Qurilish-montaj ishlaiini sug‘urtalash



bet48/124
Sana20.06.2024
Hajmi
#264653
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124
Bog'liq
Sugurta ishi 2014 X.M. Shennayev o`quv q

8.4. Qurilish-montaj ishlaiini sug‘urtalash
Iqtisodiyotda qurilish ishlarini sug'urtalash muhim ahamiyat 
kasb etadi. Buning asosiy sababi katta mablag'larni sarf qüishdan 
asosiy maqsad katta foyda olishdir va iqtisodiyotga qo'shilgan 
qiymat hajmini oshirishdir. Biror-bir hodisa tufayli bu mablag'lar- 
ning yo'qohb qolishi iqtisodiyotning rivojlanishiga o'z ta’sirini 
bevosita ko'rsatadi. Shuning uchun hozirgi pa}rtda respubli- 
kamizda qurilish ishlarini sug'urtalash ishlariga alohida e’tibor 
qaratihnoqda.
Respubhkamizda qurilish ishlarini sug'urtalash ishlari O'zbe­
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 20- dekabr- 
dagi 532-sonli qarori asosida «Obyektlarni davlat mablag'lari va 
Hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga barpo etishda qurilish 
tavakkalchiliklarini majburiy sug'urta qihsh to'g'risida»gi Nizom- 
ga, O'zbekiston Respubhkasida qurihsh tavakkalchiligini sug'urta 
qihsh Fuqarolik kodeksining 669-moddasi va Vazirlar Mahkama­
sining «Kapital quriJishda iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish 
chora-tadbirlari to'g'risida» 1998-yil 3 sentabrdagi 375-sonli qa- 
roriga va boshqa qonunchihk hujjatlariga muvofiq tartibga solib 
borilmoqda.
Bugungi kunda davlat budjeti mablag'lari va hukumat kafolati 
ostidagi kreditlar hisobiga mablag' bilan ta’minlanayotgan qurilish 
obyeküari bo'yicha tavakkalchiliklami sug'urta qilish O'zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ham da boshqa qonun 
hujjatlari va me’yoriy hujjatlaiga muvofiq amalga oshiriladi.
Sug'urta tashkiloti pudratchi yoki sug'urtalashdan manfaatdor 
boshqa shaxslaming mulkiy manfaatlarini, shuningdek, qurihsh 
pudrati shartnomasida nazarda tutilgan qurihsh-montaj ishlarini 
amalga oshirishga uchinchi shaxslaming hayotiga, soglig'iga va 
mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug'urtalanuvchining 
javobgarligini sug'urtalaydi.
116


Sug‘urta qilish sug‘urta shartnomasida belgilangan sug‘urta- 
lanuvchi yoki boshqa shaxs foydasiga amalga oshiriladi. Sug‘ur- 
talanuvchiga va bunday shaxsga sug‘urta qilingan mol-mulk 
nobud bo‘hshi yoki shikastlanishidan yetkazilgan zarar tolanishi 
mumkin.
Shuningdek, binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashina- 
lar, ularga ehtiyot qismlar, materiallar va qurilish maydonida 
bolgan hamda sug‘urta shartnomasida qayd etilgan qurilish va 
montaj buyumini o‘zida ifodalaydigan boshqa mol-mulk, shu­
ningdek, qurüish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi 
shaxslaming hayotiga, sogliglga va mol-mulkiga zarar yetka- 
zilganligi uchun sug‘urtalanuvchining javobgarligi sug'urta qilish 
obyektlari hisoblanadi. Bu yerda sug‘urta qilish tavakkalchilik- 
laming quyidagi guruhlari qoplanishini ta’minlaydi:
— yongin, chaqmoq, portlash, uchuvchi apparatlaming qu- 
lashi, o‘z-o‘zidan yonishi;
— o‘g‘rilik va uchinchi shaxslaming qasddan sodir etgan hara­
katlari;
— suv toshqini va suv bosishi, quvurlaming yorñishi;
— bo‘ron, dovul;
— zilzila, sel, ko‘chki, tuproqning cho‘kishi, o'pirilish, qiilash;
— qisqa tutashuv, ortiqcha kuchlanish, elektr yoylari;
— mashina va mexarüzmlar, qurihsh materiallari va konstruk- 
siyalaming qulab tushishi;
— nuqsonli materiallar va konstmksiyalarni ongsiz ravishda 
qollashdan ko‘rilgan zarar;
— qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shasx- 
lar oldida fiiqarolik javobgarligi paydo bo'hshi.
Sug'urtalanuvchining sug'urta pohsi yoki tavakkalchiliklami 
sug‘urta qilish shartnomasining amal qilish muddati sug‘urtalovchi 
va sug'urtalanuvchi o‘rtasidagi kehshuvga ko‘ra qurilish pudrati 
shartnomasining muddatiga muvofiq belgilanadi. Obyektni foyda­
lanishga topshirish muddati uzaytirilgan taqdirda, polis tomon­
larning qo‘shimcha kelishuviga ko‘ra belgilanadigan qo‘shimcha 
sug‘urta tolovi tolanishi sharti bilan amal qihshda davom etadi.
117


