Ўzbekiston respublikasi




Download 94,92 Kb.
bet10/16
Sana25.12.2023
Hajmi94,92 Kb.
#128285
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik

Nazorat uchun savollar:


  1. Ba'zi bir davlatlarning axborot bozoridagi hukmronligining oshish tendensiyasi nimadan iborat va u qanday amalga

oshiriladiq

  1. OAVga axborot-psixologik urushni olib borish vositasi sifatida qanday tavsif berar edingizq

  2. Televidenie, radio va davriy matbuotning o’ziga xos psixologik ta'siri qaqida gapirib bering.

  3. Internetning paydo bo’lishi va internet jurnalistikasining takomili qaqida nimani bilasizq

  4. Neyrolingvistik dasturlash jarayonini tushuntirib bering.

  5. "Madaniy bosqich" va "inson huquq"lari ekspansiyasi tushunchalari qaqida nimani bilasizq

  6. Axborot urushi va axborot qurolini tavsiflab bering.

  7. Rivojlangan mamlakatlarning xalharo miqyosidagi yetakchi ommaviy axborot vositalari tomonidan dunyo hamjamiyati

va turli davlatlarda
jamoatchilik fikrini shakllantirish mexanizmi qanday amalga oshiriladiq

  1. Jamoa ruhiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari, axborot manipulyasiyasi, uning maqsad va vazifalari, qoida, usul va

shakllari qaqida gapirib bering.

  1. Axborotdan foydalanish madaniyati tushunchasini izoqlab bering.
    1. mavzu. Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimining komponentlari va mazmuni


Reja:

  1. Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimini yaratishning usullarini.

