• 1. MAVZU. KİRİSh. HAYoTİY FAOLİYaT XAVFSİZLİGİNİNG ASOSİY NUCHALARİ. FANNİNG PREDMETİ, OBEKTİ, MAQSADİ VA MAZMUNİ. Reja
  • Nukus-2013 mavzu. KİRİSh. HayoTİy faoliYat xavfsiZLİGİNİng asosiy nuchalari. Fanning predmeti, obekti, maqsadi va mazmuni. Reja




    Download 479 Kb.
    bet1/60
    Sana15.03.2017
    Hajmi479 Kb.
    #98
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60

    O`ZBEKISTAN RESPUBLİKASI

    XALQ TA’LIM VAZIRLIGI


    AJİNİYaZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGİK İNSTİTUTI

    Zoologiya kafedrasi
    XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
    pa’ni boyınsha

    ma’ruzalar to’plomi


    b.f.n. Atanazarov Q

    Nukus-2013

    1. MAVZU. KİRİSh. HAYoTİY FAOLİYaT XAVFSİZLİGİNİNG ASOSİY NUCHALARİ. FANNİNG PREDMETİ, OBEKTİ, MAQSADİ VA MAZMUNİ.
    Reja:


    1. Kirish.

    2. Hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) fanining ahamiyati va uning tarkibi.

    3. Hayotiy faoliyat xavfsizligini ta`minlash asoslari.

    4. Xavfsizlikni ta`minlash usullari, ta`riflari.

    5. Mehnatni muhofaza qilishda tashkiliy va huquqiy masalalar.

    6. wzbekiston Respublikasida mehnat muhofazasii nazorat qiluvchi tashkilotlar.

    7. Jarohat va kasbiy kasalliklar.

    8. Mehnat xavfsizligi standartlari majmuasi.

    Respublikamizda chuqur iqtisodiy wzgarish bwlayotgan bir davrda, kadrlar tayyorlashning milliy dasturi kuchga kirishi, yuqoridagi fikrni amalga oshirishning dastlabki bosqichi bwlib xizmat qiladi. Kwp bosqichli ta`lim tizimiga binoan oliygohlarda tayyorlanadigan bakalavrlar uchun wquv rejasiga «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» fanining kiritilishi bwlg`usi mutaxassislarning bilimini chuqurlashtirilishiga yordam berishi swzsizdir.

    Hayotiy faoliyat xavfsizligi (HFX) fanining diqqat markaziga qwyilgan maqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi rolidir. Hayotiy faoliyat xavfsizligi-bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning hamma faol harakati (mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportda) uning faoliyatini tashkil qiladi.

    1. Hayotiy faoliyat xavfsizligi fani wz tarkibiga inson faoliyatining atrof-muhit bilan aloqasi, mehnat faoliyatidagi xavfsizligi va favqulodda vaziyatlardagi xavfsizligi bwlimlarini qamrab olgandir. Hayotiy faoliyat xavfsizligi printsip va usullar asosida: baxtsiz, hodisalar, qurbonlar va ular natijasida kelib chiqadigan zararlarni kamaytirish masalalarini keng miqyosda qwyadigan va hal qiladigan fandir. HFX-bu har qanday kwrinishdagi faoliyatga qwllanishi mumkin bwlgan xavfsizlikning nazariy asosidir.

    «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» kursi bwlg`usi mutaxassislarni mehnat muhofazasining ilmiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish va ularda ishlab chiqarishdagi mehnat sharoiti hamda mehnat muhofazasini yaxshilash muammolarini ijobiy hal etishga qiziqish uyg`otishga mwljallangan. Buning ilmiy

    zamini esa quyidagilardan iboratdir.: ishlab chiqarishda shikastlanish, kasalliklar, ishlab chiqarishda sodir bwladigan yong`in hamda portlashlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish; ishlab chiqarishdagi xavflilik va zararlilik darajasini wrganish; twqimachilik, paxta, ipak va engil sanoatda qabul qilingan yoki joriy etishga tavsiya etiladigan, og`ir hamda sermehnat ishlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni kwzda tutuvchi texnologik jarayonlarni baholash. Mazkur kurs «Ergonomika», «Muhandislik psixologiyasi», «Mehnatni ilmiy tashkil qilish», «Texnik estetika», «Mehnat fiziologiyasi va gigienasi», «Huquqshunoslik», «Iqtisodiyot», «Atrof muhitni muhofaza qilish» kabi fanlar bilan bog`langandir.