Obyektlami davlat kapital qo‘yilmalari hisobiga barpo etishda 
qurihsh tavakkalchiliklarini sug'urta qihshda qurilish tavakkal- 
chiliklarini majburiy sug'urta qilish xarajatlarini obyekt qurili- 
shining umumiy qiymatiga kiritgan holda amalga oshiriladi.
Sug'urtalovchining javobgarligi sug'urta shartnomasida ko'r­
satilgan sug'urta puli bilan cheWanadi. Qurilayotgan obyekt to'liq 
qiymatining 80 foizdan ortiq bo'lmagan qismi yoki ilgari bajarilgan 
ishlar hajmi, shu jumladan, materiallar qiymati hisobga ohngan 
holda rejalashtirilayotgan yilda barpo etilayotgan obyekt qiymati­
ning bir qismi tomonlaming kelishuviga ko'ra sug'urta puh bo‘- 
lishi m umkin.
Qurihsh-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxs­
laming hayoti, sog'lig'i va mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun 
sug'urtalanuvchining javobgarligini sug'urta qilish bo'yicha 
sug'urta tovoni sug'urtalashning butun muddati uchun sug'urta 
shartnomasida belgilangan javobgarlik limitlari doirasida belgi­
lanadi. Sug'urtalovchi uchinchi shaxslaming hayoti, sog'hg'i va 
mol-mulkiga zarar yetkazilishi bilan bog'hq xarajatlami sug'urta 
shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs yetkazilgan zarar uchun 
albatta javob bergan taqdirdagina to'laydi.
Agar sug'urta shartnomasida bir hodisa bo'yicha javobgarlik 
limiti belgilangan bo'lsa, ayni bir sug'urta hodisasi tufayli kelib 
chiqqan barcha zararlar bo'yicha tovon puli, shu jumladan, zarar- 
ning oldini ohsh yoki uni qisqartirish bo'yicha xarajatlar ushbu 
limitdan ortiq bo'hshi mumkin emas. Sug'urtalovchi, shuningdek, 
sug'urta hodisasidan keyin hududni tozalash bilan bog'hq oqilona 
xarajatlami ham to'laydi, biroq u sug'urta puhning 2 foizidan or­
tiq bo'imashgi kerak. Sug'urta hodisasidan keyin hududni tiklash 
ishlarini olib borish uchun yaroqli holga kelürish uchun amalga 
oshirilishi kerak bo'lgan xarajatlar tozalash bo'yicha xarajatlar deb 
hisoblanadi.
Sug'urtalovchining javobgarligi sug'urtalangan m ol-m ulk 
qurilish maydoniga tushirilgan paytdan boshlanadi, biroq sug'ur­
talanuvchi tom onidan sug'urta uchun sug'urta to'lovi amalda 
to'langan sanadan va sug'urta shartnomasida qayd etilgan sanadan 
oldin boshlanmaydi. Sug'urtalovchining javobgarligi qurilish,
118


