• 29.1. Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari parametrlari va xarakteristikalarini o’lchash usullari va vositalari. O’lchashlarning vazifasi va turlari
  • 22-ma’ruza optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vositalari. Optik uzatish liniyalarini o’lchashda qo’llaniladigan reflektometrlar va spektro-analizatorlar va ularda o’lchash usullari. Reja




    Download 1,13 Mb.
    bet1/12
    Sana13.05.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #228056
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    22 лекция 2022 (Кириллча)
    fdefswdfs, Yarim o’tkazgichli diod va uning turlari Reja, 99 мактаб Фото руйхат, 5-SINF Informatika va AT, 6-SINF Informatika va AT, davomat jurnali ichi, Milliy o`yinlar ularni ahamiyati. Milliy xarakatli o`yinlarni ta (2), YENGIL ATLETIKANING TARIXIY VUJUDGA KELISHI, jo\'rayev Baxrom 2 chiqarildi, 3a, Abu Nasr Farobiy referat, bus, Elektr-zanjirlarida-rezonans.-Kuchlanish-rezonansi, Mavzu O’zgaruvchan to’k zanjiridagi rezonans hodisalar-fayllar.org, dinshunoslik mustaqil ish

    22-MA’RUZA
    OPTIK ALOQA TIZIMLARI VA TARMOQLARIDA O’LCHASH USULLARI VA VOSITALARI.OPTIK UZATISH LINIYALARINI O’LCHASHDA QO’LLANILADIGAN REFLEKTOMETRLAR VA SPEKTRO-ANALIZATORLAR VA ULARDA O’LCHASH USULLARI.


    Reja:
    Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari parametrlari va xarakteristikalarini o’lchash usullari va vositalari.


    29.1. Optik aloqa tizimlari va tarmoqlari parametrlari va xarakteristikalarini o’lchash usullari va vositalari.
    O’lchashlarning vazifasi va turlari

    TOUT ni qurish va ishlatish (ekspluatasiya) jarayonida kabellar, liniya qurilmalari holatini, liniya apparaturasining ishlash sifatini aniqlash, shuningdek, aloqaning ishonchligini oshirish choralarini ishlab chiqish maqsadida statistik ma’lumotlarni to’plash uchun o’lchashlar majmuasi (kompleksi) o’tkaziladi.