    2. HFX fanining diqqat markaziga qwyilgan maqsad bu insonning jamiyat taraqqiyotidagi roli.

    Mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli, u bilan bog`liq masalalarni wrganishni wz oldiga maqsad qilib qwyadi.

    Hozirgi vaqtda inson-tabiiy, texnik, iqtisodiy va boshqa har xil xavf-xatar dunyosida ishlaydi. Shu xavf-xatarlar natijasida juda kwp insonlar hayotdan kwz yumadilar (Armanistodagi zilzila, Chernobil AES halokati, Jigaristondagi er siljishi, Admiral Naximov paroxodining chwkishi, Serdlovskiyda Chelyabinsk-Ufa temir yo`l uchastkasida portlash va h.k.). Shuning natijasida 3000 dan ortiq odam halok bwldi. 20000 odam nogiron bwldi va 200000 odam kasallandi.

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining 42-sessiyasida 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va falokatlarni kamaytirish bexatarlik yillari, deb belgilangan edi.

    Hayotiy faoliyat xafvsizligi tushunchasida kwp uchraydigan ta`riflar bilan belgilanadi.

    Faoliyat-insonning jamiyatda mavjud bwlishi uchun kerakli sharoit. Mehnat-faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, inosnning ta`rifi-harakatdagi, mehnatdagi faoliyatidadir.

    Mehnat va faoliyat shakllari turlicha bwlib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma`naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni wz ichiga oladi.

    Xavflar-yashirin (potentsial) va haqiqiy bwladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bwlishi lozim. Bu shartlar sabab deb ataladi. Xavf va sabalarni misollar (raqamlarda) kwrish mumkin:

    Swnggi 30 yil ichida (69-1990 y.) tabiiy ofat ikki marta kwpaygan;

    1909 yildan 1974 yilgacha asabiy kasalliklar 24 marta kwpaygan;

    Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogironlar bwlib, ularning 1/5 qismi baxtsiz hodisa natijasida bwlgan.

    Har qanday faoliyat yashirin (potentsial) xavflidir. Shu bilan birga xavf darajasini boshqarish ham mumkin. Buf ikr mutlaqo xavfsiz faoliyat bwlmasligiga asoslangan.

    Xavfsizlik – bu ayrim extimollarga asoslanib paydo bwladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir.

    Xavfsizlik – bu maqsad, HFX bwlsa shu maqsadga erishish uchun qwllanadigan vositalar, yo`l-yo`riq, qwllanmalar usullardir.

    HFX – bu xavf-xatarlarni wrganish va insonni himoya qilishni wrganadigan fandir.

    3. Xavfsizlikning umumiy nazariyasining tuzilishida tamoyil (printsip)lar va usullar kwrilayotgan bilim sohasida aloqador twg`rsida twla tasavvur qilishga metodologik ahamiyatga ega.

    Asos (negiz, printsip)-bu fikr, g`oya, maqsad (asosiy holatdir).

    Usul-bu eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo`li.

    Xavfsizlikni ta`minlash choralari – bu usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.

    Asoslar, usullar, choralar – bu xavfsizlikni ta`min etishdagi mantiqiy pog`onalardir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog`liq.

    4. İnson wz mehnat faoliyati jarayonida bwladigan fazo – ish joyi deb ataladi (gomosfera). Xavf mavjud yoki vaqti-vaqti bilan paydo bwladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni ta`minlashga quyidagi 3 xil usullar orqali erishiladi:

    A) Gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqtiy ma`noda ajratib qwyish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, robotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi.

    B) Xavflarni yo`qotish yo`li bilan noksosferani me`yorlashtirish. Bu usulga ishchilarning shovqin, gaz, changdan, jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va kollektiv himoya vositalari qwllash.

    V) Bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashishga, uni himoyalashdarajasini kwtarishga yo`naltirilgan har xil vositalar va usullarni wz ichiga oladi. Kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta`sir va (shaxsiy) himoya vositalari qwllash. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar (kombinatsiyasi) birgalikda qwllaniladi.

    Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalarga, jamoa (kollektiv) va shaxsiy himoya vositalari kiradi. (JXV va ShXV). Ular wz yo`lida xavflarning turiga, tuzilishiga, ishlatish sohasiga nisbatan guruhlarga bwlinadi.

    5.Mehnat muhofazasi bwlimi «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» fanining mutaxassislikka tegishli asosiy nazariy qismini beradi. Aniq muammolar, transport vositalari, texnologikjarayonlar, ish turlari, bino va inshootlar uchun xavfsizlikni ta`minlash har bir fanning mutaxassislik kurslarida beriladi.