montaj qilish, asbob-uskunalami bo‘sh va ish holatida sinashning 
butun davri mobaynida davom etadi hamda obyektni foydala- 
riishga topshirish paytida, biroq sug‘urta shartnomasida ko‘rsa- 
tilgan sanadan kechikmay tamom bo‘ladi.
Sug‘urta shartnomalari bo‘yicha quyidagi holatlar bo‘yicha 
bevosita yoki bilvosita paydo buo‘ladigan zararlar qoplanmasligi 
inobatga olinad:
— har xil harbiy harakatlar yoki harbiy tadbirlar va ularning 
oqibatlari, minalar, bombalar, boshqa urash qurollarining ta’siri, 
xalq g‘alayonlari va ish tashlashlar, terrorizm, musodara qilish, 
rekvizitsiya, mol-muUcni xatlab qo‘yish, harbiy yoki fuqaro ma’- 
murlari va biror bir siyosiy tashkilotlarning farmoyishiga ko'ra 
mol-mulkning yo‘q qUinishi yoki shikastlantirilishi;
— yadro portlashi, radiatsiya va radiaktiv zaharlanish;
— sug‘urtalanuvchining, foydasiga sug‘urta tuzilgan shaxsning 
yoki ulai;ning vakillarining qasddan qilgan harakati yoki qo‘pol 
ehtiyotsizMgi;
— sug‘urtalanuvchiga, foydasiga sug‘urta tuzilgan shaxslarga 
yoki ulaming vakiUariga sug‘urta hodisasi boshlangungacha ma’­
lum bo‘lgan xatolar, kamchiliklar yoki nuqsonlar;
— loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan ishlarning 
qisman yoki umuman to ‘xtatilishi;
— ayrim buyumlaming korroziyaga uchrashi, chirishi, tabiiy 
eskirishi, o‘zidan-o‘zi yonishi yoki boshqa tabiiy xossalari, bunda 
ushbu hodisalar keltirib chiqargan baxtsiz hodisalar natijasida 
boshqa sug‘urta qilingan buyumlar shikastlanishidan ko‘rilgan 
zararning o‘rni qoplanishi shart;
— loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilmagan tajriba yoki 
tadqiqot ishlari; 
^
— qurilish texnikasi va transport vositalari ichki tomonining 
tashqi omillarga bog‘liq bo'lmagan holda sinishi natijasida shikast- 
lanishi.
Sug‘urtalovchi, shuningdek, obyektlar qurilishida foydalani- 
ladigan nuqsonli materiallar, buyumlar yoki ulaming qismlari 
ahnashtirilishi, tuzatilishi yoki sozlanishi qiymatini, shuningdek, 
ishlarni amalga oshirishdagi xatolar qiymatini ham tolamaydi.
119


Ushbu istisno daxl qihngan nuqsonh mateiiallar va buyumlar bi­
langina bevosita cheklanib qoladi, ammo materiallar yoki ishlar- 
dagi bunday nuqsonlar natijasida to ‘g‘ri qurilgan obyektlar va 
buyumlaiga yetkazilgan zarar qoplanishini istisno qilmaydi.
Yonilg‘i-moylash materiahari, kimyoviy moddalar, so vitish 
suyuqliklari va boshqa yordamchi materiallar, sug'urta qilingan 
obyekt tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (sug'urtalangan 
tavakkalchiliklar uchun zarur bo'lgan qurilish obyektlaridan 
tashqari), qimmatbaho metaUar, toshlar, san’at asarlari, hujjatlar 
va qimmath qog'ozlaming nobud bo'hshi yoki shikastlanishi, shu­
ningdek, faqat xatlov paytida aniqlangan zarar, boy berilgan foyda 
yoki shartnomaviy jarimalar singari biror-bk bilvosita zarar su­
g'urta bilan qoplanmaydi.
Sug'urta shartnomasi sug'urtalanuvchining yozma ariza-an- 
ketasi asosida tuzüadi, unda tavakkalchihk darajasi to'g'risida bir 
fikrga kehsh uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan barcha holatlar 
to'g'risidagi axborot mayjud bo'ladi va sug'urtalovchi tomonidan 
imzolanadigan sug'urta pohsi bilan rasmiylashtiriladi.
Sug'urtalanuvchi ariza-anketa bilan bir vaqtda tavakkalchihk 
darajasini baholash uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlanü taqdim 
etadi.
Shartnoma tuzilgandan keyin unga kiritiladigan o'zgartirish va 
qo'shim chalar tom onlar imzolagan sug'urta shartnom asi va 
sug'urta pohsining uzviy qismi bo'lib qoladigan qo'shimcha bitim- 
lar bilan rasmiylashtiriladi.
Sug'urtalanuvchi sug'urtalovchiga sug'urta uchun sug'urta 
to'lovini to'lashga majbur. Sug'urta to'lovini to'lash boshlangun- 
gacha sug'urta shartnomasining sug'urtalovchining majburiyat- 
lariga oid qismi kuchga kirmaydi. Sug'urta to'lovi foizdagi to'lov 
stavkasini jami sug'urta summasiga ko'paytirgan holda hisoblab 
chiqariladi.
Sug'urta to'lovi miqdori sug'urtalash muddatlarining davo- 
miyhgiga va tomonlaming ahdlashuvi bo'yicha sug'urta to'lovining 
umumiy miqdoriga bog'hq holda tabaqalashtiriladi.
Sug'urtalanuvchi sug'urtalovchini sug'urta summasi o'zgar- 
ganljgi, shuningdek, tomonlar sug'urta to'g'risidagi shartnomani
120