    OK lar va TOUT apparaturasini ishlab chiqarish jarayonida o’lchanadigan parametrlar va xarakteristikalar pasport ma’lumotlari ko’rinishida hujjatlashtirilishi lozim bo’lib, ular amaldagi DSt va TSH lar me’yorlariga mos bo’lishi kerak. Ko’rsatilgan moslikni tekshirish kirish nazoratida amalga oshiriladi.
    TOUT ni qurish jarayonida qurilish va aloqa sifatini nazorat qilish maqsadida quyidagi parametrlar o’lchanadi: OT ning qurilish uzunliklarida va montaj qilingan regenerasiyalash uchastkalarida so’nishi; OT larning ulanishlari kiritadigan so’nishlar; uzatuvchi chiqish va qabul qiluvchi kirish optoelektron modullaridagi optik nurlanish quvvatining satxlari; xatoliklar koeffisienti. Zarurat bo’lganda buzilish (shikastlanish) joylari aniqlanadi.
    OK da metall o’tkazgichlar mavjud bo’lganda kabelga oid TSH larga muvofiq ravishda elektr zanjirlarining parametrlarini o’lchash va sinash o’tkaziladi, jumladan metall elementlar va tashqi qobiq izolyasiyasining elektr qarshiligi yuqori kuchlanishli o’zgarmas yoki o’zgaruvchan tokda o’lchanadi (metall elementlar orasidagi metall qobiq va bron orasidagi, bron va suv orasidagi izolasiyalar va h.k.). O’lchash apparaturasini ko’pincha maxsus moslashtirilgan avtomashinalarda joylashtiriladi, bu esa qurilish va montaj qilish jarayonini tezlashtirish imkonini beradi.
    Ishlatish jarayonida o’lchashlar liniya qurilmalarining va ogohlantiruv va buzilishlarning oldini olish apparaturasining texnik holatini aniqlash uchun bajariladi. Ularni profilaktik, nazorat va avariyaviy o’lchashlarga ajratiladi.
    Profilaktik o’lchashlar tasdiqlangan reja bo’yicha o’tkaziladi. O’lchashlar tarkibi, hajmi va davriyligi mahalliy sharoitlar, kabelning holati va h.k. larga bog’liq holda belgilanadi.
    Nazorat va sinov o’lchashlari ta’mirlashdan keyin ta’minlash tiklash ishlari sifatini aniqlash maqsadida bajariladi.
    Avariyaviy o’lchashlar kabelning buzilgan joyi va parametrini aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
    YUqori tezlikli kogerent TOUT larning joriy etilishi bilan hozirgi vaqtda nazorat qilinmaydigan parametrlarni o’lchash ehtiyoji tug’iladi.
    Tezkor modulasiyali TOUT ning xarakteristikalari va ishonchliligi lazerli diodlarning spektral xarakteristikalariga kuchli bog’liq bo’lganligi uchun optik nurlanish manbalarining sifatini nazorat qilish zarurati tug’iladi. Bunda spektr kengligini, modalar sonini, to’lqin uzunligini, spektral polosa kengligini (taqsimlangan teskari aloqali lazerlar uchun va tashqi rezonatorli lazerlar uchun), nurlanayotgan quvvatning maksimumiga mos to’lqin uzunligini, simmetriyani, yonaki modalarni so’ndirish koeffisientini, to’lqin uzunligining turg’unligini, ya’ni «chirp-effekt» o’lchanadi. Bundan tashqari, tor polosali filtrlar uchun tashqi rezonatorlar effektlarini baholash va generasiyaning modadan modaga sakrashi yoki modalarning bo’linishi ro’y berayotgani - bermayotganini tekshirish lozim. Modulasiyalangan signalning impuls xarakteristikalarini; impulsning ortish va pasayish vaqtini, kuchsizlanish koeffisientini, impulsning davomiyligi va silliqligi o’lchanadi. Fotoqabul qilgichning sifatini baholashda ishchi chastotalar polosalarini, sezgirligini, shovqin darajasi va fototokini o’lchanadi.
    Kogerent TOUT lar uchun OT ning so’nishi va dispersiyasi bilan bir qatorda tolaning polarizasion (qutbiy) xarakteristikasi ham muhim rol o’ynaydi. Bir modali bir polyarizasion yorug’lik diodlardan foydalanilganda ularni o’lchash zarurati tug’iladi. TOUT ning passiv komponentlari (tarmoqlagichlar, attenyuatorlar, filtrlar, razyomlar) uchun spektral xarakteristikalarni va qaytish so’ndirishini nazorat qilishga to’g’ri keladi. Keyingisi katta ahamiyatga ega, chunki ROS lazerlar va Fobri-Pero lazerlari bu parametrga katta sezgirlikka ega.
    OK larni va TOUT liniya traktlarini qurish va ishlatish bosqichlarida o’tkaziladigan o’lchash va sinash natijalarini DSt va TSH larda ko’rsatilgan parametrlar va xarakteristikalarning me’yorlariga mosligini tekshiriladi.
    Optik kabellarning eng muhim parametrlari so’nish bo’lib, uni o’lchash TOUT ni yaratish va ishlatishning barcha bosqichlarida amalga oshiriladi.



    Download 1,13 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    22-ma’ruza optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o’lchash usullari va vositalari. Optik uzatish liniyalarini o’lchashda qo’llaniladigan reflektometrlar va spektro-analizatorlar va ularda o’lchash usullari. Reja

    Download 1,13 Mb.