• O’zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimi
  • O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida




    Download 1.19 Mb.
    bet4/17
    Sana26.03.2019
    Hajmi1.19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

    21.

    Davlat boshqaruvida ruxsat beruvchi tartibotlar va qoidalarni maqbullashtirish.

    2017 yil II chorak

    Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

    Davlat raqobat qo’mitasi,

    Savdo-sanoat palatasi, O’zstandart agentligi, vazirlik va idoralar


    -

    -

    Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

    Loyiha davlat boshqaruvida ruxsat berish normalarini qayta ko’rib chiqish va qisqartirish, litsenziyalashning ayrim turlarini ruxsatnomalarga, mahsulotlarni sertifikatlashni — ularning muvofiqligini deklaratsiya qilish turiga o’tkazishni nazarda tutadi.



    22.

    Vazirliklar, idoralar, xo’jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati shaffofligini ta’minlash.

    Yil davomida

    Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari

    -

    -

    Chora-tadbirlar dasturi.

    Dastur vazirliklar, idoralar, xo’jalik birlashmalari hamda hokimlarning tegishli ishlar yoki hisobot davrlari yakunlari bo’yicha ommaviy axborot vositalari, rasmiy idoraviy internet saytlari yoki videokonferentsaloqa tizimi orqali hisobot berishni tashkil etishni nazarda tutadi.



    23.

    Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash.

    Har chorak yakuni bo’yicha

    Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ijtimoiy tadqiqotlar instituti, DBA, SMTI, FJShMQMI, «Ijtimoiy fikr» markazi

    100,0

    Ijrochilarning mablag’lari

    Chora-tadbirlar dasturi. Dastur:

    davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tizimini ishlab chiqish, aholi o’rtasida sotsiologik so’rovlar o’tkazish;

    sotsiologik so’rovlar orqali aholining vazirlik, idoralar va mahalliy hokimiyat organlarining faoliyati natijalariga, ular tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlarining sifatiga baho berish tizimini joriy etish;

    ishchi indikatorlar tizimi va sotsiologik so’rovlar orqali davlat boshqaruvi organlari va mahalliy hokimiyat organlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholashni nazarda tutadi.



    24.

    Davlat xizmatchilarining moddiy va ijtimoiy ta’minotini tubdan takomillashtirish.

    2017 yil, III chorak

    Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar

    187 400,0

    Davlat byudjeti mablag’lari

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada:

    davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga ish haqi to’lashning yagona tarif setkasini takomillashtirish;

    davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlari faoliyati samaradorligi natijasidan kelib chiqib, rag’batlantirish choralarini ko’rish;

    davlat idoralarida ko’p yillik xizmat qilgani uchun oylik ish haqiga ustamalar to’lash tizimini qayta ko’rib chiqish;

    davlat xizmatchilari uchun davlat uy-joy fondini shakllantirish;

    idoraviy uy-joylar qurish dasturini ishlab chiqish nazarda tutiladi.



    25.

    Davlat xizmatiga zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor, mas’uliyatli, kasbiy tayyorlangan kadrlarni jalb etish.

    2017 yil III chorak

    Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, DBA, TIV, OvaO’MTV, Fan va texnologiyalar qo’mitasi,

    Fanlar akademiyasi,

    vazirlik va idoralar


    -

    -

    Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi.

    Loyiha quyidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutadi:

    kadrlar xizmati to’g’risida;

    vakant lavozimlarni to’ldirish tanlovini o’tkazish tartibi to’g’risida;

    kadrlar zaxirasini shakllantirish tartibi to’g’risida;

    kadrlar rotatsiyasi to’g’risida;

    kadrlar malakasini va kasbiy mahoratini oshirish to’g’risida.


    26.

    Davlat boshqaruvi va ijroiya organlarida kadrlar hisobini yurituvchi tizimni takomillashtirish.

    2017 yil IV chorak

    Axborot texnologiyalari vazirligi,

    Mehnat vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, vazirlik va idoralar



    -

    -

    Yagona idoralararo «Kadrlar» zamonaviy axborot tizimini yaratish va joriy etish.

    Ushbu axborot tizimida:

    davlat boshqaruvi va mahalliy ijroiya organlaridagi kadrlarning kasbiy tavsiyanomasi, malaka oshirganligi va stajirovkadan o’tganligi;

    kadrlar tarkibining hisobi yuritiladi, kadrlar zaxirasi to’g’risidagi va boshqa ma’lumotlar qamrab olinadi.