    Mehnat muhofazasi borasida ilmiy tadqiqot ishlarini mehnatni muhofazasi qilish institituti va oliy wquv yurtlarining HFX kafedralari, kwplab tibbiyot ilmiy-tadqiqiot tashkilotlarida olib boriladi. Odatda barcha standart va texnik talablarga «Xavfsizlik texnikasi» talablari kiritiladi.

    Mehnat sharoitining yaxshilanishi ijtimoiy natijalarga-ya`ni mehnatkashlarning sog`lig`ini yaxshilash, wz ishidan mamnunlik darajasini oishirish, mehnat intizomini mustahkamlash, ishlab chiqarish va jamoat faoliyatini oshirishga olib keladi.

    Mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biron bir yangi mashina yoki mexanizm ishlab chiqarishga qabul qilinmasligi kerak. Shuningdek mehnat muhofazasi talablariga javob bermaydigan biror sex yoki korxona ekspluatatsiyasiga tushirilmasligi kerak.

    Wzbekistonda mehnat muhofazasi kwplab qonun chiqaruvchi rasmiy hujjatlar bilan belgilab qwyilgan bwlib, tartibga solib va boshqarib turiladi. wzbekiston Respublikasi konstitutsiyasida, mehnat haqidagi qonunlar asoslarida mehnat muhofazasiga oid asosiy nizomlar keltirilgan.

    Wzbekiston Respublikasida sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish davlat ahamiyatiga molik ishdir. wzbekiston Respublikasi konstititsiyasida: Har bir shaxs … «ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir» - deylgan.

    Wzbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga muvofiq Davlatimiz fuqarolari, millati va irqidan qat`iy nazar, teng huquqlidirlar. Ayollarga erkaklar bilan teng huquqi berilgan. Sharoiti og`ir va zararli ishlarda ayollar va yoshlar mehnatidan foydalanish ta`qiqilanadi. Homilador ayolllarning tunda va ishdan tashqari vaqtda ishlashlari cheklangan.

    Mehnat haqidagi qonunlar asoslarida, sharoiti zararli bwlgan ishlarda, shuningdek, alohida harorat sharoitida bajariladigan yoki ifloslanish bilan bog`liq ishlarda ishlaydigan ishchi-xizmatchilarga belgilangan me`yorlarga muvofiq bepul jamokor, maxsus poyafzal va boshqa turdagi yakka tartibdagi himoya vositalari, su tyoki uning wrnini bosa oladigan boshqa ozuqa mahsuloti berilishi kwzda tutilgan.

    Homilador ayollarga bola tug`ilishidan oldin 70 kun, tug`ilishdan 56 kun ta`til beriladi. 2 va undan ortiq bola tug`ilsa yoki tug`ilish me`yorli bwlgan hollarda 70 kun ta`til beriladi. Hozir haq twlanadigan ta`til vaqti 2 yilgacha, wz hisobidan olinadigan ta`til 3 yilgacha chwzilgan (233,234-moddalar) (8). Homilador ayollar engil ishlarga yoki twliqmass ish joylariga wtkaziladilar.

    16 yoshga twlmagan yoshlarni ishga qabul qilish ta`qiqlangan. Ayrim hollarda 15 yoshdan ham ishga olish mumkin (mehnat muhofazasi inspektsiyasining ruxsati bilan) (773 modda) (8). Balog`at yoshiga etmagan (16 dan 18 gacha) yoshlar uchun qisqartirilgan olti soatlik ish kuni joriy etilgan. Tungi va asosiy vaqtdan tashqari qwshimcha ishlar ta`qiqlangan.

    6. Mehnat muhofazasi bwyicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga topshirilgan:

    1. wz.R.mehnat va ijtimoiy ta`minot Vazirligi. Mehnat muhofazasi Davlat inspektsiyasi;

    2. Sanoat kon texnik nazorati agentligi;

    3. Davlat sanitariya nazorati;

    4. Davlat yong`in nazorati;

    5. Davlat energiya nazorati.
    1. Mehnat muhofazasi Davlat texnik inspektsiyasi.

    Bular korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bwyicha me`yor va qoidalariga rioya qilish, sanoat sanitariyasi va mehnat gigienasiga rioya qilish, mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiladi. Har bir tarmoq wz texnik inspektoriga ega.

    11. Sanoat. davlat kon texnik nzorati agentligi.

    Bu tashkilot bug` qozonlarining twg`ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan, yuk kwtarish mashinalari (kwtarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish nazorat qiladi.

