• Kurs ishini maqsadi va vazifasi
  • Termiz davlat pedagogika instituti




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana21.02.2024
    Hajmi326,12 Kb.
    #160016
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Курс иши йўриқномаси 2023
    Amaliyot dasturi 1-kurs iqt , 163 15.06.2007, 777EfkljyhdtwerASDfvs12, 2.Jadval, file, 1-laboratoriya ishi, 1-lab, THE STUDY OF THERMAL PROCESSES IN FISHPLANT SEMI-P, маънавиятга эҳтиёж, Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish


    TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    KURS ISHI YOZISH BO‘YICHA 
    YO‘RIQNOMA 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    Termiz-2023 


     
     
     
     
     
     
     
     
    Umumiy qoidalar: 
    Kurs ishi - bu o‘quv rejasiga kiritilgan, biror aniq mavzu bo‘yicha talaba va 
    magistr tomonidan tayyorlanadigan, ilmiy-tadqiqot elementlarini o‘z ichiga olgan 
    yozma ish. Kurs ishlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
    tomonidan tasdiqlangan “Davlat ta’lim standartlari”da ko‘zda tutilgan. Uni yozish 
    talaba va magistrlarning fan bo‘yicha olgan bilimlarini chuqurlashtirish va 
    mustahkamlashga, mustaqil ravishda ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borish 
    ko‘nikmasini egallashga, bajargan ilmiy ishi natijalarini ijodiy yakunlashni 
    o‘rganishga yordam beradi. 
    Kurs ishini maqsadi va vazifasi: 
    Akademiya ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil 
    olayotgan talaba va magistrlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish ko‘nikmalarini 
    shakllantirishda kurs ishining ahamiyati kattadir. Kurs ishini bajarish jarayonida 
    talaba va magistr egallagan nazariy bilimlari va mavjud me’yoriy hujjatlar, 
    ma’lumotnomalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib amaliy 
    masalalarni mustaqil ravishda yechish hamda o‘z g‘oya va yechimlarini jamoada 
    himoya qilish ko‘nikmasini egallaydi. 
    Kurs ishini bajarishdan maqsad - o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan muayyan fan 
    bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda olgan nazariy va amaliy bilimlarini 
    mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va ushbu bilimlarni aniq ijodiy va 
    amaliy masalalarni mukammal yechishda ko‘llashdir. 
    Kurs ishini bajarish orqali talaba va magistr murakkabroq nazariy va amaliy 
    masalalarni, masalan, bitiruv-malakaviy ishini bajarishga tayyorlanadi. Shu bilan 
    birga kurs ishi talaba va magistrda davlat standartlari, soha me’yorlari, 
    ma’lumotnomalar, jadvallar, diagrammalar, yo‘riqnomalar va muqaddam 
    egallangan tajribalardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantiradi. Shuningdek, kurs 
    ishi talaba va magistrlarda hisob-kitob ishlarini bajarish, masalalar chizmalarini 
    chizish, ushuntirish hisobotlarini rasmiylashtirish ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim. 

    Download 326,12 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 326,12 Kb.
    Pdf ko'rish