• Mavzu: Axborot urushi Reja: Axborot urushi qaqida umumiy tushuncha Axborot
  • Ўzbekiston respublikasi




    Download 94,92 Kb.
    bet6/16
    Sana25.12.2023
    Hajmi94,92 Kb.
    #128285
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik

    Nazorat uchun savollar:


    1. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov ma'rifatparvarlik qaqida nima deganq ("Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir" asari bo’yicha).

    2. Taqdidlar turlari qanday bo’ladiq

    3. Axboriy-psixologik barharorlikka birinchi o’rinda axborot tarqatuvchilar ega bo’lishi nima bilan shartlanadi.

    4. Axboriy taqdidlarga qarshi kurashning yo’llari nimadan iborat.

    5. Mamlakatning axborot va telekommunikasiya vosita va tizimlari xavfsizligiga taqdidlar qanday oqibatlarga olib borishi mumkin.

    6. Shaxs axborot-psixologik xavfsizligiga taqdidlarning manbalari va umumiy tavsifi nimadan iborat.

    7. Shaxs ruhiyatining bioijtimoiy tabiatini tushuntirib bering.

    8. Jamiyat axborot-psixologik xavfsizligiga taqdidlarning manbalarini tavsiflab bering.

    9. Axborot ko’lamini shakllantirish, ichki va xalharo miqyosidagi axborot almashinuvida davlat siyosatidan foydalanishning ahamiyatini tushuntirib bering.

    10. Axborotni qabul qilish, qayta ishlash, tarqatish mexanizmini ifodalab bering.

      1. Mavzu: Axborot urushi Reja:

    1. Axborot urushi qaqida umumiy tushuncha

    2. Axborot urushi turlari

    3. Psixologik urush

    4 Axbort urushining quroli
    Tayanch tushunchalar: axborot urushi, radioelektron kurash, psixologik urush, razvedka vositalaridan foydalangan tarzdagi kurash, xakerlar ishtirokidagi urush, kibernetik urush, axborot quroli.

    Axborot urushi - hozirgi zamon dunyo siyosatining asosiy vositalaridan g’arazli maqsadlarda foydalanish, siyosiy va iqtisodiy hukmronlikka erishish, aholining psixologik holatiga maqsadli ta'sir o’tkazish yo’llaridan biridir. Bu shuningdek, inson tabiatini salbiy va buzg’unchi jihatlarini ham o’zida aks ettiradi. Axborot urushining asosiy mazmuni mamlakatning milliy xavfsizligiga taqdid solgan tarzda ushbu davlatning axborot sohasiga bosim o’tkazishdir.


    Buning natijasida bosim o’tkazilayotgan tomon xulq-atvorini modellashtirish va ularga o’z manfaatiga foyda keltiruvchi ta'sir o’tkazish imkoniyatiga ega bo’ladi. Axborot urushida maqlub bo’lgan mamlakatlar bu urushni butunlay yutqazgan hisoblanadilar, chunki ularni o’zlarini o’nglashga va kelib chiqqan holatni to’g’rilashga qilgan harakatlari juda katta mablaq talab qiladi hamda ularning hamma xatti-harakatlari qolib davlat tomonidan doimo neytrallashtiriladi va nazorat qilinadi.
    Axborot urushi har doim ham qurollangan kuchlar tomonidan harbiy ob'ektlarga haratilgan bo’lishi shart emas. Bunday urushda xukumat muassasalari, agentliklar, tashkilotlarlar, ishlab chiharuvchi va savdo-sotiq tuzimalari ham ishtirok etadilar. Yuzaga kelgan konfliktlar kelib chiqishida,
    ularning kechish jarayoniga va natijasiga salmoqli ta'sir ko’rsatuvchi axborot operasiyalarini mustaqil ravishda olib boradilar.
    Bunday operasiyalar "axborot urushi" yoki "axborot kurashi" deb ataladi.
    Demakki, axborot urushida yoki kurashida harbiy ham fuharo ham u yoki bu shaklda ishtirok etadi.
    Axbort urushi o’z mamlakati milliy manfaatlari uchun raqib tomondan o’z mamlakatining axborot ustunligini ta'minlash uchun tashkil qilingan maxsus operasiyalar va chora tadbirlar kompleksidir.
    Axborot urushi mintaqaviy chegaragalanmagan. Uning boshlanishi aniqlash juda mushkul: u jang vaqtida, tinchlik xukmronlik qilayotgan davrda va krizisli sharoitlarda e'lon qilinmagan holda boshlanishi mumkin. U yoki bu mamlakat o’zi bilmagan holda axborot ta'siri ob'ektiga aylanishi mumkin.
    Bunday urushda front liniyasi mavjud emas. Axborot urushi operasiyalarini farqlash mumkin emas. Bu urushning yuridik yoki axloqiy normalari mavjud emas.
    Axborot urushining quroli qioblanmish texnik vositalarining narxi baland bo’lmagani uchun ishtirokchilarning imkoniyatlari salmoqli ravishda kengayib boradi. Ishtirokchilar: aloqida malakatlar (ularning razvedka organlari va boshqa masus xizmat organlari), jinoyat, teroristik va narkobiznes guruhlari bo’lishi mumkin.
    Axborot urushining hamma faoliyati raqibning axborot tizimlariga va axborot resurslariga ta'sir ko’rsatishga haratilgan bo’ladi.
    Demakki, axborot urushining xususiyatlari quyidagilardan iborat.
    Birinchidan, axborot qurolini ishlab chiqish uncha ham qimmat emas va bu ishni turli sohalar mutaxassislari bajarishi mumkin.
    Ikkinchidan, chegaralarning nisbiyligi: davlatlar, qonuniy va noqonuniy harakatlar, harbiy va noharbiy janglar o’rtasida va x.k.
    Uchinchidan, hujumning oldini olish imkoniyati kamligi. To’rtinchidan, zararni xisoblab chiqish murakkabligi.
    Beshinchidan, harbiy bloklar, birlashmalar tuzish qiyinligi va h.k.



    Download 94,92 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 94,92 Kb.