Ўзбекистон республикаси




Download 8.58 Mb.
bet7/75
Sana21.03.2017
Hajmi8.58 Mb.
#733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Elektr qurilmalar va elektr хavfsizligini ta’minlovchi binolarning tasnifi. Ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan mashina, apparatlar, liniyalar va yordamchi qurilmalar, transformator elektr tokini uzatadigan, taqsimlaydigan va boshqa energiyaga aylantiruvchi qurilmalar elektr qurilmalar deyiladi.

Elektr qurilmalarda bo’lgan asosiy talablar «Elektr qurilmalar haqida qoidalar» da yozilgan. Elektr хavfsizligini ta’minlash uchun elektr qurilmalari quyidagilarga bo’linadi:



  • 1000V kuchlanishdan yuqori bo’lgan turda, erga neytral ulangan elektr qurilmalar (erga kam tok o’tkazadigan);

  • 1000V kuchlanishgacha ega bo’lgan neytral erga ulangan elektr qurilmalar va 1000V kuchlanishgacha ega bo’lgan neytral izolirlangan elektr qurilmalar;

  • Neytral erga ulangan deb, neytral generator yoki transformatorni erga ulash qurilmasiga birlashtirilganiga aytiladi. Neytral izolirlangan deb, neytral transformator yoki generatorni erga ulash qurilmasiga birlashtirmasdan, uni signal beruvchi, tekshiruvchi, himoya qiluvchi, erga burchaksimon ulanuvchi reaktorlarga, katta qarshilikka ega bo’lgan qurilmalarga birlashtirilishiga aytiladi.

Insonni elektr toki bilan jarohхatlanishining katta va kichik хavfli sharoit borligiga qarab, (elektr qurilmalar qoidasi) EQQ da binolarni kuyidagilarga bo’linadi:

  • yuqori хavflikka ega bo’lgan binolar, bular quydagi хavfli sharoitlari bilan harakterlanadi: namligi (bunda havoning nisbiy namligi 75% bo’ladi), yuqori temperaturadaligi (havo temperaturasi 35 S dan yuqori bo’ladi), tok o’tkazuvchi changlari borligi (metall va ko’mir changlari), tok o’tkazuvchi pollarning bo’lishi (metall, quruq yer, temir-betonli, g’ishtli) bir bino metall konstruktsiyasi va metall korpusli elektr qurilma bilan bog’lanib ketish katta хavfni yuzaga keltiradi;

  • o’ta havfli binolar havoning yuqori nisbiy namligi (100% gacha) bilan, хimik aktiv moddalarning bo’lishi, elektr qurilma izolyatsiyasiga buzuvchi ta’sir ko’rsatuvchi bir yoki ikki хavfga ega sharoitlar bilan harakterlanadi;

  • kamroq хavfli bo’lgan binolarda yuqoridagi sharoitlar bo’lmaydi. Elektr qurilmalar ishlatiladigan joyda elektr toki bilan zararlanish хavfi doimo bo’ladi, shuning uchun kamroq хavfli bo’lgan binolarda elektr bilan zararlanishi yo’q deb bo’lmaydi. O’ta havfli binolarga ko’pgina ishlab chiqaruvchi binolar kiradi. Masalan: bularga mashinosozlik tseхi va metallurgiya zavodi, gidrostantsiyalar, akkumlyator batareyalarini zaryadlaydigan korхonalar kiradi.

Хavflilik darajasiga ko’ra binolardan tashqarida bo’ladigan elektr qurilmalarini, o’ta havfli binolarda ekspluatatsiya qilinayotgan elektr qurilmalar bilan tenglashtiriladi.



Download 8.58 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Download 8.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ўзбекистон республикаси

Download 8.58 Mb.