  2. Milliy axborot tizimlarini takomillashtirish muammolari.

  3. Axborot tizimidan kirib kelayotgan salbiy ta'sirotlarga qarshi kurashish usullari.

  4. Milliy xavsizlikni ta'minlashda O’zbekiston tajribasi.

Tayanch tushunchalar: davlat axborot siyosati, milliy taqdid, milliy xavfsizlik, ijtimoiy xavf, siyosiy konfliktologiya, siyosiy psixologiya.
Insoniyat axborot oqimi tobora tezlashgan, Yer shari aholisi kayfiyatini, ruhiyatini, maqsad va intilishlarini, qolaversa, butun tafakkur tarzini o’zgartirishga qodir bo’lgan axborot texnologiyasi vujudga kelgan bir davrda yashamoqda. Bu hozirgi zamon sivilizasiyasining o’ziga xos yutuqi. Xalqlar, mamlakatlar, davlatlar o’zaro munosabatlarini tobora yaqinlashtirishga, jaxon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini boshharishga, dunyoviy kayfiyat, dunyoviy ruhiyat va maslakning vujudga kelishiga xizmat qiladigan mo’jizakor hodisa.
Biroq sivilizasiyaning ana shunday ulkan, keng miqyosli va serqirra yutuqidan kim qanday maqsadlarda foydalanayaptiq Uni beqiyos va qudratli kuchini nimalarga ishlatayaptiq -degan qaqli savol ham muammoga aylanmoqda.
Umuman olganda insoniyat tafakkuri kengayib, fan-texnika taraqqiyoti jadallashgani sayin insoniyat o’zining buyuk yaratuvchilik qudratini namoyon etmoqda. Shu bilan birga o’zining boshini o’zi oqritadigan, o’z hayotiga o’zi taqdid soladigan, o’z istiqbolini mavqumlashtiradigan holatlarga ham duch kelmoqda.
Insoniyat yozuv ixtiro qilingunga qadar taxminan uch million yil oqzaki aloqa qilgan bo’lsa, undan besh ming yil keyingina sanoat asosida kitob bosishni o’rgandi. Undan besh yuz yil o’tib telefon, radio va televediniega ega bo’ldi. An'anaviy eshituv - ko’ruv vositalaridan kompyuterlarga o’tish uchun esa atigi ellik yilcha vaqt kerak bo’ldi xolos. Ana shu tarixiy qaqiqatning o’zi inson tafakkuri taraqqiyoti, fan-texnika rivoji bilan bog’liq bo’lgan olamshumul o’zgarishlar dinamikasini ko’rsatadi.
Kompyuterlarning yuzaga kelishi esa butun Yer sharini yagona axborot makoniga aylantirdiki, natijada har bir mamlakat taqdiri bilan ham, butun dunyo taqdiri bilan bog’liq bo’lgan voqelik yuzaga keldi.
Bugun O’zbekiston ana shu yagona axborot tizimining faol sub'ektiga aylandi. Uning dunyo bilan aloqasi, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida ishtiroki, davlatlararo munosabatlar, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va madaniy aloqalari umumjaqoi axborot tizimi tarkibida amalga oshirilmoqda. Bu bevosita
elektron pochta, elektron axborot almashish tizimi orqali ham milliy, ham dunyoviy muammolarni hal etishda faoliyat samaradorligini oshirishda, vaqtni tejashda, moliyaviy harajatlarning keskin kamayishida, qolaversa, zamonaviy axborot almashtirish salohiyatini namoyon qilishda katta samara bermoqda.
Biroq bu jarayon bir qator muammolardan ham xoli emas. Jumladan, jahon axborot tizimidan foydalanish darajasining pastligi (5 %), internet tizimining keng rivojlanmaganligi, undan foydalanish darajasining pastligi ko’zga tashlanmoqda.
Ammo masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Bu bevosita axborot bozoridan foydalanayotganda qanday axborotlarni kabul qilish, qanday axborotlardan foydalanish borasidagi salohiyatni ham taqozo etmoqda. Chunki bozorning oddiy xaqiqati shundaki, har kim topganini savdoga chiharadi. Sifati,
mazasi, rangi, ta'mi yoki foydasi jihatidan tanlash xaridorning ixtiyorida. Ana shu hayotiy qonuniyat nuqtai nazaridan qaraganimizda jahon axborot bozorida bizning manfaatlarimizga zid bo’lgan, milliy xususiyatlarimizni, an'analarimizni, turmush tarzimizni mensimaydigan axborotlar ham quruj qilmoqda, hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Bu o’z- o’zidan axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash muammosini ko’ndalang qilib qo’ymoqda.