    27.

    Viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini lavozimga tayinlash tartibini takomillashtirish.

    2017 yil IV chorak

    Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar

    -

    -

    «Viloyat, tuman va shaharlar hokimlarini saylash to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasining kontseptsiyasi.

    Hududlar rahbarlarini lavozimga qo’yishda oshkoralik, samaradorlik, xolislik va haqqoniylik ta’minlanadi, mahalliy hokimiyat organlarining aholi oldida mas’uliyati va hisobdorligi oshadi.



    28.

    Yuqori malakali kadrlarni chet elga ketib qolishining oldini olish, ularni davlat xizmatiga, iqtisodiyot tarmoqlariga keng jalb qilish bo’yicha chora-tadbirlar Dasturi loyihasini �shlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, TIV, OvaO’MTV, Fan va texnologiyalar qo’mitasi, DBA, Fanlar akademiyasi, vazirlik va idoralar

    -

    -

    Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi. Loyihada:

    mutaxassislarning kasbiy va ijodiy salohiyatini ro’yobga chiqarishdagi to’siqlarni bartaraf etish, ularning mansab pillapoyalarida o’sishi uchun sharoitlar yaratish, moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlash;

    rivojlangan xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarini tugatgan milliy kadrlarni ishga joylashtirish va ularning salohiyatidan samarali foydalanish;

    xorijiy o’quv yurtlari tomonidan berilgan diplomlarni nostrifikatsiya qilish tartibini soddalashtirish;

    iqtidorli yoshlarni ilm-fanga jalb etish, yosh olimlar tomonidan o’tkaziladigan istiqbolli tadqiqotlarni moliyalashtirish, ularning natijalaridan keng foydalanish masalalari nazarda tutiladi.


    29.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi faoliyatini takomillashtirish.

    2017 yil I chorak

    OvaO’MTV, Adliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi, TIV, DTM, DBA, vazirlik va idoralar

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

    Loyiha tinglovchilar davlat boshqaruvini tashkil etish, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullari, bozor iqtisodiyoti, psixologiya, axborot-kommunikatsiya va «Elektron hukumat» sohalarida mustahkam bilimlarni egallashlari, shuningdek, tahliliy fikrlash va strategik rejalashtirish, turli masalalarning maqbul echimini topish, tashabbuskorlik va etakchilik ko’nikmalariga ega bo’lishlarini ta’minlashga qaratilgan.



    30.

    40 ta turdagi faoliyat bo’yicha litsenziya olish uchun onlayn ariza yuborish, arizani ko’rib chiqish holatini kuzatib borish, litsenziyalovchi organ va ekspert komissiyalari ishini avtomatlashtirish, litsenziyalar reestridan onlayn foydalanish imkoniyatlarini beruvchi Elektron litsenziyalash portalini yaratish va ishga tushirish.

    2017 yil aprel

    Axborot texnologiyalari vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    80,0

    AKTni rivojlan-tirish jamg’armasi

    «Litsenziya» axborot tizimlari kompleksini barcha litsenziyalovchi organlarda joriy qilish jarayonlarini avtomatlashtirish yo’li bilan litsenziyalash bo’yicha davlat xizmatlari tartibotlari takomillashtiriladi.

    31.

    «Yagona darcha» markazlarida murojaat mualliflari bilan o’zaro munosabatni boshqarish axborot tizimi va davlat boji hamda davlat xizmatlari uchun to’langan yig’imlar qiymati hisobini yuritish bo’yicha billing tizimini yaratish.

    2017 yil aprel

    Axborot texnologiyalari vazirligi,
    Savdo-sanoat palatasi,
    vazirlik va idoralar

    1 296,0

    Jalb qilingan mablag’lar

    «Yagona darcha» markazlari faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimi joriy qilinadi.

    «Yagona darcha» markazlari tomonidan ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari tartibotlari takomillashtiriladi.



    32.

    Import-eksport operatsiyalari bo’yicha beriladigan sertifikat va ruxsatnoma hujjatlarini unifikatsiyalashtirilgan bojxona axborot tizimi orqali taqdim etishni yo’lga qo’yish.

