• Axborot urushini aniqlash. Axborot urushi tarkibi. Jamoa ruhiyati va uning o’ziga xos
  • Ўzbekiston respublikasi




    Download 94,92 Kb.
    bet8/16
    Sana25.12.2023
    Hajmi94,92 Kb.
    #128285
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik

    5-ma'ruza. Ommaviy axborot vositalari va axborot qarama-
    qarshiligi
    Reja:

    1. Dunyoda axborot o’lchovlarining o’rganilishi.

    2. OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida.

    3. Axborot urushini aniqlash. Axborot urushi tarkibi.

    4. Jamoa ruhiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari.

    Tayanch tushunchalar: axborot urushi, axborot quroli, OAVlarning psixologik ta'siri, ommaviy kommunikasiya, neyrolingvistik dasturlash.

    1. Dunyoda axborot o’lchovlarining o’rganilishi. Ma'lumki, bugungi kunda axborot oqimlari haddan tashqari jadal va keng ko’lamli bo’lgan. Bitta misol:

    oqirgi ellik yil ichida jamiyatda aylanadigan axborot qajmi million marta ko’paydi va kundan kunga yanada oshib bormoqda. Bu shunday bir katta rahamki, uni to’la darajada anglab olish ham qiyin. Shuni aytish zarurki, bunday imkoniyatlar hamma davlatlarga ham xos emas.
    Demak, texnikaviy jihatdan qudratli bo’lgan davlatlar kuchli axborot texnologiyalariga ega. Shuning evaziga ular o’zlari ishlab chiqqan axborotni tarqatish yo’li bilan boshqa mamlakatlar ustidan oldin g’oyaviy, keyin esa siyosiy, iqtisodiy va madaniy hukmronlik qilishga harakat qilmoqda. Bunday davlatlar sirasiga eng avvalo rivojlangan mamlakatlar kiradi. Mazkur mamlakatlarning axborot manbalari sifatida birinchi o’rinda davlat axborot markazlari va milliy OAV xizmat qiladi.
    Axboriy hukmronlikning maqsadi bitta - axborot tarqatadigan mamlakatning mafkurasini boshqa davlatlar va xalqlar o’rtasida keng tarqatish va tarqib qilish. Lekin bunday vazifa borligi qaqida ular ochiq oydin aytmaydi, aksincha, uni har xil yo’llar bilan yashiradi. Masalan, inson huquqlari yoki demokratik andozalar niqobi ostida va hokazo.
    OAV axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida. Afsuski, ayrim OAV bugungi kunda shunday vositaga aylanganlar.
    Ushbu urushda OAVning o’rni va rolini aniqlash uchun eng avvalo axboriy- psixologik urushni ma'nosini anglab olishimiz zarur. "Axborot urushi"
    so’zlarining asoschisi fizik-olim Tomas Ron hisoblanadi, 1976 yilda u axborotni xarbiy kuchlarning eng zaif bo’qini deb ta'riflab, ushbu masalaga barcha davlat miqyosidagi mas'ul kishilarni e'tiborini haratdi. Shundan beri mazkur so’zlarning ahamiyati kundan kunga kuchayib kelmoqda.
    Bevosita axborot urushi ta'rifiga kelganda biz bir kitobdan iqtibos keltirmoqchimiz: "Axborot urushi deb, ijtimoiy, siyosiy, etnik va boshqa tizimlarning moddiy yutuqqa ega bo’lish maqsadida bir biriga ochiq va yashirin maqsadli axboriy ta'sirlarga aytiladi. Shu bilan bir qatorda axborot urushini deb yanada raqib ustidan axboriy hukmronlikka erishish va shuning evaziga unga moddiy, mafkuraviy yoki boshkacha zarar yetkazish uchun davlatning xarbiy kuchlari, xukumat hamda xususiy tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan
    tabdirlar va operasiyalar majmuasiga aytiladi" (Manoylo A.V., Petrenko A.I., Frolov D.B. Gosudarstvennaya informasionnaya politika v usloviyax informasionno-psixologicheskoy voyni. 2-nashr. M.: Goryachaya liniya - Telekom. 2006, 203 b.).
    Turli OAV (televidenie, radio, davriy matbuot)ning o’ziga xos psixologik ta'siri. har bir OAV auditoriyaga o’ziga xos ta'sir etish kuchiga ega.
