• 1.Milliy transport tizimi faoliyatini takomillashtirishda logistikani tadbiq etishning asosiy muammolari
  • O’zbekiston respublikasida logistika xizmatini shakllanishi va




    Download 50.67 Kb.
    bet1/12
    Sana31.01.2024
    Hajmi50.67 Kb.
    #149268
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    3 мавзу
    kompyuterli matematik tizimlar testlar 2, qadimgi dunyo tarixi 6 rus, MARKETING test, 4 pedagogika psixologiya, ANORA .ISTAMOVA ;MOPERTYUI PRINSIPI, Bebutov Jumabek Nodir o’gli (2), Kurs ishi Hamroqulova Oltinoy 23996, A. Xolliev Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi, kimyoviy bog\'lanish, Документ Microsoft Word, 7-sinf biologiya yangi, HAMROQULOVA K, HAMROQULOVA K, ELEKTRO MAGNIT TO`LQINLAR, 7-sinf Fizika yillik konspekt

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA LOGISTIKA XIZMATINI SHAKLLANISHI VA 
    1. Milliy transport tizimi faoliyatini takomillashtirishda logistikani tadbiq etishning asosiy muammolari
    2. Transport-logistika markazlariga yaratilgan imkoniyatlar
    3. Logistik jarayonlarning transport ta’minoti tadqiqoti
    4. Multimodal logistika markazlari tashkil qilishning jahon amaliyoti va uni mamalakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati
    5. O’zbekiston respublikasi korxonalari faoliyati samaradorligini logistik autsorsing tizimi asosida oshiris

    1.Milliy transport tizimi faoliyatini takomillashtirishda logistikani tadbiq etishning asosiy muammolari

