• Касб (мутахассислик) коди ва номи
  • Ўқув дастури номи
  • 1 - Mavzu: Kirish. Umumiy qoidalar. Qoidalarda qo‘llaniladigan asosiy tushuncha va atamalar. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari. Yo‘l transport hodisasi sodir etgan haydovchilarning vazifalari.
  • Buxoro shahar kasb-hunar maktabi Yo`l Xarakati qoidalari va harakat xavfsizligi fanidan




    Download 10.44 Mb.
    bet1/20
    Sana04.09.2022
    Hajmi10.44 Mb.
    #25568
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20



    Buxoro shahar kasb-hunar maktabi


    Yo`l Xarakati qoidalari va harakat xavfsizligi fanidan



    Касб (мутахассислик) коди ва номи:



    3.51.05.01- Автомобилларни таьмирлаш чилангари

    Квалификация номи:

    “B” ёки “BC” тоифали автомобиль хайдовчиси



    Ўқув дастури номи:

    Йўл ҳаракати қоидалари ва ҳаракат хавфсизлиги



    Ўқув режадаги тартиб рақами:

    3.2.1



    Ажратилган соат:

    180

    Buxoro 2020-2021 yil




    1 - Mavzu: Kirish. Umumiy qoidalar. Qoidalarda qo‘llaniladigan asosiy tushuncha va atamalar. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari. Yo‘l transport hodisasi sodir etgan haydovchilarning vazifalari.


    Tayanch iboralar. Qoidalar. Asosiy tushunchalar. Atamalar. Haydovchining majburiyatlari. YTH sodir bo‘lganda haydovchining vazifalari.

    Ma’lumki, har qanday faoliyatni amalga oshirishda, uni to‘g‘ri tashkil qilishda biror narsaga ya’ni qandaydir qonuniyatlarga asoslanish, maqsadga erishishning yagona to‘g‘ri yo‘li hisoblanadi. Shu o‘rinda yo‘l harakatini to‘g‘ri tashkil qilishda insoniyat tarixida juda ko‘plab qoidalar ishlab chiqilgan va ular takomillashib borgan. Yo‘l harakati qoidalari juda qadimga borib taqaladi. Yo‘llarda birinchi transport vositalari - «izvoshlar» paydo bo‘lishi bilan, ular uchun harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Keyinchalik dastlabki avtomobillar yo‘lga chiqqanda, tezliklari juda past bo‘lsa ham, ularni oldida bir kishi yugurib yurib yo‘ldagi odamlarni ogohlantirib chetga chiqarib yurgan.Keyinchalik shu tartibda har bir davlatda o‘zlarining yo‘llarida harakatlanish qoidalari ishlab chiqilgan. Davlatlarning rivojlanishi ular orasidagi aloqalarni ham rivojlantirib bordi va dunyoda o‘zaro hamkorlik qiladigan davlatlar o‘rtasida yo‘llarda harakatlanish yagona qoidalarini qo‘llashni talab qila boshladi. Shunday qilib, xalqaro kelishuvlarga asos solindi va 1909 yilda birinchi xalqaro konventsiya qabul qilingan bo‘lib, unda atigi 4ta yo‘l belgi qabul qilingan edi:


    Bular: 1) Notekis yul 2) Xavfli burilishlar 3) Temiryo‘l kesishmasi 4) Chorraha yo‘l belgilaridir.
    Keyinchalik xalqaro konventsiya talablari asosida «yo‘llada harakatlanish qoidalari» ishlab chiqila boshladi. O‘zbekistonda oxirgi yo‘l harakati qoidalari 2001 yil mart oyidan kuchga kirgan.
    «Yo‘l harakati qoidalari»ni boblar bo‘yicha o‘rganib chiqamiz.
    I-bob. Umumiy qoidalar;
    Umumiy qoidalar 5 bandni o‘z ichiga oladi.
    1-band: Respublika yo‘llarida harakatlanishning yagona tartiblarini;
    2-band: Respublikadagi yo‘llarda TVlarning o‘ng taraflama harakati;
    3-band: Yo‘l harakati qatnashchilariga talablar;
    4-band: Yo‘l harakati qatnashchilarining vazifalari;
    5-band:Qoidani yuridik himoyalaydi.
    II-bob. Qoidada qo‘llaniladigan asosiy tushuncha va atamalar.
    Bu bob 45ta asosiy tushuncha va atamalarni o‘z ichiga oladi. Ular yo‘l harakati qoidalarini o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir.
    III-bob. Haydovchilarning umumiy majburiyatlari.
    Haydovchilarni umumiy majburiyatlari 6 bandni o‘z ichiga oladi.
    1-band: Xaydovchining zaruriy xujjatlarini o‘z ichiga oladi;
    2-band: Haydovchilik guvohnomasi bo‘lgan shaxsning vakolatini;
    3-band: Mototsikl haydovchining huquqini;
    4-band: Xalqaro yo‘llarda harakatlanishni;
    5-band: Haydovchini majburiyatlarini;
    6-band: Haydovchilarga taqiqlangan harakatlarni.
    IV-bob. YTH sodir etgan haydovchilarning vazifalari.
    Ushbu bob 2 bandni o‘z ichiga oladi.
    1-band: YTH sodir bo‘lganda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni barchasi yoritilgan. 2-band: YTH da zarar kam miqdorda bo‘lgandagi holati yoritilgan.

    Nazorat savollari:


    1. Umumiy qoidalarda qanday bandlar kiritilgan?
    2. Qanday asosiy tushunchalar qoidalarda o‘rin olgan?
    3. Qanday asosiy atamalar qoidalarda o‘rin olgan?
    4. Haydovchilarning umumiy majburiyatlariga qanday vazifalar kiradi?
    5. YTH lar sodir etilganda haydovchilarning vazifalari qanday?



    Download 10.44 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 10.44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Buxoro shahar kasb-hunar maktabi Yo`l Xarakati qoidalari va harakat xavfsizligi fanidan

    Download 10.44 Mb.