• Geografik qobiqning chegaralari.
  • Муаллифлар Географик қобиқнинг номланиши




    Download 1.98 Mb.
    bet18/86
    Sana14.01.2024
    Hajmi1.98 Mb.
    #137276
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86
    Bog'liq
    123, inklyuziv-madaniyat-inklyuziv-ta-lim-muvaffaqiyatining-asosiy-omili
    Муаллифлар

    Географик қобиқнинг номланиши

    Geografik qobiqning yuqorigi chegarasi

    Geografik qobiqning pastki chegarasi

    A.A. Grigorev

    Географик қобиқ

    20-25 km.

    30-40 km, okeanlar tubida esa 5-8 km

    Yu.K.Efremov

    Ландшафт қобиғи

    20-25 km

    500-800 m, okeanlar tubida esa 5-8 km

    A.G.Isachenko

    Эпигеосфера

    5-6 km.




    I.B. Zabelin

    Биогеносфера

    5-6 km.

    okeanlar tubida esa 11 km

    А.М.Рябчиков

    геосфера








    Geografik qobiqning chegaralari.
    Geografik qobiq tushunchasini paydo bo’lganligiga ancha vaqt bo’lgan bo’lsada, ammo uning aniq chegaralari haqida xamon bir fikr yo’q.
    Geografik qobiqning yuqorigi va pastki chegaralari haqida olimlar orasida turlicha fikrlar mavjud. A.A.Grigorev geografik qobiqning yuqori chegarasini 20-25 km. yuqorida joylashgan ozon qatlamidan o’tkazadi. Ozon qatlami Quyoshdan kelayotgan zararli nurlarni ushlab qoladi, undan pastda atmosferani quruqlik va okeanlar bilan o’zaro ta’sirida havo harakatlari kuzatiladi. Ozon qatlamidan yuqorida esa bunday harakatlar kuzatilmaydi. A.A.Grigorev fikricha geografik qobiqning quyi chegarasi Moxorovich chizig’idan sal pastroqdan o’tadi. Yopishqoqligi yuqori bo’lgan Yer po’sti ostidagi qatlam bilan Yer po’stini o’zaro ta’siri Yer yuzasi relfini shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Quruqlikda geografik qobiqning quyi chegarasi 30-40 km (Yer yuzasidan) chuqurlikdan o’tadi, okeanlar tubida esa 5-8 km chuqurlikdan o’tadi.
    S.V. Kalesnik geografik qobiqni juda tor ma’noda tushunadi. U geografik qobiqni yuqori chegarasini 20-25 km. balandlikdan quyi chegarasini esa qalinligi 500-800 m. bo’lgan gepergenez zonasining quyi qismidan o’tkazgan. Mazkur zonada chuqurdagi mineral moddalar tashqi ekzogen kuchlar ta’sirida o’zgaradi. A.G.Isachenko geografik qobiqqa troposferani, gidrosferani va litosferaning 5-6 km. chuqurlikkacha bo’lgan yuqori qismini kiritadi (mazkur chuqurlikda cho’kindi jinslar o’z xususiyatlarini saqlab qoldadi). I.M Zabelin ham geografik qobiqni xuddi shunday chegarada ajratishni ma’qullaydi, ammo geografik qobiqning quyi chegarasini hayot va suv tarqalgan chuqurlikdan o’tkazishini taklif qiladi.
    D.L.Armand bo’yicha geografik qobiqning yuqori chegarasi tropopauzagacha, quyi chegarasi esa Yer po’stining ostigacha cho’zilgan. F.N.Milkov ham ushbu fikriga qo’shiladi va mazkur fikrini quyidagicha isbotlaydi:
    - Yer iqlimini hosil qiladigan troposferadagi havo massalarining xossalari Yer yuzasini ta’sirida shakllanadi;
    - Yer po’sti landshaftlarning litogen asosini tashkil qiladi.
    Mana shu chegarada geografik qobiqning qalinligi quruqlikda 80 km. gacha, o’rta okean suv osti tog’larida esa 20-25 km. ni tashkil qiladi.
    Hozirgi paytda geografik qobiqning chegaralarini aniqlashda V.N Solnsevning fikri kengroq tarqalmoqda. Uning fikricha geografik qobiqda moddalar murakkab ierarxik tuzilishiga ega: mayda atomlardan tortib yirik jismlargacha mavjud. Moddalar geografik qobiqda uch holatda bo’ladi (qattiq, suyuq, gaz) yoki tirik modda holida bo’ladi. Geografik qobiqdan tashqarida esa moddalar subatom holida (80 km. balandlikda atmosferadagi ionlashgan gazlar; mantiyada moddalarni bir holatdan ikkinchi holatga o’tish, bu o’tish atomlar zichligini oritishi bilan kuzatiladi) bo’ladi.
    Yer yuzasi geografik qobiqning yadrosi hisoblanadi. Bu yer geokomponentlarning o’zaro ta’sirini eng faol bo’ladigan qismdir. Mazkur yadroda tabiiy georafik jarayonlarning sodir bo’lishi nihoyatda faol bo’ladi. Geografik qobiqning yadrosidan (Yer yuzasidan) tepaga va pastga qarab tabiiy geografik jarayonlarning sur’ati va geokomponentlarning o’zaro ta’siri pasayib boradi. Ma’lum bir balandlikda va chuqurlikda geokomponentlarning o’zaro ta’siri yo’qoladi. Ana shu o’zaro ta’sir yo’qolgan balandlik va chuqurlik geografik qobiqning chegaralari bo’lib hisoblanadi. Ammo mazkur balandlik va chuqurlikning aniq o’lchamlari hali aniqlanmagan.


    Download 1.98 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   86




    Download 1.98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Муаллифлар Географик қобиқнинг номланиши

    Download 1.98 Mb.