib o’ziga mos axborotni qabul qiladi, uni taqlil etadi. Uning atrofida mushoqada yuritadi, fikrlaydi va ana shu taqlillar asosida o’zining shaxsiy xulosasiga ega bo’ladi. Natijada o’z nuqtai nazarini shakllantiradi.
Demak, har qanday axborot mazmuni, mohiyati, ta'sir etish darajasi, jamiyatga foydali yoki zararliligi, kishini ezgulikka yoki yovuzlikka da'vat etishi bilan "shaxs-jamiyat-davlat" mutanosibligiga u yoki bu tarzda ta'sir etadi. Ana shu jihatdan qaraganda milliy manfaatlarni asrash va rivojlantirishda axborot- psixologik xavfsizligini ta'minlashning roli yana ham oshadi.
Umuman olganda axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi qanday paydo bo’ldiq Uning hayotiyligi, insoniyat taqdiriga daxldorligi nimadaq Ana shunday savol tuqilishining o’zi muammoning dolzarbligini va o’ta keskinligini ko’rsatadi. Bizningcha axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi quyidagilarda namoyon bo’ladi:
Birinchidan, axborot-psixologik xavfsizlik - bu bevosita inson ruhiyatiga ta'sir o’tkazish orqali uni o’z aqidalaridan, muqaddas ideallaridan, e'tiqodidan ayiradigan buzg’unchi g’oyalardan asrashdir. Demak, axborot-psixologik xavfsizlikka ehtiyoj, eng avvalo bevosita inson va jamiyat, inson va davlat, shaxs va uning daxlsizligi, millat va milliy kadriyatlar, jumladan, urf-odatlar, an'analar, tarixiy va madaniy meros, avlodlar vorisligi, millatning istiqboli bilan bog’liq bo’lgan qadriyatlarga ma'naviy-ruhiy ta'sir, buzg’unchi g’oyalar va tajovuzkor mafkuralarning mavjudligidan kelib chiqadi.
Ikkinchidan, axborot-psixologik xavfsizlikka rioya qilinmasa, uning ta'sirchan choralari ko’rilmasa, buzg’unchi g’oyalar milliy qadriyatlarni barbod
etish orqali tarixan mavjud bo’lgan xalqlar va millatlarni genosidga olib kelishi muharrar.
Uchinchidan, tiqiz axborotlashgan jamiyatda axborot orqali zamonaviy ruhiy ta'sir texnologiyalarining tobora rivojlanib borayotganligi shaxs va jamiyat tafakkurining shakllanishiga u yoki bu tarzda kuchli ta'sir o’tkazadi. Jamoatchilik fikrining qay darajada shakllanganligiga, jamiyatning siyosiy ongi, huquqiy bilimlar saviyasi, ma'naviy-ma'rifiy darajasiga harab jamiyat taraqqiyotga yoki tanazzulga yuz tutishi muharrar.
To’rtinchidan, ijtimoiy fikrni shakllantirishda axborot ta'sirini, axborot texnologiyalaridan foydalanish usullari va uslublarining tobora kengayib borayotganligini nazarda tutsak, axborot-psixologik xavfsizlik muammosi yana ham keskinlashib qoladi.
Beshinchidan, mazkur atamaning mohiyati shundaki, u inson, jamiyat tushunchalari doirasidan chiqib kelib, yaxlit insoniyat, butun kishilik taqdiri bilan bog’liq bo’lgan global masalalarni ham hamrab oladiki, natijada hozirgacha mavjud bo’lgan global muammolarning eng tajovuzkori, eng buzg’unchisi yoki aksincha, eng tashabbuskori bo’lib qolishi muharrar. Bu holat xalharo siyosatda, davlatlararo, mintaqalararo muammolarni qal etishda buyuk davlatchilik shovinizmi avj olishi mumkin bo’lgan holatlarda yana ham xavfliroq mohiyat
kasb etadi. Bunday paytda ko’proq an'anaviy siyosiy muvofiqlashtirish tajribalaridan kengroq foydalanishni taqozo etadi. Ya'ni sharqona munosabatlar ilmi (I.Karimov), muloqazalilik, mushoqadalilik, har qanday voqea va hodisalarga aql-idrok yo’riqi bilan yondoshish tamoyili ustivor bo’lmoqi lozim.
Axborot siyosatini tiqiz axborotlashgan jamiyat shakllanayotgan bir paytda hozirgi zamonaviy talablardan kelib chiqib yangilash, modernizasiyalash zarur.
Axborot orqali yuzaga kelgan psixologik mojarolar sharoitida davlat axborot siyosatining vazifasi jamiyatni salbiy axborot-psixologik xurujdan ishonchli saqlash, qat'iy himoya qilish mexanizmini yaratish bilan belgilanadi.
har bir yangi axborot-psixologik mojaro himoya qilinayotgan jamiyat uchun yangi taxdidlarni keltirib chiharishi ham mumkin.
