• TOPSHIRIQLAR TO‘PLAMI (O‘quv - uslubiy qo‘llanma) I QISM
  • Tuzuvchi
  • Taqrizchilar
  • PIRLS ( Progress in International Reading and Literacy Study)
  • O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi




    Download 1.57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/36
    Sana03.12.2023
    Hajmi1.57 Mb.
    #110434
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    PIRLS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLAR TOPLAMI (Oquv - uslubiy qollanma)
    tarbiya usullari va shakllari, 221-I 26.04.1996, 3-20 Mexanika Kurs ishi, 3-mavzu, Tayanch harakatlanish sistemasigadoir testlar-fayllar.org, hal qilish va resurislardan samarali foydalanish, Berilganlar bazasi, Innovatsiya, Creative Personality at Work Katya Stoyheva, Abdullayev Husniddin Kurs ishi, Mustaqil mavzular, 2 mavzu Investitsiyalarni hisoblashning dinamik usullari uzb


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
     
     SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI 
    QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI 
    OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI 
     
     
     
     
     
     
     
    PIRLS TADQIQOTLARI UCHUN 
    TOPSHIRIQLAR TO‘PLAMI
     
     (O‘quv - uslubiy qo‘llanma) 
    I QISM 
     
     
     
    Uslubiy qo‘llanma Samarqand viloyati xalq ta’limi 
    xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
    oshirish hududiy markazi Ilmiy-metodik kengashida
    muhokama qilinib, nashrga tavsiya etilgan.
     

     
     
    Samarqand – 2019 



    UDK-373.1 (571.1)
    BBK- 74.2 O‘Z 
    P - 46 
    PIRLS tadqiqotlari uchun topshiriqlar to‘plami. O‘quv-uslubiy 
    qo‘llanma (1-qism) -
    Samarqand XTXQTUMOHM. -2019. 64 bet. 
    Ushbu o‘quv- uslubiy qo‘llanma umumta’lim maktablarining boshlangʻich 
    sinf oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, boshlang‘ich sinflarda PIRLS 
    tadqiqotlari uchun o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha 
    topshiriqlar tayyorlash yuzasidan uslubiy tavsiyalar berilgan.
    Tuzuvchi: D.Rabbonayeva – Samarqand XTXQTUMOHM 
    Maktabgacha, boshlangʻich va maxsus ta’lim
    metodikasi kafedrasi oʻqituvchisi 
    Mas’ul muharrir: S.Yo‘ldosheva–Samarqand VXTXQTUMOHM,
    Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti 
     Taqrizchilar: M.Raximqulova–SamarqandVXTXQTUMOHM, Maktabgacha,
    boshlangʻich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti 
    S.Diyarova – Samarqand shahar 24-umumta’lim maktab
    1- toifali boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
    Samarqand viloyat xalq ta’limi
     xodimlarini qayta tayyorlash va ularning
    malakasini oshirish hududiy markazi 
    ISBN 978-9943-5376-1-3 



    Kirish 
    O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-
    yilning 29-aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-
    yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonni 
    imzoladi. 
    Farmon bilan Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
    konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo‘l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur 
    konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi yo‘nalishlarini belgilab 
    berdi: 
    - O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for 
    International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash 
    dasturi reytingi bo‘yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga 
    kirishiga erishish; 
    - uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek 
    professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 

    o‘qitish 
    metodikasini 
    takomillashtirish, 
    ta’lim-tarbiya 
    jarayoniga 
    individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; 
    - xalq ta’limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va 
    innovatsion loyihalarni joriy etish; 
    - xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va 
    budjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish; 
    - yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari 
    ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy etish; 
    - davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat 
    muhitini kengaytirish; 



    - yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan 
    kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq 
    etish; 
    - xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida 
    umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash, moddiy 
    rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib 
    borish. 
    Konsepsiya xalq ta’limi sohasidagi mavjud muammolarni aniqlaydi. 
    Umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda qator muammolar mavjud. Jumladan, 
    maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta’minlash va moliyalashda davlat 
    tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta’minlash 
    borasida ham kamchiliklardan holi emas. 
    Konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini 
    belgilaydi. Xususan, umumiy o‘rta ta’lim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, 
    boshlng‘ich ta’lim, xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, 
    kimyo va biologiya kabi fanlar bo‘yicha yangi o‘quv standartlari, dastur hamda 
    darsliklar yaratiladi. O‘quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda 
    kasb-hunar tanlash hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar 
    yaratiladi. 
    O‘zbekistonning 2030
    - yilga kelib PISA (The Programme for International 
    Student Assessment)
    , PIRLS (Progress in International Reading and Literacy 
    Study) Xalqaro miqyosda o‘quvchilarni baholash dasturi reytingi bo‘yicha 
    jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakati qatoriga kirishiga erishish ko‘zda 
    tutilgan. 
    Ushbu muddatga qadar STEAM-fanlarni hisobga olgan holda innovatsion 
    iqtisodiyot talablariga javob beruvchi yangi davlat ta’lim standartlari va dasturlari 
    joriy etilishi lozim. 



    O‘zbekiston Respublikasi umumtaʼlim muassasalarining ta’lim oluvchi 
    yoshlari 2021-yildan boshlab xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi. Vazirlar 
    Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini 
    baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi. Unga asosan 9-sinf oʻquvchilari 
    PISA, boshlangʻich sinf oʻquvchilari PIRLS, 4- va 8-sinf o‘quvchilari TIMSS
    xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi va bu borada amalga oshirilishi lozim 
    boʻlgan vazifalar belgilandi. 
    Baholash jarayon ta’lim taraqqiyotini belgilovchi muhim mezon bo‘lganligi 
    uchun Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
    o‘quvchlar bilimlarini baholash bo‘yicha xalqaro dasturlarni amaliyotga joriy 
    etish maqsadida ilk qadamlar tashlandi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi
    Prezidentining 2018-yi 5-sentabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini 
    takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5538 
    sonli Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta`limini 2030- yilgacha 
    rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi” PF-5712 sonli Farmoni
    Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida ta’lim 
    sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari 
    to‘g‘risida”gi 997-sonli qarori qabul qilindi.
    Ushbu qo‘llanma PIRLS dasturi asosida didaktik topshiriqlar tayyorlash 
    bo‘yicha o‘qituvchilarning ilmiy va uslubiy bilimlarini rivojlantirishga yaqindan 
    yordam beradi. 




    Download 1.57 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 1.57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi

    Download 1.57 Mb.
    Pdf ko'rish