    Internetgacha ularning ichida eng samaralisi televidenie edi, chunki u tomoshabinga uch yo’l bilan axborot yetkazadi: tasvir, ovoz va mantiq. Shuning
    uchun televidenie ommaviy ravishda tarqalganidan keyin besh-o’n yil ichida besh yuz yillik tarixga ega bo’lgan matbuotdan o’zib ketdi. Radio ham katta kuchga ega, chunki u ikki kanal orqali ta'sir ko’rsatadi, ovoz va mantiq. Uning afzalligi - jonli ovoz yordamida auditoriya bilan muloqot qilish, bunday
    usul axborot manbai bilan tinglovchi o’rtasidagi masofani yo’qotadi. Inson ovozi, uni yurakdan chiqishi, undagi qayajon va samimiylik radioning imkoniyatini keskin oshiradi.
    Matbuotning o’quvchi bilan muloqot yo’li esa asosan mantiqiy isbotdan iborat, bunday ta'sirga ma'lum miqdorda tasvir ham qo’shiladi: gazetadagi rasmlar, rang, sarlavqa ko’rinishlari.
    Psixologik ta'sir texnologiyasi. Yuqori texnologiya va ommaviy kommunikasiya. Psixologik ta'sir inson axborotni qabul qilish yo’llari bilan bog’liq:
    ko’rish, eshitish, ta'm bilish, qid sezish, qo’l bilan tegish, fikrlash va x.q. Axborot xavfsizligi masalasiga kelganda psixologik ta'sir ko’proq OAV yordamida amalga oshiriladi, shuning uchun ular mutaxassislar tomonidan tinmasdan mukammallashtirilmoqda. Natijada rivojlangan mamlakatlar matbuot, radio va televideniening barcha imkoniyatlarini o’zida mujassamlashtirgan internetdek yuqori texnologiyaga ega bo’ldilar.
    Internet ommaviy kommunikasiya ta'sirini eng baland poqonaga ko’tardi. Saytga joylashtirilgan ma'lumot birdan butun dunyo bo’yicha tarqalib ketadi. Uning adadi (tiraji) esa cheksiz. OAVning roli internetgacha ham kuchli bo’lgan, endi esa ularning ta'siri tasavvur qilib bo’lmaydigan darajaga yetdi. OAVdan tashqari internet-reklama, ma'lumotlar yetkazish, elektron pochta xizmatlarini ham bajaradi. Eng qulayi shundaki, internetdagi ma'lumot juda ko’p, u arzon va o’ta tezkor.
    Internetning paydo bo’lishi va internet jurnalistikasining takomili. Internetni ko’p mutaxassislar harbiylarning iqtirosi deb aytadi.
    Aslida esa dastlabki bosqichda uni AqShdagi to’rtta universitet kashf etdi. Mazkur universitetlar kompyuterlarini bir tizimga birlashtirib, o’zaro kutubxonalaridan foydalana boshladilar. Pentagon esa bundan tez xabar topdi va iqtironing imkoniyatlarini o’rganib, undan harbiy qo’mondonlikni takomillashtirish maqsadida olimlarni jalb etib, ularga barcha sharoitlarni yaratib, arpanetni (internetning birinchi nomi) o’z maqsadlariga yo’naltirdi. Uzoqqa
    bormay undan jurnalistlar ham foydalana boshladi. Natijada internet jurnalistikasi paydo bo’ldi.
    Internetning qulayliklari: arzon, tezkor, texnik jihatdan materiallarni joylashtirish qiyin emas, ma'lumotlarni katta hajmda o’rnatish mumkin, ularni turli tillarga o’girish oson, axborot chegara va masofani bilmaydi va h.k. Salbiy oqibatlari: xoqlagan odam istagan axboroti bilan virtual maydonga to’siqsiz kirib kelishi, nazorat yo’qligi va shu tufayli terroristik hamda pornografik ma'lumotlar o’ta ko’pligi, kosmopolitik g’oyalar hamda "universal madaniyat" keng tarqalishi, davlat roli pasayishi, tarmoq yordamida demokratik fundamentalizm rivojlanishi va boshqalar.
