2
Texnologik xarita
Mavzu:
MODDA VA UNING XOSSALARI
Maqsad, vazifa
Ta’limiy - moddalarning turli-tumanligi va ularni
jismlardan farqi hamda har bir moddani o‘ziga hos
xossalari haqida ilmiy tushunchalar berish.
Moddalardan foydalanish
uchun ularning xossalarini
bilish zarurligini tushuntirish.
Jism, modda tushunchalarining mohiyatini aniq bilib
olish.
Tarbiyaviy – O’quvchilarni o’z maqsadiga erishish ruhida
tarbiyalash.
Moddalardan foydalanishda
tejamkorlikka va ularni
asrashga o‘rgatish.
Bir-birlariga o’zaro hurmat, jamoa bo’lib ishlash, o’zaro
yordam va berilgan vazifani bajarishda mahsuliyat sezish
ko’nikmalarini tarkib toptirish.
Rivojlantiruvchi maqsad – O’quvchilarni mustaqil ishlash,
ijodiy
izlanish, guruxlarda ishlash orqali bilim olishga,
xotirani mustahkamlashga,
tez fikrlash, fikrni aniq
ifodalashga o’rgatish, kimyoviy til madaniyatini o’stirish.
O’quv jarayonining
mazmuni
Modda, jism kabi tushunchalarini botanika,
fizika fanlaridan olgan bilimlari va kundalik
turmushdan olgan amaliy ko‘nikmalarini yodga
olib, mavzuga bog’lanadi.
O‘quvchilarga bir xil moddadan iborat bo‘lgan
turli jismlar va har-xil moddalardan iborat
bo‘lgan turli jismlar namunalari bilan tanishish.
Tabiatda
uchraydigan
mineral
moddalar
namunalar haqida bilish.
Osh tuzi, shakar, ko‘mir, oltingugurt namunalari
asosida ularni xossalari bilan tanishish.
Moddalarni ta’riflash.
Laboratoriya ishi davomida o’quvchilarda kuzatish,
kuzatish natijalarini solishtirish va hulosa qilish
malakalari shakllantirish.