• Adabiyotlar
  • AFSONA VA RIVOYATLAR
  • «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati




    Download 434.34 Kb.
    bet19/73
    Sana18.06.2021
    Hajmi434.34 Kb.
    #15104
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73
    Savol va topshiriqlar:

    1. Xalq topishmoqlarining boshqa janrlardan farqli xususiyatlari

    haqida so‘zlang.



    2. Istiora badiiy tasvir vositasining xalq topishmoqlaridagi

    o‘rnini izohlang.

    48

    3. Yoshi katta keksalardan topishmoqlar yozib oling.

    4. Topishmoqlar aytish va ularni topish bo‘yicha o‘quv guruhlaringizda

    musobaqa o‘tkazing.



    Adabiyotlar:

    1. Husainova Z. O‘zbek topishmoqlari. T., ≪Fan≫ 1966.

    2. Imomov K., Mirzaev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O‘zbek

    xalq og‘zaki poetik ijodi. T., ≪O‘qituvchi≫. 1990. 100—108-betlar.

    3. Topishmoqlar. O‘zbek xalq ijodi. Ko‘p jildlik, T., 1983.

    AFSONA VA RIVOYATLAR

    Afsonalar dunyodagi deyarli hamma xalqlar og‘zaki ijodining

    eng qadimgi, aziz va ommaviy janrlaridandir. Ularda

    tarixiy hayotda ro‘y bermagan bo‘lsa-da, ro‘y berishi

    mumkin bo‘lgan voqealar hikoya qilinadi. Badiiy to‘qima

    bu janr asarlarining asosiy xususiyati hisoblanadi. Shuning

    uchun olimlar afsonalarning ayrimlarini ertaklarga teng -

    lashtirganlar. Ayrim afsonalar esa miflarga o‘xshab ketadi.

    Bunday namunalarda biror narsa-predmetning paydo

    bo‘lishi, rasm-rusum yoki odatlarning boshlanishi haqida

    ma’lumot beriladi. Ammo miflar mazmunan afsonalardan

    farq qiladi. Jumladan, avval qayd qilganimizdek, miflarda

    asosan dunyoning, odamning, butun koinot va borliqning

    yaratilishi haqida sodda tarzda hikoya qilinadi. Shuning

    uchun ham afsonalar miflardan keyin, ertaklardan oldin

    paydo bo‘lgan degan taxminni bildirish mumkin.

    Mahmud Koshg‘ariy ≪Devonu lug‘otit turk≫ asarida

    ≪sav≫ so‘ziga bir necha izohlar keltiradi:

    ≪saw — otalar so‘zi,

    saw — qissa. Qadimgi voqealardan xabar berish, aytish.

    saw — hikoya. Biror voqeani aytib berish.

    saw — risola. Xat, kichik kitobcha.

    saw — so‘z, nutq.

    saw — ilgarigi xabarlar, yangiliklarni yetkazuvchi≫.1

    Yuqoridagi izohlardan biri ≪ilgarigi xabarlar≫ mazmunan

    hozirgi paytda biz tushunadigan afsonalarga mos keladi.

    Ammo bu izohlarda ajdodlarimizning bir so‘z bilan juda

    ko‘p ma’noni bildirishganini qayd etish ma’quldir.

    49

    1 Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. 3-jild. T., ≪Fan≫, 1963.



    168-bet.

    Afsona forscha (afsona) so‘zidan olingan bo‘lib yo‘q

    narsani borday qilib ko‘rsatish, ya’ni jodulash, to‘qish,

    uydirma qilish ma’nosini anglatadi. Ba’zan tomoshalarda

    ko‘z boylagichlarni afsungar deb atashadi. Yoki haqiqatga

    to‘g‘ri kelmaydigan gap eshitib qolsak ham afsona bo‘lsa

    kerak deb o‘ylaymiz.

    Afsonalar ijro etilishi jihatidan ertak, doston, qo‘shiq,

    askiya kabi alohida tayyorgarlik ko‘rishni talab qilmaydi.

    Shuning uchun bu namunalarda matnga xos maxsus an’ana

    ko‘zga tashlanmaydi. Ularda sehrli voqea-hodisalar shunaqa

    tasvirlanadiki, odam tinglayotganini o‘zi ham bilmay

    qoladi.

    Ma’lumki, qadim zamonlardan ajdodlarimiz diniy

    e’tiqodlarga berilib kelganlar. Shuning uchun afso -

    nalarning ko‘pchiligi payg‘ambarlar, avliyolar hayotidan

    olingan voqealarni eslatadi: ≪Kunlardan bir kun Muso

    payg‘ambar xudo oldiga ketayotgan ekan, erta bahor

    bo‘lishiga qaramay, don ekayotgan dehqonni ko‘rib

    qolibdi. Muso unga hali don ekishga erta ekanini aytibdi.

    Dehqon tajribasiga ishonib, uning gapini rad qilibdi.

