• PIRLS ( Progress in International Reading and Literacy Study)
  • PISA xalqaro baholash dasturi PISA
  • Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro




    Download 1,57 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/36
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,57 Mb.
    #110434
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    PIRLS TADQIQOTLARI UCHUN TOPSHIRIQLAR TOPLAMI (Oquv - uslubiy qollanma)
    tarbiya usullari va shakllari, 221-I 26.04.1996, 3-20 Mexanika Kurs ishi, 3-mavzu, Tayanch harakatlanish sistemasigadoir testlar-fayllar.org, hal qilish va resurislardan samarali foydalanish, Berilganlar bazasi, Innovatsiya, Creative Personality at Work Katya Stoyheva, Abdullayev Husniddin Kurs ishi, Mustaqil mavzular, 2 mavzu Investitsiyalarni hisoblashning dinamik usullari uzb, Abdurahmonov-Fizika, КУЗНЕЦОВ ПРЕЗЕНТАЦИЯ ЭЛЕКТРОСТАТИКА 5
    Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro 
    tadqiqotlarni tashkil etish 
    O‘quvchilarda ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash bo‘yicha xalqaro 
    tadqiqot dasturlari quyidagicha nomlanadi:
    PISA (The Programme for International Student Assessment) –turli 
    davlatlarda 15 yoshli o‘quvchilarning savodxonligini (o‘qish, matematika, tabiiy 
    fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qo‘llash qobiliyatini baholovchi dastur. 
    PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) – 
    boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini 
    aniqlovchi xalqaro tadqiqot. 
    TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Study) – 4, 8-
    sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish 
    darajasini aniqlovchi xalqaro monitoring.
    Prezidentimiz tomonidan 2021-yil o‘quv yilida Respublikamiz ta’lim 
    tizimida o‘quvchilar bilimini PISA xalqaro tadqiqot darsuri orqali baholash 
    sistemasini joriy etish belgilandi.
    PISA xalqaro baholash dasturi 
    PISA (The Programme for International Student Assesment) - 
    O‘quvchilarning ta’lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur 
    bo‘lib, dasturning asosiy maqsadi – 15 yoshli o‘quvchi yoshlarning o‘qish 
    savodxonligi, matematik savodxonlik va tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonlik 
    darajalarini turli xil testlar ko‘rinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar 
    o‘quvchi yoshlarning ijodiy va tanqidiy fikrlashiga, olgan bilimlarini hayotda 
    qo‘llay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu ko‘nikmalarni hosil 
    qilishga undashdir.
    Ushbu dastur 1997- yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, har uch yilda bir marta 
    o‘tkazib kelinadi, birinchi marta 2000-yilda o‘tkazilgan. Har uch yilda bitta fan 
    yo‘nalishiga afzallik berilib , ja’mi testlar majmuasining deyarli 50 % shu fanga 
    mansub bo‘ladi. 2000- yilda ilk bor o‘qish savodxonligiga urg‘u berilgan.



    Aynan 15 yoshli o‘quvchi yoshlar o‘rtasida dasturni amalga oshirilishi 
    sababi ushbu yoshda aksar iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo 
    davlatlarning o‘quvchi yoshlari majburiy ta’limning oxirgi bosqichiga o‘tishadi.
    Dasturning asosiy maqsadi o‘quvchilarning maktabda olgan bilimini emas
    balki olgan malaka, bilim va ko‘nikmalarni hayotda qo‘llashni bilish va natijani 
    tahlil qila olish, vaziyatdan chiqa olish, baholashni bilishni tekshirishdir.
    Bu dastur 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Dastur boʻyicha har uch yilda 
    oʻquvchilarning bilimini baholash maqsadida sinovlar oʻtkaziladi. Hozirgi 
    kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va 2018 yillar) PISA 
    dasturi boʻyicha testlar oʻtkazilgan boʻlib, keyingi sinovlar 2021- yilda boʻlishi 
    rejalashtirilgan. Mamlakatimiz ham 2021- yildan bu dasturga qoʻshilishga 
    tayyorgarlik koʻrmoqda. Hozirgi zamon mutaxassisida bu bilimlarni tahlil qilish, 
    ulardan yangi maʻlumotlarni hosil qila olish, xalq tili bilan aytganda “kosa 
    tagidagi nimkosa”ni koʻra olish kompetensiyasi birinchi oʻringa koʻtarilayapti.
    PISA testlari xuddi shu oʻzgarishlarni ta’lim tizimida aks ettirish, maktab 
    oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan hodisalarni tahlil qilish, 
    ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qay darajada 
    egallayotganini, taʻlim tizimining bu oʻzgarishlarga qanchalik moslashayotganini 
    aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. 

    Download 1,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 1,57 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro

    Download 1,57 Mb.
    Pdf ko'rish