imzolashgandan keyin tavakkalchilikda bo‘lgan o‘zgarishlar to ‘g‘- 
risida xabardor qilishi shart. Obyekt qiymatini 10 foizdan ziyod 
ko‘paytiruvchi o'zgartirishlar sug‘urtalovchiga shartnoma shart­
larini qayta ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin bo'ladi.
Sug'urtalovchi sug'urta hodisalarining oldini olishni ta’min­
lovchi shart-sharoitlami yaratishga qaratilgan oldini ohsh tadbir- 
larini qurihsh tavakkalchiliklarini sug'urtalash uchun tushadigan 
mablag'laming ikki foizi doirasida mablag' büan ta’minlashi mumkin.
Agar sug'urtalanuvchiga va sug'urta shartnomasi uning foyda­
siga tuzilgan shaxsga bog'hq bo'lmagan sabablarga ko'ra ishlar uch 
oydan ortiq bo'lmagan davrga to'xtatib tvuilsa, sug'urta shartno­
masining amal qilishi tomonlar o'rtasidagi qo'shinicha bitimga 
muvofiq ko'rsatib o'tügan davrga to'xtatib turihshi mumkin va u 
sug'urtalanuvchining yozma shakldagi büdirishnómasidan keyin 
ishlar qayta tiklanganda, sug'urta davrini ishlar to'xtatib turilgan 
davrga ko'paytirgan holda, qo'shimcha sug'urta to'lovisiz yangi- 
dan kuchga kiradi.
Qurihsh obyekti sug'urtalanuvchiga va sug'urtalash uning foy­
dasiga tuzilgan shaxsga bog'liq bo'lmagan sabablarga ko'ra kon- 
servatsiya qihnganda sug'urta shartnomasi bo'yicha qolgan davr 
uchun mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan sug'urta to'lovi- 
ning bir qismi sug'urtalovchi tomonidan qaytariladi.
Boshqa barcha hollarda sug'urta davri faqat tomonlaming 
ahdlashuvi bo'yicha, miqdori tom onlar o'rtasidagi kelishuvga 
ko'ra belgilanadigan qo'shimcha sug'urta to'lovi to'langan holda 
uzaytirilishi mumkin.
Agar ishlami jadallashtirish natijasida qurilishning belgüangan 
muddati sug'urta shartnomasida ko'rsatilgan sug'urta muddati 
tugashidan ilgari tugasa, sug'urta to'lovi qaytarilmaydi.
Sug'urta hodisasi boshlanganda sug'urtalanuvchi yoki sug'urta 
shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxs, sug'urtalovchining 
so'rovnomalarini yoki talablarini kutib o'tirmasdan, ko'rilishi 
mumkin bo'lgan zarariami kamaytirishning imkoni bo'lgan bar­
cha choralarni ko'rishi va 7 kalendar kundan kechikmay sug'ur- 
talovchini sodir bo'lgan hodisadan yozma ravishda xabardor’qüishi 
shart. Sug'urtalovchi xabarni olgandan keyin 3 kun mobaynida
121