    111. Davlat sanitariya nazorati –Bu tashkilot havoni suvni va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo`qotish, sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlik, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiladi.

    IV. Davlat yong`in nazorati – bu tashkilot yong`inga qarshi tadbirlarni, wt wchirish vositalarining holatini, yong`in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiladi.

    V. Davlat energiya nazorati – bu tashkilot korxonalaridagi energiya sistemalarining texnik ekspluattsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiladi.

    Dalvt qonunchiligi mehnat muhofazasi qoida va me`yorlarining buzilishi uchun qat`iy javobgarlik belgilaydi. Javobgarlik turlari (3 turlidir):

    1. Ma`muriy javobgarlik (uyaltirish, xayfsan e`lon qilish, vaqtincha yoki butunlay past darajali ishga wtkazish, imtiyozlarini cheklash),

    2. Jinoiy javobgarlik. wz. R. jinoyat protsessual kodeksiga binoan olib boriladi. Masalan:

    - qoidaning buzilishi baxtsiz hodisaga olib kelsa, bir yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki ozodlikdan mahrum qilish yoki besh minimal okladgacha jarima, yoki ishdan bwshatish choralari qwllanadi;

    - qoidaning buzilishi tan jarohatiga yoki mehnat qobiliyatini yo`qtishga olib kelsa, 3 yilgacha ozodlkdan mahrum qilish yoki bir yilgacha axloq tuzatish choralari qwllanadi;

    - qoidaning buzilishi kishining wlimiga yoki bir necha kishining og`ir tan jarohatiga sabab bwlsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum bwlishi mumkin;

    -korxonadan chiqayotgan chiqindilar tufayli havo va suv havzalarining ifloslanishi uchun 1 yilgacha axloq tuzatish ishlariga yoki besh minimal okladgacha jarima twlanadi.

    3. Moddiy javobgarlik.

    Qonunsiz ravishda ishdan bwshatilgan, majburiy ish qoldirgan, kasbiy kasallik tufayli jabrlangan kishiga twlangan haqni rahbar lavozimidagi xodimdan qisman yoki twliq undirib olish.

    7. Jarohat – tana a`zolarini va twqimalarni kutilmagan holatda tashqi ta`sir ostida shikastlanishdir. Jarohatlar ikki turli bwladi:

    1-ishlab chiqarish jarohatlari;

    2-maishiy jarohatlar.

    Ishlab chiqarish jarohatlari wz navbatida

    - mexanik (urib olish, kesilib ketishi, ezilish va h.k.);

    - kimyoviy (kimyoviy kuyishlar);

    - issiqlik (kuyish va muzlatib olish);

    - elektrik (elektr zarbalar);

    - aralash jarohatlar turlariga bwlinadi.

    Korxonalarda kwpincha aralash jarohat turlari uchraydi.

    Kasbiy kasalliklar – bular ishlovchi uchun zararli ish sharoitlarining ta`siri natijasida hosil bwladi.

    Twqimachilik, engil sanoat va tolali materiallarni dastlabki ishlash (paxta tozalash zavodlari lubzavodlar) korxonalariga taalluqli kasbiy kasalliklar silikoz, pnevmokonioz, teri kasalliklari, dermatitlar, gidroadenitlar (ipakchilik korxonalari) va shularga wxshashlar.

    Zararli ish sharoitlariga tananing ayrim a`zolarining yoki bir guruh mushaklarning uzoq vaqt majburan zwriqishi, sex havosiga tarqalib ketgan zararli moddalarning ta`siri, yoqimsiz meteorologik sharoitlar, me`yordan yuqori shovqin, titrash, yoritilganlik, atmosfera bosimidagi katta tafovutlar.

    Jarohatlarni tadqiq qilish turlari.

    Statistik turi. Bu turda jarohatlarning qaytarilishi chastota va og`irlik nisbiy kwrsatkichlarida taqqoslab baho beriladi.

    bu erda: Kch-chastota koeffitsienti;

    a-hisobot vaqtida sodir bwlgan jarohatlar soni;

    -ishlovchilarning rwyxat bwyicha soni;

    1000-solishtirma son


    bu erda-og`irlik koeffitsient.

    s-ishga yaroqsizlik tufayli yo`qotilgan kunlarning umumiy soni.