Demak, taxdid qancha ko’p bo’lsa, qo’rquv, xadik va ishonchsizlik shuncha ko’payadi. Ana shunday ma'naviy, ruhiy, ijtimoiy vaziyatdan kelib chiqib, jamiyat kayfiyatini muvofiqlashtirib, yo’naltirib, boshharib turish muhim ahamiyat kasb etadi.
Oltinchidan, axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi ma'lum bir xalq, millat, mamlakat hayotida jiddiy ijtimoiy xavf tuqdirishi mumkin bo’lgan zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan tinchlik va barharor taraqqiyot yo’lida unumli foydalanish, uni boshharish, har qanday ijtimoiy- iktisodiy manfaatlarga siyosiy tus bermaslik usullardan foydalanishni taqozo etadi.
Bizning nazarimizda axborot-psixologik xavfsizlik - bu bevosita siyosiy mojarolarning oldini olish, eng avvalo, insonning o’zini o’zi tushunishi va fuharolararo munosabatlarini yuksak ma'naviy-ma'rifiy mezonlar asosida shakllantirish, axborot qurolidan zamonaviy insonparvar tafakkurni, ijodkorlik ruqini, yaratuvchilik qobiliyatini, bunyodkorlik imkoniyatlarini shakllantirishni taqozo etadi.
Jamiyatni boshharish, hozirgi zamon me'yorlari asosida kishilik taraqqiyotini ta'minlashning yangi usul va uslublarini qidirib topish zarur.
Jumladan, siyosiy-huquqiy, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik va axborot tizimini boshharish kabi qator, bir-biriga uzviy bog’liq bo’lgan yo’nalishlarda boshharuvning eng maqbul uslubini topishni, bevosita qokimiyat va unga ishonchni, jamiyat va davlat taraqqiyotini ta'minlashda fuharolar yakdilligini, ma'naviy va g’oyaviy jihatdan birligini ta'minlashni taqozo etadi.
Jamiyat shu darajada shakllanishi lozimki, uning a'zolari tiqiz axborotlar bozoridan umummilliy manfaatga xizmat qiladigan, uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotni tanlay olsin. Axborot olish kafolati bu bevosita shaxsiy manfaatdan ustun turadigan, umummilliy manfaatga daxldor bo’lgan qadriyatga aylanmoqi lozim. Ana shunday sharoitda qanday mazmundagi axborotni tarqatishni man etish, jamiyatning psixologik holatiga salbiy ta'sir etuvchi, ijtimoiy, milliy, etnik, diniy tafovut va kelishmovchiliklarni kuchaytiruvchi, zo’ravonlik va urushni tarqib etuvchi, pornografiya, maishiy buzuqlik, shaxslar
mavqeiga, obro’siga va sha'niga salbiy ta'sir etuvchi axborotlarni chegaralashning norasmiy, vijdon bilan bog’liq bo’lgan, sog’lom aql va yuksak tafakkurga tayangan ma'naviy-ruhiy me'yorlari vujudga keladi.
Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi ana shu tarzda ma'naviy-axloqiy mezonga aylanadi. Erkin shaxs va ozod kishilik jamoasi bo’lgan fuharolik jamiyati sharoitida axborot-psixologik xavfsizlikning o’ziga xos tizimlari shakllanmoqi lozim. Bu bevosita OAV faoliyati va unda xizmat qiladigan axborot oluvchi, saqlovchi va tarqatuvchi xodimlarning siyosiy saviyasiga, kasb maqoratiga va eng muhimi fuharolik pozisiyasiga, jamiyat ishiga daxldorlik tuyqusiga bog’liq. Zotan, axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlashning bosh mezoni va asosiy tayanchi - millatparvarlik, vatanparvarlik, fidokorlik tuyqusi!
Albatta, axborot-psixologik xavfsizlikni ta'minlashning o’ziga xos asoslari bor. Bular:
Birinchidan, tashkiliy-texnik jihatdan ta'minlanganlik. Zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan yetarli darajada qurollanish.
Ikkinchidan, mustaqkam moddiy-moliyaviy asoslarga ega bo’lish. Axborot- psixologik xavfsizlikni ta'minlashga xizmat qiladigan soha xodimlari
moddiy manfaatdorligini oshirish.
Uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarini boshharadigan, undan samarali foydalana oladigan, zamonaviy bilimlarga ega bo’lgan, har tomonlama keng fikrlaydigan qobiliyatli kadrlarni tayyorlash.
Demak, axborot xuruji tobora avj olib borayotgan, yakka tartibda har bir fuharo, har bir inson ongiga kuchli ta'sir o’tkazayotgan, keng miqyosda olganda
esa jamiyat taraqqiyoti va millat taqdirini qal qilishga qodir bo’lgan, global miqyosda esa butun insoniyat hayotini kafolatlaydigan, uning taraqqiyoti yoki tanazzulini belgilashga qodir bo’lgan tiqiz axborot tizimini boshharish, tartibga solish, undan foydalanish me'yorlarini ishlab chiqish hozirgi zamonning eng dolzarb muammolaridan biridir.



Download 94,92 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Download 94,92 Kb.