    2017 yil may

    Davlat bojxona qo’mitasi,
    Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi,
    Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi,
    O’zbekekspertiza, O’zstandart

    5,5 mln. doll.

    KOICA xalqaro hamkorlik agentligi granti

    Idoralararo elektron hamkorlikni ta’minlagan holda, bojxona faoliyatiga taalluqli bo’lgan ruxsatnoma hujjatlarini axborot tizimi orqali masofadan turib olish imkoniyati yaratiladi.

    33.

    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay tashkiliy, texnologik va iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Innovatsiya markazini tashkil etish.

    2017 yil II chorak

    Axborot texnologiyalari vazirligi,

    Iqtisodiyot vazirligi,

    Moliya vazirligi,

    DSQ, DBQ,


    Fan va texnologiyalar qo’mitasi,
    Markaziy bank, Toshkent shahar hokimligi

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi.

    Loyiha AKT va dasturiy mahsulot ishlab chiqaruvchilarga yanada qulay tashkiliy, texnologik va iqtisodiy sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahrida xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda, «erkin iqtisodiy hudud» maqomiga ega bo’lgan, ya’ni barcha soliq


    va majburiy to’lovlardan ozod etilgan hamda maxsus valyuta va bojxona tartibi asosida ish yuritadigan innovatsiya markazini tashkil etishni nazarda tutadi.

    AKT yo’nalishidagi mahalliy kompaniyalar sonining oshishiga, raqobatdosh mahsulotlar yaratilishiga hamda yalpi ichki mahsulotdagi AKT ulushining oshishiga erishiladi.



    34.

    «Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil II chorak

    Axborot texnologiyalari vazirligi,
    vazirlik va idoralar

    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi.

    Loyiha fuqaroning va tadbirkorning shaxsiy kabinetini yaratish orqali personallashtirilgan davlat xizmatlarini ko’rsatishni hisobga olgan holda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini takomillashtirish hamda davlat organlari axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining Yagona portal bilan muntazam integratsiyalashgan holda o’zaro munosabatini ta’minlash chora-tadbirlarini belgilashni nazarda tutadi.



    35.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2018 — 2021 yillarda «Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori loyihasini ishlab chiqish.

    2017 yil III chorak

    Axborot texnologiyalari vazirligi,
    Adliya vazirligi,

    vazirlik va idoralar



    -

    -

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi. Loyihada:

    2021 yilgacha elektron shaklga o’tkaziladigan asosiy davlat xizmatlarni va davlat organlari funktsiyalarini xatlovdan o’tkazish;

    davlat xizmatlarini ko’rsatishda idoralararo elektron hamkorlik yordamida jo’natiladigan ma’lumotlar ro’yxatini belgilash;

    davlat organlari tomonidan qabul qilinadigan va yuboriladigan ma’lumotlarni tahlil qilish, davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibotini takomillashtirish;

    axborot tizimlari va ular o’rtasida uzatiladigan ma’lumotlar ro’yxatini hamda elektron shaklga o’tkaziladigan davlat xizmatlari ro’yxatini o’z ichiga olgan «Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha yo’l xaritasi tasdiqlash nazarda tutiladi.


    36.

    Elektr energiyasi iste’molchilarini mobil aloqa orqali elektr energiya iste’moli bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash va xizmat ko’rsat?sh.

    2017 yil III chorak

    «O’zbekenergo»,

    «EnergoABT-sozlash»



    5 000,0

    «O’zbekenergo» mablag’lari

    Elektr energiyasi iste’molchilarini mobil aloqa orqali ma’lumot bilan ta’minlash va xizmat ko’rsatish bo’yicha dasturiy ta’minot ishlab chiqish
    hamda joriy qilish.

    37.

    Kompyuter qurilmalariga
    yoki Internet tarmog’idan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lmagan aholi qatlamlari uchun davlat xizmatlarini ko’rsatishda zamonaviy texnologiyalarni qo’llash orqali qo’shimcha qulayliklar yaratish.

    2017 yil III chorak

    Axborot texnologiyalari vazirligi,

    Adliya vazirligi



    5 220,0

    AKTni rivojlan-tirish jamg’armasi

    Hududlardagi «Yagona darcha» markazlari va «O’zbekiston pochtasi» AJ bo’linmalarida 250 ta infokioskani o’rnatish.