obyektni ko'zdan kechirib chiqishga majbur. Sug'urtalanuvchi 
mazkur mol-mulk bo'yicha boshqa sug'urta tashkilotlari bilan 
tuzilgan barcha sug'urta shartnomalari to'g'risida sug'urtalovchini 
yozma ravishda xabardor qihshi shart. Sug'urtalanuvchi barcha 
rejalar, spetsifikatsiyalar, topshiriqnomalar, dublikatlar yoki nus- 
xalarnl hamda sug'urta hodisasi boshlanishi holatlari va sabablari 
to'g'risida xulosa chiqarish imkonini beruvchi boshqa zarur huj- 
jatlarni sug'urtalovchiga taqdim etishi kerak. Sug'urtalanuvchining 
yozma arizasi olingandan va sug'urta tovoni to'lash to'g'risidagi 
masalani hal etish uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlar ohn- 
gandan keyin komissiya tuziladi, komissiya tarkibiga sug'urta­
lanuvchining va sug'urtalovchining valdllari, shuningdek, zarurat 
bo'lganda, manfaatdor shaxs hisobiga vakolath tashkilotlaming 
vakiUari kiritiladi. Sug'urtalovchining vakillari vaziyatni, zarar 
xarakterini va miqdorini aniqlash uchun sug'urta hodisasi sodir 
bo'lgan joyga erkin kira olishi hamda sug'urtalanuvchi va sug'urta 
shartnomasi uning foydasiga tuzilgan shaxsning tegishli huj- 
jatlaridan bemalol foydalana olishi kerak. Sug'urtalovchi va 
sug'urtalanuvchi o'rtasida zaraming xarakteri va miqdori bo'yicha 
kehshmovchihklar bo'lgan taqdirda masala ekspert komissiyasi 
tomonidan hal qihnadi.
Bunday jarayonda har qaysi tomon o'z ekspertini tayinlaydi va 
bu to'g'rida ikkinchi tomonni xabardor qiladi hamda o'z eksperti 
xizmatiga haq to'laydi. Ushbu qoida tomonlaming kelishmovchi- 
liklami qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakUarda hal 
etish bo'yicha huquqlarini cheklamaydi. Chunki sug'urtalanuvchi 
shikastlangan mol-mulk va hodisa ro'y bergan joy sug'urtalov­
chining vakillari tomonidan ko'zdan kechirilgan hamda sug'urta 
hodisasi oqibatlarini bartaraf etish bo'yicha xatti-harakatlar 
sug'urtalovchi bilan yozma ravishda kehshib olingandan keyin, 
imkoniyatga qarab sug'urta hodisasi oqibatlarini bartaraf etishga 
kirish ishi mumkin.
Sug'urtalovchi yoki uning vaküi sug'urtalangan mol-mulkni 
qutqarishda va saqlab qohshda, buning uchun zarur choralami 
ko'rgan yoki ko'rsatgan holda qatnashish huquqiga ega. Sug'ur­
talovchining yoki uning vakillarining ushbu xatti-harakatlari
122


sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta tovonini to ‘lash majburiyatini 
e’tirof etish hisoblanmaydi. Sug‘urta tovoni sug‘urta hodisasi 
e’tirof etilgandan va ko'rilgan zarar miqdorini hamda to‘lanishi 
kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlovchi dalolatnoma 
komissiya tom onidan im zolangandan keyin besh bank kuni 
mobaynida tolanishi kerak bo‘ladi.
Agar nobud bo‘lgan mol-mulk uchun tovon summasi uni 
tiklash yoki sug‘urta hodisasi vaqtidagi almashtirishlar qiymati 
bilan, ushbu summalardan qaysi biri kamroqügidan kelib chiqqan 
holda, cheklanadi. Shikastlangan mol-mulkni tuzatish xarajatlari 
uning haqiqiy qiymatidan yoki sug‘urta hodisasi vaqtidagi almash­
tirish qiymatidan ortib ketgan taqdirda u nobud bo‘lgan deb hisob­
lanadi.
Mol-mulk shikastlangan taqdirda uni bevosita sug‘urta hodi­
sasi boshlanishidan oldingi holatiga keltirish uchun zarur tuzatish 
xarajatlari to ‘lanadi. Masalan, sug‘urtalovchi zarami bartaraf etish 
yoki kamaytirish maqsadida qilingan xarajatlami, agar ushbu zarar 
sug‘urta shartlariga ko‘ra to‘lanishi kerak bo‘lsa, to'laydi. Agar 
aynan bir sug‘urta hodisasi sug‘urta shartnomasi ular foydasiga 
tuzilgan bir nechta shaxslarga zarar yetkazgan bo‘lsa, umumiy 
tovon summasi ushbu shaxslar o‘rtasida har qaysi shaxs ko‘rgan 
zararning umumiy zarar summasidagi miqdoriga mutanosib ravish­
da taqsimlanadi.
Agar sug‘urta hodisasi boshlangan vaqtda sug‘urtalovchi to­
monidan sug‘urtalangan mol-mulkka nisbatan boshqa sug‘urta 
shartnomalari amal qilayotgan bo‘lsa, zarar tovoni har qaysi su- 
g‘urtalovchi tomonidan mol-mulk sug‘urtalangan sug‘urta sum- 
malariga mutanosib ravishda taqsimlanadi va sug‘urtalovchi zarar 
tovonining faqat o‘z ulushiga tushgan qisminigina tolaydi.
Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini to la sh bo'yicha o‘z maj­
buriyatlarini bajarish muddatini olkazib yuborganlik uchun su- 
g‘urtalanuvchiga to lo v muddati olg an har bir kun uchun, to‘- 
lanishi kerak bolgan sug'urta tovoni summasining 0,15 foizi miq­
dorida, lekin tolanishi kerak bolgan summaning ko‘pi bilan 10 
foizi miqdorida jarima tolaydi. Agar zarar summasi zarar yetka- 
zishda aybdor bolgan shaxs tomonidan to liq tolangan bolsa, 
sug‘urtalanuvchi sug‘urta tovoniga bolgan huquqini yo‘qotadi.
123


Sug'urtalovchi sug'urtalanuvchi yoki sug'urta shartnomasi 
uning foydasiga tuzilgan shaxs tomonidan zararni bartaraf etish va 
qisqartirishga doir oqilona chora-tadbirlar ko'rilmaganligi tufayli 
yetkazilgan zarar darajasida sug'urta tovoni to'lashni rad etishga 
ham haqlidir.
Jahon amahyotida so'nggi yillarda muhandishk xizmati alohida 
o'rin egallagan. Bu xizmat turi ichida qurihsh, inshootlar, mashina 
uskunalarning montaji, obyektlarni ishga tushirishda ko'zda 
tutilmagan sug'urtaviy hodisalardan himoya qilinishga alohida 
e’tibor berilmoqda.
Qurilish va boshqa mulklami sug'urta qñish jarayoni quyidagi 
bosqichlami o'z ichiga oladi:
— mulkning zarar ko'rish sababini aniqlash;
— ko'rilgan zarar sabablarini va hodisaning sug'urtaviy yoki 
nosug'urtaviy hodisa ekanligini aniqlash;
— zarar ko'rgan mulklarni va obyektlarni aniqlash;
— zarar summasi va sug'urta qoplamasini hisoblab chiqish.
Hozirda xalqaro amaliyotda qo'Uaniladigan sug'urtaning ikki
turi mavjud.
1. Qurilish obyektlarini sug'urtalash.
2. Inshootlarni sug'urtalash.
Qurilish obyektini sug'urtalash CAR (Contractors Aü Risks) 
orqali amalga oshiriladi.
Hozirda qurilish ishlariga talabning ortib borayotganligi, shu 
bilan bir qatorda qurihsh sohasida sodir bo'layotgan texnik taraq- 
qiyot, qurUish-montaj ishlar qiymatining oshib borishi hamda foy- 
dalanilayotgan texnik vostilarning zamonaviylashuvi oqibatida 
texnik va iqtisodiy sug'urta riskini CAR tizimi yo'nalishi bo'yicha 
sug'urtalashga ehtiyoj ortmoqda.
CAR tizimi — qurilish bilan bog'hq bo'lgan barcha risMarning 
ishonchli sug'urtalash imkoniyatini vujudga keltiradi. Mazkur 
sug'urta turi bo'yicha sug'urta mukofotining miqdori risk sug'ur­
tasi miqdoridan ancha past bo'hb, bu miqdor har doim qurilish 
smetasida inobatga ohnadi. Barcha davlat va munitsipal tashki- 
lotlar tomonidan qurilish uchun qilingan buyiirtmalar, qurilish- 
montaj ishlari CAR sug'urta tizimi bilan sug'urtaviy himoyalanib 
kelinmoqda.
124


