|
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘G‘risida
|
bet | 1/5 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 21,43 Kb. | | #238593 |
Bog'liq O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 7-IYUL 2017 YIL 3127-SONLI QARORI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7-IYUL 2017 YIL 3127-SONLI QARORI “YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH TIZIMINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”GI QAROR
[Ko‘chirma]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq, shuningdek yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
birinchidan — yo‘l harakati xavfsizligi respublika, o‘rta va quyi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tartibini o‘rnatish, bunda ularning asosiy vazifalari va funksiyalari, rahbarlar va xodimlarning o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun shaxsiy javobgarligi aniq belgilanishi va taqsimlanishini nazarda tutish;
ikkinchidan — yo‘llarda, ayniqsa Toshkent shahrida yo‘l-transport hodisalarining sodir etilishi va tirbandlikning hosil bo‘lishiga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni tizimli ravishda kompleks tahlil qilish va bartaraf etish asosida yo‘l harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi, yo‘l-transport hodisalari va yo‘llar bandligining oldini olish tizimini takomillashtirish;
uchinchidan — huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va ularga chek qo‘yishning, nazoratning yuqori samaradorligini ta’minlovchi yo‘l harakatini avtomatlashtirilgan tarzda tartibga solish, videokuzatuv va yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish tizimlarini, boshqa texnik vositalarni, avvalo viloyat markazlarida yanada kengaytirish;
to‘rtinchidan — yo‘llarni saqlash va ularni yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatgichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalari bilan jihozlash bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash;
beshinchidan — fuqarolar orasida yo‘l harakati ishtirokchilarining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish madaniyatini oshirishga qaratilgan samarali tushuntirish ishlari tizimini, shu jumladan aholi orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarining shakl va usullarini kengaytirish hamda takomillashtirish orqali rivojlantirish;
oltinchidan — yo‘l harakati ishtirokchilarining huquqlariga so‘zsiz rioya etilishini, ularning sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishini, xizmatni o‘tash vaqtida muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash;
yettinchidan — yo‘l-patrul xizmati xodimlarining xizmat vazifalarini lozim darajada bajarishi ustidan nazoratni korrupsiya va vakolatini suiiste’mol qilish holatlarini istisno etadigan tarzda kuchaytirish, shuningdek kadrlarni tanlash, ularni kasbiy tayyorlash va qayta tayyorlashning ta’sirchan mexanizmini joriy etish;
sakkizinchidan — davlat xizmatlarini ko‘rsatishning soddalashtirilgan tartib-taomillarini nazarda tutuvchi hamda ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning shaffofligini ta’minlovchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining “Uzavtoyo‘lbelgi” davlat unitar korxonasini tashkil etish (keyingi o‘rinlarda — “Uzavtoyo‘lbelgi” DUK) hamda standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiq yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatgichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarishni uning asosiy vazifasi etib belgilash haqidagi taklifi ma’qullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Qayd etilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari va xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining pudratchi tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
Belgilansinki:
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha tashkilotlar uchun yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatgichlari, yo‘l harakatini tartibga solishning boshqa texnik vositalarini ishlab chiqarish faqat “Uzavtoyo‘lbelgi” DUK tomonidan amalga oshiriladi;
|
| |