    Xudo bilan suhbatda Muso bu munozara yechimini

    so‘raganida, xudo dehqonning haq ekanini, ammo Muso

    gapini endi inobatga olish kerakligini bildiribdi. Shunday

    qilib, Muso xudo oldidan qaytayotganida, havo sovugan,

    qor shamoli esayotganmish. Dehqon esa hayron bo‘lib,

    osmonga qararmish. Shunda Muso o‘zining haq ekanini

    dehqonga eslatibdi. Dehqon istehzo bilan kulib, ≪don

    ekish vaqti kelishga-ku kelgan, havoning bu buzilishi

    mening sen bilan tortishganim oqibatidir≫ — deb javob

    beribdi. Shu-shu ekish paytida havo buzilsa, dehqonning

    payg‘ambar gapiga ko‘nmaganini eslasharkan≫.

    Yuqoridagi misoldan mazkur afsonani mazmunan

    saqlagan holda boshqacharoq aytish ham mumkinligi bili -

    nib turibdi. Afsonalar mazmunan turlicha bo‘lishi mumkin.

    Ularni shartli ravishda asotiriy tushunchalar, koinot jismlari,

    o‘rin-joy nomlari, urf-odatlarni sharh lovchi afso -

    nalarga ajratish mumkin.

    Asotiriy afsonalarda qadimda yashagan ajdodlarimiz

    o‘zlariga homiy deb hisoblagan shaxslarni ulug‘laganlar.

    Diniy e’tiqod masalalarini yoritganlar. Masalan, xalqimiz

    har bir insonning taqdiri tangri tomonidan belgilangan

    bo‘ladi, ammo inson xatti-harakati, niyati bilan o‘z qismatini

    o‘zgartirishi mumkin, degan tushuncha bor. Shu fikrni

    50

    dalillash uchun shunday afsona keltiriladi: ≪Muso kunlardan



    bir kun tangri oldiga ketayotganida, yo‘lda oyoq-qo‘li

    yo‘q majruh bir odamni ko‘ribdi. Odam undan o‘zining

    taqdiriga jannat yoki do‘zax yozilganini bilib berishni

    so‘rabdi. Tangri payg‘ambarga: ≪U odamning oxirgi joyi

    do‘zax bo‘ladi. Chunki umr bo‘yi uni yemak-ichmakka

    muhtoj qilmadim, ammo biron marta ≪Xudoga shukr≫

    demadi≫, — debdi. Muso payg‘ambar qaytishida haligi

    odam undan javob kutibdi. Payg‘ambar bor gapni aytibdi.

    Shunda odam: ≪Bo‘lmasa xudoga ayt, men o‘lganimda

    tanamni shunaqa katta qilib yuborsinki, boshqa hech kimga

    do‘zaxdan joy qolmasin≫, — debdi. Ana shu gapdan keyin

    bechora banda jannati bo‘lgan ekan≫.

    Xalqimiz orasida ≪shirin qiz≫, ≪oyda nima uchun dog‘

    bor≫, quyosh bilan oyning bir oilada yashagani, yulduzlar

    ularning bolalari ekani haqidagi afsonalar ko‘p. ≪Qonqus≫,

    ≪Kuygan yor≫, ≪Oshoba≫, ≪Andijon≫, ≪Tuya cho‘kdi≫ kabi

    yuzlab afsonalar borki, ulardan yozuvchilarimiz ham o‘z

    ijodlari davomida foydalanadilar.

    Shu bilan birga ba’zan xalqimiz yashaydigan ayrim

    hududlardagi odatlarga izoh beruvchi afsonalarga ham duch

    kelamiz. Masalan, O‘zbekistonning turli viloyatlarida

    yashaydigan aholining bevosita hududiy xususiyatlari borligi

    hammaga ma’lum. Xususan, Farg‘ona viloyatida istiqomat

    qiluvchi yurtdoshlrimiz umuman mehmondo‘stliklaridan

    tashqari sertakalluf ekanliklari bilan nom chiqarganlar. Ular

    o‘z mehmonlari ko‘nglini olish uchun ≪oling-oling≫ni juda

    ko‘p va tez-tez takrorlaydilar. Ammo xorazmliklar meh -

    mondo‘stlikda farg‘onaliklardan qolishmasalarda, ortiq cha

    ≪oling-oling≫ bilan mehmonga murojaat ham qilavermaydilar.

    Xorazm viloyatida o‘tkazilgan ekspeditsiyalarda bu

    haqda so‘raganimizda, quyidagi afsonani aytib berishdi:

    ≪Xorazm Hirot podsholigi tarkibida ekanida, Hirot

    shohining o‘g‘li Xorazmga mehmonga kelibdi. Bu yerda uni

    katta tantanalar bilan kutib olishibdi va quyuq ziyofatlar

    uyushtirishibdi. Ammo shahzoda kelgan kunining ertasiga -

    yoq jahl bilan o‘z yurtiga qaytajagini bildiribdi. Xorazmshoh

    juda iztirob chekib, bu qadar tez yo‘lga otlanish sababini

    mehmondan so‘rabdi. Mehmon xafa bo‘lish sababini aytmay

    o‘z yurtiga ketish taraddudini ko‘raveribdi. Karvon

    yo‘lga tushay deganda, Xorazmshoh shahzoda otining

    tizginini ushlab, o‘z xatosini ko‘rsatishni so‘rabdi. Shunda

    shahzoda:

    51

    — Kecha oqshom men dasturxondan bir parcha go‘sht



    olib yeya boshlaganimda, siz, ≪shahzodam≫,— dedingiz va

    go‘shtga yopishib qolgan bir qilni olib tashladingiz. Men

    yeyayotgan go‘shtdagi qilni ko‘rgan ko‘zingiz, go‘shtni

    ko‘rmaydimi?≫1 — debdi. Shundan keyin Xorazmshoh

    butun tumanlarga jarchi yuborib, farmon e’lon qilibdi:

    ≪Xorazm viloyatiga kimda-kim mehmon bo‘lib kelsa, uning

    oldiga holi-baqudrat dasturxon yozing. Yemagini, ichma -

    gini ziyoda qilib qo‘ying. Ammo mehmonning taom

    tanovul qilishiga aslo aralashmang≫. Shu voqeadan buyon

    bu yerliklar mehmondo‘stlikni tark etmaganlari holda

    mehmonni ortiqcha ≪oling-oling≫ bilan qiynamaydilar≫.

    Afsonada ma’lum bo‘ladiki, xorazmliklar mehmon -

    do‘stligi o‘ziga xos fazilatga ega ekan. Bu odatning qadimiy

    afsona bilan izohlanishi yana ham ajib taassurot qoldiradi.

    Yuqoridagi afsona mazmuniga e’tibor qilsak, unda ha -

    yotda ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hech qanday lavha

    yo‘q. Undagi voqea ham, savol-javob ham eshitgan odamda

    hech qanday shubha qoldirmaydi. Ammo bu voqeaning

    aniq ro‘y bergani haqida ham hech qanday hujjatli dalillar

    yo‘q.


    Shuning uchun bu afsonaning hayot haqiqatiga qanchalar

    mos kelishi yuzasidan aniq hukm chiqarish mushkul.

    Afsonalarning qiziqligi, ularning inson diqqatini jalb qilish

    sabablari ham, ehtimol, shu xususiyat bilan izohlanadi.

    Bunday asarlarning matnida ertaklarga xos bayon usuli,

    voqea tanlash tamoyillari ko‘zga yaqqol tashlanib turadi.

    Quyidagi afsonada bu fikr yana bir karra o‘z tasdig‘ini topadi:

    ≪Xudo dunyodagi hamma xalqlarga yer yuzidagi yerlarni

    bo‘lib beribdi. O‘zi bilan o‘zi ovora o‘zbek o‘sha taqsimotga

    ham kechikib boribdi. Bu paytda o‘zbek olishi

    mumkin bo‘lgan yerning o‘zi qolmagan ekan. Xudo rahm -

    dil emasmi?! Shuning uchun o‘zbekka: — Mayli, men

    o‘zimga ikki daryo oralig‘idan bir parcha yer olib qo‘ygan

    edim, shu joyga sen egalik qilaqol, — degan ekan. Shu-shu

    o‘zbek hozir O‘zbe kiston deb ataluvchi yurtda istiqomat

    qilarmish... Bu o‘lkaga xudoning nazari tushgani uchun

    kuzda dalada qolib ketgan ketmon bahorda novda chiqarib

    gullarmish≫.

    52

    1 Bu o‘rinda mehmon nimaga qo‘l uzatayotgan bo‘lsa, mezbon



    tomonidan kuzatilishi qoralanyapti.

    Ko‘ryapmizki, xalqimiz afsonalarni yaratishda juda

    ijodkor. U o‘z hayotiga tegishli har bir voqea-hodisaga,

    an’anaga, joy nomlariga, hatto o‘zi yashayotgan vatanga

    mehr bilan munosabatda bo‘lgan va xalq og‘zaki ijodining

    boshqa janrlari qatori afsonalar vositasida o‘z munosabatini

    bildirgan. Afsonalar esa ajdodlarimiz tomonidan hayot

    tajribasi xulosasi sifatida yaratilgan.

    Demak, afsonalar xalq og‘zaki ijodining epik turidan

    biri ekan. Ularda tasvirlangan voqealar asosan ijodiy

    to‘qimalar zaminida yaratiladi. Bu janr namunalariga aytib

    beruvchi shaxs asar mazmunini saqlagan holda ma’lum

    o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Afsonalarda mazmun

    jihatidan xilma-xil voqealar hikoya qilinadi. Bu jihatdan

    ular asotiriy voqealarni, kosmogonik jismlarni, o‘rin-joy

    nomlarini, odatlarni izohlovchi turlarga bo‘linadi. Ular

    xalqimiz tarixini o‘rganishda turli urf-odatlar, rasm-rusumlar,

    an’analarni sharhlashda, joy nomlarini izohlashda

    muhim ahamiyatga ega.



    Download 434.34 Kb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   73




    Download 434.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati

    Download 434.34 Kb.