Me’yorlanadigan sifat ko’rsatkichlari




Download 0.84 Mb.
bet9/52
Sana29.03.2017
Hajmi0.84 Mb.
#2613
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
1. G i d r o t o z a l a sh (yonilg’ilarni tozalashda). Bu usul yuqori harorat va bosimda katalizator ishtirokida, vodorod vositasida vodorod sulfid N2ga birikib, ulardan tozalanadi. Bu usulda asosan dizel yonilg’ilari tozalanadi.

Masalan, tarkibida 1,0-1,3% oltingugurt bo’lgan dizel distillyatlari tozalangandan so’ng, tayyor maxsulotdagi oltingugurt miqdori 0,02-0,06% dan oshmaydi va 97-98% kimyoviy barqaror yonilg’i olinadi.

Moyli distillyatlarni tozalashda selektiv tozalash usulidan foydalaniladi. Uning 2 xil yo’nalishi mavjud:

1) moy tarkibida har xil kerakmas aralashmalar èrituvchilar bilan reaktsiyaga kirishib tozalanadi;

2) moyning asosiy qismi ajralib chiqadi, uning sifatini yomonlashtiruvchi aralashmalar èsa qoladi.

Olingan qatlamlar ajratilgach, èrituvchi haydaladi va qaytadan ishlatiladi. Birinchi usulda èrituvchi aralashmalar, ikkinchi usulda èsa uglevodorod moylar haydaladi. Selektiv èrituvchilar sifatida suyuq propan, fenol, furfurol kabi organik birikmalardan foydalaniladi.

Qotish harorati past bo’lgan qishki sort motor moylarini olish uchun, maxsulot selektiv tozalangandan so’ng deparafinlanadi, ya’ni suyuqlik harorati-200S dan yuqori bo’lgan qattik parafinlardan tozalanadi. Deparafinlash uchun qotish harorati past bo’lgan atseton, dixloretan, suyuq propan kabi organik birikmalar ishlatiladi. Moy èrituvchi bilan birgalikda kerakli haroratgacha sovitiladi va filtrlanadi. Parafinlar filtrda qoladi, èrituvchi èsa moyda haydaladi.

Selektiv tozalashda olingan maxsulotlarning xossalari va miqdori ko’p jixatdan xom ashyoning tarkibiga, èrituvchining miqdoriga, hamda sarfiga, haroratga va ishlov berishning davom ètish vaqtiga bog’liq.




Download 0.84 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Download 0.84 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Me’yorlanadigan sifat ko’rsatkichlari

Download 0.84 Mb.