    Kompyuter, planshet yoki smartfon qurilmalariga hamda Internet tarmog’idan foydalanish imkoniyatiga


    ega bo’lmagan aholi qatlamlariga, shu jumladan, tadbirkorlarga infokioskalar orqali davlat xizmatlarini ko’rsatish, to’lovlarni qabul qilish va ba’zi ruxsatnoma hamda ma’lumotnomalarni olish imkoniyati yaratiladi.

    38.

    Notarial idoralar faoliyatini avtomatlashtirish, barcha notarial bitimlar hisobini markazlashgan holda yuritish va idoralararo elektron hamkorlikni hisobga olgan holda, aholi va tadbirkorlarga notariat sohasida interaktiv davlat xizmatlari ko’rsatishni yo’lga qo’yish.

    2017 yil IV chorak

    Adliya vazirligi,

    Axborot texnologiyalari vazirligi,

    vazirlik va idoralar


    12,0

    Jalb qilingan mablag’lar

    «Notarius» axborot tizimlari kompleksini barcha notarial idoralarda joriy qilish.

    O’zaro munosabat jarayonlarini avtomatlashtirish yo’li bilan notariat sohasida aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko’rsatish tizimi takomillashtiriladi.



    39.

    Ehtiyoj yuqori bo’lgan davlat xizmatlarini ko’rsatuvchi davlat idoralarida elektron navbatga qo’yish tizimini joriy qilish.

    2017 yil IV chorak

    Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    Alohida hisob-kitoblarga muvofiq

    Ijrochilar mablag’lari

    Xizmat ko’rsatish punktlarida elektron navbatga qo’yish tizimini joriy qilish.

    Davlat xizmatlaridan foydalanishda aholi vaqtining tejalishi natijasida xalqning davlat boshqaruvi organlariga ishonchi oshadi.



    40.

    Aholi va tadbirkorlarga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish.

    2017 yil IV chorak

    «Ergeodezkadastr» davlat qo’mitasi, Axborot texnologiyalari vazirligi

    13,6 mln. doll.

    Koreyaning EDCF jamg’armasi mablag’lari

    Geografik muhit bo’yicha erkin fo?dalanishdagi ma’lumotlarga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimini yaratish bo’yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish.

    Geografik axborotlardan erkin foydalanish hisobiga ko’chmas mulk, er resurslari, manzil, yo’l, muhandislik infratuzilmasi, turizm sohalarida GPS texnologiyalaridan foydalangan holda tezkor ma’lumot yig’ish va elektron davlat xizmatlarini ko’rsatishda foydalanish imkoniyatlari yaratiladi.



    41.

    «Elektron hukumat» tizimi doirasida ishlab chiqilayotgan axborot tizimlarining axborot xavfsizligi yuzasidan monitoring qilish tizimini yaratish.

    Yil davomida

    Axborot texnologiyalari vazirligi

    554,8

    AKTni rivojlantirish jamg’armasi

    Chora-tadbirlar.

    «Elektron hukumat» tizimi doirasidagi axborot tizimlarining axborot xavfsizligi ta’minlanadi.



    42.

    Respublika hududlarida aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining kompyuter savodxonligini oshirish va ularga elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni o’rgatish bo’yicha o’quv kurslarini tashkil etish.

    Yil davomida

    Axborot texnologiyalari vazirligi,
    O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi,
    Savdo-sanoat palatasi, «Mahalla» jamg’armasi,
    Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

    500,0

    Jalb qilingan mablag’lar

    Axborot texnologiyalari vazirligi va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining qo’shma qarori.

    Aholi va tadbirkorlarning kompyuter savodxonligi, elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo’yicha ko’nikmalari oshadi.



    43.

    Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlarining fuqarolar murojaatlarining ko’rib chiqilishi uchun mas’ul xodimlari malakasini oshirish tizimini joriy etish.

    2017 yil III chorak

    DBA,
    Adliya vazirligi

    Ishlab chiqilgan smetaga muvofiq

    Davlat
    va xo’jalik boshqaruvi organlari mablag’lari

    Chora-tadbirlar dasturi. Dastur:

    mas’ul xodimlar uchun fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning zamonaviy usul va shakllarini o’zlashtirishga qaratilgan o’quv kurslarini tashkil etish;

    fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida seminar-treninglar o’tkazishni nazarda tutadi.



    Download 1.19 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida

    Download 1.19 Mb.