CAR shartnoma doirasida barcha fuqaro va sanoat qurilislii 
obyektlari (uy-joy, ofislar, shifoxonalar, maktablar, teatrlar, 
sanoat binolari, elektrostantsiyalar, yo‘l va temiryo‘l inshootlari, 
aeroportlar, ko‘priklar, to ‘g‘onlar, tonnellar, irrigatsiya va drénaj 
inshootlari, kanahar, portlar va hokazolar) sug‘urtalanishi mum­
kin. Qurilish jarayonidagi sug'urtalash obyektiga quyidagilar 
kiradi:
— qurihsh obyekti, qurihsh korxonalari tomonidan bajarilgan 
barcha ishlar, qurihsh uchun joy tayyorlash (tuproqni qazib ohsh 
va yerni tekislash ishlari) va yordamchi inshootlar (vaqtincha 
aylanma kapitallar va himoyalash to'gonlari), qurilish maydon- 
larida saqlanayotgan barcha qurihsh materiaUari;
— qurilish maydonidagi uskunalar, yotoqxona, omborlar, yor­
damchi va aralash stantsiyalar, yog‘ochlar, muhandishk tarmoqlari 
(elektr va suv) maydonchalari;
— qurilish mashinalari (yerni tekislaydigan mashinalar, kranlar 
va boshqa transport uskunalari), shaxsiy va ijaraga ohngan mashi- 
nalarning barchasi;
— sug'urta hodisasi sodir bo'lganda, uning oqibatlarmi bartaraf 
etish uchun qilingan barcha xarajatlar (bunday xarajatlarga 
ko'chkidan tozalash uchun qihngan xarajatlaming qoplanishi ham 
kiradi);
— sug'urtalanuvchining sug'urtaviy javobgarhgi, mulkiy zarar­
lanish natijasida uchinchi shaxsning shikoyati.
CAR sug‘urta shartnomasi doirasida qurilish bilan bog'liq 
bo'lgan qurilish-montaj ishlari ham sug‘urtalanishi mumkin. 
Bunda barcha montaj ishlariga taaUuqli xarajatlar summasi umu­
miy sug'urta summasining 50% dan oshib ketmashgi kerak.
Qurihsh ishlari bo'yicha sug'urta summasi kehshilgan shart­
noma summasi bo'lib, bunga barcha kerakh qurilish materiaUari 
summasi yoki bajarilgan ishlar kiradi.
CAR bo'yicha sug'urtalash keng yo‘nalishdagi him oyani 
amalga oshiradi. Avariya va boshqa sabablar natijasida sodir bo'la- 
digan ko'riladigan zarar miqdori sug'urta yo'li bilan qoplanadi. 
Bunda:
125


— xarbiy harakatlar natijasida ko‘rilgan zararlar, qo‘zgolon, 
fuqarolar tartibsizligi kabilar;
— sug‘urtalanuvchining noto‘gri harakati yoki qo‘pol ehtiyot­
sizligi;
— yadro quwati ta ’siri oqibatida ko‘rilgan zarar;
— ko‘rsatilgan xizmatning to‘liq yoki qisman amalga oshi- 
rilishi;
— qurilish mashinalarining ichki zararlanishi, agarda u tashqi 
muhitga bog‘liq bo‘lmasa;
— lo
5
Ôhalashdagi yo‘l qo‘yilgan xatolar;
— qurilish kamchiliklarini bartaraf qilishda yaroqsiz yoki 
nuqsonli materiallardan foydalanmaslik hollari 

Download
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   124




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qurilish-montaj ishlaiini sug‘urtalash