    Monografik turi.Bu erda eng xavfli hisoblangan uchastka, sex yoki mashina tanlab olinadi va har taraflama sinchiklab wrganiladi. Masalan, mashina bwlsa, xom ashyoning berilishi, tayyor mahsulot chiqarilishi, texnologiyasi, kinematikasi, elektr sxemasi, chiqindilar chiqishi, ekspluatatsiyasi va h.k. Natijada, nafaqat bwlib wtgan, balki bwlishi mumkin bwlgan, baxtsiz hodisalar sabablari ham aniqlanadi. Bu baxtsiz hodisalarni kamaytirish bwyicha tadbirlar tuzish imkonini beradi.

    Topografik turi. Bu turi bwlib wtgan baxtsiz hodisalarni joylari bwyicha wrganish imkonini beradi. Butun baxtsiz hodisalar sex yoki korxona planiga ma`lum belgilar bilan belgilanib beriladi. Yilning oxirida belgilar soniga qarab eng xafvli uchastka aniqlab olinadi. Bunga qarab profilaktik tadbirlar belgilanadi.

    İqtisodiy turi. Bu turda korxonaning jarohatlar tufayli kwrgan zarari, hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish tadbirlarining sotsial-iqtisodiy samaradorligi baholanadi.

    Mamlakatimizda taxminan 3,5 ming yuk kwtarish kranlari mavjud bwlib, shundan 1400 tasi «charchagan». Termiz shahrida 5 tonnalik kran 400 kg yuk kwtara turib yiqilib tushgan.

    Har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki wz kwzi bilan kwrgan odam darhol masterga, sex boshlig`i yoki ishboshiga xabar berishi kerak. Master bu haqida eshitgan zahoti, jabrlanuvchiga yordamga oshiqadi, ya`ni medpunktga xabar beradi, sex boshlig`iga xabar beradi va jarohat sodir bwlgan sharoitini saqlab qolishga harakat qiladi.

    8. wzbekiston Davlat standarti ishlab chiqish va joriy etish ustida ish olib bormoqda. Bu majmualar ishlab chiqarish uskunalari va jarayonlariga, ishlovchilarni himoyalash vositalariga hamda korxonalarning mehnat muhofazasi sohasidagi ishni tashkil qilishga taalluqlidir.

    Yangi texnologik jarayonlarning yaratilish, yangi ashyolarning qwllanishi printsip jihatdan yangicha yondoshuvni, mehnat xavfsizligini ta`minlashning yangi usullar hamda vositalarini ishlab chiqishni, shuningdek ana shu masalalar bwyicha yangi me`yortivlarni yaratishni taqozo etadi. Shu sababli mehnat muhofazasiga doir me`yortiv hujjatlarni tartibga solish zarurati paydo bwldi. Bu hujjatlar davlat standartlashtirish sistemasining tarkibiy qismiga aylanadi.

    Mehnat xavfsizligi standartlari majmuasi (MXSM)-bu wzaro bog`liq standartlar majmuasidan iborat bwlib, ular uch guruhga bwlinadi va quyidagilarni belgilaydi: xavfli va zararli ishlab chiqarish omillariga doir umumiy talablar hamda me`yorlar; ishlab chiqarish jarayonlariga doir xavfsizlikning umumiy talablari; ishlovchilarni himoyalash vositalariga doir talablar; mehnat xavfsizligini baholash metodikasi. Sanoat korxonalarining texnologik uskunalariga doir umumiy talablari «Mehnat xavfsizligi talablari majmuasi. Sanoat korxonalari uchun texnologik uskunalar. Xavfsizlikning umumiy talablari» da bayon etilgan.

    Wzbekiston Vazirlar kengashining standartlar bwyicha Davlat qwmitasi standartlarini besh yil muddatga belgilaydi; bu muddat wtgandan swng ular yangilanadi va qayta kwrib chiqiladi. MXSM standartlari umumdavlat, tarmoq respublika miqyosida bwlishi mumkin. Ushbu standartlarni hamma vazirliklar, idoralar, korxona va muassasalar bajarishga majbur. Ularga amal qilmaganlar qonun yo`li bilan jazolanadilar.

    Mavzu bwyicha savollar


    1. Xavfsizlik taksonomiyasi nima

    2. Xavfsizlikni ta`minlashning texnik tamoyillarini aytingq

    3. wzbekiston Respublikasida insonning hayotiy faoliyati xavfsizligini qaysi hujjatlar ta`minlaydiq

    4. wzbekiston Respublikasi «Mehnat kodeksi» ning asosiy mazmuni nimadan iboratq


    Download 479 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




    Download 479 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Nukus-2013 mavzu. KİRİSh. HayoTİy faoliYat xavfsiZLİGİNİng asosiy nuchalari. Fanning predmeti, obekti, maqsadi va mazmuni. Reja

    Download 479 Kb.