    Neyrolingvistik dasturlash va doimiy, uzluksiz efirga uzatiladigan televizion xabarlar natijasida turli millat va xalqlar ongiga ta'sirning o’sishi. Neyrolingvistik dasturlashni ayrim mutaxassislar (masalan, G.G.Pochepsov) tomonidan unga hech narsani qarshi qo’yib bo’lmaydigan shpris ta'siriga qiyoslaydilar. Bunday o’xshatishda ma'lum bir qaqiqat bor. Agar biror-bir g’oyani, u yolqon bo’lsa ham, OAV haddan tashqari ko’p va turli shakllarda takrorlayversa, auditoriya (garchi u ushbu g’oyaga dastlabki bosqichda ishonmagan bo’lsada) borib-borib keyinchalik unga ishonadigan bo’ladi.
    Har xil uslublarda, barcha OAVda ma'lum bir fikrni takrorlash odamning ong osti sohasiga ta'sir etadi va u ushbu fikrga ishonaydigan bo’ladi.
    Mazkur jarayonni mutaxassislar neyrolingvistik dasturlash deb ataydi.
    Agar radio, televidenie va matbuotda ayrim davlat, guruh yoki shaxs qaqida qayta-qayta biror-bir noto’g’ri axborot takrorlanaversa, turli mamlakatlardagi qalqlar, har xil millatlar unga ishonadilar. Neyrolingvistik dasturlash uchun eng qulay OAV televideniedir, chunki yuqorida aytib o’tganimizdek, u auditoriyaga bir paytni o’zida uchta kanal orqali o’z ta'sirini o’tkazadi. AqSh kommunikasiya mutaxassislari televidenieni xatto trankvilizatorga ham o’xshatadilar.
    "Madaniy bosqich" va "inson huquq"lari ekspansiyasi tushunchasining mohiyati va uning paydo bo’lish shakllari. "Madaniy bosqich" va "inson huquq"lari g’oyalari harbda paydo bo’lib, harb mamlakatlari tomonidan butun dunyo bo’yicha tarqatilmoqda. Bu esa juda murakkab va, eng muhimi, samarasiz jarayon.
    Katta muqokamalarga sababchi bo’lgan Samyuel Xantingtonning "Madaniyatlar to’qnashuvi" deb nomlangan maqolasini o’qimagan siyosatshunos bo’lmasa kerak. Afsuski, o’zbek tiliga tarjima qilinganda, maqolaning eng muhim parchasi tushib qolgan. Ushbu bo’shliqni to’ldirishga harakat qilamiz: "Turli jamiyatlarning madaniy qadriyatlarini o’rganishga baqishlangan yuzta asarni qiyosiy usulda o’rganib chiqqan bir muallif (Harry C.
    Triandis nazarda tutilmoqda - F.M.) o’z taqlilida shunday xulosaga kelganki, "harb jamiyatida eng e'zozlanayotgan qadriyatlar dunyoning qolgan qismida eng past ahamiyatga ega ekan". Siyosiy jihatdan ushbu qarama-qarshilik AqSh va boshqa harbiy davlatlar tomonidan boshqa xalqlarni demokratiya va inson
    huquqlariga tegishli harbona g’oyalarni qabul qilishga majburlash samarasiz ekanligini ko’rsatmoqda. Zamonaviy demokratik tuzum harbda paydo bo’ldi. Noharbiy davlatlar tomonidan esa bunday tuzum harbona kolonializm yoki majburlash xosili deb qabul qilinadi"
    ("Ekonomicheskoe obozrenie", 1998, yanvar, 74 b.). Xerri Triandis obzoridagi g’oyalar "Nyu-York Tayms" gazetasida 1990 yil 25 dekabr kuni 41 betda ham chop etildi.
    Zamonaviy ilmda bunday harakatlar "demokratik fundamentalizm" deb nom oldi.
    Yangilik, uning ko’rinishi va shakllari. Yangiliklarning ko’rinishlari har xil bo’ladi: voqea, hodisa, raham, familiya, lavozimlar, joylar nomlari aks ettirilgan xabar, lavqa, reportaj, ma'lumotnomalar va x.k. Bugungi kunga kelib yangiliklarni yetkazish usullari g’oyaviy kurashning katta bir yo’nalishiga aylanib qoldi. Ushbu sohada esa nafaqat jurnalistlar, ular bilan bir qatorda siyosatshunoslar, polittexnologlar, iqtisodchilar, psixologlar, qisqasi, ommaviy axborotni ommaga yetkazadigan barcha mutaxassislar ustasi farang bo’lib ketganlar. Ularning maqorati shu qadar rivojlanib ketdiki, yangilikdan, uning mazmunidan qat'iy nazar, qanday xulosa chiharish kerak bo’lsa, shunday tarzda u auditoriyaga yetkaziladi.
    Faktlarni esa kerakli tartibda tizimlashtirish qiyin emas, ularning ketma- ketligining o’zi auditoriyaga kerakli ma'lumotni beradi va axborot etkazuvchi uchun zarur bo’lgan dunyoharashni shakllantiradi.

