FTAI
Jild: 03 | Nashr: 09 | Nov 2022
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri http://bilig.academiascience.org
112
Xo‗jamqulova Nafisa
1
1
O‗zbekiston –Finlandiya Pedagogika institute, Pedagogika fakulteti
o‗qituvchisi
BOSHLANG‗ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI O‗QISH
MASHG‗ULOTLARIDA SHEVAGA XOS SO‗ZLARNI O‗RGATISHDA
―PIRLS‖ MASHQLARINI QO‗LLASH
FAN, TA’LIM VA
AMALIYOT
INTEGRATSIYASI
ISSN: 2181-1776
Annotatsiya: Hozirgi ta‟lim tizimida xalqaro tadqiqotlari doirasida turli ta‟lim
tizimiga ega bo„lgan davlatlar bugungi kunda oʻquvchilarining o„qish sifati va o„qilgan
matnni tushunish darajasi o„rganiladi. Aynan xalqaro tadqiqotlarga 4-sinf o„quvchilarining
tanlanishi shu bilan e‟tiborliki, o„qishning bu davrda to„rtinchi yilida o„quvchilar
o„qishning yuqori darajasiga ega bo„lishi, ularning keyingi ta‟limda
bilimni egallash
qobiliyatini shakllantirish ta‟lim tizimidagi ba‟zi yutuqlarni qo„lga
kiritishiga zamin
yaratadi.
Kalit soʻzlar:
o‟qish
savodxonligi,
PIRLS tadqiqoti, xalqaro baholash jarayonlari.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta‟lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig„i
Ulug„bek Tashkenbayev hamda Ta‟lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA –
International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement)ning
Amsterdamdagi direktori Andrea Netton o„rtasida O„zbekistonning PIRLS-2021
baholash
tizimida ishtirok etishi yuzasidan 25-yanvar kuni ilk rasmiy uchrashuv tashkil qilindi.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta‟lim
sifatini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi tomonidan
xalqaro baholash tadqiqotlar,
jumladan,
OECD tashkiloti
bilan PISA-2021 xalqaro baholash tadqiqotlarida ishtirok etish bo„yicha
kelishuvga
erishilgan edi.