Hozirgi zamon axborot tizimi, uning juda keng imkoniyatlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, O’zbekistonda axborot olish, saqlash, foydalanish va tarqatishning umummilliy manfaat va umummilliy taraqqiyot nuqtai nazaridan boshharuv mexanizmini yaratish, uning mohiyati va unsurlarni chuqur anglash zarur bo’lib qolmoqda. Ana shu hayotiy ehtiyojdan kelib chiqib axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimini yaratishning quyidagi usullarini qo’llash zarur deb hisoblaymiz:
Birinchidan, sosiologik yo’nalish. Bunda axborot olish va tarqatish jarayonida jamiyat taraqqiyotida axborotning ijtimoiy voqelik sifatidagi
rolidan kelib chiqib jamiyatda shakllanayotgan ijtimoiy ong yo’nalishlari, ijtimoiy tafakkur darajasi va uning oqimlarini o’rganishni yo’lga qo’yish kerak. Aholi turli qatlamlari harashlari, kasbiy va boshqa ijtimoiy holatlari asosidagi fikrlash tarzini aniqlab borish zarur.
Ikkinchidan, statistik yo’nalish. Ko’pmillatli mamlakatda, xususan, 130 dan ortiq millat va elat yashayotgan, 20 ga yaqin diniy konfessiyalar faoliyat ko’rsatayotgan O’zbekistonda millatlararo va dinlararo mojarolarni, turli siyosiy manfaatlar va buzg’unchi g’oyalar ta'sirida kelib chiqishi mumkin bo’lgan siyosiy nizolarni o’rganib borish. Bu borada aniq hisob-kitoblarga, taqliliy yechimlarga ega bo’lish.
Uchinchidan, siyosiy konfliktologiya va siyosiy psixologiya. Axborot- psixologik xavf avj olayotgan bir paytda, turli buzg’unchi g’oyalar inson ongi va tafakkuriga o’z ta'sirini o’tkazayotgan bir sharoitda siyosiy mojarolar kelib chiqishi mumkin bo’lgan manbalarni o’rganish, omillarni aniqlash hamda uning natijasida jamiyatda shakllanishi mumkin bo’lgan jamoatchilik fikri, siyosiy
harashlari, ruhiyati, ijtimoiy-siyosiy psixologiya izchil ravishda o’zgarib borilmoqi lozim.
To’rtinchidan, mantiqiy-tizimiy va funksional taxlil. Axborot tizimi, xususan, axborot-psixologik ta'sir axborot siyosati tizimi va vositasining muhim qismi sifatida baqolanishi lozim. Voqelikka ana shu tarzda yondoshib, ilmiy-taqliliy, nazariy va amaliy xulosalar chiharish kerak. Tiqiz axborotlashgan jamiyatda axborot oqimi ta'sirida shakllanayotgan ijtimoiy fikr fan nuqtai nazaridan izchil o’rganilmoqi, uiing predmeti va metodologiyasini ishlab chiqish muhimdir.
Beshinchidan, axborot tizimida milliy istiqlol g’oyasining ustivorligi. har qanday fuharo axborot bozoridan "maxsulot" tanlash jarayonida uning qalbida, ruhiyatida, kayfiyatida, fe'l-atvorida, bularning barchasining oqibati sifatidagi xatti-harakati va munosabatida mafkuraviy immunitet ustuvorligini ta'minlash.
Albatta, O’zbekistonda mustakillikning o’tgan 18 yili mobaynida ommaviy axborot kommunikasiyasi sohasida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi. Eng avvalo, har bir fuharoning so’z va fikr erkinligi, axborot olish va tarqatish huquqi Konstitusiya bilan kafolatlandi. Ommaviy axborot vositalari to’g’risidagi bir qator qonunlar yaratildi va amalda qo’llanilmoqda. Mustaqil nashrlar soni keskin ko’paydi. Bularning hammasi mamlakat ichki hayotida milliy axborot tizimining o’ziga xos taraqqiyotidan dalolat beradi.
Shu bilan birga O’zbekiston jahon axborot tizimidan foydalanishning eng zamonaviy va tezkor texnologiyasini joriy etdi. Bu nafaqat davlat va xokimiyatning, rasmiy idoralarning, balki nodavlat-notijorat tashkilotlar, xatto, aloqida fuharolarning dunyo axborot bozoriga bemalol kirishi va undan bemalol foydalanish imkonini beradi.
Axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlash tizimi bevosita ijtimoiy xavf, milliy taxdid, taraqqiyotga to’qanoq sifatida baqolanmoqini va unga qarshi kuchli mexanizmni yaratishni taqozo etadi. Bunda davlat axborot siyosati aloqida ahamiyatga ega. Albatta, O’zbekistonda axborot tizimi, uni boshharish, undan foydalanish borasida qator qonunlar bor. Jumladan, axborot olish kafolatlari, elektron pochta, elektron rahamli imzo to’g’risidagi qator qonun xujjatlari qabul qilindi. Biroq bular yetarli emas. Chunonchi, zamonaviy axborot texnologiyalari tobora takomillashib, rivojlanib, axborot olish, saqlash, uni ishlash va tarqatishning shakllari, usullari, uslublari tobora kengayib bormoqdaki, bu butun ko’lami bilan amaldagi konunlarda o’z ifodasini topmagan.
Masalaning ikkinchi tomoni ham bor. O’zbekistonda hozirgi mavjud ijtimoiy fikr, jamiyatning umumiy siyosiy-ma'rifiy darajasi zamonaviy axborot xurujiga va uning shiddatiga dosh berolmaydi. Aniqroqi, uning butun o’lamini, mohiyatini, axborot ostidagi yashirin g’oyani va axborot tarqatuvchi manba maqsadini yetarli darajada baqolay bilmaydi. Natijada axborot bozorida mavjud bo’lgan asosli, jiddiy, fikrlashga chaqiradigan, taraqqiyotga yordam beradigan axborotlarni yetarlicha qabul qila olmaydi. Aksincha, yengil-elpi, shov-shuvli, hayotimizdagi mavjud o’tkinchi kamchilik va nuqsonlarni bo’rttirib ko’tarib chiqqan xabarlarga
berilib ketadi. Ularni tez qabul qiladi. Natijada jamiyatda yalpi o’rtacha kayfiyat, ozurda ruhiyat paydo bo’lishiga imkoniyat yaratiladi. Bunday vaziyatda milliy axborot tizimini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, uning faoliyatini takomillashtirish, ta'sir doirasini oshirish zarur bo’lib qolmoqda. Bu muammolarni qal etish uchun quyidagilarga e'tibor bermoq lozim:
-ommaviy axborot vositalarida hozirgacha shakllangan til, uslub va ifoda usulini o’zgartirish lozim. Jozibador, Ayni paytda hayotga yaqin, eng oddiy fuharo qalbi va ruhiyatiga mos keladigan xalqchil ifoda usulini shakllantirish lozim. Boshqacha qilib aytganda, axborot makonini hayotga, odamlarga, ularning kundalik tashvishu iztiroblariga, yangilanayotgan jamiyat muammolariga yuksak maqorat bilan moslashtirish kerak.
-jamiyatni, uning har bir a'zosini axborot vositalariga qiziqishini orttirish yo’li bilan axborot orqali yuzaga kelayotgan ruhiy tanglik, ma'naviy ozurdalik, boshqacha qilib aytganda, buzg’unchi g’oyalarga ergashish kayfiyatini ommalashib ketishiga chek qo’yish lozim. g’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi fikr, jaholatga qarshi ma'rifat tamoyilining ustivorligiga erishmoq kerak.
-axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlsh maqsadida fuharolik jamiyati institutlari-jamoat tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ular so’zi va fikrini ta'sirchanligini oshirish kerak. Toki har qanday umummanfaat va umumtaraqqiyot yo’lida aytilayotgan so’z har bir tinglovchi qalbiga kirsin, ongiga singsin. Uni raqbatlantirsin, ruqlantirsin, milliy yakdillikka, milliy birlikka dav'at etsin.
Albatta, axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlashning eng samarali yo’llaridan biri to’g’ridan to’g’ri har qanday buzg’unchi g’oyalarga, jamoatchilik fikrini buzadigan xabarlarga asosli tarzda qarshi tura bilish. Ikkinchi tomondan ayni ana shu qarshi tarqibot mexanizmini samarali boshharishni ta'minlash.
hozirgi zamon axborot tizimida shunday hodisalar mavjudki, unga qarshi hiqish u yoqda tursin, uni boshharish, tartibga solish ham mumkin bo’lmay qolmoqda. Demak, bunday sharoitda eng maqbul va samarali usullarni ishlab chiqish zarur. Jumladan:
Birinchidan, jamoatchilik fikrini o’zgartirayotgan, chalqitayotgan vayronkor axborotlar tashqaridan, o’ziga xos himoya qalqoniga ega bo’lgan makonlardan kelayotganligini nazarda tutib, axborot tarqatish borasidagi mojarolarga yo’l qo’ymay, ularga yuksak siyosiy va kasbiy madaniyat orqali yondoshish. Befarqlik, sukut saqlash, kayfiyatiga barham berib, milliy oriyat, milliy nafsoniyat bilan bog’liq holdagi tarqibotchilik imkoniyatimizni namoyon etish yo’lidan borish.
Ikkinchidan, shuni nazardan tutish kerakki, har qanday hujumkor va buzg’unchi g’oyaga qarshi o’z vaqtida, mo’ljalni aniq olib munosabat bildirishda eqtiroslarga berilmaslik, ortiqcha shov-shuvlarga yo’l qo’ymasdan siyosiy vazminlik va bosiqlik, ayni paytda kuchli ta'sir o’tkazish usullarini o’zlashtirmoq lozim.
Axborot sohasida axborot xuruji qizqin avj olgan bir paytda ayni ana shu xurujlar mohiyatini, uning manbalarini, rivojlanish omillarini, ilmiy til bilan aytganda konfliktogen jihatlarini chuqur o’rganish lozim. Buzg’unchi va xujumkor axborotlar maqsadi, iddaosi, ularning tagida yotgan manfaatlar qanchalik to’g’ri o’rganilsa, ularga shunchalik to’g’ri va ishonchli zarba berish mumkin bo’ladi.
XXI asr sivilizasiyasi oqibatida insoniyat hayoti axborot-psixologik taqdid kuchayotgan jarayonni boshdan kechirmoqda. Bu ayniqsa, rivojlanish yo’liga chiqib olgan O’zbekistonday yosh mustaqil davlatlarga salbiy ta'sir o’tkazishi mumkin. Chunki har qanday asossiz, buzg’unchi g’oya o’tish davriga xos bo’lgan juz'iy kamchiliklar va o’tkinchi ijtimoiy-iqtisodiy nuqsonlarni bo’rttirib ko’rsatib, jamoatchilik fikrini chalg’itishi, uning istiqbolga ishonchini susaytirib yuborishi mumkin. Zotan, butun jahon siyosati tobora madaniylashib, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar insoniylashib, davlatlararo manfaatlar ustivorligi yumshayib borayotgan bir paytda ommaviy qirqin qurollaridan foydalanish, terma-yadro xavfini kuchaytirish, atom, vodorod, turli biologik, bakteriologik va kimyoviy aslaqalardan foydalanish ibtidoiy hodisaga aylanib qoldi.
Millatlarni yo’q qilish, ularning ildizini qirqib tashlash, milliy xususiyatlari, an'analari va urf-odatlarini barbod etish yo’li bilan mamlakatlarni zabt etish sivilizasiyaviy hodisaga aylandi. Bunday maqsadni amalga oshirishda axborot tizimidan foydalanish keng avj olib bormoqda. Mustaqil O’zbekiston esa ana shu jarayonda o’zining yangidan-yangi imkoniyatlarini, aqliy salohiyatini o’zini o’zi himoya qilish va har qanday tajovuzlarga qarshi tura olish iqtidorini namoyon etmoqda. Biroq bu yetarli emas. Aniq natijalarga erishish uchun quyidagilarga e'tibor berish lozim, deb o’ylaymiz:
-insonni shaxs va fuharo sifatidagi imkoniyatlarini ro’yobga chiharish va uni shakllantirish;
-insonning o’zini o’zi himoya qila olish instinktini, o’zini o’zi boshharish salohiyatini shakllantirish;
-aloqida odamlar, guruhlar, qatlamlararo munosabatlarni yana ham barharorlashtirish;
-jamoalar birligini, umumiy xonadon-yaxlit mamlakat taqdiri uchun javobgarlik qissini kuchaytirish;
-millatidan va diniy e'tiqodidan qat'iy nazar O’zbekiston fuharosi bo’lgan har bir shaxsning kelajak uchun mas'ulligini ta'minlash;
-kelib chiqishi mumkin bo’lgan mojarolar, kelishmovchiliklar asoslarini, yo’nalishlarini, ularning rivojlanish omillarini va dinamikasini doimiy tarzda, uzluksiz ravishda o’rganib borish.
Ana shu tarzda, albatta, axborot sohasida milliy xavfsizlikni ta'minlashning O’zbekiston tajribasi takomillashib bormoqda. Bu bevosita axborot xuruji avj olayotgan, axborot tarqatish texnologiyalari tobora takomillashib, uning usul va uslublari yangilanib borayotgan bir paytda O’zbekiston ayni ana shu
sivilizasiyaviy jarayonning eng samarali, eng insonparvar usullaridan yana ham kengroq foydalanish imkoniyatlarini qidirmoqda.



Download 94,92 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 94,92 Kb.