    1. Axborot urushi - hozirgi zamon dunyo siyosatining asosiy vositalaridan g’arazli maqsadlarda foydalanish, siyosiy va iqtisodiy hukmronlikka erishish, aholining psixologik holatiga maqsadli ta'sir o’tkazish yo’llaridan biridir. Bu shuningdek, inson tabiatini salbiy va buzg’unchi jihatlarini ham o’zida aks ettiradi. Axborot urushining asosiy mazmuni mamlakatning milliy xavfsizligiga taqdid solgan tarzda ushbu davlatning axborot sohasiga bosim o’tkazishdir.

    Buning natijasida bosim o’tkazilayotgan tomon xulq-atvorini modellashtirish va ularga o’z manfaatiga foyda keltiruvchi ta'sir o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladi. Axborot urushida maqlub bo’lgan mamlakatlar bu urushni butunlay yutqazgan hisoblanadilar, chunki ularni o’zlarini o’nglashga va kelib chiqqan holatni to’g’rilashga qilgan harakatlari juda katta mablaq va uzoq davr talab qiladi hamda ularning hamma xatti-harakatlari qolib davlat tomonidan doimo neytrallashtiriladi va nazorat qilinadi.
    Axborot urushi har doim ham qurollangan kuchlar tomonidan harbiy ob'ektlarga haratilgan bo’lishi shart emas. Bunday urushda xukumat muassasalari, agentliklar, tashkilotlarlar, ishlab chiharuvchi va savdo-sotiq tuzimalari ham ishtirok etadilar. Yuzaga kelgan konfliktlar kelib chiqishida, ularning kechish jarayoniga va natijasiga salmoqli ta'sir ko’rsatuvchi axborot operasiyalarini mustaqil ravishda olib boradilar.
    Bunday operasiyalar "axborot urushi" yoki "axborot kurashi" deb ataladi.
    Demakki, axborot urushida yoki kurashida harbiy ham fuharo ham u yoki bu shaklda ishtirok etadi. Axbort urushi o’z mamlakati milliy manfaatlari uchun raqib tomonidan o’z mamlakatining axborot ustunligini ta'minlash uchun tashkil
    qilingan maxsus operasiyalar va chora tadbirlar kompleksidir.
    Axborot urushi mintaqaviy chegaragalanmagan. Uning boshlanishini aniqlash juda mushkul: u jang vaqtida, tinchlik xukmronlik qilayotgan davrda va krizisli sharoitlarda e'lon qilinmagan holda boshlanishi mumkin. U yoki bu mamlakat o’zi bilmagan holda axborot ta'siri ob'ektiga aylanishi mumkin.
    Bunday urushda front liniyasi mavjud emas. Axborot urushi operasiyalarini farqlash mumkin emas. Bu urushning yuridik yoki axloqiy normalari mavjud emas.
    Axborot urushining quroli qioblanmish texnik vositalarining narxi baland bo’lmagani uchun ishtirokchilarning imkoniyatlari salmoqli ravishda kengayib boradi. Ishtirokchilar: aloqida malakatlar (ularning razvedka organlari va boshqa masus xizmat organlari), jinoyat, teroristik va narkobiznes guruhlari bo’lishi mumkin. Axborot urushining hamma faoliyati raqibning informasion strukturasiga, axborot resurslariga, axborot tizimlariga ta'sir ko’rsatishga haratilgan bo’ladi.
    Demakki, axborot urushining xususiyatlari quyidagilardan iborat.
    Birinchidan, axborot qurolini ishlab chiqish uncha ham qimmat emas va bu ishni turli soha mutaxassislari bajarishi mumkin.
    Ikkinchidan, chegaralarning nisbiyligi: davlatlar, qonuniy va noqonuniy harakatlar, harbiy va noharbiy janglar o’rtasida va x.k.
    Uchinchidan, hujumning oldini olishning imkoniyati cheklanganligi. To’rtinchidan, zararni xisoblab chiqish murakkabligi.
    Beshinchidan, harbiy bloklar, birlashmalar tuzish qiyinligi va h.k.



    Download 94,92 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 94,92 Kb.