• Toksikozlar
  • ETIOLOGIYaSI
  • EtiologiyaSI: ilgari tuxum hujayra ekzotoksinlar manbai deb hisoblanganligi uchun toksikoz deb nomlanardi, lekin hozircha hech kim toksin topmagan. Patogenezi




    Download 168 Kb.
    bet1/25
    Sana25.03.2017
    Hajmi168 Kb.
    #2199
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25

    Homiladorlik toksikozlari (HT) tushunchasi homiladorlik tufayli yuzaga kelgan va homiladorlik tugashi bilan bartaraf bo’ladigan barcha patologik holatlarni o’z ichiga oladi. HT ona va bola tomonidan asoratlarga olib kelishi mumkin, ba’zan ekstragenital patologiyalarga ham sabab bo’ladi.

    Toksikozlar – ayol organizmida homiladorlik tufayli vujudga keladigan patologik holat bo’lib, ko’pgina simptomlar bilan namoyon bo’ladi, ulardan asosiysi markaziy nerv sistemasi, qon tomirlari holatining va moddalar almashinuvining buzilishidir.

    Erta paydo bo’ladigan toksikozlar asosan nerv, endokrin sistemasi, ovqat hazm qilish yo’llari, immunologik va boshqa sistemalar holatiga bog`liq bo’ladi. Bunda ayolning ko’ngli ayniydi, qayta-qayta qayt qiladi, so’lagi oqadi va hokazo.

    Hozirgi kunda 50 dan ortiq nazariyalar borki, ularda erta paydo bo’ladigan toksikozlar turlicha talqin qilinadi. Bizda kortiko-vissteral nazariya keng tarqalgan bo’lib, 1950 yil boshida mashhur akusherlar S. M. Bekker, A. P. Nikolaev, A. A. Lebedevlar buni I. P. Pavlovnint markaziy nerv sistemasi faoliyatini o’rganish nazariyasiga asoslangan holda talqin qiladilar. Bu nazariya bo’yicha erta paydo bo’ladigan toksikozlarda reflektor reakstiya izdan chiqadi. Refleks esa bachadondagi nerv oxirlarining homila tuxumi ta’sirlashi natijasida vujudga keladigan impulslaridir. Evropa va Amerika Qo’shma Shtatlari olimlari XG gormonning (xoriogonik gonadotropin) ko’p ishlanib chiqishi natijasida jigar faoliyati buziladi, deb hisoblaydilar. 1937 yilda franstuz olimi Brindoan va boshqalar erta gestoz (to’xtovsiz qusish) XG gormoni konstentrastiyasi normallasha borgan sari ayolning ahvoli yaxshilana borishini kuzatganlar.

    ETIOLOGIYaSI: ilgari tuxum hujayra ekzotoksinlar manbai deb hisoblanganligi uchun toksikoz deb nomlanardi , lekin hozircha hech kim toksin topmagan.

    PATOGENEZI. Erta toksikoz rivojlanish mexanizmini tushuntiruvchi nazariyalar: reflektor, nevrogen, gormonal, allergik, immunologik, kortiko-vissteral.

    Zamonaviy nazariyalarga ko’ra: ilk va kechki toksikozlar ayol organizmining rivojlanib borayotgan homiladorlikka moslasha olmayotganligi tufayli kelib chiqadi. Homiladorlikning birinchi va ikkinchi yarmida uchraydigan hamma toksikozlar ko’proq anamnezi og`irlashgan homiladorlarda yuzaga keladi.Ularda aniq patologik ko’rinishlar bo’lmasa-da,homiladorlik qo’zg`atuvchi omil bo’lib hisoblanadi va homiladorlik asoratlariga olib keladi.





    1. Download 168 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 168 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    EtiologiyaSI: ilgari tuxum hujayra ekzotoksinlar manbai deb hisoblanganligi uchun toksikoz deb nomlanardi, lekin hozircha hech kim toksin topmagan. Patogenezi

    Download 168 Kb.