IV. Ma’lumotlari yetishmaydigan va ma’lumotlari ortiqcha bo’lgan masala-topshiriqlar




Download 0.51 Mb.
bet18/38
Sana13.06.2021
Hajmi0.51 Mb.
#14990
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
IV. Ma’lumotlari yetishmaydigan va ma’lumotlari ortiqcha bo’lgan masala-topshiriqlar.

Ma’lumotlari yetishmaydigan va ma’lumotlari ortiqcha bo’lgan masala-topshiriqlar boshlang’ich sinf matematika darsliklarida nihoyatda oz keltirilgan. II sinf matematika darsligida 1 ta shartida ortiqcha ma’lumotli masala-topshiriq, III sinf matematika darsligida 9 ta shartida ma’lumotlar yetishmaydigan masala-topshiriq berilgan. Bu darsliklardagi o’quv topshiriqlarining 0,2% ini tashkil etadi. Tajriba va kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, oxirgi yillarda nashr etilgan darsliklarda ma’lumotlari yetishmaydigan va ma’lumotlari ortiqcha bo’lgan masala-topshiriqlarning deyarli kiritilmaganligi va matematika ta’limi jarayonida o’qituvchilarning bunday mazmundagi o’quv topshiriqlari bilan o’quvchilarni tanishtirmayotganligi amaliyotda uchrayotgan bu ko’rinishdagi masala-topshiriqlarni bajarishda o’quvchilarning qiyinchiliklarga duch kelishlariga sabab bo’lmoqda.

Albatta, bunday masalalar o’quvchi fikrini charxlaydi, mantiqiy mulohaza yuritish ko’nikmasini tarkib toptiradi, masala matni to’liq bo’lishi uchun yetishmovchi ma’lumot yoki ortiqcha ma’lumotni aniqlay olishga imkon beradi, o’quvchida taqqoslash, solishtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy faoliyat ko’nikmalarini o’stiradi.

O’tkazilgan tajribalar, o’quvchilarning ma’lumotlari yetishmaydigan va ma’lumotlari ortiqcha bo’lgan masala-topshiriqlar bilan muntazam tanishtirib borilishi ularda ijodiy faoliyatning o’sishi, mustaqil fikr yuritish ko’nikmasining tarkib topishi, mantiqiy tafakkurining o’sishiga katta ta’sir etishini ko’rsatdi.





Download 0.51 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Download 0.51 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV. Ma’lumotlari yetishmaydigan va ma’lumotlari ortiqcha bo’lgan masala-topshiriqlar

Download 0.51 Mb.