    Jahon iqtisodiyotining muhim infratuzilmaviy tarmoqlaridan biri transport tizimi bo’lib, uni rivojlantirish har bir mamlakat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Butun dunyoda xalqaro savdo va iqtisodiy aloqalarning globallashuvi, ichki va tashqi bozorda yuqori raqobatga ega bo’lishi, tadbirkorlik va turizm salohiyati transport tizimi-ning rivojlanganligi bilan belgilanadi. Jahon banki ma’lumotlariga ko’ra, yillik transport xizmatlari ko’rsatish hajmi 4,2 trln. AQSh dollarini, shundan avtomobil transportining ulushi 2,1 trln. AQSh dollarni tashkil etib, dunyo YaIM tarkibida 10 foizga borib yetgan[1]. Xalqaro transport xizmatlari bozorida murosasiz raqobat kechayotgan bir paytda iste’molchilar talabini qondirish va yangi hududlarni egallash uchun innovasion marketing faoliyatinidan foydalanish har bir rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakat taraqiyotining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi.
    So’ngi o’n yillikda mamlakatimizda transporti xizmatlari bozori va uning muhim infratuzilmasini tashkil etish hamda rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Avtombil transporti respublika transport tizimining yetakchi tarmog’i bo’lib, ushbu transport turi zimmasiga umumiy tashilayotgan yuklarning 93 foizdan, yo’lovchilarning 98 foizdan ko’prog’i, shuningdek, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 10 foizi, ishlab chiqarish fondlarining 15 foizi va mehnatga band bo’lganlarning 4 foizi to’g’ri keladi[2]. Ammo avtomobil transporti tizimida rentabellik darajasining pastligi, uning aholi salomatligi va ekologiyaga ta’siri talab darajasida emasligi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektorlarida transport xarajatlari ulushining yuqoriligi, hududlarning yo’l tarmoqlari va infratuzilma obyektlari bilan notekis ta’minlanishi aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining transport xizmatlariga bo’lgan talablarini baho va sifat jihatdan qondira olmayapti. Shu boisdan, samarali va iste’molchilarga yo’naltirilgan transport xizmatlarini ko’rsatish uchun avtomobil transporti tizimida innovasion marketing faoliyatini takomillashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakat strategiyasida «xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, shuningdek, aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yuk va yo’lovchi tashish faoliyatini yaxshilash, ularning xavfsizligini oshirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish»[3] vazifalari belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi respublikamiz avtomobil transporti tizimida innovasion marketing faoliyatini takomillashtirishni taqozo etadi.
    Jahon standart talablariga mos transport-yo’l infratuzilmasini yaxshi-lash va avtomobil transport xizmat ko’rsatish faoliyatini tizimli tashkil qilish, mijoz va transport korxonalari munosabatlarini uyg’unlashtiruvchi innovasion marketing faoliyati samaradorligini oshirish usullarini tatbiq etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash imkonini beruvchi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Shu jihatdan O’zbekiston avtomobil transporti tizimida innovasion marketing faoliyatini takomillashtirish bo’yicha tadqiqotlarni olib borish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi PF-4947-sonli farmoni, 2015 yil 6 martdagi PQ-1446-sonli «2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo’l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiyalash dasturi to’g’risida»gi qarori va 2017 yil 2 dekabrdagi «2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish va yuk tashishning tashqi savdo yo’nalishlarini diversifikasiyalashga doir chora-tadbirlar to’g’risi–dagi» PQ-3422-sonli qarori mazkur sohaga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muayyan darajada xizmat qiladi.
    O’zbekiston Respublikasining yagona transport bozorini tashkil etish transport strategiyasining asosiy maqsadlaridan biridir. Hududda joylashuvi milliy transport infratuzilmasining in­tensiv rivojlanishini ta’minlash maqsadida logistik boshqaruv yondashuvini amalga oshirish asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
    Transport tizimining muhimligi iqtisodiy rivojlanish uchun maqsadli dasturni amalga oshirishni, har xil transport turlarini rivojlantirishga qaratilgan kompleks maqsadli dasturni amalga oshirishni taqozo etadi. Transport muammolari tizimli yondashuv nuktai nazardan kelib chiqqan holda o’z yechimini topadi va maxsus dastur ishlab chiqishni taqozo etadi. Bu dasturning tarkibiga quyidagi asosiy tamoyillarni kiritish maqsadga muvofiqdir:
    - transport infratuzilmasini ekspluatasiya qilish va rivojlantirish;
    - yo’lovchi va yuk transporti xizmatlarini takomil-lashtirish;
    - xalqaro transport aloqalari. Transport yo’lakla-ri. Qo’shish davlatlar bilan hamkorlik va jahon transport tarmogiga integrasiyalashuv;
    - transport tizimlarining integrasiyalashuvi;
    - barcha xil transportlarda harakat xavfeizligini ta’minlash;
    - transport va uning infratuzilmasi rivojlani-shida ekologik masalalar;
    - transport statistikasi va axborot infratuzilmasi;
    - transport sohasida qonunchilik;
    - fan va ta’lim.
    Mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish bazasida muomalaning va infratuzilmani ko’p assortimentli xomashyo yo’nalishlarini boshqarish bilan bog’liq, chunki har xil texnologik obyektlar davlat tasarrufida markazlashtirilgan bo’lib, tarmoq va hududiy mahsulotlarni sotish va ta’minlash tizimini tashkil etadi.
    O’zbekistonda logistikaning sekin rivojlanishiga sabab bo’layotgan quyidagi muammolarni alohida ajratishimiz mumkin:
    Birinchidan logistika tushunchasi ko’pgina ishbilar-mon va menedjerlar uchun yangilik. O’zbekistonda malakali mutaxassislar talab darajasida yetishmaydi, lo­gistika sohasida menedjerlar, ishbilarmonlar kam, bu esa logistikaning mohiyatinm tushunishni qiyinlashtiradi.
    Ikkinchidan, tashkilotlarida logistika tamoyilla-rini amalga oshirish uchun sharoit yetishmaydi. Ko’pgina tashkilotlar iqtisodiyo't rejasi oldida «tizzagacha cho’-kishgan». Ko’pgina korxonalarda logistika xizmatini shakllantirishda qiyinchiliklar mavjud bo’lib turibdi. XususiY firmalar xodimlari bajarilishi kerak bo’lgan funksiyalari va bu bo’linmalarning faoliyati hakida past tasavvurga egadirlar.
    Uchinchidan, milliy qonunchilik xalqaro k.onunchilikda, xalqaro savdo sohasida, harakat, xalqaro tashish, milliy tashish va ichki tashish shuningdek, aralash ta­shish masalalarida hali yetarlicha o’zaro moslashtiril-magan.
    Bugungi kunda logistika mamlakatimizda hududiy hamda xalqaro miqyosda tovarlarni tashish zanjiri, logistika operasiyalarni tartibga solish va boshqarishda milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirishdagi roli va ahamiyati yildan yilga oshib bormoqda. Mamlakatimiz kichik biznes va logistik tizim sohasida bozor iqtisodiyotining turli mulkchilik shakllarini rivojlantirishni yanada kuchaytrish asosida ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirish, mahsulot harakatlarini optimallashtirishning innovasion yo’nalishlaridan foydalanish, biznes jarayonlarini rivojlantirishda logistikaning funksional faoliyati, logistika tizimini rivojlantirish va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlarini bog’lash tendensiyalari, logistik markazlar infratuzilmasi va uni rivojlantirish mexanizmlari, hududiy kichik biznes logistik tizim subyektlarining samarali faoliyatiga xalaqit qilayotgan muammolarni tadqiq etish va uni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’rish dolzarb masalalar hisoblanadi.



    Download 50.67 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 50.67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasida logistika xizmatini shakllanishi va

    Download 50.67 Kb.